Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

𝗦𝗵𝗼𝗵𝗷𝗮𝗵𝗼𝗻 𝗯𝗹𝗼𝗴/𝗞𝗶𝘁𝗼𝗯𝘅𝗼𝗻𝗹𝗮𝗿 𝗸𝗹𝘂𝗯𝗶

Description
Bᴜɢᴜɴ ʙɪᴛᴛᴀ ᴋɪᴛᴏʙ ᴏ'ǫɪɢᴀɴ ʙᴏʟᴀ,ᴇʀᴛᴀɢᴀ ᴛᴇʟᴇᴠɪᴢᴏʀ ᴋᴏ'ʀɪʙ ᴏ'ᴛɪʀɢᴀɴ ᴏ'ɴᴛᴀ ʙᴏʟᴀɴɪ ʙᴏsʜǫᴀʀɪsʜɪ ᴍᴜᴍᴋɪɴ.

©Sʜᴀᴠᴋᴀᴛ Mɪʀᴢɪʏᴏʏᴇᴠ


𝐌𝐮𝐫𝐨𝐣𝐚𝐚𝐭 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧: @Ajib_Kitobxon_bot 👨‍💻
Advertising
We recommend to visit

ﮩ٨ـﮩﮩ٨ـ🩵ﮩ٨ـﮩﮩ٨ـ
😘 Hi Everyone 🦋😎
ᴛᴀʀɢᴇᴛ :- ᴀᴜᴅɪᴇɴᴄᴇ ʟᴏᴠᴇ ✨🩵

𝐋𝐨𝐯𝐞 | 𝐑𝐨𝐦𝐚𝐧𝐭𝐢𝐜 |𝐒𝐚𝐝 🎼🌏

ᴜɴɪQᴜᴇ ꜱᴛᴀᴛᴜꜱ 🍃

ʟʏʀɪᴄꜱᴀʟ ꜱᴛᴀᴛᴜꜱ ᴠɪᴅᴇᴏ 🌈💨

Cross contact -: @oyee_Mr

| ꜰᴏʟʟᴏᴡ ꜰᴏʀ ᴍᴏʀᴇ 🦋🩵

Last updated 3 weeks, 6 days ago

🔰: Your Favourite Hollywood ACTION Movies Are Here.

⚜️500k+⚜️ :- @Paid_Promotion02

🏆Buy Ads:-
telega.io/channels/Hollywood_Movies_Download_Hub_Hd/card?r=o6YO47H1

Last updated 1 month, 2 weeks ago

over lord Myanmar

Ads - @thousand_ads

Last updated 2 months, 3 weeks ago

1 week ago
[#Бамбук\_фалсафаси](?q=%23%D0%91%D0%B0%D0%BC%D0%B1%D1%83%D0%BA_%D1%84%D0%B0%D0%BB%D1%81%D0%B0%D1%84%D0%B0%D1%81%D0%B8)

#Бамбук_фалсафаси

Хитойда бир турдаги бамбук дарахти бор. Бу бамбук дарахти экилганидан кейин 5 йил давомида ҳеч қанақа ўсишсиз, бир хил сақланиб туради. Кўпчилик ташқаридан қараганда ўсиш бўлмаяпти деб ўйлайди. Лекин аслида шу 5 йил давомида пастга қараб илдиз отаётган бўлади ва 5 йилдан кейин шунақа даражада тез ўсиб кетади-ки, 60 кунда 50-60 метргача ўсиб кетадиган ҳолатлар бўлади.

Инсондаям шунақа, бирор ишни қилишга киришган пайт бошланишида ҳеч қанақа натижа кўрмайди. Бу дегани инсон ўсмаяпти дегани эмас. Ўсяпти, фақат ўзига шу даврда фундамент қураётган бўлади. Шу фундамент яхши қуриб олинса, кейин ўсиш тезлашиб кетади.

Шундай экан, фундаментни қуришдан тўхтаманг, бир кун келиб албатта баландга кўтариласиз!

3 weeks, 3 days ago

𝚂𝚘𝚐'𝚕𝚘𝚖 𝚝𝚒𝚕𝚊𝚗𝚌𝚑𝚒, 𝒃𝒆𝒎𝒐𝒓 𝒒𝒊𝒓𝒐𝒍𝒅𝒂𝒏 𝒖𝒔𝒕𝒖𝒏𝒅𝒊𝒓..!

3 weeks, 3 days ago

Shunga start bosib, kanallarga a'zo bo'lganizdan keyin raqamni yuborish tugmasini bosing. Oldindan rahmat!

2 months ago
2 months ago
2 months ago
2 months, 1 week ago

"GʻALATI ELAT BU, GʻALATI EL BU"

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Niyati bo‘lakcha, amali mavhum.
Bu eldan Buxoriy chiqishi mumkin,
Lekin g‘ariblikda yashashga mahkum.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini.
Mashrabni osadi va orqasidan
Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Botini chirkinlik, zohiri sodda –
O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini
Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Timsoh ko‘z yoshidan bitmish lug‘ati.
Ibn Sinoni-yu Ulug‘begini
O‘zi tug‘adi va o‘zi bo‘g‘adi.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi sira ham, aytsam.
Bir jarlik ko‘raman yo‘l oxirida,
Oldinga yur, deydi orqaga qaytsam.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Buyuklik sharafdir, biroq o‘y surmang.
Tag‘in, dardlarini eshitayin deb
Boburni sira ham uyg‘ota ko‘rmang!!!

© Xayrulla Hamidov

2 months, 2 weeks ago

*Qissasi Rabg‘uziyda qiziq hikoyat yozilgan.
Emishki Odam Ato va Momo Havvo jannatdan quvilgach 200 yil ayriliqda yashashganmush...
Ammo, ikkisini tavbasi qabul bo‘lgach Odam Atoga Alloh Jabroilni jo‘natib bir dona bug‘doy berilganmush.

-Buni nima qilay?-deganida,
-Ek!-degan ovoz kelibdi!
(Shu uchun ekish eng ulug‘ ishlardandir)

Odam Ato bug‘doyni ekibdi.
Bug‘doy unib chiqibdi.
Odam Atodagi nafs,
-Buni ye!-debdi,
ammo tavba qilgani esiga tushib Allohdan so‘rabdi!

-Ey, Allohim buni yeymi?-

Allohdan yeyishga izn bo‘lmabdi, bug‘doyning pishishini kutish aytilibdi!

Xullas, bug‘doy pishibdi.

-Endi yesam bo‘ladimi?-deb so‘raganida, yana izn bo‘lmabdi.
Bug‘doyni ikki tosh o‘rtasida yanchib, un qilishi aytilibdi!
Un bo‘lgach yana yeyishiga izn so‘rabdi.
Izn bo‘lmabdi, suv qo‘shib xamir qorishi aytilibdi.
Hamirni yeyishga izn so‘raganida esa uni quyoshda qizigan toshga yoyishni aytibdi!
Xullas non bo‘libdi, nonni yeyishga izn so‘raganida, uni to‘rtga bo‘lishni aytibdi.
Nonni to‘rtga bo‘lgach, bir qismi hayvonot olamiga, bir qismi qushlar, qurti qumursqalarga, bir qismi o‘ziga va bir qismi Momo Havvoga ekani aytilibdi!
Momo Havvoning qaysi orolda ekani aytilib, uzoq ayriliqdan so‘ng uchrashuvi belgilanibdi!
Odam Ato shu qadar sevinibdiki, Momo Havvoning yoniga oshiqibdi!

Ular va nihoyat diydorlashibdi.

Momo Havvoga nonni berganida, u:
-Bu nima?-deb so‘rabdi.
-Bu non! Yesang nafsing qonadi!-deb bo‘lgan voqeani aytib beribdi!
Sog‘inchdan, hijrondan ezilgan Momo Havvo nonni bir tishlab, qolganini ertaga yerman deya olib qo‘yibdi.
Momo Havoning bu ishidan Alloh g‘azablanibdi, erta meniki, uni istagan bandamga beraman deya, Momo Havoning qilmishi sabab qahatchilikni yer yuziga beribdi...
Ayol sabab yer yuzida qahatchilik paydo bo‘lgan ekan, afsuski hozir ham ayollar ertangi kunim uchun deb ko‘p narsani g‘amlaydilar, erkaklar esa bugungi kun bilan yashashadi.
Bu hikoyatda olam- olam ma’no bor!

Payg‘ambarimiz s.a.v ning ayollari hech qachon ertangi kun uchun hech narsa g‘amlamagan ekanlar. Rasulollohning uylarida ham hech narsa ertangi kun uchun turmagan ekan, hamisha nima topsalar tarqatib yuborganlar.
Bugun g‘amlanib turgan oziq-ovqatlar och-naxorlarga berilmaydi, g‘amlanib yotgan boyliklar savobga xizmat qilmaydi, shkaflarimizda uyum bo‘lib yotgan kiyim kechaklarimiz yupunlarning egnida emas, exx yozsam qanchalar ko‘p noto‘g‘ri ishlarimiz...
Chorakta non, bir kosa suvga nafsimiz qonishi Odam Atodan meros bo‘lsa, Momo Havvo kabi ertangi kunga qayg‘urish ham bizga meros bo‘ldi...
Aql egalari bo‘lgan odamlar uchun bu postim ozgina fikrlashga undasa savobi menga yetsin!

Dildora Hasanova*

2 months, 2 weeks ago

𝙎𝙚𝙣 𝙗𝙖𝙝𝙤𝙧𝙣𝙞 𝙨𝙤𝙜'𝙞𝙣𝙢𝙖𝙙𝙞𝙣𝙜𝙢𝙞...💐

4 months, 2 weeks ago

"YANGI YILDA YANGI CHEMPION" deb nomlangan turnirmizda g'olib bo'lgan ishtirokchilarga SERTIFIKAT!
Barcha g'olib va g'olibalarni chin qalbimizdan tabriklaymiz! Ilmingiz ziyoda bo'lsin.

G'olib bo'lgan ishtirokchilar @Shohjahon_Xursandov ga yozib yuborishlari so'raladi!

We recommend to visit

ﮩ٨ـﮩﮩ٨ـ🩵ﮩ٨ـﮩﮩ٨ـ
😘 Hi Everyone 🦋😎
ᴛᴀʀɢᴇᴛ :- ᴀᴜᴅɪᴇɴᴄᴇ ʟᴏᴠᴇ ✨🩵

𝐋𝐨𝐯𝐞 | 𝐑𝐨𝐦𝐚𝐧𝐭𝐢𝐜 |𝐒𝐚𝐝 🎼🌏

ᴜɴɪQᴜᴇ ꜱᴛᴀᴛᴜꜱ 🍃

ʟʏʀɪᴄꜱᴀʟ ꜱᴛᴀᴛᴜꜱ ᴠɪᴅᴇᴏ 🌈💨

Cross contact -: @oyee_Mr

| ꜰᴏʟʟᴏᴡ ꜰᴏʀ ᴍᴏʀᴇ 🦋🩵

Last updated 3 weeks, 6 days ago

🔰: Your Favourite Hollywood ACTION Movies Are Here.

⚜️500k+⚜️ :- @Paid_Promotion02

🏆Buy Ads:-
telega.io/channels/Hollywood_Movies_Download_Hub_Hd/card?r=o6YO47H1

Last updated 1 month, 2 weeks ago

over lord Myanmar

Ads - @thousand_ads

Last updated 2 months, 3 weeks ago