Jalolbek Abdullayev Kanal

Description
Ruxsatsiz foydalanish amaldagi qonunchilikni buzish hisoblanadi.(Ijodkor ruxsatisiz foydalanmang)
Murojat uchun:
@JalolbekShu õzim
Mualliflik huquqi himoyalangan🚷
Advertising
We recommend to visit

Welcome !

Ingliz tili & Inglizcha Statuslar

Kunlik Darslar & Qiziqarli lavhalar📍
Fanga doir testlar & Kitob , qo'llanmalar📍
Inglizcha Statuslar & Tarjima Aforizmlar 📍

Aloqa: t.me/ikhtiyarovicc
Reklama va hamkorlik uchun: t.me/Qulay_taklif

Last updated 1 week, 1 day ago

✅ Kanal rivojiga hissa qo'shish uchun quyidagi havola orqali o'tib, donat qilish mumkin. Bu mutlaqo xavfsiz.

✉️ https://tirikchilik.uz/grammarnotes

🌀 Kanal asoschisi: @kh_atajanov

Last updated 1 month, 1 week ago

IELTS - muvaffaqiyatli kelajagingiz garovi!

O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

"IELTS OFFICIAL"
Certificate: 765017

Hamkorlik va reklama: @IELTSuzbekistan_bot

Last updated 2 years, 6 months ago

4 months ago

**Yorim ketgan oq libosda baxtga tõlib,
Ishq deb urgan yurakimni yulib oling.
Kutmay qõydim yõllaringa men termulib,
Mayli meni telba deya atay qoling.

Õtmoq qiyin yolg'onchi yor ozoridan
Õtar bõldim vafosizlar bozoridan
Barcha bezor mendek telba bezoridan
Mayli meni telba deya atay qoling.

Bitdim dardim qalbim chekkan azobidek
Ketar bõlding sokin kuzning hazonidek
Sarob ichra qoldim misli devonadek
Mayli meni telba deya atay qoling.

Sõlib bitdi gullarimning har donasi
Rom ayladi õsha boyning koshonasi
Shõr ekanda mendek yoring peshonasi
Mayli meni telba deya atay qoling.

Õzgardingda tillolarga uchib asta
Bemoringman ishqdan yurak bõlib hasta
Tõying buzay deya bordim ichib qastdan
Mayli meni telba deya atay qoling.

Anglayolmay muhabbating vafosini
Sog'indimda bevafoyim ovozini
Chekayabman hijronlaring jafosini
Mayli meni telba deya atay qoling.
      2024-yil.2-yanvar. 18:36
She'r muallifi Jalolbek Abdullayev

Mualliflik huquqi himoyalangan ❗️
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin ❗️**
Tg kanal:
@JalolbekAbdullayev_Rasmiy

4 months, 1 week ago

#klip she'r muallifi "Jalolbek Abdullayev,,
"Õg'il bola,,

@JalolbekAbdullayev_Rasmiy

4 months, 2 weeks ago

*🔥 #premyera 🎤 Surajbek Allayarov
🎼 O'g'il bola*
She'r muallifi Jalolbek Abdullayev

4 months, 2 weeks ago

**Bugun seni sog'inmay qõydim,
Orzulardan kechgan yolg'onchim.
Mayli barin taqdirga yõydim,
Oq libosda ketgan yolg'onchim.

Xijronlarga kõnganman ishon,
Oshiq kõnglim kõmganman ishon,
Sen uchun men õlganman ishon,
Oq libosda ketgan yolg'onchim.

Qara endi oshig'ing holin,
Tinglamayin ketding eh zorin,
Bõlmoqdasan õzganing yori,
Oq libosda ketgan yolg'onchim.

Kuzatmoqda bu yurak yig'lab,
Ostonangda yor yoring tinglab,
Bõlmas endi hech birin õnglab,
Oq libosda ketgan yolg'onchim.

Xijronlarda oshig'ing kuysa,
Bilarmisan daydidek suysa,
Diydoringa õzgasi tõysa,
Oq libosda ketgan yolg'onchim.

Bugun seni sog'inmay qõydim,
Orzulardan kechgan yolg'onchim.
Mayli barin taqdirga yõydim,
Oq libosda ketgan yolg'onchim.
       2023-yil.21-dekabr.

She'r muallifi Jalolbek Abdullayev!
Mualliflik huquqi himoyalangan ❗️
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin ❗️**

@JalolbekAbdullayev_Rasmiy

4 months, 2 weeks ago

**Xotiralar õrtab hayolim,
Yurak senga talpingani rost.
Õtgan onlar eslab har onim,
Seni bugun sog'inganim rost.

Sog'inch dardi ayladi bemor,
Sen ketsangda,senga yurak zor,
Bilarmisan kutganim bedor,
Seni bugun sog'inganim rost.

Sevgim õzi ekan senga kam,
Vasling qõmsab chekdim qancha g'am,
Kutib toldim kõchalarda ham,
Seni bugun sog'inganim rost.

Azob berar õtgan kunlarim,
Suratinga boqib tunlarim,
Bemor yurak, ishqsiz muzladim,
Seni bugun sog'inganim rost.

Senla qolgan qalbim parchasi,
Ozorlaring menga barchasi,
Azobingdan Jalol charchadi,
Seni bugun sog'inganim rost.
          2023-yil,21-dekabr.

She'r muallifi Jalolbek Abdullayev!

Mualliflik huquqi himoyalangan ❗️
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin ❗️**

@JalolbekAbdullayev_Rasmiy

4 months, 2 weeks ago

Ijroda Bexruzbek
She'r muallifi Jalolbek Abdullayev
(Bu she'r Muhriddin ismli honandaga berilgan,boshqala qõshiq qilmasin)

@JalolbekAbdullayev_Rasmiy

5 months ago

(Yor tõyiga bordim bugun)
Tez kunda
Ijroda #
She'r muallifi #Jalolbek_Abdullayev

6 months, 2 weeks ago

Kõnmoqdaman 🥀
She'r muallifi: Jalolbek Abdullayev
Idea: Xushnudbek
@JalolbekAbdullayev_Rasmiy

6 months, 3 weeks ago

**Yig'lamagin yoshlaringni art,
Sensizlikka bir kun kõnarman.
Qõlin chõzar bõlsa yana baxt,
Balkim u kun õlgan bõlarman.

Ayirdilar sevgan yorimdan,
Asrab kelgan,qalbda borimdan,
Oq libosda ketgan oningdan,
Balkim u kun õlgan bõlarman.

Naxot hayot yolg'onlaring kõp,
Men g'aribga sinovlaring kõp,
Yor yoringni eshitmasman yõq,
Balkim u kun õlgan bõlarman.

Soching silar õzga,men emas,
Senga bugun qõllarim yetmas,
Armonginam bardoshim yetmas,
Balkim u kun õlgan bõlarman.

Tutolmadik baxtni qõlidan,
Ketolmadik ishqni yõlidan,
Sarmast bõlib gulim tõyida.
Taqdirimga kõngan bõlarman,
Balkim u kun õlgan bõlarman.
17 oktabr  21:44
She'r muallifi:Jalolbek Abdullayev
Mualliflik huquqi himoyalangan ❗️
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin ❗️**
@JalolbekAbdullayev_Rasmiy

6 months, 4 weeks ago

Arazlaring õtsa jondan sevganmana,
Yonib kuyib ozoringdan kuyganmana,
Ishqdan sarmast õsha oshiq telbangmana,
Tug'ilgan kun muborak bõlsin sevgilim.

@JalolbekAbdullayev_Rasmiy

We recommend to visit

Welcome !

Ingliz tili & Inglizcha Statuslar

Kunlik Darslar & Qiziqarli lavhalar📍
Fanga doir testlar & Kitob , qo'llanmalar📍
Inglizcha Statuslar & Tarjima Aforizmlar 📍

Aloqa: t.me/ikhtiyarovicc
Reklama va hamkorlik uchun: t.me/Qulay_taklif

Last updated 1 week, 1 day ago

✅ Kanal rivojiga hissa qo'shish uchun quyidagi havola orqali o'tib, donat qilish mumkin. Bu mutlaqo xavfsiz.

✉️ https://tirikchilik.uz/grammarnotes

🌀 Kanal asoschisi: @kh_atajanov

Last updated 1 month, 1 week ago

IELTS - muvaffaqiyatli kelajagingiz garovi!

O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

"IELTS OFFICIAL"
Certificate: 765017

Hamkorlik va reklama: @IELTSuzbekistan_bot

Last updated 2 years, 6 months ago