Адолатли Юрист | Ҳақиқат Узра.🌙🛡️

Description
— Икки ҳил танлов бор! ё Адолатли бўласан!, ё Залолатли...(ўрта ҳолат йўқ!)
— Ҳақиқатдан ва ҳақиқатни гапиришдан асло қўрқма! Бўлса беш бўлмаса йигирма беш бўлади.....

— Пост олганда линк кўрсатилсин!.
We recommend to visit

?КАТТАЛАР УЧУН!

?? ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:? @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 1 month ago

??‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

? КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot

? Реклама: @Xokimbuvareklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago

?? КАТТАЛАР УЧУН!

? Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago

1 week, 5 days ago

Davlatning eng muhim vazifalaridan biri inson haqida gʻamxoʻrlik qilishdir. Binobarin Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson omili, uning huquq va erkinliklari mustahkamlangan. Konstitutsiya normalarida har qanday holatdan qatʼiy nazar, shaxsning qonuniy huquq va manfaatlari kafolatlangan va himoya qilingan. Chunonchi, Konstitutsiyamizning 19-moddasida "Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, qonun oldida tengdirlar" deb qayd etilgan boʻlsa, uning 20- moddasida "Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquq va erkinlari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki cheklab qoʻyishga hech kim haqli emas", deyiladi.

@adolatli_yurist

2 weeks, 2 days ago

Sudyalar toʻgʻrisidagi qonun

67-modda.
Sudyalik lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar
O‘ttiz besh yoshga to‘lgan, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sudyalik lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkin.
Quyidagilar sudyalik lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkin emas:
jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs;
ilgari sudlangan yoki o‘ziga nisbatan jinoyat ishi reabilitatsiya qilmaydigan asoslar bo‘yicha tugatilgan shaxs;
chet davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan yoki chet davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi yashash guvohnomasiga yoxud boshqa hujjatga ega bo‘lgan shaxs;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan shaxs;
psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxs;
sudyaning vakolatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan boshqa kasallikka chalingan shaxs.

@adolatli_yurist

2 weeks, 5 days ago

Biror narsani boshlash uchun buyuk boʻlish shart emas, balki buyuk boʻlish uchun tezroq harakatni boshlash kerak...

@adolatli_yurist

3 months ago

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va «yashil” iqtisodiyot yili» deb eʼlon qilishni taklif qildi.

https://t.me/Adolatli_yurist

4 months, 1 week ago

❗️МАЪЛУМОТ УЧУН:

⚡️Ўзбекистон Республикасининг янги таҳрирдаги Конституцияси 2023 йилнинг 1 май санасидан расман кучга киритилган

❗️Конституция 6 бўлим, 27 боб ва 155 та моддадан иборат

Конституция мамлакатнинг бутун ҳудудида олий юридик кучга эга ва тўғридан-тўғри амал қилади.

❗️https://t.me/Adolatli_yurist

4 months, 1 week ago

#malumot #hokimiyat
?Oʻzbekiston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyat

Ijro etuvchi hokimiyat tizimi:
1⃣ Vazirlar Mahkamasi
2⃣ Vazirliklar
3⃣ Idoralar: qoʻmita, agentlik va inspeksiya kabilar

Vazirlar Mahkamasi qoʻshimcha nomi:
Ijro etuvchi hokimiyat
Hukumat

Vazirlar mahkamasi 2 ta organ oldida javobgar:
1⃣ Oliy Majlis
2⃣ Prezident

Vazirlar Mahkamasi tarkibi:
Bosh Vazir
Bosh vazir oʻrinbosari
Vazirlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi

Bosh vazir lavozimiga kelish tartibi:
1⃣ Siyosiy partiyalar fraksiyalar bilan maslahatlashuvlar qiladi
2⃣ Keyin Prezidentga taqdim qiladi
3⃣ Qonunchilik palatasi maʼqullaydi (10 kunda)
4⃣ Keyin Prezident tayinlaydi

Huquqiy bilimlarizni biz bilan oshiring

huquqshunoslar uchun eng yaxshi kanal???https://t.me/Adolatli_yurist

6 months ago

#Диққат
Махсус унвонда хизмат ўташ муддатларига ўзгартиришлар киритилди.

Ички ишлар органларида хизматни ўташ тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартириш киритилиб, махсус унвонда хизмат ўташ муддатларининг айримлари қуйидагича белгиланди.

“катта лейтенант” – 3 йил;
“капитан” – 4 йил;
“майор” – 5 йил;
“подполковник” – 6 йил”.

Шунингдек, Давлат божхона хизмати органларида хизматни ўташ тўғрисидаги низомга ўзгартириш киритилиб, махсус унвонда хизмат ўташ муддатларининг айримлари қуйидагича белгиланади:

“божхона хизмати катта лейтенанти” – 3 йил;
“божхона хизмати капитани” – 4 йил;
“божхона хизмати майори” – 5 йил;
“божхона хизмати подполковниги” – 6 йил”.

Шу билан бирга, Миллий гвардия ходимларининг хизматни ўташ тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартириш киритилиб, махсус унвонда хизмат ўташ муддатларининг айримлари қуйидагича белгиланади:

“катта лейтенант” – 3 йил;
“капитан” – 4 йил;
“майор” – 5 йил;
“подполковник” – 6 йил”

⚡️https://t.me/advokatlar_va_yuristlar

6 months, 3 weeks ago

#bilib_qoygan_yaxshi

Davlat organlari xizmat avtomashinalarining davlat raqamlari quyidagicha :

• PAA - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ;

• PSS - Prezident Xavfsizlik xizmati

• PPP - Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a'zolari(senatorlari);

• UZB - Davlat hokimiyatining markaziy idoralari rahbarlari ;

• APC - Vazirliklar va davlat qòmitalari rahbarlari yoki òrinbosarlari ;

• VSF VSG VSD VSV VSC - Ichki ishlar idoralari davlat raqami ;

• TST TSS - Davlat Xavfsizlik idoralari davlat raqami ;

• ZDF - Bosh Prokuratura va unga boysunuvchi prokuratura organlari davlat raqami ;

• DXA - Adliya vazirlining davlat xizmatlari markazining davlat raqami ;

• D(yashil rangli) - diplomatlar ;

• H(sariq rangli) - fuqaroligi bolmagan shaxslar ;

• CMD (yashil rangli) - elchilar, vakillar ;

• M (yashil rangli) - xorijiy firmalar va kompaniyalar, investorlar ;

• X (yashil rangli) - konsulliklar, savdo vakolatxonalari ;

• UN (kòk rangli) - BMT va boshqa birlashmalarning vakolatxonalari ;

• PSF PSV PSP - Milliy gvardiya xodimlari ;

va hokazo...

Huquqshunoslar kanali⬇️
@https://t.me/advokatlar_va_yuristlar

7 months ago

DXXning magistraturasi bormi?

Bor bitta shunaqasidan:

Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi 2000 yilda Prezident qarori bilan tashkil etilgan.

Tizimli tahlil va istiqbolini belgilash mutaxassisligi boʻyicha 2 yillik magistratura dasturiga ega.

Ushbu magistraturani tugatgan tinglovchilar rahbar kadrlar zahirasiga kiritiladi.

Maktabga kirish uchun 2 xil yoʻnalishda hujjat topshirilida:

— HMQO, sud, adliya, soliq kabi idoralarda ishlaydiganlar ;

— HMQO boʻlmagan tashkilotlarda ishlovchilar hujjat topshirishi mumkin.

Ikkala holatdagi talabgorlar ham hujjatlarini DXXning hududiy (viloyat) boshqarmalariga topshiradi.

Shundan soʻng, oʻrganish ishlari olib boriladi, maxsus tekshiruv, suhbat, test, insho kabi koʻplab imtihonlardan oʻtkaziladi.

Hujjat topshirish har yili sentabr oyida boshlanadi, HMQOdagilar oʻz nomzodlarini yuqori turuvchisi orqali maʼlum qiladi (xat kelib tushadi topshirish niyati borlar maʼlum qilsin degan).

HMQO boʻlmaganlar esa toʻgʻridan-toʻgʻri DXXning hududiy (viloyat) boshqarmalariga murojaat qiladi.

Maktabni aʼlo baho bilan tugatgan isteʼdodli kadrlar ISMI,SOVBEZ kabi idoralarda ishni davom ettirish imkoniga ega boʻlishi mumkin.

HMQOda ishlaydiganlar oʻz idorasiga qaytib, rahbar lavozimlarda ishlarini davom ettiradi, HMQO boʻlmaganlar esa DXXga ishga qabul qilinadi.

Hozirda bu maktabni tugatganlarning koʻpchiligi yuqori lavozimlarda ishlamoqda.

Ayniqsa, viloyat hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga qoida tariqasida oliy maktabni tugatgan DXX xodimlari tayinlanadi.

Oliy maktab Oʻzbekistondagi davlatga qarashli kuchli aql markazlaridan hisoblanadi.

Faqat tadqiqotlari yopiq boʻlganligi uchun omma uchun tanishish imkoni mavjud emas.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
? Yurisprudensiya

8 months, 2 weeks ago

⚡️ ЯНГИ ФАРМОН

❗️ЖИНОЯТ ИШЛАРИ БЎЙИЧА ТУМАН, ШАҲАР СУДЛАРИДА ТЕРГОВ СУДЬЯСИ ЛАВОЗИМИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ

? Президентнинг 10.06.2024 йил кунги ПФ-89-сон “Тезкор-қидирув ҳамда тергов фаолиятида шахснинг ҳуқуқ ва эркинликларини ишончли ҳимоя қилиш кафолатларини янада кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони қабул қилинди.

⚡️Фармонга кўра, 2025 йил 1 январдан:

жиноят ишлари бўйича судга қадар иш юритув даврида процессуал қарорларга санкция бериш масаласи жиноят ишлари бўйича туман, шаҳар судларида алоҳида судьялар – тергов судьялари томонидан кўриб чиқилиши тартиби жорий этилади;

жиноят ишлари бўйича туман, шаҳар судларида тергов судьяси лавозими киритилади;

жиноят ишлари бўйича судга қадар иш юритув даврида тергов судьяси томонидан процессуал қарорларга берилган санкциялар фақатгина апелляция инстанциясида Қорақалпоғистон Республикаси суди, вилоятлар ва Тошкент шаҳар судлари, Ўзбекистон Республикаси ҳарбий суди томонидан якка тартибда қайта кўриб чиқилиши тартиби белгиланди;

тергов судьяларига маъмурий ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги ишларни кўриб чиқиш ваколати берилади;

тергов судьялари томонидан кўриб чиқиладиган маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисидаги ишларни юқори инстанцияларда қайта кўриб чиқишнинг амалдаги тартиби сақлаб қолинади.

We recommend to visit

?КАТТАЛАР УЧУН!

?? ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:? @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 1 month ago

??‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

? КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot

? Реклама: @Xokimbuvareklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago

?? КАТТАЛАР УЧУН!

? Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago