Xotiralar

Description
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

4 months, 1 week ago

28-xotira :

"Muvozanat qonuni"

Bir kishi Tobein Maymun ibn mihron rohimahullohning qiziga sovchi bo‘lib keldi.
U kishi:
Qizimni senga ravo ko‘rmayman dedi.
Sovchi:
Nega? dedi .
Maymun:
Chunki qizim zebu-ziynat va kiyim-kechakni yaxshi ko‘radi dedi.
Sovchi :
Menda unday narsalardan juda ko‘p dedi.
Maymun :
Endi seni unga ravo ko‘rmayman dedi.

Buning sababi, bu dunyoda barcha narsa "muvozanat qonuni"ga asoslangan.
Ayol tabiatidan zebu-ziynatga o'ch bo‘ladi. Erkak esa "menda ko‘p" deb ayoliga istaganini beraversa oila muvozanati buziladi.
Bunday erkak "boshqaruvchi" emas, "boshqariluvchi" demakdir.
Aqlli ota, qiziga "boshqariladigan" emas, "boshqaradigan" erni ravo ko‘radi.
Maymun ibn mehron ham qizi uni boshqaradigan emas, qizini boshqaradigan kuyov istagan edi.
Chunki, ayol boshqargan oilada (boshqa ishlarda ham) hech qachon baraka bo‘lmaydi.
Alloh taolo aytadi:
"Erkaklar ayollarni to'g'irlab turuvchidir"
(Niso.34)
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
"Ishlarini ayolga topshirgan qavm hech qachon baraka topmaydi"
(Buxoriy)
Bu ayol hatto Oisha onamiz bo‘lsalar ham, din g'amida bo'lsa ham ummat ishiga aralashib "Jamal voqeasi" sababchisi bo'lib qolganlari tarixdan ma'lum.

Tabiatda tartib-intizom bilan harakatlanadigan har qanday jismni qarasang unda albatta, "tortish va tortilish" qonunini ko‘rasan.
Masalan:
Nega yer quyosh tizimidan chiqib ketmaydi ? Chunki, quyoshga "tortilish" kuchi bunga yo'l qo‘ymaydi. Unda yer nega quyoshga botib ham ketmaydi? Chunki, yerning o‘zini "tortish" kuchi bunga yo'l qo‘ymaydi.
Yer bilan oy harakati va boshqa sayyoralar harakati ham shunday. Ular o‘zicha mustaqil ham emas, quyoshga yopishib ham olmagan..
Ana shu "Muvozanat qonuni" asosida tartib-intizomli "Quyosh oilasi" vujudga kelgan.

Inson hayoti ham shunday. Yaxshilikka buyurganda erkak "quyosh" rolida. Hech kim undan mustaqil bo‘lib harakat qilmaydi. Va quyosh yerni ham boshqa sayyoralarni ham ra'yiga qarab harakatlanmagani kabi oilada erkak ham xotin va farzandlar ra'yiga qarab harakatlanmaydi.
Ammo, bu unga qullik degani ham emas. Hamma sayyoralar uning tortish kuchi ta'sirida o'z o‘qi atrofida aylanaveradi. Undan mustaqil ham bo‘lmaydi, unga o‘zini tashlab ham yubormaydi. Shunda "Muvozanat qonuni" oilani ham tartib-intizomga soladi.

Shuning uchun Alloh taolo aytadi:
"Na quyosh oyga yetib olishi durust emas, na tun kundan o‘zib ketuvchi emas. Har biri o'z falakida suzib yurar"
(Yasin.40)
Inson oilasi bilan quyosh oilasi bog‘liq ekanidan, Yusuf alayhissalam tushlarida "Quyosh bilan oy va o‘n bir sayyora" ko‘rdilar.
(Yusuf.4)
Bu "Ota-ona va o‘n bir aka-uka" dan ramz edi.

Eng qizig‘i, sayyoralar quyoshni
(Farzandlar otasi Yaqubni) adolatsiz nur sochishda ayblashlari edi:
"O‘shanda ular : "Albatta Yusuf va uning ukasi otamizga bizdan ko‘ra mahbubroq. Holbuki, biz ko'pchilikmiz. Albatta otamiz ochiq oydin zalolatdadir" dedilar.
(Yusuf. 8)

Ularning fikriga ko‘ra, quyosh merkuriy sayyorasiga qanday nur sochsa, plutonda ham shunday bo‘lishi lozim, aks holda quyosh adolatsiz ekan..
Alloh taolo aytadi:
"Agar haq ularning havosiga ergashsa, osmonlar , yer va ulardagi kishilar fasod bo'lib ketar edi.."
(Mo'minlar.71)

⬇️⬇️⬇️

@xovatiri

@daraxtimiz

4 months, 1 week ago

27-xotira:

"Biz haqlimiz"

Bugun muharram oyining o‘ninchisi (Ashuro) Alloh taolo Muso alayhissalam va banu isroilga firavndan najot bergan kun.
Muso alayhissalam ushbu "najot" ga shukrona qilib bu kunning ro‘zasini tutdilar. Shundan banu isroil ham bu sunnatni (faqat suratini) davom ettirdilar.
Bu kunning asl mohiyati (zolimlarga qarshi turish, ularni halokatidan hursand bo‘lish)ni esa unutgan edilar..
Payg‘ambar alayhis-salom madinaga hijrat qilib kelgach yahudiylar bu kunning ro‘zasini (quruq suratini) tutayotganini ko‘rib :
"Biz Musoga (ergashishga) sizlardan ko‘ra haqliroqmiz" dedilar va bu kunning ro‘zasiga buyurdilar.
(Buxoriy)

Demak, payg‘ambarlarga ergashish quruq "namozingni o‘qi, ro'zangni tut, hajingni qil.." qabilida bo‘lmas ekan..

Yoki, o‘zini "faloniy" deb muayyan toifa, mazhab, yo‘nalishga nisbat berish bilan ularga ergashgan bo'lib qolmas ekan..

Yoki, o‘zini "falonchining avlodiman.." deyish bilan ham uning izdoshi bo‘lib qolmas ekan..

Kim o‘tmishdagi zotlar yo‘lidan yursa, ular kabi zolim firavnlarga qarshi bo'lsa, xalqni zulmotlardan nurga yetaklasa, ana shunday kishilar "faloniy va falon avlod" izdoshi deyilishiga haqli bo'lar ekan.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo‘ygan ushbu asosga ko‘ra:
Musoning (alayhissalam) ummati bo‘lishga yahudlardan ko‘ra biz haqlimiz..

Isoning (alayhissalam) ummati bo‘lishga nasroniylardan ko‘ra biz haqlimiz..

Muhammad (alayhissalam) ahlidan bo‘lishga eshonlar, to‘ralar, xo‘jalar, sayyidlardan ko‘ra biz haqlimiz..

Abu Hanifa (rohimahulloh) izdoshi bo‘lishga mutaasib, sotqin, davlat qullaridan ko‘ra biz haqlimiz..

Qodiriylik tariqati izdoshi bo‘lishga adashgan sufilardan ko‘ra biz haqlimiz..

Jaloliliddin manguberdi izdoshi bo‘lishga, qo‘rqoq, dushmanga vatanni sotgan xoinlardan ko‘ra biz haqlimiz..

Jadidchilar izdoshi bo‘lishga, ularni "xalq dushmani" deb e'lon qilgan "oq poshsho" qullaridan ko‘ra biz haqlimiz..

Alloh taolo aytadi:
"U (mo‘minlar) unga eng haqli va uning (haqiqiy) egasi edilar"
(Alfath-26)

⬇️⬇️⬇️

@xovatiri

@daraxtimiz

4 months, 2 weeks ago

26-xotira

"Sen fikringni, fikring esa seni shakllantiradi"

Hayotning har qanday sohasida (diniy yoki dunyoviy) muvaffaqiyatga erishgan kishilardan buning sababini so‘rasang bir xil fikr aytishadi :
"Sen avval o‘zingni ishontir"
Buning aksi, hamma sohada betavfiq kishiga qarasang u o‘ziga "Men shunaqaman" degan qonun qo‘yib olgan bo'ladi.

Chunki hayot aqidadan iborat. Sen avval e'tiqod qilasan, so‘ng o‘sha e'tiqodga muvofiq muhitni o‘zing shakllantirasan. Alloh esa senga bu ikkisini (e'tiqod va muhitni) yaratib beradi. (Yaxshi yomonligidan qat'iy nazar)
Hadisi qudsiyda Alloh taolo aytadi :
"Men bandamning men haqidagi gumonidaman. Agar yaxshilikni gumon qilsa unga o‘sha, agar yomonlikni gumon qilsa ham unga o‘sha. Endi u istaganini gumon qilaversin.."
(Ahmad)

Bunda hatto tushlarning ham roli bor.
Yaxshi tushlarga qarab yaxshi kelajakni, yomon tushlarga qarab yomon kelajakni shakllantirasan..
Yusuf alayhissalamni ayol fitnalaganda u kishini to‘xtatgan narsa yoshligida ko‘rgan tushining ta'vili edi.
Alloh taolo aytadi:
"U (ayol) unga intildi, u (Yusuf) ham unga intildi. Agar Robbisining oyatini ko‘rmagandami..! Ana shu tarzda undan fahsh va munkarni burib yubordik"
(Yusuf.24)
Oyatdagi "Robbisining oyati" bir tafsirida kelajakda payg‘ambar bo‘lishini eslagan deyiladi. U kishining yoshligidagi tushi orqali shakllangan bu e'tiqodi u kishida payg‘ambarga loyiq muhitni shakllantirdi..

Bunda hatto "o'ylarning" ham roli bor.
Munofiq Ibn ubay Madinaga bosh bo‘lish o'yida yashar edi. Rasululloh alayhissalom hijrat qilib kelgach bunga imkon qolmadi. Shunda o‘sha "o‘ylar" unda munofiqlar to‘dasiga bosh bo‘lish muhitini paydo qildi.
Shuning uchun qur'onda ularni doim "o'yladinglar, o‘yladilar, o‘ylaydilar" deb zikr qilinadi. Ularda bu "o‘ylar" nifoq muhitini shakllantirdi .
Mo‘minlar haqida esa "Robbilariga yo'liqishni o‘ylaydilar", "Men hisobimga yo'liqishni o‘ylar edim" deb keltiradi.
Shunda bu "o‘ylar" ularda o‘sha jannatga loyiq bo‘lish muhitini shakllantirdi.

Bunda hatto "duolarning" ham roli bor.
Bir kishi duosida "Allohim men sendan sabr so‘rayman" dedi. Shunda Rasululloh aytdilar :
"Batahqiq Allohdan balo so‘rading. Ofiyat so‘ra!"
(Termiziy)
Chunki sabr asosan baloda kerak. Sabr so‘ragan kishi o‘zini balo muhitiga tayyorlayotgan bo'ladi..
Alloh aytadi :
"Ular Allohga yomon gumon qiluvchilardir. Yomonlik ayni ularning boshiga tushuvchidir"
(Fath.6)

Bunda hatto "ismlarning" ham roli bor.
Said ibn musayyab aytadilar:
Bobomning ismi Hazn (mahzunlik) edi. Payg‘ambarimiz uni "Sahl" (hursandlik) deb o'zgartirdilar. U esa "Men otam qo‘ygan ismni o'zgartirmayman" dedi.
O‘shandan beri boshimizdan mahzunlik arimaydi..
(Buxoriy)

O‘zini "mazlum (a)" sanagan zulmdan boshi chiqmaydi.. O‘zini "mahzun(a)" sanaganlar huzndan boshi chiqmaydi..
O‘zini "said (a)" ya'ni baxtiyor sanagan oddiy hayot bilan ham baxtli yashaydi.
O‘zini "shaqiy(a)" ya'ni baxti qaro sanagan jannat hayotda yashasa ham baxt nimaligini bilmaydi.

Rasululloh aytdilar:
"Baxt ahliga baxtlilar amali muyassar (oson) qilingan, badbaxtlarga esa badbaxtlar amali muyassar qilingan. Amal qilinglar, kim nima uchun yaratilgan bo'lsa o‘shanga muyassar qilingan"
(Buxoriy)

Alloh taolo aytadi:
"Olamlar Robbisiga o'yinglar nima?"
(Soffat.87)

@xovatiri

@daraxtimiz

4 months, 2 weeks ago

25-xotira:

"Sham va ip"

"Sham" yonmay turib o‘zining bag‘rida uni halok qiladigan "ip" ni quchoqlab turganini bilmaydi. Qachonki "sham"ning yonishi boshlangach o‘tayotgan har bir soniyada "ip" uni vujudini so‘rishni boshlaydi.
Ip o‘zi yongani uchun uni qurshab turgan shamni ham eritib yo‘q qiladi..

Shu kabi insonlar ichida ham ularni halok qiladigan "iplar" bor.
Bu iplar ofiyat paytida senga zarari tegmaydi. Lekin "yonish" (qiyinchilik) davri kelganda ular o'zlari yonganidan ularni qurshab turgan atrofidagi barchani eritib halok qilishni boshlaydi.

Agar u "ip" boshliq bo'lsa, xalqni yoqib tugatmaguncha taxtdan tushmaydi..

Agar u "ip" gado bo'lsa, boylarni yoqib tugatmaguncha (hamma kambag‘al bo‘lmaguncha) ularga hasadi tugamaydi..

Agar u "ip" er-xotin bo'lsa, o‘zlari yonganidan farzandlarini, do‘stlar orasini va butun oila a'zolar orasini yoqishadi..

Ammo "ip" yonishi qora kuyaga, "sham" yonishi esa yorug‘ nurga aylanadi.

Har kimning ichidagi "ipi" yuzaga chiqishi uchun Alloh uni musibatlar va buyruqlar bilan "yondiradi"

Agar Odam yaratilmasa, shaytonni yondirgan "kibr ipi" fosh bo‘lmas edi.

Agar Yusuf bo'lmasa , akalarini yondirgan "hasad ipi" fosh bo‘lmas edi.

Agar uning husni bo'lmasa, Zulayxoni yondirgan "ishq ipi" fosh bo‘lmas edi.

Agar Muso tug'ilmasa, firavnni yondirgan "zulm ipi" fosh bo‘lmas edi..

Sinov esa o'zi kuyganidan atrofni kuydiruvchi emas, o'zi kuysa ham atrofni yorituvchi bo‘la olishda .

Alloh taolo aytadi:
"Alloh ko'ksingizda nima borligini sinashi uchun va qalbingizdagi narsani poklashi uchun (shunday qiladi)
(Oli-Imron.154)

⬇️⬇️⬇️

@xovatiri

@daraxtimiz

4 months, 3 weeks ago

24-xotira :

"Qaytar dunyo"

Allohning bashariyatdagi qonunlaridan biri :
"Birovga nima qilsang o‘zingga qaytadi"

Shomda urush boshlanganda Suriya xalqi butun dunyoga tarqaldi. Jumladan Sudan davlati prezidenti Umar Bashir ulardan ikki millionga yaqiniga boshpana, fuqarolik berdi. O‘shanda Sudan xalqidan ba'zi alamzadalari bundan alami kelib, ularni "tekintomoqlar" , "Yurtiga qaytib ketsin" deb ko‘cha kuyda tazyiqlar qilishdi. Hukumat ham bunga "ko'z yumib" qo'yaverdi..
Ularga berilgan fuqarolik bekor qilindi. Oshxona, do‘konlari yopib yuborildi.
Ular o'zining puliga bo‘lsa ham yaxshiroq joyda yashashi, yeb-ichishi, ulov minishi mumkin emas edi..!

Oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan 2023-yil Sudanda urush boshlanib, bir poytaxt Xartum o‘zidan "Ikki milllon" kishi qo‘shni davlatlarga, jumladan Misrga chiqib ketdi. Va bu surgun hali ham davom etayapti.
Bor yo'g‘i bir-necha yil oldin "Sudan sudanliklarniki" deb kelgindilarga yovqarash qilganlar bugun Misrda "Misr misrliklarniki" degan yovqarashni eshitib turibdi !
Ularga ham "Yurtiga borib urushsin", "Ular bizdan yaxshi yashayapti" degan malomatlar qilinmoqda. Endi ular ham o'z pullariga bo'lsa-da yaxshi yashashlari mumkin emas !
Chunki "Dunyo charxpalak". Unda kim nimani eksa shuni o‘radi. Tikan ekkan hech qachon gul o'rmaydi !
Bugun ayni xatoni turklar ham suriyaliklar bilan takrorlayapti..
Albatta, bunda kofirlar tarafidan uyushtiriladigan siyosiy o‘yin, fitnalar ham inkor qilinmaydi. Lekin, ularning fitnalari ham faqat fitnaga qalbi moil kishilarni o'z domiga torta oladi..

Achinarli tarafi shundaki, ana shunday alamzadalar kasriga kelajakda yaxshilar ham qiynaladi. Chunki, o‘rmonga o't ketgach xo'lu quruq birday yonadi.
Alloh taolo aytadi:
"Fitnadan ehtiyot bo‘ling! U faqat sizlardan zolimlarga yetmaydi. Bilinglarki Alloh iqobi qattiq zotdir"
(Anfol.25)

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
"Odamlar zolimni ko‘rib uning qo‘lidan tutmasalar, yaqinda Alloh ularga umumiy qilib jazo beradi"
(Abu Dovud)

Endi Misrda Sudanliklarga, Turkiya va Livanda Suriyaliklarga ushbu uslubda zulm davom etarkan, xalq hukumatga, hukumat xalqqa "bu zulm" deyish o‘rniga tomoshabin bo'lib qarab turar ekan, demak, "g‘arq" bo‘lishga tayyorlanayotgan navbatdagi "charxpalak kosasi" Misr, Turk va Livan xalqlari..
Yaqin kelajakda ular ham birovlarga ichirgan sarson-sargardonlik sharbatidan o'zlari ham sug'orilishlarini ko‘rasan..

Alloh taolo aytadi:
"Bunday kunlarni odamlar o‘rtasida biz aylantirib turamiz.."
(Oli-Imron.140)

"Ibrat oling, ey aql egalari !"
(Hashr.2)

@xovatiri

@daraxtimiz

4 months, 3 weeks ago

23-xotira :

"Fil tezagi"

Tushim ichida kimdir mendan tush ta'biri so‘rab dedi :
"Tushda bir kishi filning tezagini yeb o‘tiribdi ekan. Boshqa biri esa unga qarab "havasim keldi" dermish.."

Tushim ichida unga tushini ta'bir qilib aytdim :
"Fil podshoh, uning tezagi esa undan keladigan "sadaqa va dunyo axlatlari".
Uni yeb o‘tirgan kishi esa, podshohdan kelgan o‘sha "axlat" ni yeb yurgan shaxs. Ammo unga qarab "Havasim keldi" deb o‘tirganlar bo'lsa, dunyoga muhabbati bor, kattakonlikka "havasi kelaveradigan" kishilar.. "

Uyg‘oniboq bu "xotira"ni yozib qo'yish xayolimga keldi.
Bu tushdan maqsad, podshohlar va ularning atrofidagilar dabdabasiga "havas" qiluvchilarni ogohlantirish ekanini tushundim.
Bugun ko‘plarning "havasi kelib" yurgan narsa, bor yo'g'i "Fil tezagi" ekan !
Agar o‘zingga "Fil tezagini" taom deb bilsang osh bo‘lsin!
Podshohlar sadaqasi evaziga diningni sotib o‘zingni o‘sha bilan "Azizlik maqomiga" yetgan deb o‘yla!
Bunday kishilar o‘zlari "Fil tezagi" ga yeta olsa o‘zlari yegisi keladi. Yeta olishmasa , "farzandlarimizdan fil tezagi yeyuvchilar chiqsin" deb duo qilishadi..

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
"Banu Isroildan bir ayol bolasini emizib o‘tirganda, obruli bir kishi ulovda o‘tib qoldi. Ayol uni ko‘rib dedi :
"Allohim! Mening farzandimni ham shunday inson qilgin"
Shunda emizikli bola onasining ko‘kragini tark qilib, ulov minganga qarab;
"Allohim ! Meni bunga o‘xshagan qilma! " dedi-da yana onasini ko‘kragidan emishda davom etdi.
So‘ngra bir cho'rini toshbo‘ron qilib olib o‘tishdi. Ona unga qarab : "Allohim! Bolamni bunga o‘xshagan qilma!" Dedi. Bola esa, yana ona ko‘kragini tark qilib : "Allohim! Meni shunday qilgin" dedi.
Ona unga "Nega bunday deyapsan?" dedi.
Bola aytdi :
"Ulov mingan jabborlardan bir jabbor (zolim) ! Bu cho‘ri bo'lsa, odamlar unga "o'g'irlik qilding, zino qilding.." deb tuxmat bilan gapiradilar. U esa bularni qilmagan (mazlum) !"
(Buxoriy)

Fil tezagidan yeb yurgan zolimlar va ularning yordamchilariga emas, dinida sobit mazlumlarga havasing kelsin!

Alloh taolo aytadi :
"Biz o‘sha oxirat diyorini yerda kattakonlikni ham buzg‘unchilikni ham istamaydigan kishilar uchun qilamiz. Oqibat taqvodorlarnikidir "
(Qasos.83)

⬇️⬇️⬇️

@xovatiri

@daraxtimiz

5 months ago

22-xotira :

"Tulkining quyon bilan do‘stligi uning qorni ochguniga qadar"

Tulki quyon bilan do‘st bo‘lishi mumkin. Lekin, bu do‘stlik tulki och qolguniga qadar davom etadi.
Aslida bu do‘stlik ham tulkining qorni (vaqtincha) to'qligi sabab boshlangan bo'ladi. U qorni ochgan vaqtida yeyishi uchun quyon bilan do‘st bo‘lib turadi..

Bugun dunyodagi urushlar ham shunga o‘xshash holatda. Isroil va livan, Isroil va Eron, Isroil va boshqa arab davlatlari munosabatlari shu paytga qadar tulki va quyon munosabati edi. Endi bu "quyonlar" ni birma-bir yeyish vaqti keldi.
Hali yan ko‘p "quyonlar", jumladan osiyo "quyonlari" ham "do‘stona" munosabat, "mustaqil davlatlar hamdo‘stligi" dasturxonida "sharq tulkilari"ga yem bo'lish navbatini kutib turishibdi..
Ularning holati, yirtqichga qo‘shilib o‘z sherigimni yesam, yirtqich meni tinch qo‘yadi deydigan jo'jaga o‘xshaydi..

Sharqiy davlatlar (osiyo) falastin tarafdori emish..
Ularning g‘arbdan qorni to'ygach kimni tarafdori ekanini ko‘ramiz !
G‘arb davlatlari esa sharq (osiyo) davlatlariga ozodlik istar emish..
Ularning sharqdan qorinlari to'ygach kimga ozodlik istashlarini ko‘ramiz..

Davlatga vafo qilib, musulmon birodarlaringni "adashganlar" deb bersang , senga "xizmat" qilishingga qo‘yib berishar emish..
Ular "Adashganlar" dan forig‘ bo‘lishsin, keyin seni "xizmat" qildirishlarini ko‘ramiz..

Falon davlat musulmonlarga boshpana berar emish..
Urush vaqti kelsin, ularni armiyaga yollanma askar qilishlarini ko‘ramiz..

Alloh taolo aytadi:
"Hoy sizlar ! Ularni yaxshi ko‘rasizlar , ular esa sizlarni yaxshi ko‘rmaydi"
(Oli-Imron.119)

⬇️⬇️⬇️

@xovatiri

@daraxtimiz

5 months ago

21-xotira ;

"Boltaning sopi o‘zimizdan"

Kunlardan bir kun , bo‘ri bolasiga ov ta'limini berishni istab, uni qo‘ylar qo‘rasiga olib boribdi.
Qo‘ylarni ko‘rsatib: "Bularning go‘shti shirin" debdi. So‘ng nariroqda turgan cho‘ponni ko‘rsatib: "Buning qo‘lidagi kaltak esa juda og'rituvchidir. Sen shirin qo‘yni yeyman deb, alamli kaltakdan yeb qolma" debdi.
Shunda yosh bo‘ri qo‘ylarni qo‘riqlovchi "it" ni ko‘rib: "Ey ota ! Bu bizga o‘xshar ekan-ku ! Bu kim ? debdi .
Ota bo‘ri : "Ey bolam ! Sen har qachon bu maxluqni ko‘rsang tezda undan qoch! Chunki bizning boshimizga hamma baloni olib keladiganlar , ko‘rinishi bizga o‘xshaydigan, aslida esa bizga oid bo‘lmagan ana shu "itlar" bo'ladi " degan ekan..

Qissadan hissa, bugun ummatning boshiga yahudiy(isroil)ni ham, nasroniy(g‘arb, rus)ni ham, butparast (xitoy, hindu)ni ham olib kelayotganlar ana shu ko‘rinishi bizdan, aslida esa "hojasi" tashlaydigan bir dona "suyak" uchun dumini likillatadigan "itlar"dir.
Ularning arabini ajamidan, ajamini arabidan hech qanday farqi yo‘q.
Ular oldida shuncha "go‘sht" tursa-da , egasining "suyagi" dan voz kecha olmaydi. Ularda it kabi pastkashlik, egasiga sodiq qullik bor. Bo‘ri kabi shijoat, hurriyat , ochdan o‘lsa ham qullikka rozi bo‘lmaslik sifatlari ularda o'lib ketgan.

Bugun har qanday "ota bo‘ri" vazifasi, ko‘rinishi bo‘riga o‘xshash bu "ko'ppak"lardan farzandini ogohlantirish.
Aks holda, "qo‘y yeyman" deb cho‘ponning "kaltagini yeb", yana uning og'rig'ini cho‘ponning "ko'ppak"lariga shikoyat qilib yuraverishadi..

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar :
"Ular jahannam eshigidagi davatchilardir. Kim ularga javob qilsa, ularni unga uloqtirishadi. Ular bizning terimizdandir.(ko‘rinishidan biz kabi musulmon). Bizning tilimizda gapiradilar. (Islom nomidan gapiradilar)..
(Buxoriy)

Alloh taolo aytadi:
"Ular o‘zlarini sizlardan ekanliklariga Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Holbuki, ular sizlardan emaslar. Lekin ular qo‘rqadigan qavmdirlar"
(Tavba.56)

⬇️⬇️⬇️

@xovatiri

@daraxtimiz

5 months, 1 week ago

20-xotira:

"So‘yilgan afzalmi so'yganmi?"

Bugun qurbonlik kuni. Alloh yaratgan jonni Alloh uchun so'yish kuni. Ma'lumki, bu dunyodagi har bir narsa Allohga tasbeh aytadi:
" Nimaiki narsa bo‘lsin Allohga hamd bilan tasbeh aytadi "
(Isro.44)

Qurbonlik kuni millionlagan hayvonlar so‘yib yuborilar ekan, ularning o‘rnini tasbeh bilan to‘ldirish lozim. Shuning uchun ham tirik jonni "Bismillah, Allohu Akbar" deb so‘yiladi. Bu bilan go‘yo "tasbeh aytuvchi jonni, tasbeh aytiladigan zot uchun, unga tasbeh bilan so'yaman" degan bo‘lamiz..

Shuning uchun qur'onda qurbonlik va haj ahkomlari orasida zikrga ko‘p urg‘u berilgan:

"Ular Alloh rizq qilib bergan chorva hayvonlarga Allohning ismini
zikr qilib(so'yishlari)uchun (hajga) keladilar"
(Haj.28)

"Har bir ummatga qurbonlikni joriy qildik, toki ular Alloh ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlariga (Allohning) ismini zikr qilsinlar"
(Haj.35)

"U (tuyalarga) saf holida Allohning ismini zikr qilib so‘yinglar"
(Haj.36)

"Shu tarzda u (hayvon) larni biz sizlarga bo‘ysundirib qo‘ydik, Alloh sizlarni hidoyat qilganiga takbir aytishinglar uchun"
(Haj.37)

"Agar arafatdan tushsanglar Allohni mash'aril-haromda zikr qilinglar. U sizlarni hidoyat qilgani kabi sizlar ham uni zikr qilinglar"
(Baqara.198)

"So‘ngra odamlar tushgan joydan tushinglar va Allohga istig'for aytinglar"
(Baqara.199)

"Qachonki haj amallarini bajarib bo‘lsanglar, bas endi Allohni huddi otalaringni zikr qilgandek, balki, undanda qattiq zikr qilinglar"
(Baqara.200)

Bu kunlardagi eng afzal duo esa "Robbana atina fiddunya hasanah, va fil-axiroti hasan" duosidir.
Shuning uchun bu duo haj oyatlaridan so‘ng kelgan :
"Odamlardan ba'zilar faqat "Robbimiz dunyoda ber" deydilar, ularga oxiratda biror nasiba yo‘qdir. Ulardan ba'zilar esa "Robbimiz bizga dunyoda ham yaxshilik ber, oxiratda ham yaxshilik ber va bizni do‘zax azobidan saqla deydilar"
(Baqara 200, 201)

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
Ka'bada va Safo-Marvo orasida tavof qilish va shaytonga tosh otish, Alloh taoloning zikrini qoim qilish uchundir"

Yana aytdilar:
"Tashriq (qurbonlik) kunlari , yeb-ichish va Allohni zikr qilish kunlaridir"
(Muslim)

Maqsad, bu kunlarda so'yuvchi bo'lsang so'yilgan hayvonlardan ko'proq tasbeh aytishing lozim..
Yeyuvchi bo'lsang yeyilganlar hayvonlardan ko'proq tasbeh aytishing lozim..
Aks holda hayvonlarni tinch qo‘y, Allohga tasbehini aytib yursin..
Bir payg‘ambar chumolilar iniga o‘t qo‘yib yuborganda Alloh unga vahy qildi:
"Seni bir chumoli chaqqaniga sen tasbeh aytayotgan bir ummatni halok qilib yubordingmi?"
(Buxoriy)

Alloh barchamizning amallarimizni solih qilib qabul qilsin..

⬇️⬇️⬇️

@xovatiri

@daraxtimiz

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago