Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
? **Turk yozuvchisi Rauf Jelasunning “Halol luqma” kitobi audio shaklda 1-qism
Kanalga ulanish:*➡️*@Azon_DiyonatTV
? Ahli ayoliga sabrli boʻlish
Oliyjanob, oliyhimmat kishilarning goʻzal odatlaridan biri ahli oilalari, ayollaridan yetuvchi zahmatu ozorlarga nisbatan sabrli boʻlishdir. Solihlar hayotidan bu mavzuda koʻplab rivoyatlar keltirilgan boʻlib, quyida ulardan namuna keltiramiz.
Shayx Ahmad Rufoiy quddisa sirruhuning janjalkash xotinlari boʻlib, u kishiga koʻp ozor berar, yomon soʻzlardi. Bir moʻminning tushida u zot quddisa sirruhuning Alloh rozi boʻladigan yuksak daraja sohibi ekani zohir boʻlibdi.
Shu odam olimning uyiga kirib, ayoli u kishini tandirning kosovi bilan yelkalariga urayotganiyu buning asaridan olimning koʻylaklari qorayib ketgani hamda shu holda ham indamay jim turganining guvohi boʻlibdi. Buni koʻrib qattiq taʼsirlangan boyagi darvesh uydan chiqib, shayxning boshqa muridlarini toʻplab, ularga murojaat etibdi:
“Ey jamoat, sizlar shayximizning bu ayol qoʻlidan shuncha ozor chekayotganini koʻrib turgan holingizda ne uchun indamaysizlar?!”
Muridlardan biri:
“Bu ayolning mahr bahosi besh yuz tilla tanga, shayx esa kambagʻal...” – dedi. Shunda haligi kishi besh yuz dinor toʻplab, bir chinni idishga solib, shayxning oldilariga keltirib qoʻydi.
Shayx: “Bu nima?” – deb soʻradilar.
“Bu Sizga odobsizlarcha shunday muomala qilayotgan ayolingizning mahri”, – dedi u.
Shunda Shayx tabassum qilib:
“Agar men uning kaltaklariga va soʻzlariga sabr etmaganimda edi, sen meni oʻsha tushingdagi Alloh rozi boʻlgan darajada koʻrgan boʻlarmiding?” – dedilar.
Bir oliyhimmat kishi xotini bilan ajrashmoqchi boʻlganida undan:
“Senga uning nima ziyoni tegyapti?” – deb soʻrabdilar. “Oqil kishi oʻz xotinining aybini oshkor etmaydi”, – deb javob beribdi u.
Ajrashganidan soʻng yana soʻrabdilar: “Nima uchun ajrashding?”
U aytibdi: “Endi begona ayolning aybu kamchiligi bilan nima ishim bor?!”
Ey bolalarim, aziz farzandlarim! Sizga nasihatim shuki, ayollaringizga, xotinlaringizga nisbatan chiroyli, yaxshi munosabatda boʻling! Ularga oʻzingizning goʻzal xulqingizni namoyon etib, ular bilan shirin va totuv umrguzaronlik qiling!
Odamlar bizga oʻxshagan muridlarning kichkina xatolari uchun ham tanqid qiladilar. Bizning ahamiyatsiz boʻlgan kamchilik va nuqsonimizni ular ulkan sanaydilar. Juda ehtiyot boʻling, odamlar ayblashi mumkin boʻlgan har qanday gap-soʻz va kor-holdan uzoq yuring!
Yoqimli boʻling, juftingizni rozi qilib, ahil-ittifoqlikda yashang. Birgalikdagi hayotingizni Alloh yaxshiliklarga toʻldirsin!
Ayollarimiz bilan boʻlar-boʻlmasga bahslashib, qoʻpol, yomon soʻzlar ishlatgudek boʻlsak, shubhasizki, bizga boʻlgan hurmatlari kamayib boradi. Koʻpincha roʻzgʻor tashvishlari bilan band boʻlib bizlarga eʼtibor berishga ularning vaqtlari yetmasligi mumkin.
Shu sababli sabr-matonat koʻrsating, ularga nisbatan mehr-muruvvatli, kechirimli boʻling. Ularning bizlar uchun qilganlari yetarlidir.
Alhamdulillahi Robbil ʼalamiyn! Val oqibatu lil muttaqiyn! Vassalotu vassalomu ʼala Rasulihi Muhammadin va ʼala alihi va sohbihi ajmaiyn.
“Axloqus solihiyn” kitobidan olindi.
Kitob Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha Qoʻmitaning 19.12.2019-yildagi №7231-sonli xulosasi asosida chop etilgan.
Manzilimiz:➡️@Azon_DiyonatTV
? **Turk yozuvchisi Rauf Jelasunning “Halol luqma” kitobi audio shaklda
Kanalga ulanish:*➡️*@Azon_DiyonatTV
Assalomu alaykum, aziz dindoshlar, qadrli vatandoshlar! Alloh taologa behisob hamdu sanolar boʻlsinki, ustoz Mubashshir Ahmad domla va u kishining yonlaridagi jamoa bir necha yillardan buyon siz muhtaramlarga baqadri hol xizmat qilib kelmoqdamiz, diniy-ijtimoiy va siyosiy hayotimizda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarga bir musulmonning nuqtai nazari, tasarrufi qanday boʻlishi kerakligi haqida tushunchalar berib kelmoqdamiz.
Ishning boshida Allohning roziligini maqsad qilgan holda, xalqimiz orasida diniy savodsizlikka barham berish, ixtiloflar va boʻlinishlarni yoʻqotish, diniy qardoshlik va birdamlik ruhini taratish va shu orqali jamiyatimiz hamjihatligi bilan taraqqiyotiga hissa qoʻshishni niyat qilganmiz.
Parvardigorimizga beadad shukrki, bu ishda Oʻzi ayrim natijalarni ham nasib etdi: siz aziz kuzatuvchilarning safingiz kengaydi, maʼlumingiz, bu adad milliondan oshib ketdi. Xalq orasida bu ishlardan ozmi-koʻpmi, manfaat olayotganlar koʻpaydi. Robbimiz ujbu riyodan asrasin, dinining xizmatida, musulmonlarning xizmatida doim va qoim qilsin.
Endi bir fursat yetib keldiki, faoliyatimiz samaradorligini yana ham oshirish, yana ham sifatliroq xizmat koʻrsatish maqsadida bir qarorga keldik: Ustoz Mubashshir Ahmad ishtiroklaridagi va boshqa diniy mazmundagi turli koʻrsatuvlar bundan buyon ushbu Azon_Diyonat TV orqali eʼtiboringizga havola etiladi.
Alloh taolo ushbu ezgu niyatlarimiz yoʻlida ishlarimizni oson, qadamlarimizni sobit qilsin va bu harakatlarimizni Oʻzining roziligi yoʻlida qilinadigan ishlar qatorida qabul aylasin!
Manzilimiz: ? @Azon_DiyonatTV
Tez kunda
Asosiy kanal bu yerda: ? t.me/Azon_Diyonat
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago