Arabboy Rejabboyev | Blog

Description
Kishining o’ziga qilgan eng katta yaxshiligi ilm o’rganishidir!
HR kanalim - @HR_Mutaxassis


Savol va takliflar uchun: @A_Rejabboyev
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

3 weeks, 2 days ago

Ideal o‘zingiz bo‘lsin

Bir ishni qoyillatib bajarish uchun har doim ham uni avval sinab ko‘rgan bo‘lish shart emas. Ba’zan birinchi bajarishdayoq, uni o‘n marta bajargandan ham yaxshiroq uddalash mumkin.

Istalgan soha bo‘lsin, barcha to‘g‘ri qarorlarni ustoz yordamida qabul qilish shart emas. (Bu, ustoz tutmang degani emas.)

Har doim ham yoshlikda xatolar qilib, keyinchalik ulardan saboq chiqarib, natijaga erishish shart emas.

Yuqoridagi barcha jarayonlarni birinchisidayoq mustaqil ravishda to‘g‘ri bajarishingiz mumkin. Buning uchun o‘zingizning ideal holatingizni tasavvur qilishingiz kifoya.

Tasavvuringizdagi ideal o‘zingiz do‘sti bilan qanday gaplashgan bo‘lar edi – siz ham shunday gaplashing.

Ota-onasiga hurmati, ustozga mulozamati, katta-kichik jarayonlardagi qarorlarni qanday qabul qilgan bo‘lardi – siz ham shunday qiling.

Odamlarga munosabati, omma oldida o’zini tutishi, kunlik qilayotgan yaxshi odatlari qanday bo’lardi - siz ham shunday qilishingiz kerak.

Hayotingizda biror muhim qarorga duch kelsangiz, bir zum to‘xtang va ideal o‘zingiz nima qilishini o‘ylab ko‘ring va shuni bajaring.

Kunlarimni tahlil qilganda, bugungi qilgan ishlarim idealimdagi Arabboy qilishi kerak bo’lgan ishlar bilan mos yoki yo‘qligini tekshirishim – tezroq o‘rganish, tezroq rivojlanish imkonini beradi.

@Arabboy_Rejabboyev

3 weeks, 4 days ago

Bir challenge qilamizmi birgalikda nima deysizlar ? Foydasi inshaa Alloh zo‘r bo‘ladi. 1- Foydasi o‘zimiz uchun shaxsiy rivojlanish. 2-foydasi: O‘zimizga zaxira amal. Agar challenge bir kun qoldirilsa 10 ming so‘m jarima. 1 oy davomida yig‘ilgan summa…

3 weeks, 4 days ago

Bir challenge qilamizmi birgalikda nima deysizlar ?

Foydasi inshaa Alloh zo‘r bo‘ladi.

1- Foydasi o‘zimiz uchun shaxsiy rivojlanish.

2-foydasi: O‘zimizga zaxira amal.

Agar challenge bir kun qoldirilsa 10 ming so‘m jarima. 1 oy davomida yig‘ilgan summa Onkologiya shifoxonasida davolanayotgan yosh bolalar uchun ijtimoiy yordam sifatida beriladi, to‘g‘ri unaqa katta summa yig‘ilmaydi, aytishadi-ku "Toma-toma ko‘l bolur". Toʻlov uchun karta 9860350102833307

Endi challenge ni shartini aytib o‘taman.

Xar kuni eng kamida 10 bet ( 5 varaq ) kitob o‘qiymiz, bor yo‘g‘i shu azizlar. Xohlagan kitobingizni oʻqisangiz boʻladi asosiysi oʻqilsa bas.

Qoʻshilaman deganlar izohlarda yozib ketarsiz. Challenge bugundan boshlandi.

Himmatlilardan qilsin.

@doctor_Solmonov

3 months ago

Agar bu savollarning javobi “yo‘q” bo‘lsa, hayotingizda nimanidir o‘zgartirishingiz kerak.

Bu postni o‘qiyotganda sizni chalg‘itadigan narsalardan xalos bo‘lib, xotirjam bo‘ling. Har bir savolga ichingizdan teran o‘ylab javob bering:
1. Siz eng ko‘p muloqot qilayotgan to‘rtta inson bilan bir umr birga yashasangiz, o‘zingiz xohlagan natijaga erisha olasizmi?
2. O‘zingizni butun umr vaqt o‘tkazishga arziydigan inson deb bilasizmi?
3. Kamida mingta insonga foyda beradigan eng kuchli istagingiz bormi?
4. Har kunlik tashlayotgan qadamlaringiz orzularingizga yaqinlashtiryaptimi yoki uzoqlashtiryaptimi?
5. Oxirgi marta qachon telefoningizdan bir kunda ikki soatdan kam foydalandingiz?
6. Farzandingiz sizdek qaror qabul qilib yashasa, rozi bo‘lasizmi?

@Arabboy_Rejabboyev

3 months ago

Maqsadning o‘zi yetarli emas

Statistikaga qaraganda, yangi yildan chekishni tashlashni boshlagan erkaklarning 92 foizi buni uddalay olmaydi. Ozishga ahd qilganlarning 95 foizi esa vaqt o‘tib yana semirib ketadi. Yangi yilni go‘zal niyatlar bilan boshlaganlarning 88 foizi ularni bajarishga vaqt topa olmaydi.

Dastlab katta ishtiyoq bilan boshlaysiz. Ammo kunlardan bir kun bu ishtiyoq qayoqqadir yo‘qoladi.

Har qanday ishtiyoq kun kelib yo‘qolishi mumkin, lekin ishtiyoq yo‘qolganda ham bu ishni davom ettirishingiz uchun sabablar topib qo‘yishingiz kerak. Bu sabablar sizni ishtiyoq yo‘qolganda ham bajarishga undashi zarur.

To‘g‘ri niyat va to‘g‘ri maqsad sizni o‘tirgan joyingizdan qo‘zg‘atolmasligi mumkin. Faqatgina maqsadga erishishga xalaqit qiluvchi ishlarni bartaraf qilish natijaga olib boradi.

Yugurish poygasiga chiqqan 100 ta sportchining birortasi ham 2-o‘rinni olish niyatida tayyorgarlik ko‘rmaydi. Ammo ularning ichida maqsad tomon eng ko‘p harakat qilgani, ishni doimiy davom ettira olgani va ishtiyoqni kutmasdan o‘zini majburlagani, 100 ta inson qo‘ygan to‘g‘ri maqsadga bir o‘zi erishadi.

@Arabboy_Rejabboyev

3 months ago

Bu insonlardan maslahat olmang

Noto‘g‘ri maslahat butun hayotingizni barbod qilishi mumkin.

Insonlar uchun eng oson ish maslahat berish bo‘lib qolgan. Ko‘pchilik kimdan maslahat olayotganiga eʼtibor bermasdan katta xatolarga ham yo‘l qo‘yishmoqda.

Maslahat olmasligingiz kerak bo‘lgan insonlarni aniqlashda quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:
1. Ilmi va tajribasi yetarli bo‘lmagan insonlar.
Ular odatda nazariy teoriyalarga asoslanib maslahat berishadi, amaliyot esa boshqacha bo‘lishi mumkin.
2. Ko‘proq o‘z manfaatini o‘ylaydigan insonlar.
Ular boshqalarning manfaatini kam o‘ylaganligi sababli, maslahatlari yetarli darajada foydali bo‘lmaydi.
3. O‘zgalarni ko‘p tanqid qiladigan insonlar.
Ular odatda yordam berishga emas, tanqid qilishga va shu orqali o‘zlarini yaxshi ko‘rsatishga harakat qilishadi.
4. Hissiyotga ko‘p beriladigan insonlar.
Bunday odamlar hissiyotga tayangan holda reallikni unutishadi va maslahatlari ham haqiqatdan uzoq bo‘lishi mumkin.

Agar maslahat olayotgan insoningiz yuqoridagi xususiyatlardan biriga ega bo‘lsa, katta ehtimol bilan xato qilayotgan bo‘lishingiz mumkin.

@Arabboy_Rejabboyev

3 months ago

Tonnalagan ma’lumot foydasiz

Insonlarni bilishga emas, balki bajarishga undaydigan harakatlar ko‘proq rivojlantiradi.

Ertalab erta turish va kechqurun erta uxlash kerakligini bilasiz. Esingizni taniganingizdan beri bu qoida sizga tanish, ammo doimiy erta turish va erta uxlash bilan muammoingiz bor.

Har qancha erta uxlash va uyg‘onishning foydalarini eshitsangiz ham, o‘qisangiz ham bu muammo bilan qiynalaverasiz.

Bunday holatda tonnalab ma’lumotdan ko‘ra, quyidagi kichik amallar foydaliroq bo‘ladi:
• Uxlashdan 2 soat oldin ovqatlanmaslik.
• Bir soat oldin elektron gadjetlardan foydalanishni to‘xtatish.
• Xonani qorong‘iroq qilish.
• Uxlash o‘rnini almashtirib ko‘rish.

Uyquda melatoninning ahamiyati, chuqur va yuzaki fazalari, uyqudan ko‘proq energiya olish mumkin bo‘lgan vaqtlar haqidagi minglab maʼlumotlarni bilsangiz ham, yuqoridagi ishlarni amalda qilmasangiz, muammoingiz hal bo‘lmaydi.

Natijaga olib boradigan maʼlumotlarni tonnalab yig‘ishni to‘xtating. Natija uchun kerakli bitta sababni paydo qiling. Kerakli bilimlarni miya jarayon davomida talab qiladi va ularni shu vaqtda o‘zlashtirish samaraliroq bo‘ladi.

@Arabboy_Rejabboyev

3 months ago

Kitob natijaga olib chiqmaydi

Kitob hayotni o‘zgartirmaydi, u shunchaki vosita. Insonning qilayotgan harakatlari ko‘proq ahamiyatga ega.

Tajribalar ko‘proq esda qoladi va his qilinadi. Ularni faqat miya bilan emas, qalb va tana bilan ham sezish mumkin.

Biror narsaning og‘rig‘ini kitobdan qancha o‘qisangiz ham his qilib bo‘lmaydi. His qilinmagan ma’lumotlardan esa inson kamroq saboq chiqaradi va bu xatoni qilmaslikdan kamroq qochadi.

Insonni muvaffaqiyatli qiladigan ham, dono qiladigan ham – uning tajribasi.

Kitobdan olingan ma’lumotlar sizga o‘z tajribangizga o‘xshash bo‘lgan tajribalarni o‘rganishga yordam beradi. Shu orqali og‘riqni his qilib, qilgan xatolaringizga o‘xshash xatolarni qayta qilmaslikni o‘rganasiz. Agar kitob o‘qimasangiz, avvalgi xatolaringizga o‘xshash bo‘lgan xatolarni takrorlayverasiz.

Demak, tajribasiz o‘qilgan kitob – keraksiz xilma-xillik xolos. Kitobsiz qilinayotgan tajriba esa o‘xshash xatolar xilma-xilligini oshiradi, xolos.

@Arabboy_Rejabboyev

3 months, 1 week ago

To‘g‘ri o‘zgarish

Ko‘pincha biz keraksiz va noto‘g‘ri narsalarni o‘zgartirishga harakat qilamiz. Natijada, noto‘g‘ri natijalarga erishamiz.

Yaxshi oylik olish uchun ish joyini emas, insonlarga berayotgan qiymatingizni o‘zgartirish kerak. Muvaffaqiyatga erishish uchun amaldor tanishlarni emas, kunlik harakatlaringizni o‘zgartirish kerak. Sog‘lom tana uchun shifokorni emas, hayot tarzini o‘zgartirish kerak.

To‘g‘ri o‘zgarish qilishning noto‘g‘ri o‘zgarish qilishdan farqi quyidagicha:
1. O‘zgartirish qilish qismi faqat sizga bog‘liq bo‘ladi.
2. Hozirgi harakat 5-10 yildan keyin qayta takrorlansa, hozirgidek ijobiy natija beradi.

Hayotingizda qanday o‘zgarishlar qilishingiz mumkin? Yuqoridagi ikki filterni qo‘llab, sinab ko‘ring.

@Arabboy_Rejabboyev

6 months, 4 weeks ago

Niyat

Ish yuzasidan O’sh shahriga kelgan edim. Kelayotib Abdulloh domlani masjidiga borib ziyorat qilishni o’ylagandim, ammo uchrashuvlar rejalashtirib qo’yilgani uchun buni imkoni yo’q edi.

Bir supermarketni individual tizimlashtirayotgan vaqtimizda Abdulloh domlaning o’zlari kelib qoldilar. Niyatimiz holis ekan, ko’rishib duolarini oldik!

——————

Bir misirlik minbarchi butun umr minbar yasab umrining so’ngida yasagan barcha minbarlaridanda chiroyli minbar yasaydi. Uni hech kimga sotishga rozi bo’lmas va uni Quddus egallangan kuni Masjodul Aqsoga olib borishini aytardi. Odamlar bu gapni eshitib, ushalib bo’lmas orzu deb kulishardi. Mimbarchi, “men o’z vazifamni qildim uni olib borish boshqaning ishi” deb aytardi. Minbarchining gaplari quloqdan-quloqqa o’tib, Salohiddin Ayyubiyga yetadi. U quddusni egallagan kuni birinchi qilgan ishi minbarni Masjodul Aqsoga qo’yish bo’ladi.

Niyat har narsadan ustundir. Ba’zan sabablarini oz qilsangiz ham yoki qilmasangiz ham niyatingizga yetishingiz mumkin. Ba’zan Alloh niyatingizga boshqa yo’llardan yetkazishi mumkin. Eng muhimi ham, eng qiyini ham niyatni to’g’ri qilish va unda sobit qola olishdir!

@Arabboy_Rejabboyev

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago