Javokhir Khabibullaev (Jack Hobbs)

Description
?Personal experiences and ideas?

?? Uzbek ? ??
? 24 y.o.
?‍⚕️ Doctor
? MFA (Germany)
?‍? IELTS instructor (used to)
? Winner: local&international olympiads
? Winner: Healthcare Minister Scholarship 2023
? Visited 14 countries
Advertising
We recommend to visit

⛔️V2RAY || SSH WS || TROJAN


Super fast Servers, free for everyone Made by the Professor 😎

🌟FREE FILES ON DAILY

Last updated 2 weeks, 6 days ago

👑 بسم الله الرحمن الرحيم 👑
Nothing I post is financial advise so always DO YOUR OWN RESEARCH and be responsible for your own trade.

Owner @shahroze
Admin @Mrpresident564

Marketing wallet: 0x7BCe73686b107B06720B986aA80435a7Bf28660C

Last updated 7 months, 3 weeks ago

3 months ago

? Ferienjob(Work&Travel) uchun keyingi qabul oktyabr oyida bo’ladi.

3 months ago

? Hozir MFA ga ish qidirayotgan va B2 sertifikati bor odam bormi?

@JackHobbs ga yozing.

3 months ago

☀️ Va nihoyat…

Ferienjob uchun qabulni boshlaymiz.Kutayotganlar endi ro’yxatga yozilishilar mumkin.

? Murojaat uchun: @directJH

3 months ago

? Quyidagi guruhlarda bo’sh o’rinlar mavjud:

Offline:
Elementary
Pre-Intermediate
Intermediate

Online:
Elementary

? Murojaat uchun: @JackHobbsAdmin

6 months, 1 week ago

? Jamoa
Yolg'izlik yomon narsa. Yolg'iz yurgan odam tezroq yurishi rost gap, lekin uzoqqa bora olmasligi ham rost. Balki bu fikrimga qo'shilmaydigan introvertlar ham bordir. Shunday bo'lsada, yaxshilab o'ylab ko'ring. Dunyodagi baxtsiz odamlarning asosiy qismini yolg'izlar tashkil qiladi. Qisqasi, odamlar odamlar uchun yaratiladi.

Har doim o'z jamoangiz (krugiz) bo'lsin. Shunday do'stlaringiz bo'lsinki, fikrlashi, maqsadlari, farosati siznikiga yaqin bo'lsin. E'tibor bergan bo'lsangiz do'stlaringiz deyapman. Nimaga? Chunki hozirgi kunda 1 ta do'st kamlik qiladi.

Menda bir nechta kruglar bor. Sinfdoshlar, litsey kursdoshlar, institut kursdoshlar va albatta terma krug) Har bir krug ichida qo'rqmasdan do'st deb atay oladiganlarim bor. Men ular bilan faxrlanaman. Ular oldida o'zimni baxtliroq va erkinroq xis qilaman.

Bundan 3 oy oldin Germaniyaga qo'nganimda, shu do'stlarimni barchasini uyda tashlab keldim. Bu og'ir yo'qotishday tuyuldi. 3 oy Germaniyada do'stsiz yashadim. Bunday hayot menga qiyinlik qila boshlagan edi. Chunki, kayfiyat yomon vaqtida gaplashadigan, xursand vaqtizda kulishadigan odamiz bo'lmasa, faqat telefoniz ekraniga qarab o'tira olasiz xolos.

Instagramimni ham kuzatayotgan bo'lsangiz bilarsiz, 1 hafta oldin do'stim, Malik Abdulloh (@malikposts) ham Germaniyaga keldi. Shu kundan boshlab, Germaniya yanada rangliroq, vaqt esa yanada samaradorroq bo'ldi. Chunki endi bu yerda ham menday fikrlaydigan va maqsadlari menikiga o'xshash odam bor.

+1 ta do'stim Germaniyada. Qolganlarni kutyapman...

14.06.2024. Mannheim
JH

*?*** @JackHobbsOfficial

6 months, 2 weeks ago

*? To'ylar. Hind - O'zbek.*

Men shu kungacha biz, o'zbeklar to'ylar uchun eng ko'p e'tibor beradigan, eng ko'p rasxod qiladigan xalqmiz deb yurgan edim. Adashgan ekanman. Hindlar bizdan ham oshib tushar ekan.

Hind do'stimning aytishiga qaraganda hindcha to'ylar kamida 10 kun davom etar ekan. Aniqrog'i roppa-rosa 10 kun. Har kunda qandaydir marosimlar bo'lar ekan(xina marosimi haqida eshitgan bo'lsangiz kerak). Bizdagi to'y bazmi ularning 6-kuniga to'g'ri kelar ekan. Hindistonda aholi ko'p, bu degani do'stlar va qarindoshlar ham ko'p degani. Do'stimning aytishicha agar umumiy hisobda to'yinga 1000 ta odam kelsa, bu to'y eng zerikarli to'y hisoblanar ekan? Tasavvur qilyapsizmi? 1000 ta odam...

Hindlar ham to'ydan oldin oldi-berdini bizga o'xshab kelishib olishar ekan. Bizdan farqi asosan tilla buyumlar oldi-berdisi ekan. Bizdagiga o'xshab kelinga tilla taqish marosimlari ham bor ekan. Qisqasi bizga o'xshashliklari juda ham ko'p ekan. Faqat endi har kunlik marosimlar bilan tanishib chiqish kerak. Nasib qilsa, hindcha to'yga borishni niyat qildim.

Men eng hayron qoldirgan narsa, rasxodlar. O'tgan yili shu do'stimning akasi uylanibdi va uni aytishiga qaraganda to'yga 700 000$ ketibdi. Ishonmadim... Keyin internetni titkilashni boshladim. Rost ekan! Hindistonda eng oddiy to'ylarga ham 100 000$ atrofida pul ketar ekan. Daxshat!

Keyin oyliklar haqida so'rab ketdim va albatta google ham qilib ko'rdim. Oyliklar yosh va jinsga qarab farqlanar ekan, ammo o'rtacha 500-2000$ o'rtasida ekan. Hindlar oyliklarni 80% qismini to'y uchun to'plashar va to'plaganda ham butun oila birgalikda to'plashar ekan. Bilsangiz kerak ularda butun oila birga yashaydi.

Tanish holat-a? ))

Buni davomi ham bor, balki keyinroq aytib berarman...

Qisqasi, biz ko'pincha yomonlaydigan turmush tarzimiz aslida eng yomoni emas. Shunchaki biz faqat aynan shu ko'lmakda suzganimiz uchun boshqa ko'lmaklarni yaxshiroq deb o'ylashimiz mumkin.

Men sayohatlarni yoki musofirchilikni eng yaxshi tarafi sifatida shunday xulosalarni ko'raman! Men bunday tajribalarga ko'zim bilan ko'rib, vaqt sarflab ega bo'lyapman. Siz esa uni o'qib?

05.06.2024. Mannheim
JH

*?*** @JackHobbsOfficial

6 months, 3 weeks ago

*? Qaysi biri yaxshi?*

O'tgan hafta Germaniyada ishlayotgan vrach bilan bo'lgan suhbatimiz haqida aytib bermoqchiman.

Akani ismini ayta olmayman. Aka vrach, 37 yoshda, Afg'onistondan. 2 yoshligida oilasi bilan Germaniyaga ko'chib kelgan. Bu degani shu yerda tili chiqqan, shu yerdagi hayotni ko'rib katta bo'lgan. Tibbiyotni ham Germaniyada tamomlagan. Hozirda men ishlayotgan klinikalardan birida shifokor bo'lib ishlaydi. Yaxshi bilimli va yosh ko'rinadi. Qisqasi, akani endi tasavvur qila olsangiz kerak.

2 soatga yaqin gaplashib o'tirdik. Asosan Germaniya, O'zbekiston, Afg'onistondagi tizimlar va hayot haqida gaplashdik.

Sizni hayron qoldirishi mumkin bo'lgan narsa shuki, aka Germaniyadagi hayotidan unchalik ham ko'ngli to'lmayapti. Sabablar esa quyidagicha:
- katta soliqlar;
- yashashning qimmat ekanligi;
- siyosatchilar;
- oyliklarning unchalik baland emasligi.

Tanishmi?!

Ataylab har bir sababga qarshi argument berib ko'rdim.
- soliqlarga yarasha, ijtimoiy himoya;
- qimmat hayot, lekin shunda ham ortib qoladigan maosh;
- hamma joyda siyosatchilar bir xil;
- oylikning O'zbekistondagi shifokorlardan 15-20 marta baland ekanligi.

Shunda aka ozgina o'ylab ko'rdi. Lekin baribir ko'ngli to'lmayotganini aytdi.

Agar aka Afg'onistonda katta bo'lib, keyin Germaniyaga kelganda balki boshqacharoq fikrlagan bo'lar edi. Balki adashayotgandirman. Aytmoqchi bo'lganim shuki, odamga u shakllanayotgan muhitning ta'siri katta.

Akani aytayotgan gaplarini hammasi aslida haqiqat. Rostdan ham Germaniya siz tasavvuringizdagi oppoq davlat emas. Bu yerda ham yetarlicha nohaqliklar uchrab turadi. Shu sababdan akani ko'ngli to'lishi qiyin. Bizdan farqi esa muammolar kattaroq, mayda-chuyda emas va shunga yarasha yutuqlar ham kattaroq.

O'sha gap, hamma joyda ham o'zining tosh-u tarozisi bor.

02.06.2024. Mannheim
JH

*?*** @JackHobbsOfficial

8 months, 1 week ago

when you pray for rain, you gotta deal with mud too

toki yomg'irni so'rayotgan ekansan, loyga ham chiday olishing kerak

© DW

? @JackHobbsOfficial

We recommend to visit

⛔️V2RAY || SSH WS || TROJAN


Super fast Servers, free for everyone Made by the Professor 😎

🌟FREE FILES ON DAILY

Last updated 2 weeks, 6 days ago

👑 بسم الله الرحمن الرحيم 👑
Nothing I post is financial advise so always DO YOUR OWN RESEARCH and be responsible for your own trade.

Owner @shahroze
Admin @Mrpresident564

Marketing wallet: 0x7BCe73686b107B06720B986aA80435a7Bf28660C

Last updated 7 months, 3 weeks ago