Samadun | 🌻

Description
#Samadun - Go’zal qalblar maskani…
Admin @BIII7777
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

2 months, 4 weeks ago

*🌿 Oisha onamiz birorta ham farzand tug‘maganlari, shu bilan birga birorta ham hadisda u onamiz "Ey Allohning rasuli, menga zurriyot tilab duo qiling", deb aytganlarini topmaymiz.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam vafot topganlarida u onamiz 18 yoshda bo‘lganlarini ham bilasizlarmi? Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Oisha onamizni qattiq sevar va rashk qilardilar.

Oisha roziyallohu anho Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan keyin 47 yil yashaganlar. Shu bilan birga er haqida qayg‘urmaganlar. Lekin ilm va ibodatga mashg‘ul bo‘lganlar. U onamiz muallima va ma’rifatli ayol bo‘lganlar. Buyuk sahobalarning fatvo beruvchi muftisi ham edilar.

Hech qachon hayot farzand, er, uy, kundosh, mol dunyo, ota ona o‘limi yoki farzand nobud bo‘lishi bilan to‘xtab qolmaydi.

Alloh sizdan bir narsani olib qo‘ysa, albatta undan yaxshi narsani o‘rinbosar qilib beradi.

Dunyo imtihon diyoridir, u hech qachon bir kishining qo‘lida mukammal bo‘lmaydi...*

3 months, 1 week ago

Psixologiya va ayol

-- Qiyinchilik, yo'qchilik, sinov paytida, tushkunlikka tushmaslikni, sabr qilishni va kuch topishni taqvoli muslima ayol psixologlarsiz ham eplay oladi

-- Erkakni qanday kutib olish, qanday kuzatishni, qanday muomala qilishni, taqvoli muslima ayol psixologlarsiz ham yaxshi biladi

-- Er xotin "nozik munosabatlarida" faqat eri uchun ziynatlanish zarurligini tushungan ayol, qanday yo'l tutishni va qanday usullar qo'llashni psixologlarsiz ham yaxshi biladi

-- Erini ko'nglini qanday va nima sababdan sovib ketishini, o'zida erining haqqi qanchalik ko'pligini biladigan ilmli muslima ayol, buni psixologlarsiz ham anglay oladi

Sababiki, erni hurmatlash, rozi qilish va hizmatini joyiga qo'yishni ayolga Robbisi buyurdi. Va ayol buni qat'iy vazifasi ekanligini biladi. Iymon keltirgan, taslim bo'lgan, qazoyi qadar Allohdan ekaniga ishongan ayol tadbirli yo'l tutishni qoyillatadi.
Shuning uchun "Dindorini tanlagin, qo'ling tuproqqa qorigur"

Bu Islom dini. Undan chetga chiqaman desangiz yaxshilik topmaysiz.

3 months, 3 weeks ago

• Йилнинг энг ажойиб ўн дақиқалик киноси!
• Ушбу эълон бутун шахар бўйлаб тарқатилди.
• Кинонинг тақдимоти учун қизиқиши ортган оломон тўпланди.
• Зал тўла, ҳамма ўрнини эгаллаган, кинонинг бошланишини кутарди.
• Кино бошланди!
• Камера фақат бир ракурсда: уйнинг шифтини кўрсатарди.
• Беш дақиқа ўтди, айни шифт…
• Олти дақиқа ўтди, айни шифт…
• Етти дақиқа ўтди, айни шифт…
• Саккизинчи дақиқада одамлар безовта бўла бошлади.
• Ўрниларидан туриб, чиқиб кетмоқчи бўлганлар, бақир-чақир қилаётганлар, вақти зое бўлганини айтиб, афсус чекаётганлар, шуттак чалаётганлар… ва ҳоказо.
• Экранда эса ракурс ўзгара бошлади.
• Камера секин-аста пастга тушиб, ётоқда ётган бемор аёлни кўрсатди.
• Экранда ушбу ёзув ҳам бор эди:
- Бир беморнинг ўттиз йилдан бери тикилиб турган манзарасига сиз саккиз дақиқа чидамадингиз!
- Ҳаётингиз қадрига етинг!
• ФИЛМ ТУГАДИ!

4 months, 3 weeks ago

#ayollarga

Nikoh ostonasiga qadam qoʻyganingizda, biror nima olish uchun kelganingizni unuting.
Munosabatlar—oʻzaro almashinuv joyi, faqat oladigan emas.

E’tibor, hurmat, sevgi yoki gʻamxoʻrlikni talab qilishni bas qiling.
Juftingiz ham, huddi siz kabi defitsit, uning oʻziga ham koʻp narsa yetishmasligi mumkin.

Sizga nima yetishmayotgan boʻlsa, oʻsha narsani juftingizga berib koʻring.
Talablaringizni kamaytiring.
Chin dildan berishni oʻrgansangiz, energiya almashish qonuniga binoan, albatta natijasini ham olasiz.

Ideal juftliklar boʻlmaydi.
Oʻylab koʻring, sizni munosabatlaringiz boshqa birovnikiga oʻxshashi kerakligiga oʻzingizni qachon ishontirdingiz?
Birovning hayotiga oʻxshash hayot aynan sizga toʻgʻri kelishi haqida qayerda yozilgan?

Boshqa birovning hovlisidagi maysalarning yashilroq ekaniga ishonish—oʻzining bogʻini suvsiz qoldirishdek gap.
Har bir juftning oʻzini sevgi va yaqinlik konstitusiyasi bor.
Siz oʻzingizga tegishli boʻlgan, boshqalarnikiga oʻxshamaydigan munosabatlar mezonini tuzishingiz kerak.

Munosabatlaringizni—shifo topish uchun, poklanish uchun imkon deb biling.
Juftingiz—qalbingiz shifosi.
U yillar davomida qalbingizda yigʻilib kelgan chirkinliklarni tozalashda sizga yordam beradi.
Sizni gʻazabingizni keltirib, sizni xafa qilganda, keraksiz hislardan xalos boʻlishingiz uchun oʻzining qadr qimmatini fido qiladi.

Orzu va istaklaringiz uchun faqat oʻzingiz javobgar ekaningizni tushuning.
Turmush oʻrtogʻingiz sizni baxtli qilish uchun tugʻilmagan, siz ham.
Ikkingiz ham, baxtli boʻlish, quvonchli hayot kechirish, Allohning farzlarini joyiga keltirish uchun tugʻilgansiz.

Sizning orzu-havaslaringiz—bu sizniki.
Ularni amalga oshirishga juftingiz majbur emas.
Oʻylab koʻring, ehtimol juftingizdan, ota-onangizdan olomaganingizni talab qilayotgandirsiz?
Undan sizga ota-onalik qilishini kutmang.
Vaqti kelganda shundoq ham, sizga borini beradi.

90% nikoh aynan standart tushunchalar yuzasidan buzilib ketadi.
“Erkak majbur” degan streotipdan voz kechish kerak.

Eringizga jamiyatdagi bir erkak emas, bitta tirik jonzot, Allohning bandasi, yaratiq sifatida qarab koʻring.
Axir uning ham, huddi siz kabi hislari, ogʻriqlari, travmalari, zaifliklari bor.
Va erkaklar aynan shu «oʻgʻil bola yigʻlamaydi, kuchli boʻlish kerak» degan streotiplarga asoslanib, ularni berkitishga oʻrganishgan.

Munosabat—bu bir mamlakat. Unda biz, hamma menga “majbur” hamma mening istaklarimni bajarishi kerak, men aytgandek boʻlishi kerak, meni sevish kerak degan bolalik fantaziyalarimiz bilan xayrlashamiz.

Munosabat—kattalarning chegarasi. Unda majburiyat yoʻq.
Unda har bir inson, oʻzining jufti rivojlanishida, ruhan va ma’nan oʻsishida koʻmakchi boʻlishni tanlaydi.
Afzali, juftingizning Robbisiga boʻlgan vafosiga e’tiborli boʻling. Sababi—Robbisiga itoatkor, Robbisiga sodiq har banda, insonlarga nisbatan ham, omonatdor, rostgoʻy va holis boʻladi.
Shu narsa uchun kurashing.

4 months, 4 weeks ago

Kichikligidan boshlab so'ragan hamma narsasi beriladigan bolalar uch narsani - haqiqiy xursandchilik va intilish nima ekanini bilmaydilar, ota-onasini hurmat qilmaydilar.

© Masaru Ibuka ("Uchgacha ayni vaqti" kitobidan)

4 months, 4 weeks ago

#Soliha ayol

٠Soliha ayol ”Qattiq non yesam ham halolidan yegizing” - deydigan ayoldir.

٠Soliha ayol “Yamoq bo’lsa ham Robbim buyurganidek avratlarimni berkitib turibdiku” -deydigan ayoldir.

٠Soliha ayol ”Ovqatingizni vaqtida yeng emas, namozlaringizni jamoatsiz o’qimang” - deydigan ayoldir.

٠Soliha ayol “Men xohlagandek hayot bera olmayabsiz” deydigan emas, ”Rizq berguvchi Allohimdir, demakki rizqimizning kalitini ochishga istig'forlarimiz yetmayabdi ekan” - deydigan ayoldir..

#Vardatul_jannah

10 months, 2 weeks ago

Ko'ngil olishni bilmaganga, yurak omonat etilmas. — Rumiy

10 months, 2 weeks ago

Muammo sizda nimadir narsa noto’g’riligida emas, muammo siz shunaqa deb o’ylashizda.

Vaziyat muammoni keltirib chiqarmayapti. Muammoni bizning xayol va fikrlarimiz keltirib chiqarmoqda.

10 months, 2 weeks ago

Ba’zi insonlar sening javob qaytarishingga loyiq emaslar, shunday ekan ularga sukunating bilan javob ber.

Ular o’zlarini g’olib deb hisoblay qolishsin. Alloh haqiqatni biladi, sen o’z haqiqatingni bilasan va shu yetarli.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago