Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

Javokhir Khabibullaev (Jack Hobbs)

Description
👉Personal experiences and ideas👈

🇺🇿 Uzbek 👉 🇩🇪
📆 24 y.o.
👨‍⚕️ Doctor
🩻 MFA (Germany)
👨‍🏫 IELTS instructor (used to)
🏆 Winner: local&international olympiads
🥇 Winner: Healthcare Minister Scholarship 2023
🌎 Visited 14 countries
Advertising
We recommend to visit

⛔️Team No data of course ❤️‍
We are the leaders of the UDP protocol ✌️
We are a team of udp Machine creators, udp software developers and file creators. Meaning we understand how the protocol flows

👉Advertise with us:
https://t.me/hackwell101

Last updated 6 days, 16 hours ago

👑 بسم الله الرحمن الرحيم 👑
Nothing I post is financial advise so always DO YOUR OWN RESEARCH and be responsible for your own trades.

Owner @shahroze 👑

Last updated 2 weeks ago

☑️ Get 1000+ Daily (100% Off) Certificate Courses for Free! & Daily Job Updates

☑️ Visit Website➛ https://www.learninghome99.blogspot.com




---------------------😀Thank You😀------------------------

Last updated 3 weeks, 2 days ago

1 month ago

when you pray for rain, you gotta deal with mud too

toki yomg'irni so'rayotgan ekansan, loyga ham chiday olishing kerak

© DW

👉 @JackHobbsOfficial

1 month, 1 week ago

📰 Seshanbadagi xato...

Seshanba kuni 1 kichkina xato qilib qo'ydim. Qisqasi bir bemorni soat 10:30 da vrach bilan uchrashuvi bor edi. U soat 10:25 lar atrofida yetib keldi va menga xabar berdi. Men uni kelgani haqidagi ma'lumotni sistemaga kiritib, vrachni ogohlantirishim kerak edi. Lekin o'sha kuni bemorlar ko'p edi va kasalni sistemaga kiritishni unutib qo'yibman. U bemor Privat, ya'ni har qanday amaliyotni o'z cho'ntagidan to'laydigan bemor edi. Shu yerdan tushunsa bo'ladi, akada pul ko'p. Chunki Germaniyada tibbiy muolajalar qimmat va Privat patient bo'lish uchun o'ziga yetarlicha to'q bo'lish kerak. Masalan, 1 ta konsultatsiyaning narxi 50-100 euro atrofida bo'ladi.

Shunday qilib, o'sha bemor soat 13:30 gacha kutdi. Undan boshqa hech kim qolmadi va u kelib, "Vrach meni esidan chiqarib qo'ymadimikin?" deb so'radi. Vrach 5 daqiqa oldin oxirgi bemorni kuzatib qo'ygan edi. Qarasam aka sistemaga kiritilmagan. Tezda shifokor bilan gaplashib, bemorni olib kirdim. Chiqqanidan keyin esa bo'lgan voqeani tushuntirib, uzr so'radim. U nima dedi bilasizmi?
- "Mayli, kompyuter bilan doim shunaqa muammolar bo'lib turadi. Tushunaman. Axir shu vaqt ichida bekor o'tirmadim, telefonda ishlarimni qilib o'tirdim. Hechqisi yo'q, rahmat" dedi. Boshqacha narsalar o'tdi ichimdan.

Tasavvur qiling, 50 yoshdan oshgan erkak. Puli ko'p. Meni aybim bilan 3 soatini yo'qotdi. Uni o'rnida men hech bo'lmaganda 1 ta gap qistirib qo'yardim. Bunday holatlarni 1 oy ichida hamkasblarim ishtirokida ham bir necha bor ko'rdim. Shunchaki har safar o'zimga xulosa qilyapman.

Madaniyat?!

👉 @JackHobbsOfficial

1 month, 1 week ago

📰 Ular xohlashmaydi...

"Qaysidir ishni ilojsiz deb o'ylaydiganlar, siz shu ishni uddalashingizni xohlashmaydi. Qo'rqishadi." - Can't Hurt Me, David Goggins.

Yaqinda David bratni "Can't Hurt Me" kitobini o'qib tugatdim. Kitobni do'stim Abdulloh Malik tavsiyasida sotib olgan edim. Kitob rostdan ham ancha yaxshi yozilgan. Muallif o'zining hayot yo'li va boshdan o'tkazgan qiyinchiliklarini shu kitobda tasvirlab berishga harakat qilgan. Ogohlantiraman, agar siz avval shu kabi janrdagi kitoblarni o'qigan bo'lsangiz zerikib qolishingiz mumkin. Agar siz hali ham miyangizdagi dangasalikni yenga olmayotgan bo'lsangiz yoki komfort zonangizdan chiqa olmayotgan bo'lsangiz bu kitobdan nimadir foyda olishingiz mumkin.

Men ham kitobni ozgina zerikib, ozgina qiziqib o'qidim. Biroq kitobni oxiridagi ba'zi bir jumlalar miyamda ba'zi chaqnashlarga sabab bo'ldi. 1-jumla aynan shulardan biri edi.

Biz maqsadlarimiz yo'lida juda ko'p to'siqlarni yengishimiz va ba'zi bir qurbonliklarni qilishimizga to'g'ri keladi. Afsuski, juda ko'pchilik hali ham buni to'g'ri tushunib yetmagan va chizib berilgan chiziq bo'yicha yashab kelmoqda. Qisqasi, bizning jamiyatda uni qilolmaysan, buni iloji yo'q deb umri davomida ma'noli biron ish qilmay yashayotganlar ko'p. Eng yomon tarafi ular sizning ham endi uchqunlayotgan intilishlaringizni shunga o'xshagan gaplar bilan so'ndirishadi. "O'qib olim bo'larmiding" degan gap ham yaqingacha shularning ichida edi. Bunday odamlar faqat boshqalarni ayblash bilan vaqt o'tkazadi.

Eng yomon tarafi, bundaylar siz ular ilojsiz deb aytgan ishni amallashingizda qo'rqishadi. Nimaga bilasizmi? Birinchidan, bu ishingiz bilan siz ularni nohaq ekanligini isbotlab qo'ygan bo'lasiz. Ikkinchidan, buning ehtimolligi pastroq, lekin bo'lishi mumkin. Hasad. Uchinchidan, siz shu ishni qilganingizdan keyin, ular bir umr o'zini ayblab yashaydi. Quyidagi savollar bilan: "Nima uchun men shuni qilmadim?", "Meni nimam kam edi?", "Nimaga menda o'xshamadi?" va h.k.z. Qo'rqishadi!

Vaqt topsangiz shu kitobni o'qib ko'rishni tavsiya qilaman. Yoki shunchaki shu postni yaxshilab eslab qolinglar)

09.04.2024. Mannheim.
JH

👉 @JackHobbsOfficial

1 month, 1 week ago

🤩 1000 degan edim, 1200 tada o'tibmiz. Menga hayitlik bo'ldi)

Shu post ostida sizni qiziqtirgan savollarni yozib qoldiring. Yakshanba kuni javob beraman.
Iltimos, savolingizni 1 ta qilib, aniq qilib yozing. Shunda barchaga qulay bo'ladi...

👇👇👇

1 month, 1 week ago

*🌙 Hayit muborak, do’stlar!*

1 month, 1 week ago

🫀 Do’stlar, 🐎🚿 rahmat 🙌

Kanalni boost qilib 4-levelgacha olib chiqdik. Endi kuniga 4 tagacha stories qo’ya olamiz kanalda 🔥🥳

1 month, 2 weeks ago

🔺 Ataylab 1 oy davomida Voice Chat qilganim yo'q. Chunki miyamdagi fikrlarni to'gri yoki noto'g'riligini tekshirib olishim kerak edi. Keyingi hafta Yakshanba kuni Voice Chat qilamiz. Shu o'tgan oy ichida tushunganlarim va o'rganganlarim haqida gaplashamiz. Albatta, sizlarning savollaringizga ham javob beraman.

🎙 Voice chat: Germaniya kelishga arziydimi?
* 14.04.2024. Soat 20:00(uzb)
davomiyligi 1,5 soat*

Iloji boricha hamma plyus va minuslar haqida gaplashamiz.

Shu kanal auditoriyasini Voice chatgacha 1000 taga yetkizmoqchiman. Buning uchun sizlarning yordamingiz kerak bo'ladi. Menimcha nima qilish kerakligini bilasiz. Buni sarflayotgan vaqtim va mehnatim uchun sovg'a deb qabul qilaman)

P.S. Voice chat yozib olinadi. Biroq kanalga 2 haftadan keyin joylayman. Shu sababli jonli qatnashishga harakat qilinglar...

👉 @JackHobbsOfficial

1 month, 2 weeks ago

📰 31-kun. Germaniya.

Vaqt to'xtamaydi. Yaqinda qachon hujjatlarim tayyor bo'larkin, qachon VISA chiqarkin deb kutib o'tirgan edim. Allaqachon bu yerda 1 oy yashab qo'yibman. Shu vaqtda ancha narsalarni qayta o'ylab chiqdim. Hozir shulardan ba'zilari bilan bo'lishaman.

1. Eng asosiysi til!
Bu yerda eplab ketishingiz uchun Nemis tilida zo'r gaplasha olishingiz kerak. E'tibor bering Nemis tilini bilishingiz kerak demayapman. Bu tilni qancha ko'p vaqt o'rgangan bo'lsangiz ham, erkin gaplasha olmasangiz, juda qiynalasiz. Chunki bu yerda siz o'rgangan nemis tilida gapirishmaydi. Asosan dialekt va jargon. Men qisqa vaqt ichida nemis tilini o'rganib keldim va faqat men qiynalayapman deb o'ylagan edim. Lekin mendan oldin kelgan hammada shu muammo bo'lgan ekan.

2. Hech kimdan yordam kutmang!
Germaniyaga borsam falonchi yordam bervoradi, pistonchi yordam bervoradi deb o'ylamang. Ha, yordam berishadi. Ma'lum darajada. Chunki bu yerda deyarli hamma tirikchilik g'amida kelgan. Deyarli hammani oilasi bor. Sizni muammolariz ortiqchalik qilishi mumkin. Bo'yningizga musofirlik yukini oldingizmi, uni o'zingiz ko'tarishga tayyor bo'lib keling.

3. Kompyuterda ishlashni bilmasangiz, bugundan o'rganishni boshlang!
Germaniyada hamma soha tizimlashtirilgan. Ya'ni ular faqat kompyuterdagi tizimlashtirilgan ma'lum programmalarda ishlashadi(qishloq xo'jaligidan boshqa). Kompyuterni yaxshi tushunmasangiz moslashib ketishingiz juda uzoqqa cho'ziladi.

4. Pul yig'ing!
Sertifikat oldim, shartnoma oldim, VISA oldim deb undan keyingi jarayonlarni esingizdan chiqarmang. Unchalik ko'p emas, ammo ma'lum miqdorda summa kerak bo'ladi. VISA ni qo'lingizga olishingiz, bu - rasxodlarning boshlanishi) Qisqasi, kamida 2000 Euro g'amlab qo'ying. Aks holda, kelib qarzlarga botishni boshlaysiz va bu botqoqdan chiqishingiz uchun 4-5 oy ketib qolishi mumkin.

5. Hech qachon kech emas! Hech qachon erta emas!
Germaniyaga xohlagan vaqt kelishingiz mumkin. Qo'lingizda sertifikatingiz va diplomingiz bo'lsa bo'ldi. Sizni ishga olishayotgan vaqtda yoshingizga unchalik e'tibor berishmaydi. Qo'lingizdan nima kelishiga qarashadi. Bu yerda yoshi ancha katta bo'lishiga qaramasdan, hayotini yangidan boshlashga rozi bo'lib kelgan akalarni ko'rdim. Hozircha ustimda aytolmadim, lekin shunchaki Respect ularga. Meni qo'limdan bunaqa tavakkal kelmasligi mumkin edi.

6. Germaniya SABR qilishga o'rgatadi.
O'zbekistonda ko'p ishlarni oz vaqt ichida hal qilish mumkin. Germaniya esa boshqa dunyo. Oddiy plastik karta olish uchun 10 kun, yoki hujjatlaringizni tarjima qilish uchun 1 oy kutishingiz mumkin. (Men hali ham MasterCard kutyapman)
Faqat Avtoulovni navbat kutmasdan olib chiqib ketish mumkin )))

7. O'zBEK bo'lib keling!
Bizni Germaniyada yashayotganlardan hech qanday kam joyi yo'q. Miyamiz yaxshiroq ishlasa ishlaydiki, ularnikidan yomon ishlamaydi. Shunchaki biz nemis tilida gaplashishga majburmiz. Eng katta farq berishi mumkin bo'lgan narsa shu. Shunday ekan, Germaniyaga kelar ekansiz qaddingizni tik tutib, o'zingizga ishonch bilan keling. Chunki shu yerga kelguncha siz qilgan mehnatni bu yerdagilar yarmini ham qilmagan.

Hali aytilishi kerak bo'lgan gaplar juda ko'p. Qolganlarini keyingi hafta bo'ladigan VOICE CHAT da gaplashamiz.

04.04.24. Mannheim.
JH

👉 @JackHobbsOfficial

1 month, 2 weeks ago
We recommend to visit

⛔️Team No data of course ❤️‍
We are the leaders of the UDP protocol ✌️
We are a team of udp Machine creators, udp software developers and file creators. Meaning we understand how the protocol flows

👉Advertise with us:
https://t.me/hackwell101

Last updated 6 days, 16 hours ago

👑 بسم الله الرحمن الرحيم 👑
Nothing I post is financial advise so always DO YOUR OWN RESEARCH and be responsible for your own trades.

Owner @shahroze 👑

Last updated 2 weeks ago

☑️ Get 1000+ Daily (100% Off) Certificate Courses for Free! & Daily Job Updates

☑️ Visit Website➛ https://www.learninghome99.blogspot.com




---------------------😀Thank You😀------------------------

Last updated 3 weeks, 2 days ago