Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 1 day ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
MIB oʻtgan davrda 42,9 trln soʻmlik undiruv amalga oshirilganligi haqida axborot berdi.
Bu koʻrsatgich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 7 trln soʻmga oshgan.
Davlat foydasiga 18,5 trln soʻm;
tadbirkorlik va boshqa subyektlar foydasiga 10,4 trln soʻm;
banklar foydasiga 12,3 trln soʻm;
fuqarolar foydasiga 1,7 trln soʻmdan ortiq undiruvlar amalga oshirilgan.
«Тошкент ёшлар севади», ёшлар агентлиги эса пиарга пул совуришни(ми?)
Тошкент шаҳар Ёшлар ишлари бошқармасининг 2024 йил 11 декабрдаги яна бир қизиқ хариди этиборини тортди. Ушбу харид доирасида бошқарма ва «Media Affairs» МЧЖ ўртасида умумий қиймати 534,7 миллион сўмлик тўғридан-тўғри шартнома тузилган.
Шартнома мазмунига кўра, «Media Affairs» МЧЖ томонидан «Тошкент ёшларни севади» шиори остида ўтказилган тадбирларни «Platina.uz» сайти ва унинг ижтимоий тармоқ саҳифаларида ёритиш ва PR ( пиар) материалларни жойлаштириш кўзда тутилган.
@revizor_uzb тадбирга оид материалларнинг самарадорлигини таҳлил қилиш учун «Platina.uz» сайтининг YouTube каналидаги видеоматериалларни танланма усулда ўрганди.
Қизиғи шундаки, тадбирга оид бир нечта видеоларнинг кўришлар сони 1000 тага ҳам етмаган. Яъни, тадбир пиари учун сарфланган маблағ миқдори натижага нисбатан жуда юқори кўринади.
Битта сайтдаги ёритиш ишлари учун ярим миллиард сўмлик шартнома тузилган экан, агар бошқа сайтлар ва ОАВларда ёритилган материаллар ҳажмини чамалаб кўрсак, тадбирнинг умумий пиар харажатлари қанчалик катта бўлгани ҳақида фақат тахмин қилиш мумкин.
Ёшлар тадбирларига бўлган эътибор ижобий ҳолат ҳисобланади, бироқ пиар фаолиятлар учун сарфланаётган давлат маблағларининг натижадорлиги жиддий баҳоланиши зарур.
Жиноят иши қўзғатиш рад этилган
Энергетика вазирининг шикоят аризаси бўйича Тошкент шаҳар ИИББ жиноят иши қўзғатишни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилган.
Бошқарма қарорига хусусан, АОКАнинг Энергетика вазири шикоят аризасида кўрсатилган важлар мавжуд эмаслиги ҳақида тегишли экспертиза хулосаси, шунингдек, шикоятга сабаб бўлган пост ёзилганига 1,5 йилдан кўп вақт ўтганлиги асос қилиб кўрсатилган.
Ички ишлар органларига мазкур иш юзасидан ўтказилган тезроқ суриштирув ва ҳаракатлар учун фуқаровий ташаккур билдираман.
Bugun soat 12:54 da qonun buzilishiga oid quyidagi xabar chiqdi:
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan maxsus texnikalarni ijaraga olish xizmati boʻyicha boshlangʻich narxi 165,0 mln soʻmlik tanlov oʻtkazilgan.
Tanlovda ikki talabgor ishtirok etib, oʻz takliflarini bildirgan. Eng yaxshi taklifni aniqlash jarayonida 153,7 mln soʻmlik narxni taklif qilgan “USTA SHAHZOD” MCHJ tanlov gʻolibi deb topilgan. Ikkinchi ishtirokchi “DJIZAKH STROY MIR” MCHJ esa zahira gʻolibi maqomiga ega boʻlgan.
Ochiq maʼlumotlarga koʻra, har ikki ishtirokchi bir manzilda — Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Ziyokor MFY, Mustaqillik koʻchasi, 73a-uyda joylashgan.
Yuqoridagi holat boʻyicha Raqobat qoʻmitasi tomonidan 18:05 da rasmiy munosabat berilyapti:
Ijtimoiy tarmoq orqali Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani Suv yetkazib berish xizmati DM (Buyurtmachi) tomonidan “Ekskavator ijara xizmati” boʻyicha oʻtkazilgan boshlangʻich narxi 165,0 mln. soʻmlik tanlov savdolari yuzasidan tanqidiy maʼlumotlar eʼlon qilingan.
Ushbu holat yuzasidan Raqobat qoʻmitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi alomatlari yuzasidan Buyurtmachiga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi.
Ish belgilangan tartibda koʻrib chiqilgandan soʻng natijalari yuzasidan qoʻshimcha axborot taqdim etiladi.
P.s. Raqobat qoʻmitasi qoyil qoldirishda davom etmoqda.
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish
Buxoroda kriptovalyutalar savdosi orqali 3 mln AQSh dollari ishlab topgan 17 yoshli bolaga nisbatan tergov ishlari olib borilayotgani haqida xabarni oʻqigan boʻlsangiz kerak.
Muammo nimada ?
Muammo oldi-sotdi qilishning qonuniy yoʻli murakkab va cheklanganligida.
Hozirgi holatda nazardan chetda qolayotgan muammolar:
Aholini daromad topishdan cheklash. Masalan, bola 3 mln AQSh dollari daromad qilishi mumkin edi.
Ishsizlik ortishiga sabab boʻlish. Javobgarlikdan qoʻrqib odamlar bu faoliyat bilan shugʻullanmasligi mumkin.
Davlat xarajatlari ortishi. Nazorat qilish, tergov, sud jarayonlarini amalga oshirish bu xarajat.
Qonunlarni mensimaslik ortishi. Qonuniy yoʻli murakkab boʻlsa, odamlar aylanib oʻtish yoʻllarini izlaydi.
Qonunchilikni buzmaslik uchun mahalliy platformalar orqali savdoni amalga oshirish lozim. Xoʻp, endi mahalliy platformalarni koʻrib chiqamiz:
KRIPTO-BIRJALAR;
1.“KOBEA GROUP”
Xorijiy korxonasi Mas’uliyati cheklangan jamiyati.
Manzil: Toshkent shahri.
Manzil:Tashkent shahar.
MAYNING-PULLAR;
Mavjud emas.
KRIPTO-DEPOZITARIYLAR;
Manzil: Toshkent shahri.
Manzil:Toshkent shahri.
Manzil:Toshkent shahri.
KRIPTO-DO‘KONLAR;
Manzil:Toshkent shahri.
Manzil:Sirdaryo viloyati.
Manzil: Tashkent shahar.
Manzil: Tashkent shahar.
Manzil:Tashkent shahar.
Manzil: Tashkent shahar.
Manzil: Tashkent shahar.
Manzil: Tashkent shahar.
Manzil: Tashkent shahar.
P.s. Koʻrishimiz mumkin sonlar cheklangan. Bularning ishlash mexanizmi va qoʻyadigan talablari alohida mavzu.
Qarz
Begona odam qarz so'ramasligi aniq. Atrofimizdagi bizga tanish bo'lgan odamlar bizdan qarz so'rashi mumkin. Xat-hujjat qilish o'rtadagi munosabatni buzishini o'ylab yoki tortinib-mi, xullas hammada xar xil vaziyat bo'ladi bitim tuzmasdan qarz berib yuborishimiz mumkin.
Ushbu holatda bergan pulga kuyib qolmaslik uchun nima qilish kerak?
Fuqarolik Kodeksining 733-moddasiga ko'ra, fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan (3 750 000) so'm ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart.
P.s. Demak, qarz miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan ortiq bo'lmasa oddiy yozma shaklda shartnoma tuzish shart emas. Lekin, qarz berganlikni isbotlovchi boshqa dalilar bo'lishi lozim.
Endi kattaroq summalarga oid qoidalarga to'xtalsam:
Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik oqibati nima bo'ladi?
Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi.
Taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqlidirlar.
Qonunda yoki taraflarning kelishuvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning **haqiqiy emasligiga olib keladi.
Sudlarga** qarz masalasida qanday tushuntirish berilgan?
Oliy sud Plenum qaroriga ko'ra, Fuqarolik Kodeksining 733-moddasi 1-qismiga binoan fuqarolar o‘rtasida tuzilgan qarz shartnomasining summasi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lgan hollarda qarz shartnomasini oddiy yozma shaklda tuzilishi talab qilinadi. Sudlar qarz shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmasligini nazarda tutishlari lozim.
Taraflar bunday holda guvohlarning ko‘rsatuvlariga asoslanishga haqli emas, lekin bu ularni yozma va boshqa dalillar keltirish imkoniyatidan mahrum qilmaydi.
P.s. Guvoh bilan isbotlash hisobga olinmaydi demoqchi.
Agar pul yoki ashyo olganlik fakti inkor etilmasa, u holda uni yozma dalillar bilan tasdiqlash talab qilinmaydi, har bir taraf o‘z talablarini asoslash uchun keltirayotgan holatlarni isbotlashga majbur.
Shunga ko‘ra bir taraf pul yoki ashyoni qarz uchun berganini tasdiqlab, ikkinchi taraf uni olganini inkor qilmasdan bu pul yoki ashyo qarzga emas, balki hadya tariqasida bergan deb tasdiqlasa, sud pul yoki ashyo olgan tarafdan qarz emas, balki hadya shartnomasi bo‘lganligini tasdiqlovchi dalillarni talab qilib olishi va shu asosga ko‘ra nizoni hal qilishi lozim.
P.s. Hadya shartnomasiga o'tib ketishi mumkin deyapti.
Xulosa: Qarz olganda yoki berganda summadan qat'iy nazar tixlat oling, tilxat yozib bering. Bu qarz oluvchiga ma'suliyat yuklaydi qarz beruvchiga hotirjamlik beradi. Tilxat yozish uchun 2-5 minut ketadi xolos.
P.s. kimdir qarz soʻrasa bu postni yuborib qoʻyishiz mumkin))
«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan o‘zaro o‘zgarmas tokenlarni xorijiy kripto-birjalar va platformalarda ayirboshlanganligi natijasida qabul qilingan kripto-aktivlar o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlarining elektron platformalarida sotiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlarni milliy va (yoki) xorijiy valyutaga sotish va sotib olish hamda kripto-aktivlarni boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarini xizmatlar provayderlaridan tashqarida amalga oshirish taqiqlanadi, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar mustasno.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 1 day ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago