??ДХХ Чегара қўшинлари расмий канали
?youtube.com/@sarhad_24
?www.instagram.com/sarhaduz24/
Last updated 1 month, 4 weeks ago
*📹 Guliston shahrining Nurafshon mahallasida tashkil etilgan «Nurshon» MSK tomonidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida*
*📹 Maxsus reportaj | «Yashil makon» umummilliy loyihasi amalda*
#5nov #uzbekiston24
Podpolkovnik Ummatqulov Rustambek Ubaydullayevich — Sayxunobod tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi.
R.Ummatqulov tayinlovga qadar Jizzax viloyati Arnasoy tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Vazir kubogi uchun badiiy gimnastika sport musobaqasining Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri kubogi uchun badiiy gimnastika sport turi bo‘yicha musobaqalarning Sirdaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1-4-sinf o‘quvchi qizlaridan iborat jamoalar qatnashdi. Guruh mashqlarida natijalar quyidagicha:
▪️1-o‘rin — Guliston shahri jamoasi;
▪️2-o‘rin — Sardoba tumani jamoasi;
▪️3-o‘rin — Sayxunobod tumani. jamoasiga nasib etdi.
➡️ Shaxsiy dasturdagi natijalar:
▪️1-o‘rin — Darya Panina -Guliston shahri;
▪️2-o‘rin — Samina Normatova -Guliston shahri;
▪️3-o‘rin — Jasmina Isokova -Mirzaobod tumani.
*❓***#Bilasizmi
Qonunchilikka koʻra, xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda yetkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.
Bunda, isitish davri tashqi havoning oʻrtacha sutkalik harorati 8°Sdan past boʻlgan 5 kunlik davr tamom boʻlgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8°Sdan yuqori boʻlganda esa tamomlanishi kerak.
Guliston shahri hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 23-oktabr kuni Guliston shahri xalq qabulxonasida shahar hokimi Jamoliddin Xodjimanov hamda sektor rahbarlarining aholi bilan muloqot qilish va shu orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarni oʻrganish, aholi turmush sharoitini yaxshilash choralarini koʻrishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
➖ Batafsil
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan «11- Boʻston» saylov okrugi (Boʻston, Istiqlol, Baxt, Bahor, Ulugʻobod mahallalari)dan Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputatligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan Umurzoqova Dilnaz Axmatovnaga OVOZ BERING!
Pensiya jamgʻarmasi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida 225 ming 333 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlandi.
➡️ Shundan:
▪️179 183 nafar fuqaroga yoshga doir pensiya;
▪️32 428 nafar fuqaroga nogironlik pensiyasi;
▪️13 722 ta oilaga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlandi.
Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi «Call-center» ishga tushirildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari samarali koʻrib chiqilishini, shuningdek fuqarolarga saylovga oid masalalar yuzasidan tezkor va qulay tarzda huquqiy tushuntirish va maslahatlar berilishini tashkil etish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi huzurida «Call-center» ishga tushirildi.
«Call-center» orqali saylov jarayonlariga oid oʻzingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz hamda murojaatlaringizni yoʻllashingiz mumkin.
«Call-center» raqami: 1200
1200 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilish bepul.
??ДХХ Чегара қўшинлари расмий канали
?youtube.com/@sarhad_24
?www.instagram.com/sarhaduz24/
Last updated 1 month, 4 weeks ago