SHERLAR

Description
Eng sara sherlar faqat sizlar uchun,
Kanalimizga siz ham qo‘shiling!!

Admin @bek8586

REKLAMA bering @sherlar_rek

Birinchi raqamli sherlar kanali

20/12/2015
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 2 weeks, 5 days ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 1 month ago

1 month ago

🚀 Ushbu bot yordamida TON qazib olish dunyosiga sho'ng'ing! 🌐

💎 TONIX tokenini oling!
💸 Birinchi marta sovg'a sifatida +600 TONIX
+2 GH/s konchilik quvvatini oshirish

Hozir qo‘shiling va professionallar kabi TON qazib olishni boshlang!‌‌

https://t.me/Tonix_Mining_Bot

Telegram

TONIX App

Mine-To-Earn App Channel: @Tonix\_Mining Support: @TonixSupportAgent Cooperation: @tonixcooperation

***🚀*** Ushbu bot yordamida TON qazib olish dunyosiga sho'ng'ing! ***🌐***
1 month, 1 week ago

ЭРКАК

Рўзғор камин ёпмоқлик учун,
Югуради, елади эркак.
Чумолидек топганин ҳалол,
Уйга олиб келади эркак.

Совуқ ўтса суягигача,
Чидаб, ишлаб хўрсинар эркак.
Уйга келиб, оловга эмас,
Меҳрингизга исинар эркак.

Бомдод маҳал  "ғафлат босма" деб,
Ўйғотгувчи азондир эркак.
Ҳар мушкулга бир ечим топган,
Адолатли меьзондир эркак.

Тоғни талқон қилишга қодир,
Ишқ ўтидан маст бўлса эркак.
Юлдузлардан маржон тақадир,
Муҳаббати рост бўлса эркак.

Ватан, номус, ору-шаьнимиз,
Қўриқловчи ғурурдир эркак.
Тинчлик борки, сиғар кўнгилга,
Хурсандчилик, сурурдир эркак.

Муҳаббатдан куч олмоғини,
Айтмай туриб уқтирар эркак.
Бир ширин сўз, меҳрингиз учун,
Дунёни тиз чўктирар эркак.

Гул аёллар! Қанча бўлса ҳам,
Ҳурматлашга лойиқдир эркак.
Хаётдаги энг катта туҳфа,
Катта совға - тиргакдир эркак.

✍️ ДИЛДОРА  АБДИНАЗАРОВА

https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss

1 month, 1 week ago

@ruxsatsiz Kanaliga O'tib Obuna Bo'lib olamiz !

1 month, 1 week ago

Айтишга етмади нетай жасорат,
Кўзларимдан англаб етасан дебман.
Мана энди севгидан қолди асорат,
Буюк муҳаббат тақдим этасан дебман.

Umidbek 🎙
Dilfuza Sattarova

https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss

1 month, 1 week ago

*Ayon

Ayon ayriliqning bo’yi taraldi,
G’olib hiyonatga yorliq ataldi.
Va nihoyat ketding, butun umrga,
Ma’sum mahzun yurak qayta yaraldi.

Baxtning tarog’ida taraldi armon,
Bu qismat ishida menman eng yomon.
Ketmoq qaroringni ahd bilan ushla,
Kelmoq jur’atiga berma hech qachon!

O’zimni qidirib topganim shudir,
Azob darvozasin yopganim shudir,
Izlama, sog’inma, o’ylama meni,
Endi o’zing kabi ahdsizni qidir!

Nihoyat yopamiz shamol ko’rmagan,
Tuynukdan farqi yo’q eshiklaringni,
Endi o’zing kabi vafo bilmaslar,
Tinglab yashayverar qo’shiqlaringni.

Nihoyat ketyabsan, Allohga shukur,
Yakunga qiziqmas umidvor dilim,
Sensiz osonroqdir, sensiz yaxshiroq,
Hiyonatdan toza bo’lgandek yo’lim!*Kamola Abduvaliyeva

https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss

1 month, 2 weeks ago

*YARATGANIMGA

Kechir, mehring qonib,  mehr qidirdim,
Najot kutganlarim bo’ldi birovdan,
Sen bergan sabrni otib sindirdim,
G’olib chiqolmadim qancha sinovdan!

Murruvat tilandim ishqi yo’q qalbdan,
Ortiq ziyodasin berganding zotan.
Bir zum unutmading xatto uyqumda,
Men Seni unutdim zero dafatan!

Mendan qanday rozi bo’layabsan ayt,
Shunday gunohimni kechirding qanday?
Najotkorsan o’zing har dam hamma payt,
Shukronalar kamdir, yana ne qilay?

Kechir mehring qonib, mehr qidirdim,
Eng buyuk muhabbat Sensan aslida.
Hech kim o’zing kabi beminnat sevmas,
Sevdim deganlar bor aldash qasdida…

Kechir mehring qonib, mehr qidirdim…

Kamola Abduvaliyeva she’ri*

https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss

3 months, 3 weeks ago

**YOZAMAN...

Gohi mendan so'rashar kulib
Siz she'rlarni qanday yozasiz?
Deyman,sirli makonda kelar
Ilhomlarim desam yonasiz.

Ba'zan hayot tutkazar qalam,
Gohi kuyib yonib yozaman.
Dil g'ashlansa ozor alamdan,
Taqdiridan nolib yozaman.

Goh kuldirib, yig'latib kelar
Hijronlardan bezib yozaman.
Achchiq qismat o'ynidan gohi
Netay esdan butkul ozaman.

Dardlarimni eshitguvchi jim
Yulduzlarga ketgim keladi.
Yozib, yozib ba'zan charchasam
Dunyosidan ketgim keladi.

Shodliklarga ergashib qayg'u
Sitamlardan bezib yozaman.
Kezib charchab zulmat ichidan
Yorug'likni izlab yozaman.

Taqdir o'zi ajib muallim,
O'rgatadi tinglab yozaman.
Parvoz etib she'rlarim bilan
Quyoshlarga tenglab yozaman.

Kimdir saboq berar hayotdan
Kim uchundir yomon yozaman.
Kimni ko'ngli to'lgan ijoddan
Kim kimlar deb kuyib yozaman.

Asablarni egovlasa goh
Alamimdan yonib yozaman.
Hoyot shuda goh undoq mundoq
Barchasiga ko'nib yozaman.

O'chiraman chizaman yana
Qancha qog'oz qanday yozaman.
Dardlarimni oshkora gohi
Ich ichimga solib yozaman.

Demang qaydan topib yozasiz
Men hayotdan olib yozaman.

IRODAXON QOSIMOVA.
23.08.2023.  21:00.**

https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇

3 months, 3 weeks ago

*MENGA XABAR YOZGIN

Menga xabar yozgin, kichkina xabar,
Ikki dona so’z ham yetar mayliga,
G’ururingni unut jonim shu safar,
Ko’zmunchoqlar boyla uning bandiga!

Ko’zimning ko’zlari tegib ketmasin,
Intizor kutilgan nomalaringga,
Yozib tur, umidga zavol yetmasin,
Quloq tut so’g’inchli nolalarimga!

Menga xabar yozgin, ikki enlik xat,
Ko’p emas kunda bir, kifoya qilar,
Qozg’onma, shu safar bo’la olgin mard,
So’zlaring shubhamni nihoya qilar!

Menga maktub yozgin, mayli bitta so’z,
Birgina kalomga jur’at top bugun,
Yashamoq istagin topib olsin ko’z,
Xatlaring qarog’im malhami tushun!

Birgina so’z bilan ovunch ber menga,
Umid ber, orzu ber, sevinch ber menga,
Bittagina xabar va sevgi yashar,
Nomalarga o’rab ilinj ber menga!

Menga xabar yozgin, kichkina xabar…

Kamola Abduvaliyeva*https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇

3 months, 4 weeks ago

Onamning borligi

Har tola sochlari jonimdan aziz,
Sog’-omon yurgani tillo-taxtimdir.
Dardlarimga darmon aytgan so’zlari,
Onamni borligi meni baxtimdir.

Omadim keladi ne ish boshlasam,
Boshimda tashvish yo’q, yo’qdir menda kam,
Jannatim yonimda - ko’nglim xotirjam,
Onamning borligi meni baxtimdir.

Men uchun duoda qo’llari har kun,
Yo’llarim kutadi uxlamay har tun,
Baralla baqirib aytishim mumkin,
Onamning borligi meni baxtimdir.

Ba'zida dunyoga sig’may qolaman,
Boshim tizzasiga qo’yib olaman,
Dardlarimdan shunda xalos bo’laman,
Onamning borligi meni baxtimdir.

"Qodir bolam", - deya erkalab aytar,
Tabassum qilsa gar armonim ketar,
Yonimda sog’-omon yurgani yetar,
Onamning borligi meni baxtimdir.

Men uchun duoda qo’llari har kun,
Yo’llarim kutadi uxlamay har tun,
Baralla baqirib aytishim mumkin,
Onamning borligi meni baxtimdir.

00:11.07.05.2024

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇

3 months, 4 weeks ago
***🇺🇿***OʼGʻLONLAR XOTIRASI***🇺🇿***

🇺🇿OʼGʻLONLAR  XOTIRASI🇺🇿

Maktabimda erta tongda,
Qoʻshin shaxdam yurib turar.
Har qoʻngʻiroq har bir bongda,
Yurak mangu urib turar.

Andijondan kelganlari,
Jilmaygancha boqar bizga.
Namanganning oʼgʼlonlari,
Mardanovor yoqar koʼzga.

Samarqandim deya boqib,
Yurar edi mungli koʻzlar.
Surxoniga salom aytib,
Turar edi qancha yuzlar.

Qoʻshin aro yangrab sado,
Uyimizga qaytish kerak .
Kutib-kutib boʻldi ado,
Sirdaryodan kelgan yurak.

Qarshisidan tinch zaminning,
Mevalari oʼtib turar.
Oʻgʻlonlarning koʼpchiligin,
Qashqadaryo kutib turar .

Fargʻonalik,sogʻman ona,
Degandayin hali omon.
Sogʻinch bilan  koʻzlar yona,
Boqib turar Toshkent tomon.

Bu qoʻshindan koʼrar koʻzlar,
Vatan uchun keraklarni.
Har tomondan koʻzlar izlar,
Shu qoʼshin va yuraklarni.

Maktabimda erta tongda,
Qoʻshin shaxdam yurib turar.
Har qoʻngʻiroq,har bir bongda,
Yurak mangu urib turar.

📝Muallif:Surayyo Xatamova

SAMARQAND🇺🇿JOMBOY

https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv

Ⓜ️anba: @sherlar

👍 #like_boss👇

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 2 weeks, 5 days ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 1 month ago