Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Kechagi o’zingizdan yaxshiroq bo’ling.
Kechagi kun bilan o’zingizni solishtiring va kamida undan ozgina yaxshiroq bo’lishga harakat qiling.
Misol:
Bugun men kechagi 65 ta leetcode solve dan 67 ta leetcode solve ga o’tdim)
Sprint da yugurish maqsadga erishishni osonlashtiradi
Sprint - bu biror-bir masofaga to‘xtovsiz yugurish degani. Sprint da masofa, start va finish aniq bo‘ladi.
Maqsad uchun ham sprint qilish mumkin. Bunda birinchi o‘rinda masofani aniqlab olish kerak, ya’ni maqsad. Aniq maqsadlarni yozib chiqish kerak. Bu oddiy va hamma aytadigan gap bo‘lishi mumkin. Lekin maqsadlar faqat miyada bo‘lsa, chalkashlik bo‘ladi, nimadan keyin nimani qilish va nima uchun qilish noaniq bo‘ladi, progress bilinmaydi. Shuning uchun aniq maqsadlar ro‘yxati ko‘zga ko‘rinib turishi kerak. Maqsadlarni ro‘yxat qilib chiqish orqali miyadagi ko‘p joy bo‘shatiladi.
Ro‘yxatdagi maqsadlarga prioritet qo‘yish kerak. Prioritet - qaysi maqsad eng muhim va birinchi qilinishi kerakligiga yordam beradi.
Sprint ga chiqishdan oldin maqsadlarni maydalab chiqish kerak. Dasturlash tilida dekompozitsiya qilish kerak. Ya’ni bitta maqsadni bajarish uchun oson mayda-mayda bo‘laklarga bo‘lib chiqish kerak. Masalan bitta bo‘lakni qilish uchun ko‘pi bilan 1 soat vaqt ketsin. Hamma maqsad mayda bo‘laklarga bo‘lib chiqilib, har bir bo‘lak uchun taxminiy vaqt qo‘yiladi. Bitta bo‘lak uchun ko‘pi bilan 1-2 soat vaqt ketgani to‘g‘ri bo‘ladi.
Bo‘laklarni vazifalar deb atash mumkin. Ularning soni har xil bo‘lishi mumkin(20, 30, 50 ta…).
Sprint uzunligini 1-2 hafta qilgan ma’qul. Chunki 1-2 hafta ichida qilingan progress ni aniq o‘lchasa bo‘ladi. Bu aniq maqsad uchun qanchadir aniq natijaga erilishganini miyaga bildiradi va kuch beradi. Bundan tashqari sprint 2 haftadan ko‘p bo‘lsa uni tugatishgacha rejalar o‘zgarib ketishi mumkin.
Sprint uchun belgilangan vaqtga qarab vazifalar olinadi. Vazifalar soni taxminiy bo‘ladi, lekin yuguruvchiga qattiq bosim bermasligi kerak. So‘ng sprint ga start beriladi.
Sprint davomida yangi vazifalar chiqsa, ularni sprint ga qo‘shib bo‘lmaydi. Ular backlog ga qo‘shiladi. Ya’ni keyingi sprint larda qilinishini kutib turadi. Shu tarzda har qanday yangi ish backlog ga yig‘ib boriladi.
Finishga yetib kelish aniq natijani ko‘rsatadi. Maqsad sari qadamlar bosilmoqda. Bu kuch va xotirjamlik beradi. Chunki vaqt bekorga ketmadi.
Sprint qilishda turli xil “tool” lardan foydalanish mumkin yoki oddiy qog‘oz va ruchka. Men jira ni tavsiya qilaman.
Xulosa. Plan qiling, prioritet qo‘ying, oson mayda bo‘laklarga bo‘ling, qilishni boshlang va maqsadga erishing.
Yuqori sifatli ish = (Sarflangan vaqt) x (Fokusning intensivligi)
Biror-bir sohada qiymatli kadr bo‘lish uchun qiymatli ish qilish kerak. Qiymatli, yuqori sifatli ish esa bizning fokus qilish qobiliyatimizga bog‘liq.
Sifatli ish yoshga bog‘liqmi? Yo‘q.
Yuqori sifatli ish deep work(chuqur ishlash)ga bog‘langan. Deep work - bir cognitive(aqliy kuch talab qiladigan) vazifa ustida uzoq vaqt fokus bilan, chalg‘ishlarsiz ishlash deyiladi. Kimda qanday yoshda bo‘lishidan qat’iy nazar deep work qilishga imkoniyati bo‘lsa, o‘sha odam katta ehtimol bilan yuqori sifatli ish qila oladi. Ammo yosh kattalashgani sari deep work qilishga imkoniyat kamayib boradi.
Fokus qanday bo‘ladi?
Masalan biror algoritmni yechishga kirishdik. X daqiqa davomida shu algoritmni hamma elementlarini tasavvur qilib, yechilish yo‘llarini qidirsak, hisob kitob qilsak va boshqa barcha vazifalarni unutsak, shunda yechim Y% optimal bo‘ladi. Y% ning yuqori bo‘lishi, diqqat bilan ketgan X daqiqaning ko‘pligiga bog‘liq. Ya’ni shu algoritmni yechishga qancha ko‘p diqqat bilan vaqt ajratsak, shuncha yaxshiroq natija olamiz.
Kamroq vaqt sarflab yuqori sifatli natija olish, tajriba orqali bo‘ladi. Tajriba - biror ish ustida qanchalik ko‘p deep work qilingani. Ya’ni tajriba yig‘ilishi uchun ham fokusli vaqtlarni kun, oy, yillar davomida shu sohada sarflangan bo‘ladi.
Bir topshiriqdan ikkinchi topshiriqqa o‘tganimizda, miyamizda bir qancha vaqt davomida birinchi topshiriq saqlanib turadi. Ikkinchi topshiriqqa fokus qilishimiz uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Bir algoritmni yechayotganimizda, deep work holatida bo‘lamiz. Birdan telefondan notification kelib qoldi. Miyamiz endi 2 ta narsani birdaniga o‘ylashga harakat qiladi. Birdaniga 2 ta vazifaga fokus qila olmaymiz. Natijada fokusimiz buziladi. Algoritm yechishdagi deep work holatiga qaytishimiz uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Fokus uchun eng to‘g‘ri vaqt - quyosh endi chiqishni boshlagan vaqt deb o‘ylayman. Chunki bu vaqtda bizning miyamiz endi kuchga to‘lgan bo‘ladi va bizni chalg‘ituvchi omillar hali uyquda bo‘ladi.
Bu yerdagi ko‘p xulosalar Kel Nyuportning "Deep Work" kitobidan olingan. Bu kitobdagi hamma fikrlarni bera olmaydi. Shuning uchun kitobni o‘qib ko‘rishni tavsiya qilaman.
O'rtolar yaqin kunlarda Fozil aka bilan internship haqida suhbat tashkil qilmoqchiman.
InSha Alloh hammaga manfaadli qilamiz.
Saviyali savollaringiz bo'lsa izohlarda qoldiring.
Telegram
samiyev_uz | programmist blogi
Dasturlash, karyera, startup, intervyular, podkastlar. ***©*** - Ma'lumotlardan insof bilan foydalaning Linkidin — linkedin.com/in/imfozilbek Feedback — @imfozilbek Comments — @samiyevuz\_izohlar https://samiyev.uz
2-qism.
O'qituvchilik yoki dasturchilik?2020-yil 31-dekabr kuni o'z birinchi biznesimni ochdim!
Bu biznesni idealimdek qilib ochishga harakat qildim(texnika, shariot, ko'rinish, joylashuv). $30 ming atrofida pul tikildi.
Xullas biznesda ko'p operatsion ishlarni boshida o'zim qildim. Keyinchalik komanda yig'dim va ular bilan ancha osonlashdi(bu ham katta mavzu aslida).
Lekin asosiy darslarni o'zim o'tardim. Eng ko'p o'quvchilar(80-100) meni guruhlarimda edi. Bir kunda 5-6 ta 2 soatdan darsim bor edi. Faqat yakshanba kuni dars o'tmasdim, qolgan hamma kunda ertalabdan kechgacha darslarim bor edi. Boshida bular hammasi qiziq edi. Lekin 4-5 oydan keyin bir xillikdan charchashni boshladim.
Daromad qanday bo'lardi?
Pul aylantirish ham yaxshi edi deb aytishim mumkin. Chunki biz varrakni aynan shamol bo'lganda uchurgandik) Ya'ni dasturlash ommalashgan va odamlar o'rganishni boshlayotgan vaqt.
Lekin bu mening birinchi biznesim va men yoshman. Bu pullarning ko'pchiligi xatolar uchun ketti. Biznesda ko'p xatolar qildim va ular uchun yaxshigina haq ham to'ladim) Lekin bulardan xursandman. Chunki keyingi biznesimda inSha Alloh bu xatolar tekinga tushdi)
Deyarli 1 yarim yil protses huddi shunday ketti. Men dars o'ttim, pul ishladim. Lekin dasturchi sifatida umuman o'smadim. Hozirgi vaqtda o'smasdan bitta joyda turish bu minus degani. Ya'ni siz orqaga ketayapsiz degani.
Meni oldimda 2 ta yo'l bor edi. Biznes yoki Dasturchilik. Aslida biznesni ham dasturchilikni ham tanlasa bo'ladi. Lekin meni holatimda bu biznesni umri yo'q edi. Ya'ni vaqtinchalik yaxshi daromad olib keluvchi ish.
"O'qituvchilik bilan asosiy maqsaddan chetga chiqib ketmayapsanmi?" deb bir dasturchi akam savol bergandi. Men bu savolni vaqtlar davomida tushundim. Menga biznes, dars o'tish yoqadi. Lekin men aslida dasturchi bo'lmoqchiman. Ya'ni meni kasbim dasturchilik bo'lishi kerak. Demak men bu sohada o'sishim kerak. O'rganadigan narsalarim judayam ko'p. Ularni o'rganishim kerak.
Shu sababli dasturchi sifatida karyeramni Payme da boshladim.
2022-yil 29-oktabr kuni bu biznesni sotdim.
Boshidan boshlash qiyin bo'ldi. Mablag' jihatidan. Chunki men biznes orqali ko'p pul topishga va ishlatishga o'rganib qolgandim. Menimcha bu hammada shunday bo'ladi. Agar siz vaqtinchalik ko'p va tez pul topsangiz bu sizi maqsadlarizi kattalashtirib qo'yadi, bu pul pasga tushsa esa sizga yaxshigina seziladi)
Bu tajribadan nimalarni olish mumkin?
Dasturlashni o'rgangandan keyin agar imkoniyat bo'lsa, tez katta pul topishga qiziqmaslik.
Asosiy maqsadni bilib olish va ko'proq unga e'tibor berish.
Uzoq muddatli ta'limni tanlang. Uzoq muddatli ta'lim, qisqa muddatli katta puldan ancha yaxshi.
Telegram
Javlonbek Mirzaabdullayev
O'qituvchilik yoki dasturchilik? 2018 - yil TATU ga o'qishga kirganimdan keyin, dasturlashni ko'chadan o'rganishim kerakligini tushundim va ustoz qidira boshladim. U vaqtlar tanlov hozirgiday ko'p emas edi. Dars beruvchilar endi ko'payayotgan edi va ko'p…
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago