𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

Description
Sayt : uzDeutschland.com

Muallifni va saytni (Hosting, Domain xarajatlari) qo'llab quvvatlash : https://tirikchilik.uz/uzdeutschland
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 2 days ago

5 months, 2 weeks ago

5️⃣. Turli Mavzular

A) Germaniyada haydovchilik guvohnomasi olish.
B) Wohngeld, Kinderzuschlag kabi moliyaviy yordamlar olish.
C) Oila birlashtirish vizasini olish.
D) Germaniya fuqaroligini olish.
E) Farzand ko'rish arafasidagilar uchun ma'lumotlar.
F) Viza otkaz bo'lsa, appelyatsiya yozish.
G) Doimiy viza - Niederlassungserlaubnis olish.
H) Germaniyada kvartira topish.
I) Germaniyaga kelish bosqichlari.
J) Oila a'zolarni mehmonga chaqirish.
K) Turmush qurgandan keyin soliqdagi yengilliklar.
L) QQS ni qaytarib olish haqida.
M) Germaniyada avtomobil sotib olish.
N) Germaniyada tug'ilgan bolaga passport olish.
O) Diplomni Anerkennung qildirish.

6️⃣. Yangi viza qoidalar

A) Germaniyaga kelish yanada osonlashmoqda.
B) Yangi viza qoidalari birinchi qism.
C) Yangi viza qoidalari ikkinchi qism.
D) Oila birlashtirishdagi yangi qoidalar, kvartira va til bilish sertifikati.
E) C toidadagi shengen vizani ishchi vizaga o'zgartirish.

@uzDeutschland

Muallifni va saytni qo'llab-quvvatlash!

5 months, 2 weeks ago

Assalomu alaykum. Kanalga yangi post yozmoqchi bo'lib, qaysi mavzuda post yozsam ekan deb o'ylanib qoldim. Chunki ko'p mavzularda allaqachon ma'lumotlar bergan ekanman. Keyin yozgan postlarimni topish oson bo'lishligi uchun, turli mavzulardagi postlar uchun quyidagi linklarni to'plab chiqdim. Endi ma'lumotlarni yanada osonroq topishingiz mumkin! (Maqolani o'qish uchun kök yozuv ustiga bosish kerak)

*1️⃣. Germaniyada o'qish* :

A) Germaniyada magistratura uchun Stipendiya yutib olish haqida ma'lumotlar (intervyu).
B) Germaniyada bakalavr qay tartibda o'qitiladi?
C) Nemis tili o'rganish uchun til kursiga kelish.
D) Medizintechnik yo'nalishi haqida.
E) Magistratura o'qish haqida qisqacha ma'lumotlar.
F) Faqat ingliz tili bilan Germaniyada o'qish.
G) Fachhochschule yoki Universitet?
H) Ausbildung yoki Studium?
I) O'qish rostdan bepulmi?
J) Tibbiyot sohasida o'qish.
K) Talabalik vizasi olish uchun kerak bo'ladigan bloklangan hisob raqam.
L) Tayyorlov kursi - Studienkolleg haqida.
M) Tibbiyot sohasida o'qiyotgan yurtdoshimiz bilan intervyu.
N) O'qishni Germaniyaga ko'chirish haqida.
O) Talabalar necha soat ishlashlari mumkin? (Eski qoidalar).
P) Magistratura o'qish haqida batafsilroq ma'lumotlar.
R) Bafög olish haqida.
S) Til kursiga kelish haqida batafsil.

*2️⃣. Germaniyada ishlash*

A) Germaniyada dasturchi bo'lib ishlayotgan yurtdoshimiz bilan intervyu.
B) Talabalar yozgi ta'tilda Germaniyada ishlashi haqida (video).
C) Germaniyada noqonuniy ishlash.
D) Polsha, Latviya davlatlari vizasi bilan ishlash.
E) Ishlayotganlar qanday soliqlarni to'laydi?
F) Talabalar yozgi ta'tilda Germaniyada ishlashi haqida (matn).
G) Blaue karte olish haqida (eski qoidalar bo'yicha).
H) Ishchi viza haiqda umumiy ma'lumot.
I) Ishchi viza olish haqida yangi qoidalar.
J) Imkoniyatlar kartasi - Chancenkarte.

3️⃣. Tibbiyot sohasida Germaniyada ishlash:

A) Germaniyada Stomotolog bo'lib ishlash (intervyu).
B) Vrach bo'lib ishlash haqida.
C) Germaniyadagi vrach akamiz bilan intervyu.
D) Vrachlar qaysi viza bilan kelishi eng ma'qul?
E) Fachsprachprüfung (FSP) haqida ma'lumotlar.
F) Yana bitta intervyu (video).
G) Tez-tez so'raladigan savollarga javoblar.
H) Med kollejni tamomlab, Germaniyada ishlash.
I) Germaniyada nechta o'zbek vrach ishlamoqda?

*4️⃣. Ausbildung, FSJ/BFD, Au-Pair*

A) Au-pair va FSJ/BFD haqida umumiy ma'lumotlar.
B) Ausbildung o'zi nima?
C) Ausbildung haqida kerakli ma'lumotlar (video).
D) Mechatroniker sifatida Ausbildung qilish.
E) Medizinische Fachangestellte sifatida Ausbildung qilayotgan qiz bilan intervyu.

6 months, 1 week ago

#Qurbon_hayiti_haqida

Bismillahir Rohmanir Rohim. Tez orada musulmon ahli uchun eng muhim bayramlardan biri hisoblangan Qurbon hayiti kirib keladi. Shu munosabat bilan Qurbon hayiti haqida bir ikki eslatmalarni yozmoqchiman.

Payg'ambarlarning otasi hisoblangan Ibrohim alayhissalom tushlarida Alloh azza va jalla u kishiga o'g'li Ismoilni qurbonlik qilishni buyurganini ko'radi. Payg'ambarlarning tushi rost, shu sababdan garchi bu tush bo'lsada, Ibrohim alayhissalom shu ishni qilishga kirishadi hamda o'g'li Ismoilga tushini aytib beradi. Bu haqida Quroni karimda As Soffat surasida shunday deyilgan (ma'nolar tarjimasi) :

101. Bas, Biz unga bir halim o'g'il xushxabarini berdik.
102. Bas, qachonki u (otasi) bilan birga yuradigan bo'lgach, (Ibrohim): "Ey, o'g'ilcham, men tushimda
seni (qurbonlik uchun) so'yayotganimni ko'rmoqdaman. Endi sen o'zing nima ra'y (fikr) qilishingni bir
(o'ylab) ko'rgin", - degan edi, u aytdi: "Ey, otajon, senga (tushingda Alloh tomonidan) buyurilgan ishni
qilgin. Inshoalloh, meni sabr qiluvchilardan topursan".
103. Bas, qachonki, ikkisi ham (Allohning amriga) bo'yin sunib, (Ismoilni qurbonlikka) peshonasi bilan
(yerga) yotqizgan ediki,
104. biz unga nido qildik: "Ey, Ibrohim!
105. Darhaqiqat, sen tushni tasdiq etding. Albatta, Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday
mukofotlaymiz".
106. Albatta, bu (qurbonlikka buyurishim) ayni sinovdir.
107. Biz (Ismoilning) o'rniga katta bir (qo'chqor) so'yishni evaz qilib berdik.
108. Keyingi (avlod)lar orasida u (Ibrohim) haqida yaxshi gaplarni qoldirdik.

Ya'ni Ibrohim Alayhissalom Alloh uchun o'ziga eng suyukli ne'matni ya'ni farzandini qurbon qilishga tayyor edi. Alloh taolo buni ko'rdi va Ibrohim alayhissalomning o'g'lini saqlab qolib, u kishini mukofotladi. Kelgusida kelgan Payg'ambarlarning hammasini Ibrohim alayhissalomning zurriyodlaridan qildi. Bir solih o'g'ilni Allohni yo'lida qurbon qilishga rozi bo'lgani uchung, minglagan solih zurriyodlar berdi.

Endi o'zimizni holatimizga qaraylik. Alloh uchun nimamizdan voz kecha oldik? Voz kecha olamiz? Alloh uchun molingizni, vaqtingizni, sog'ligingizni, kuchingizni, obro'yingizni qurbonlik qila olasizmi? Xuddi Ibrohim alayhissalom o'zining sevimli o'g'lini qurbon qilishga tayyorligidek, siz ham o'zingizga sevimli nimani qurbon qila olasiz? Sizning "Ismoil"ingiz nima? Ishingizda namozga ruhsat bermasa, ishdan voz kecha olasizmi? Iymoningizni zaiflashtiradigan do'stlardan voz kecha olasizmi? Ma'siyatlardanchi?

Alloh uchun nimadandir voz kechsangiz, albatta Alloh undanda yaxshirog'ini beradi. Bunga ishonish uchun nima qilish kerak?

Bunga ishonish uchun Allohni yaqindan tanish kerak. Siz Allohni qanchalar taniysiz? Alloh haqida 15 daqiqa gapirib bera olasizmi? Allohni ism sifatlari sizga qay darajada tanish?

Agar namozlarga befarq bo'layotgan bo'lsangiz, gunohlardan to'xtay olmayotgan bo'lsangiz, Allohni roziligi uchun harakat qilmayotgan bo'lsangiz, umringiz faqat ishlash, pul topish, sayohat qilish va shunga o'xshash boshqa dunyoviy narsalar bilan o'tayotgan bo'lsa, demak Allohni yaxshi tanimas ekansiz.

Ishni eng avvalo Allohni tanishdan boshlash kerak. Allohni tanish uchun esa Alloh o'zi jo'natgan Qur'oni Karimni o'qish kerak, ilm olish lozim. Shunda inshaallah ikki dunyo saodatiga erishish mumkin.

Yuqorida yozilganlar o'zimga ham tegishli, Alloh hammamizni isloh qilsin.

Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin ahli musulmonlar❗️****

8 months, 3 weeks ago

??❗️Kanaldagi ma'lumotlarni boshqalarga ulashishni ochib qo'ydim. Bemalol postlarni ko'chirib olish yoki boshqalarga ulashish mumkin.❗️

8 months, 3 weeks ago

Ko'rib turganingizdek agar siz ushbu talablarni hammasiga javob beradigan bo'lsangiz, 16 ball to'plashingiz mumkin. Ammo viza olish uchun 6 ball ham yetarli.

Savollarni kommentda yozib qoldirishingiz mumkin.

@uzDeutschland

8 months, 3 weeks ago

-Chancenkarte o'zi nima?

-Bu viza turlaridan biri xalos. Kimdir Germaniyaga kelish uchun Blaue Karte vizasini oladi, kimdir Fachkraft vizasini, yana kimdir esa Ausbildung/Studium uchun viza oladi. Bu viza turlarining o'ziga yarasha talablari bor. Misol uchun, blaue karte uchun yuqori maoshli ish, oliy ma'lumot diplomi kerak bo'lsa, Fachkraft vizasi uchun diplom Anerkennung bo'lishi hamda nemis tili bilimlari talab etiladi. Talabalar uchun esa o'qishga kirish, nemis tilini C1 darajada bilish, bloklangan hisob raqam ochish va hkz.

Agar siz yuqoridagi viza turlarini olishga qiynalayotgan bo'lsangiz (bloklangan hisob raqamga pul yo'q, C1 yo'q, diplom Anerkennung bo'lmadi, ish topilmayabdi va hkz), u holda Chancenkarte deb nomlangan vizani olishga harakat qilsangiz bo'ladi. Ushbu viza o'z nomi bilan sizga Germaniyaga kelish va ish topishda imkoniyatlar taqdim etadi.

-Chancenkarteni olish aynan qanday imkoniyatlarni beradi?

-Ushbu viza sizga asosan Germaniyada ish izlash yoki olgan diplomingizni Anerkennung qildirish uchun vaqt beradi. Undan tashqari quyidagi qo'shimcha imkoniyatlar ham taqdim etiladi:

1) Germaniyada haftasiga 20 soat ishlashga ruhsat
2) ikki hafta to'liq stavkada Probebeschäftigung (bu sizga ham bo'lajak ish beruvchiga ham foydali bo'ladi)

-Chancenkarte qancha muddatga beriladi?

-Avvaliga 12 oy, undan so'ng yana 2 yilga cho'zdirish mumkin. (Holatga qarab)

-Chancenkarteni oddiy ish izlash vizasi yoki Anerkennung uchun olinadigan vizalardan qanday farqi bor?

-Postni oxirigacha o'qisangiz, farqini bilib olishingiz mumkin.

-Chancenkarte olish uchun qanday talablarga javob berish kerak?

-Chancenkarte quyidagi talablarni bajarganlarga berilishi mumkin:

1⃣. Viza olish uchun o'z o'zini ta'minlay olishini ko'rsatish (bloklangan hisob raqam yoki Verpflichtungserklarung (kafolat xati)) (❗️bu talabni bajarish majburiy)

2⃣. Nemis tilini kamida A1 darajada yoki ingliz tilini kamida B2 darajada bilish (❗️bu talabni bajarish majburiy)

3⃣. O'zbekistonda tan olingan kamida 2 yillik kollej diplomi yoki bakalavr darajasi (ha, Germaniyada anerkennt bo'lishi shart emas, qaysi davlatda olingan bo'lsa, o'sha davlatda tan olingan bo'lsa kifoya). (❗️bu talabni bajarish majburiy emas, agar diplomni Anerkennungstellega topshirgan bo'lsangiz, ular sizga Anpassungslehrgang orqali diplomingiz anerkennt bo'lishi mumkinligi aytgan bo'lsa kifoya)

4⃣. O'zining kvalifikatsiyalari orqali kamida 6 ball to'play olishi. Ball to'plash haqida quyida batafsil ma'lumot bor. (❗️bu talabni bajarish majburiy)

-Ball to'plash nima degani? Qanday qilib ball to'plash mumkin?

-Germaniya ham xuddi Kanada singari ma'lum bir malakaga ega insonlarga viza berish uchun ballik tizimni joriy qilmoqda. Siz o'z malakalaringizga qarab (til bilish darajangiz, ish tajriba, yoshingiz) ma'lum miqdorda ball to'plashingiz mumkin.

-Qanday malaka uchun qanday ballar beriladi?

-Quyidagi hollarda sizga turlicha ballar beriladi:

1. Anerkennungsstelle sizning O'zbekistonda olgan diplomingiz Anpassungslehrgang orqali anerkennt bo'lishi haqida qaror qabul qilgan bo'lsa - 4 ball.

2. B2 darajada nemis tilini bilsangiz - 3 ball

3. B1 darajada nemis tilini bilsangiz - 2 ball (B2 orqali 3 ball olgan bo'lsangiz, B1 dagi ball qo'shilmaydi. Qolgan til sertifikatlarida ham shu qoida)
4. Nemis tilini A2 darajada bilsangiz - 1 ball.

5. Ingliz tilini C1 darajada bilsangiz - 1 ball

6. Kollej yoki OTM diplomini olgandan keyin oxirgi 7 yilda diplomga oid ishda kamida 5 yil ishlagan bo'lsangiz - 3 ball

  1. Oxirgi 5 yil davomida 2 yil diplomga oid ishda ishlagan bo'lsangiz - 2 ball

8. Diplomingizni Germaniyada malakali mutaxassislar yetishmayotgan sohada olgan bo'lsangiz (Hamshiralik, Vrach, O'qituvchi, Injener va hkz) - 1 ball

9. Yoshingiz 35 ga to'lmagan bo'lsa - 2 ball

  1. Yoshingiz 35 dan katta ammo 40 dan kichkina bo'lsa - 1 ball

11. Oxirgi 5 yilda eng kamida 6 oy Germaniyada yashagan bo'lsangiz - 1 ball

12. Turmush o'rtog'iz ham siz bilan kelayotgan bo'lsa yoki u ham chancenkarte olayotgan bo'lsa - 1 ball.

1 year, 3 months ago

Öqish davomida amaliy bajarilishi kerak bölgan hamma vazifalarni öqituvchilar tomonidan nazariy va amaliy örgatib boriladi. Har bölim tugashida yoki oy oxirida imtihonlar olinadi va joriy Balllar yig'ib boriladi. Ikkita asosiy imtihonlar bor: oraliq va yakuniy. Oraliq imtixoni 2-kurs örtasida böladi. Yakuniy 3-kurs oxirida. Ishxonada köp narsa takroriy böladi. Shuning uchun ham har kuni örganadigan narsa yöq.
Bazan shoshilinch(Notfall) holatlar bölib qoladi. Kerakli yöl bilan Tez yordam körsatishni bilishimiz zarur.

-Hozirda aynan nimalar bilan shug'ullanishingizni aniqroq ayta olasizmi? Haftada necha kun ishda, necha kun maktabda bo'lasiz? Ishxonada aynan nima ishlar bilan mashg'ul bo'lasiz?-Ish shartnomam böyicha haftalik öqish va ishlash majburiyatim 40 soatni tashkil qiladi. 1-kursda 1,5 kun öqish 3 kun ishlash kerak edi. Chunki öqish materiallarining köp qismi 1-kurs paytida beriladi. Va 2-3-kursda: 1 kun öqish 4 kun ish.

Amaliy Praxisda: bemorlarini qabul qilish, eshitish darajasi testi (Hörtest) chaqaloqlardan tortib to katta yoshli, eshitish Apparati ishlatadiganlarning Hörnervini tekshirish. Kuchli bosh aylanish holatlaridagi (Schwindel) test, Labaratoriya testlari va hakazo. Nemischada yozib ötaman(qulayroq), bemorga qarab yoziladigan terapiya böyicha aytiladigan TESTlarni hammasini qilaman :

Hör- und Gleichgewichtsdiagnostik
Schlaf- und Schnarchdiagnostik
HNO-Krebsvorsorge, Gesundheits-Check
Allergiediagnostik und -therapie
Neugeborenen-Hörscreening, Pädaudiologie
Tinnitus-Therapie, Hörberatung, Infusionen
Anpassung von Ohr-Schwimmschutz, Stechen von Ohrringen
Stimmdiagnostik und -therapie
Akupunktur
Reise- und Impfberatung
Tauchtauglichkeitsdiagnostik
Ästhetische Medizin, Laser-Haarentfernung, Faltenbehandlung.

-Sir bo'lmasa oyligingiz qancha? O'zingiz uchun yetarlimi?-Shartnoma böyicha oyligim: 1-yil 850€. 2-yil 905€, 3-yil esa 960€ ni tashkil qiladi. Soliqlarga 150/200€ olib qoladi. Hozirgacha özimga bemalol yetyabdi.?

-Agar o'tmishga qaytishga imkon bo'lganida, yana hozirgi yo'ldan yurarmidingiz? Aynan shu Ausbildungni tanlarmidingiz? Yoki o'zingizni boshqa sohada, yoki universitetda sinab ko'rarmidingiz?-Holatga qarab ish tutgan bo'lardim. Gohida tanlash uchun boshqa yo'l bo'lmasligi mumkin, nimanidir majburlikdan qilishimizga to'g'ri keladi. Biron nima deyishim qiyin, o'sha paytdagi imkoniyatlarimga bog'liq bo'lardi hammasi. Lekin hozirgi ishimdan ham mamnunman.

-Ausbildungni tugatib, nimalar qilishni rejalashtiryabsiz? Germaniyada yana qancha muddat qolmoqchisiz?-Ausbildungni tugatib, Abitur olib, universitetda o'qimoqchiman. Germaniyada qancha muddat qolishimni hali o'zim hal bilmiman?

-Siz Ausbildungdan oladigon diplomni O'zbekistonda ham foydasi tegadimi?-Bilishimcha, Ausbildungdan oladigan Zeugnis/Diplomim na Germaniyada öqishim uchun va na Özbekistonda ishlashim uchun yordam bera oladi. Chunki turli xil Sistemalar, bir biriga mos kelmaydi. Balki nemislar Özbekistonda klinika ochib, ishga taklif qilsa bo'lar lekin bu ish deyarli imkonsiz.

-Siz kabi Arzthelfer/in bo'lishni niyat qilgan yoshlarga nimalarni maslahat berasiz?-Maslahat berolmasam kere, töģrisi özimga maslahat kere bu borada?

Suhbat uchun kattakon rahmat. O'qish va ishlaringizda muvaffaqqiyat tilab qolaman.

1 year, 3 months ago

Assalomu alaykum hurmatli guruhdoshlar. Sizlarga turli qiziqarli va foydali ma'lumotlar berib borish maqsadida intervyu ko'rinishidagi kichik loyiha boshlagan edik, ya'ni Germaniyada turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularning Germaniyadagi faoliyati, nima uchun aynan Germaniyaga kelgani, hozirda nimalar bilan bandligi , ushbu sohada Germaniyada shart-sharoitlar qanday ekanligi haqida ma'lumotlar berib boramiz.

Dasturimizning bu galgi mehmoni Myunxen shahrida Arzthelferin (Medizinische Fachangestellte) sifatida Ausbildung qilayotgan Khursandoy Ahmadjonova. Agar siz ham tibbiyot sohasida Ausbildung qilmoqchi bo'lsangiz, unda intervyuni o'qib chiqing, foydasi tegib qolishi mumkin.

-Assalomu alaykum. Intervyuga rozilik berganingiz uchun tashakkur. O'zingiz haqidagi ma'lumotlardan boshlasak. Qayerda tug'ilgansiz? Germaniyaga kelishdan oldin qayerlarda o'qigansiz?-Vaalaykum assalom. Taklif uchun rahmat, hali intervyu beradigon darajada ko'p ishlarni qilib ulgirmagan bo'lsam ham, tajribam bilan o'rtoqlashsam, kimgadir foydali bo'lar deb o'yladim. Men Farg'ona viloyatining Marg'ilon shahrida tuģilganman. To'qqiz yillik maktabdan so'ng, Gyo'te instituti qoshidagi akademik litseyni tamomlaganman. Shundan keyin, Germaniya davlatiga Aupair dasturi orqali kelganaman. Litseyda nemis tilini yaxshi o'rganganmiz, Germaniyaga borishdan oldin Gyo'tedan B1/B2 sertifikat olganman.

-Demak, Germaniyaga kelishingizga litseyda nemis tilini o'rganganingiz sabab bo'lgan ekanda?-Ha, shunaqa desa ham bo'ladi. Beshinchi sinfdan boshlab nemis tili ustozlarim Germaniya davlati, nemis xalqi haqida ko'p ma'lumotlar berib borishgan. Bundan tashqari, maktabimizga turli stipendiyalarda g'olib bo'lib, Germaniyada o'qiyotganlar ham ko'p bor tashrif buyurgan. Ularning taasurotlari, aytib bergan ma'lumotlarini eshitib, menda ham Germaniyada o'qish xohishi paydo bo'lgan.

-Mana hozirda Arzthelferin bo'lish uchun Ausbildung qilyabsiz. Ammo siz bilan 2-3 yil oldin gaplashganimizda, studienkollegga kirib, keyin universitetda o'qimoqchiligizni aytgandingiz, nima uchun Ausbildung qilishga qaror qildingiz?-O'qish uchun hujjatlarim vaqtida tayyor bo'lmadi, bundan tashqari o'zim ham universitetga kirishdan oldin, Ausbildung qilib, tajriba to'plasam, shu tajribalar menga o'qish davomida ancha yordam beradi deb o'yladim.

- Ausbildung uchun joy topish qiyin bo'lmaganmi? Sizdan nimalar talab qilishgan? Vorstellungsgeschprachda nimalarni so'ragan?-Ko'p internet saytlarida doimiy Ausbildungplatz qidirganman. Ko'p suhbatlarga chaqirilganman. Shular orasida Münchendagi ish beruvchi va jamoa köp jihatlardan yoqqan. Suhbat paytida özim, qiziqishlarim, kelajak rejalarim, nimaga tibbiyot sohasida ishlamoqchiligimni sörashgan. Bundan tashqari, ularga mening nemis tili darajam ham ma'qul kelgan hamda shartnoma taklif qilishgan.

-Ausbildungni o'tgan yili boshlagan ekansiz, shu vaqtgacha o'rganganlaringizdan ko'nglingiz to'ldimi? Aynan nimalarni o'rgandingiz shu ikki yil mobaynida?- Hozirgi ish beruvchlarim LOR doktorlari, bemorlarga turli xil zamonaviy davolash usullari bilan tashhis qöyishadi. (Es ist spezialisiert auf die Schwerpunkte Schlaf- und Schnarchmedizin, Allergologie, Kinder HNO Heilkunde sowie HNO-Operationen für Erwachsene und Kinder)
Öqish davomida tibbiyotga oid umumiy bilimlar beriladi. Amaliy ish joyim LORda bölsa ham umumiy ta'lim olaman. Bu degani mabodo ish joyimda ishlashni xohlamay qolsam, yoki ta'limni tugatib, yana boshqa LORda ish qidirishim shartmas. Orthopäde yoki Hausarzt yoki Kardiologie yoki Pädiatriya Praxislarida bemalol ishni davom ettirishim mumkin. Lorda bölsam ham, boshqa sohalarda ham umumiy bilimlarim yetarli, lekin chuqur ma'lumotlar berilmidi. Ishlayotgan soham böyicha ko'proq narsa örganaman. Kelajakda foydasi tegadi degan umiddaman.

-Yana bir yil nimalarni o'rganasiz? Imtihon faqat uchinchi yilni oxirida bo'ladimi? Yoki har yil/chorakda imtihon topshirish kerakmi?

1 year, 3 months ago
[#Statistika](?q=%23Statistika)

#Statistika

Germaniya statistika qo'mitasining 31.12.2022 kungi ma'lumotlariga ko'ra Germaniyada yashayotgan o'zbekistonliklarning umumiy soni 11860 ta. Shulardan 5945 tasi erkaklar va 5920 ta ayollar.

Shulardan 2690 ta ayolda va atiga 2010 ta erkakda Niederlassungserlaubnis (unbefristete Aufenthaltserlaubnis) mavjud bo'lsa, 735 ta erkakda va 370 ta ayolda Ausbildung/Studium qilish uchun viza bor ekan.

Undan tashqari, 420 ta o'zbekistonlik erkak va 230 ta ayol ishchi vizasi bilan Germaniyada istiqomat qilayotgan bo'lsa, 600 dan ziyod vatandoshlarimiz hech qanday vizasiz, noqonuniy ravishda Germaniyada yashayotgan ekan.

Oila birlashtirish vizasi bilan yashayotgan erkaklarimiz soni 565 ta bo'lsa, bu borada ayollarimiz ancha ilgarilab ketibdi, 1100 ta ayollarda oila birlashtirish vizasi mavjud.

Sizchi, qaysi viza turi bilan Germaniyada yashayabsz??

@uzDeutschland

1 year, 4 months ago
[#Steuererklärung](?q=%23Steuererkl%C3%A4rung)

#Steuererklärung

Germaniyada ishlayotgan vatandoshlarimiz ham Steuererklärung (soliq dekloratsiyasi) qilish orqali to'lagan pullarini qaytarib olishmoqda. Bugun ham bir yurtdoshimiz 4500€ dan ziyod pulini qaytarib olibdi, alhamdulillah ?

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 2 days ago