Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
"Asal oyi emas, asal hayot" kitobi ovozlashtirildi!
Muallif: G'iyosiddin Yusuf
Suxandon: Hojiakbar Zikrillayev
Bolalar qaysarligini yengish
Bolaga har qanday vaziyatda ikkita teng maqbul variantdan birini tanlash imkonini bering. Masalan, “Sen suv ichasanmi yoki pomidor sharbatini?”
Bolaga ma’lum darajada mustaqillik va mas’uliyatni topshirish uning o‘zini katta va muhim his qilishiga yordam beradi. Bu esa behuda qaysarlikni kamaytiradi.
*🧠 Multfilm o‘rgatmasin, o‘ylashga undasin*
📌 Agar multfilm nima qilish kerakligini aniq aytib o‘rgatsa, unda bolaga xulosa qilish imkoniyati qolmaydi.
Farzandingiz tomosha qilayotgan kontent buyruqlardan iborat bo‘lsa, bu uning miyasiga tayyor “shablonlar”ni joylashga xizmat qiladi. Vaholanki, bolaning miyasi to‘liq analiz qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi, ko‘rayotgan animatsion qahramoni yoki personaji bilan birgalikda fikrlashi kerak. Aks holda, o‘sha kontent uchun sarflagan vaqti zoye ketadi…
Lola Animation loyihasi aynan shu tamoyillar asosida ishlaydi. Biz 3 yildan buyon bolalar uchun qiziqarli, o‘ylantiruvchi va xulosa chiqarishga undaydigan multfilmlar tayyorlab kelyapmiz. Lekin multfilm tayyorlash jarayoni katta mablag‘ va vaqt talab qiladi Sizning yordamingiz bilan biz yanada sifatliroq va tezroq ishlay olamiz.
Siz Lola Animation’ning yopiq Telegram kanaliga obuna bo‘lish orqali bizni moliyaviy qo‘llab-quvvatlagan bo‘lasiz, buning evaziga sizga multfilm tayyorlash jarayonlarini ichkaridan turib kuzatish imkonini beramiz.
Yopiq kanalga obuna bo‘lish uchun bot’ga murojaat qiling👇🏻
https://t.me/lolaobunabot
Bolaga shirinlik iste’mol qilishni qanday taqiqlash kerak?
Hozirgi bolalarda shirinlikka bo‘lgan qiziqishning ortib borayotgani hammamizga ma’lum. Shirinliklar zararli ekanligini bilsak-da, ulardan butunlay voz kechish qiyin. Ko‘plab ota-onalar bolalarining shirinlik iste’molini nazorat qilishga harakat qilsa-da, bayramlar yoki ta’til paytida bu cheklovlar o‘z kuchini yo‘qotadi. Buning sababi oddiy: biz, kattalar ham, shirinliklardan voz kecha olmaymiz, bolalarimiz esa bizdan o‘rnak olishadi.
Bolada odatni shakllantirish
Ota-ona sifatida vazifangiz bolangiz iste’mol qiladigan shirinlik miqdorini tartibga solishdir. Bolani to‘liq cheklash yoki shirinliklardan butunlay mahrum qilish esa teskari natija berishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qat’iy taqiqlar kelajakda psixologik bog‘liqliklar va haddan tashqari istaklarga olib keladi.
Shuning uchun iloji boricha ertaroq bolaga to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirish kerak. Shirinliklar o‘rniga tabiiy shirin mahsulotlar (mayiz, asal) va mevalarga o‘rgating. Ularni eng mazali va foydali yeguliklar sifatida taqdim eting.
Ovqatni oddiy qabul qiling
Shirinliklarni taomning eng muhim qismi sifatida ko‘rsatmaslik lozim. Ularga bonus yoki mukofot deb qarash noto‘g‘ri yondashuvdir. Axir biz ovqatni faqat mazali ta’m olish uchun emas, balki organizmga foydali moddalarning kirishini ta’minlash uchun iste’mol qilamiz. Shirin ta’mdan tashqari boshqa taomlar ham lazzat baxsh etishini bolaga tushuntirish kerak.
Ota-onaning ovqatlanish madaniyatiga yondashuvi bolaning kelajakdagi odatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun shirinliklarga haddan tashqari qiziqishning oldini olish ota-onalarning mas’uliyati hisoblanadi.
Tengqurlari bilan o‘ynasin
Bolangiz o‘zi tengi bolalar bilan ko‘proq muloqot qilishiga imkon bering. Ko‘chaga chiqib qo‘shni bolalar bilan o‘ynasin yoki biror to‘garak, sportga bering. Faqat atrofida yaxshi bolalar bo‘lishiga e’tibor qiling. Yoshligidan yaxshilarga yondashib ulg‘aysin.
Bola o‘z tengqurlari bilan birga bo‘lishi dunyoqarashi kengayishi, aqliy rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ota-onasi bilan tengqurlari bilan gaplashgandek gaplashmaydi-ku...
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Ustozlarning hurmati oiladan boshlanadi!
Farzandingizning ustozini hurmat qilishingiz shart! Chunki:
▪️ ustoz siz bermagan bilimni bermoqda;
▪️ farzandingizga o'rnak bo'lishingiz kerak. U ustozini hurmat qilsa, ilmidan manfaat ola oladi. Ixlos qilinmagan kishining gapi ham shubhali tuyuladi;
▪️ har qanday ustoz ilmning hurmatidan hurmat qilinaveradi. U ustoz farzandingizga dars bermaganda ham hurmat qilishingiz kerak edi, dars bergani sababli yanada haqli bo'ladi.
So‘zlashuv odoblaridan biri birov gapirib turganda gapini bo‘lmaslikdir. Buni bolalarga kichikligidan o‘rgatishimiz kerak.
– Bolam, birov gapirganda gapini bo‘lmaydi, – deya.
Albatta, o‘zimiz ham bu borada namuna bo‘lishimiz kerak. Zarur bo‘lganda gap nuqtasiga yetganda ruxsat bilan gapirish mumkin. Mavzudan tashqari gaplar zarur bo‘lmasa, shu mavzudagi suhbat tugashini kutgan ma’qul. Bunga ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda yozishayotganda ham amal qiling.
– Gapingizni bo‘ldim, umringiz bo‘linmasin, – deyish gapni bo‘laverishga izn bermaydi.
Kiyim tanlash bilan turmush o'rtoq tanlashdagi did bir xil deb o'ylamayman. Men yaxshi turmush o'rtoq tanlay olaman, lekin kiyim tanlashda no'noqman! )
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago