Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Juftlikda bo‘lish doimiy oyna bilan yashashga o‘xshaydi, sizning asl tabiatingiz juftingiz bilan muomalangizda aks etadi.
Er-xotinlik munosabati boshqa hech qaysi munosabatga o‘xshamaydi. Ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi, aka-ukalar va opa-singillar, do‘stlar yoki hamkasblar bilan bo‘lgan munosabatga solishtirib bo‘lmaydi.Na ota-onangiz va na do‘stingiz sizni juftingizchalik yaxshi bilmaydi. Juftingizga ko‘ringan jihatlar boshqa hech kimga ko‘rinmaydi.
Tabiatimizning eng nozik va eng qorong‘u tomonlari juftlikda namoyon bo‘ladi. Juftlikda yashamagan odam hali kashf etilmagan hudud yoki hali o‘zlashtirilmagan qo‘riq yer deb o‘ylayman.
Inson ruhan ulg‘aygan sari juftini qanday bo‘lsa shundayicha qabul qilishni va uni o‘zgartirishga chiranmaslikni o‘rganadi. Haligi hazil gap bor-ku, telfonimdan qoniqmay hadeb almashtiraveribman keyin bilsam gap o‘zimda ekan deydi.
Dunyoda hech bir inson mukammal emas. Eng solih erda ham qandaydir yoqimsiz taraflar bo‘lishi mumkin, eng soliha ayolda ham yetarlicha ayblar topiladi. Chunki hammamiz insonmiz. Inson bor-ki xatokor, hech kim nuqsonlardan xoli va ma’sum emas.
Oila sevgining o‘zi bilangina barpo bo‘lmaydi balki kechirimlilik va bag‘rikenglik bilan saqlanib turadi. Har qanday baxtli ko‘ringan oilada har qanday lahzada ajrashib ketishga sabab topiladi faqat sabr va murosa bilan turmush davom etadi. Sabr, xatolardan ko‘z yumish va o‘zaro tushunish bo‘lmagan oila uzoqqa borolmaydi.
Hammamiz o‘zaro kechirimli va bag‘rikeng bo‘lishga muhtojmiz. Jahl va g‘azab onlarida tilni tiyish bizni ko‘p muammolardan saqlaydi. Alloh ahvolimizni isloh qilsin, barchamizga tavfiq va hidoyat bersin.
**3 yoshgacha bolalar telefon televizor ko'rishiga mutlaqo qarshiman.
Negaki buning bola salomatligi va ruhiyati uchun salbiiy tomonlari juda ko'p.
Birinchidan, 3 yoshgacha bo'lgan bolalar telefon,televizorda turli videolarni ko'rishi ularning ko'ziga juda katta zarar yetkazadi.Bugungi kunda maktabga chiqmasdanoq ko'ziga ko'zoynak qo'ndirib olishga ulgurgan bolakaylarning ahvoli barchaga kunday ravshan.(bunga qo'shimcha fakt keltirishning hojati yo'q deb o'ylayman)
Ikkinchidan, 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda telefon televizorni ko'p ko'rib o'tirgani bois rivojlanishda tengdoshlaridan ortda qolishi aniqlangan.Birgina misol:telefon ko'rib o'tirgan bolakay nutqi kech rivojlanadi,tadqiqotlar natijasiga ko'ra bunday bolalar boshqa tengdoshlaridan ko'ra kunda 3 baravar kam so'z o'rganishadi.Ya'ni sizning telefonga mukkasidan ketgan erkatoyingiz bir kunda 3 ta so'z o'rgansa uning bog'da o'ynab yurgan tengquri 9 ta so'z o'rganadi.
Uchinchidan,3 yoshgacha bo'lgan bolalarda uzoq muddat davomida telefon, televizor tomosha qilib o'tirish bolalarning oliy nerv sistemasiga ham salbiy ta'sirini o'tkazmay qo'ymaydi. Bu bolalarda asabiylik, jizzakilik holatlari ko'p kuzatilishiga sabab bo'ladi.
Umuman olganda, 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga telefon qo'yib berib qo'yish johillikdan boshqa narsa emas deb o'ylayman.Ota-onasining,
bobo-buvisining mehrga to'la quchog'ida quvnab o'ynaydigan bir paytda uni tinch o'tirsin,xalaqt bermay tursin deb ushbu gadjetlarga qaram qilib qo'yishlikni hech qanday sabab bilan oqlab bo'lmaydi .**
Davomi bor...
Shaxsiy fikr,qo'shilmasligingiz mumkin.Ammo tafakkur qilishga majburmiz.
**Емак кўп ейилганда, ошқозон ҳазм учун эритувчи ферменбур эҳтиёж сезади. Фермент ишлаб чикаришда тана кийналади ва бунинг учун кўп энергия ва зарур озиқ моддалар талаб қилади.
Соғлом киши ошқозони 200-250 гр. овқатнинг биринчи ҳазмини озука ва ҳазм кучига караб 3 ёки 4 соат мобайнида жараённи охирига етказади. Бу миқдорда овкатни ҳазм қилиш учун юрак зўриқмайди.
Аммо икки баробар овқат ейилса уни ҳазм қилиш учун, ортиқча кисмини заҳира қилиш, метаболизма сарқитларини чиқариб ташлаш учун юрак 4-6 марта кўпроқ ишлашга мажбур бўлади.
Бундай ишлаш факат юракни эмас, овқат ҳазм қилиш, сақлаш ва ортикчаларини вужуддан чикариб юборишга йўналган барча аъзо-органларни ҳам қийнайди.
Масалан, бир машина тошли, вайрон ва ноқулай йўлда тўғри йўлда харжлайдиган ёқилғининг бир неча марта кўпини сарфлайди. Масофа бир хил, аммо сарфланган ёқилғи миқдори ҳар хил.
Мунтазам кучаниб ишлашдан ярамас ҳолга келган мотор каби, инсон юраги ҳам ортиқча ишлаш оқибатида ўз ризқини тез тугатади. Чунки бизга ажратилган умр юрак зарблари (уришлари) саноқлидир.
Ёш одам кўп овқат еса, танаси қувватли бўлгани учун, уни ҳазм килади, ортиқча моддаларни эса ташқарига чиқариб ташлай олади. Аммо кўп ейиш одат тусига кириб, танани зўрлаш давом этаверса, бу кувват тугайди, бора-бора ортиқча моддалар вужуддан чикарилиши су- саяди.
Вужуддаги ортиқча моддалар омборлари тўлганидан кейин эса, бу моддалар конга аралаша бошлайди. Бундан секинлашади. Ортиқча моддалар томирларнинг деворларига ёпишиб, вакт ўтган сайин, томирлар торая бошлайди. кон оғирлашиб, айланиши секинлаши секинлашади.
Торайган томирлардаги кон, аъзоларни етарли даражада таъминлай олмайди. Етарли озик олмаган аъзолар мияга "Биз очмиз!", хабарини юборади, тана кўп озик талаб килади ва инсон кўп ея бошлайди. Ва инсон кўп ея бошлайди!
Ея-ея қондаги ортиқча моддалар, томирдаги торайишлар яна-да орта- ди. Бундан қон қуюқлашади, аъзоларнинг очлик ҳисси кучаяди. Бундай қон айланиши кишида фикрни жамлаш, хотира, тушуниш, англаш ва ўрганиш қобилиятини камайишига, танада касалликлар бир-бир ўзини кўрсата бошлайди. Фикр ухлайди, ҳикмат ўлади, аъзолар тўхтайди, ин- соний сифатлар секин-аста йўқолади. Шундай қилиб, "Ейиш улар учун бир жазо бўлади", ҳикмати зуҳур бўлади**.
📝Oydin Solih
"Haqiqiy tibbiyot"(yo'qotilgan shifo izidan)
**Odatda bizning miyamiz bo'sh qolgan vaqtimizda kun davomida biz ko'rgan,eshitgan yoki o'qigan narsalarni,hodisalarni tahlil qilarkan.Bu nima degani? Agar biz kun davomida qaysidir sanatkorning nikoh to'yini, birining otasi kimligini,birining ayoliga xiyonatini,boshqa birining ajrashganini ko'radigan bo'lsak miyamiz shu hodisalarnigina tahlil qiladi va biz shu haqida o'ylab yuramiz.Bizning o'ylarimiz esa bizning kayfiyatimizga ,ruhiyatimizga va o'z navbatida hayotimizga ta'sir qiladi.Tasavvur qilyapsizmi biz internetda, ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazayotgan soatlar o'rniga biron foydali kitob o'qisak,nafs tarbiyasi haqida izlansak,tafsir o'qisak,Qur'on yodlasak nima bo'ladi ?
Shu bois ham ulug'lar nimani ko'rib nimani eshitganingga e'tiborli bo'l der ekanlarda.
So'rovnama: Bir kunda mobil telefoningizdan qancha vaqt foydalanasiz? Va nimalarga vaqt sarflaysiz?
Men telefonda faqat foydali kontentlar ko'raman deyishga shoshilmang.Yaxshilab o'ylab, tahlil qilib keyin javob beraylik.
Ko'rayotgan narsalarimiz rostanam biz uchun muhimmi?Hayotimizga qanchalik foydasi bor?**
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago