?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 3 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Ko‘krak bezi salomatligi haqida o‘ylashning vaqti keldi! 🌸
Ayollar uchun muhim bo‘lgan ko‘krak bezining o‘zini-o‘zi tekshirish usuli bilan tanishing va sog‘lig‘ingizga e’tibor qaratishni odat qiling. Bu oddiy hamda ko‘p vaqtingizni olmaydigan jarayon, ammo juda muhim! Har oy hayzdan keyin quyidagi qadamlarni bajaring:
🔸 Ko‘krak va qo‘ltiq ostini barmoq yordamida tekshiring
🔸 Ko‘krak shakli va o‘lchamidagi o‘zgarishlarni kuzating
🔸 Teridagi o‘zgarishlar: qizarish, burmalar yoki ko‘krak uchining ichkariga kirishiga e’tibor bering
🔸 Tugunchalar va yaralar bor-yo‘qligini tekshirib ko‘ring
Bu usulni odatga aylantiring va har doim o‘z salomatligingizni birinchi o‘ringa qo‘ying! 💪🌷 Agar biror o‘zgarish sezsangiz, mammolog, ginekolog yoki onkolog bilan maslahat qiling. Erta tashxis — sog‘lom hayot kaliti!
https://t.me/GINEKOLOGIYA_NEOMED
https://t.me/GINEKOLOGIYA_NEOMED
https://t.me/GINEKOLOGIYA_NEOMED
Chat guruhga men ginekologman lichkamga yozing yordam beraman kabi mazmundagi xabarlar kelsa aslo yozmang. Sizni shaxsiy rasmlaringizni so'rab firibgarlik yo'li bilan insonlarni aldaydiganlar ko'paygan. O'zingizni extiyot qiling!
Savollaringiz bo'lsa qoldiring tez orada javob beraman
Rejalashtirilmagan xomiladorlikdan saqlanish usullari.
1.Tabiiy(fiziologik) usullari
Eyakulyatsiya sodir bo’lishidan oldin jinsiy aloqani to'xtatish.
Ovulyatsiyani aniqlashga asoslangan kalendardan foydalanish.
Samaradorligi - 80%
Kamchiliklari:
Jinsiy aloqaning to’xtatilishi erkaklarda potentsial buzilishlar bilan tahdid qiladi.
2.Prezervativlar
Prezervativning ikki turi mavjud — ayol va erkaklar uchun. Bu nafaqat istalmagan homiladorlikdan, balki jinsiy yo’l bilan yuqadigan infektsiyalardan ham himoya qiladigan yagona kontratseptsiya turi hisoblanadi.
Samaradorligi :
Erkaklarniki-98%,
Ayollarniki-95%.
Kamchiliklari:
Moyli moddalar, kremlar yoki zarar tufayli erkak prezervativlarining samaradorligi pasayadi.
Uni ishlatishda har doim ham nazoratni saqlab turib bo’lmaydi. Jinsiy aloqadan to'laqonli rohatlanmaslik.
Ayollar uchun mo’ljallangan turidan hozirda ko’pchilik ayollar xabardor emas.
3.Bachadon ichi vositalari (BIV)
Bachadon ichidagi spiral urug’lantirilgan tuxum hujayraning implantatsiyasini oldini oladi, gormonal spiral esa homiladorlikdan himoya qiladigan progesteron gormonini chiqarib turadi. Spiral 5 yilgacha o'rnatiladi.
Samaradorligi-99.2%
Kamchiliklari:
BIV yallig’lanish va ektopik homiladorlik xavfini oshiradi, og’riqli hayzni keltirib chiqaradi.
4.Oral kontratseptivlar
Ayol organizmiga gormonlar orqali ta’sir qiluvchi vositalar sanaladi. Bu preparatlar og'iz orqali qabul qilinadi.
Samaradorligi to'g'ri qo'llanilganda-99%
Kamchiliklari :
Ayol preparatni muntazam, soatma-soat qabul qilishi kerak, aks holda ajralmalar kuzatiladi.
Ta’sirni oldindan aytish mushkul.
Bu turdagi vositalarni homiladorlik va emizish davrida qabul qilib bo’lmaydi.
5.Gormonal in’yektsiyalar
Gormonal in’yektsiyalar har 1-3 oyda bir marta amalga oshiriladi. Ular ineksion ko'rinishda qabul qilinadi.
Samaradorligi-90-99%
Kamchiliklari:
Ushbu turdagi kontratseptsiya hayz davrini o’zgartirishi, bosh og’rig’iga, jinsiy maylning pasayishiga va tana vaznining ortishiga olib kelishi mumkin.
6.Gormonal implant.
Gormonal implant qo’l terisi ostiga (kichik plastik sterjen) kiritiladi va implant o’zidan gormonlar chiqarib turadi. Ushbu kontratseptsiya usuli 5 yil davomida ta’sir ko’rsatadi.
Samaradorligi-90-99%
Kamchiliklari:
Gormonal implantdan foydalanganda faqat 5 yildan keyin homilador bo’lish mumkin bo’ladi.
7.Kontratseptiv plastir
Plastir teriga yopishtiriladi. U o’zidan inson tanasiga gormonlar chiqarib turadi, bu atigi 7 kun davom etadi. Shuning uchun plastirni har hafta almashtirib turish lozim.
Samaradorligi-91-99%
Kamchiliklari:
Tana vazni 90 kilogrammdan ortiq bo’lgan ayollar uchun gormonal plastirlarni qo’llash tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari u tez-tez ko’chib ketishi kuzatiladi.
8.Ixtiyoriy Jarrohlik kontrasepsiya (IJK) (sterillash).
Jarrohlik yo'li bilan ayollarda bachadon naylarini boglash,
Erkaklarda esa urug' kanalchalarini bog'lash.
Samaradorligi-100%
Kamchiligi:
Bu usul qaytmas xisoblanadi.
9.Spermitsidli diafragma
Bu ayolning jinsiy a’zolariga kiritiladigan moslashuvchan halqali qalpoqcha.
Ushbu usul spermitsidlar-ayolning jinsiy a’zolariga kiritiladigan vaginal shamcha, krem, tabletkalar ko’rinishidagi moddalardan foydalanganda samarali bo’ladi. Ular spermatozoid devorlarini parchalab yuboradi,
Samaradorligi:
Spermitsidlar bilan birgalikda diafragma rejalashtirilmagan homiladorlikdan 92-96% himoya qiladi.
Kamchiliklari:
diafragma aloqadan keyin kamida 4 soat davomida o’rnida qolishi kerak.
10.Vaginal halqa
Vaginal halqa rangsiz, egiluvchan halqa bo'lib, diametri taxminan 5 sm va qalinligi taxminan 4 mm. Vaginal halqa ayolning vaginasida estrogen va progesteronni asta-sekin chiqarish orqali ishlaydi. Ushbu gormonlar vaginal epiteliya tomonidan so'riladi, bu esa ovulyatsiyani ta'sir qiladi. U
3 haftada bir marta vaginaga joylashtiriladi.
Samaradorligi-99%.
Kamchiliklari:
halqa hayz ko’rish tabiatini o’zgartirishi mumkin va qon aylanishining buzilishi va venoz tromboemboliya rivojlanishi xavfi kabi nojo’ya ta’sirga ega.
@GINEKOLOGIYA_NEOMED
@GINEKOLOGIYA_NEOMED
Ҳомила ва туғилиш муддатини аниқлаш.
? Менструацияга қараб.
Бунда охирги ҳайзнинг 1-кунига 7 кун қўшиб, 3 ойни айирамиз.
Ҳайзниг 1-куни + 7 кун – 3 ой = туғиш муддати.
Ҳомиладорлик муддатини аниқлаш учун охирги хайзнинг биринчи кунига 7 кун қўшиб, календарга қараб шу кунгача санаб келинади.
? Ҳомила қимирлашига қараб.
Биринчи туғувчи аёлларда ҳомила 20-хафтадан қимирлашни бошлайди.
Қайта туғувчи аёлларда эса ҳомила 18-хафтадан қимирлашни бошлайди.
? УЗИ
? Аёллар маслаҳатхонаси.
Бунда обменная картадан фойдаланилиб, унда аёлнинг қачон келганлиги, хомиладорликнинг муддатлари ва кечиши хақида ёзилган бўлади.
? Бачадон тубининг баландлигига қараб (бачадон тубини пайпаслаш орқали).
✓ 4 ҳафтада – товуқ тухуми ўлчамида (ичкарида пайпасланади);
✓ 8 ҳафтада – ғоз тухуми ўлчамида (ичкарида пайпасланади);
✓ 12 ҳафтада – янги туғилган чақалоқ бошидек, симфиздан бир бармоқ юқорида;
✓ 16 ҳафтада – симфиз ва киндик ўртасида;
✓ 20 ҳафтада – киндикдан икки бармоқ пастда;
✓ 24 ҳафтада – киндик атрофида;
✓ 28 ҳафтада – киндикдан икки бармоқ юқорида;
✓ 32 ҳафтада – киндик ва ханжарсимон ўсиқ ўртасида (қорин айланаси 80-85 см);
✓ 36 ҳафтада – ханжарсимон ўсиқ соҳасида;
✓ 40 ҳафтада – киндик ва ханжарсимон ўсиқ ўртасида (қорин айланаси 95-100 )
@GINEKOLOGIYA_NEOMED
@GINEKOLOGIYA_NEOMED
@GINEKOLOGIYA_NEOMED
Bachadon gemangiomasi homiladorlik davrida kam uchraydigan hodisa bo‘lsa-da, u odatda xavfli emas. Ammo ba’zi hollarda, gemangiomaning o‘lchami va joylashishiga qarab, homiladorlikda muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Quyidagi omillar gemangioma mavjud bo‘lgan homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan kuzatishni talab qiladi:
Gemangiomaning homiladorlikda mumkin bo‘lgan xavflari:
Diagnostika va kuzatish:
Homiladorlik davrida gemangioma ultratovush tekshiruvlari yoki boshqa tasviriy diagnostika usullari orqali kuzatiladi. Shifokor homiladorlik davomida gemangiomaning o‘sishini, joylashuvini va homilaning rivojlanishiga ta’sirini muntazam kuzatadi.
Davolash:
• Dinamik kuzatish: Agar gemangioma kichik bo‘lsa va simptom bermasa, homiladorlik davomida uni faqat kuzatish kifoya qiladi.
• Jarrohlik yoki boshqa muolajalar: Homiladorlik davomida faqat juda zarur holatlarda amalga oshiriladi. Agar gemangioma homiladorlikni jiddiy xavf ostiga qo‘yadigan bo‘lsa, shifokor maxsus muolajalarni ko‘rib chiqishi mumkin.
@GINEKOLOGIYA_NEOMED
@GINEKOLOGIYA_NEOMED
❓Siz homiladorlik vaqtida qanday dorilarni ICHISHGA majbur bo'lgansiz?
?♀️Deyarli 90% ayollar homiladorlik vaqtida dori vositalarini qabul qilishadi.
?Afsuski ko’pgina dorilar homiladorlikda mumkin emas (ayniqsa 12 xaftagacha).
❗️Qaysi dori vositasi mumkin yoki mumkin emasligini bilish uchun ✅YO’RIQNOMA (instruksiya)sini o’qiganda “homiladorlik va laktatsiya davrida qo’llanishi” degan qismini topib albatta o’qing.
⚠️Agar yana ham aniqroq bilmoqchi bo’lsangiz, postni ohirigacha o’qing va albatta SAQLAB QO’YING!
??AQSH (US Food and Drug Administration) sog’liqni saqlash boshqaruvi dorilarni XAVFLILIK darajasiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’ladi:
✅A GURUH-homiladorlar uchun XAVFSIZ dorilar:
Tadqiqotlarda 1-trimestrda onaga ham homilaga ham zarari yo’q dorilar.
➡️(foliy kislota, levotiroksin natriy, parasetamol, magniy sulfat…)
?B GURUH-homiladorlar uchun NISBATAN XAVFSIZ dorilar:
➡️(amoksitsillin, klindomitsin, seftriakson, fosfomitsin, geparin, insulin, aspirin, metronidazol…)
?C GURUH-homiladorlar uchun NISBATAN XAVFLI dorilar:
Hayvonlarda o’tkazilgan tadqiqotda homilada nuqson chaqirishi anilqangan, odamlarda tekshirilmagan dorilar.
➡️(izoniazid, levofloksatsin, siprofloksatsin, moksifloksatsin,gentamitsin, antidepressantlar…)
?D GURUH-homiladorlar uchun XAVFLI dorilar:
➡️(tutqanoqqa qarshi dorilar, doksotsiklin, tetrasiklin, kanamitsin, diklofenak…)
❌X GURUH-homiladorlar uchun MUTLAQO MUMKIN BO’LMAGAN o’ta xavfli va xomilada nuqson chaqiruvchi dorilar:
➡️(narkotik analgetiklar, kimyoterapiya dorilari, tutqanoqqa qarshi-trimetadion, valproat kislta, karbamazepim, danazol, varfarin, litiy, retinoidlar va hk)
⚠️Biroq agar homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi kasallik kuzatilsa, va C hamda D guruhdagi dori vositalari orqali bu kasalliklar oldi davolansa, u holda mumkin bo’lmagan dori vositalarini berish tavsiya qilinadi
@GINEKOLOGIYA_NEOMED
@GINEKOLOGIYA_NEOMED
@GINEKOLOGIYA_NEOMED
? KOLLAGEN HAQIDA 10 TA FAKT!
1️⃣ Kollagen inson organizmida sintezlanadigan oqsil bo'lib, TERI, SOCH, TIRNOQ, QON TOMIR, SUYAK, PAY va boshqa a'zolarni mustaxkamligini ta'minlaydi;
2️⃣ 25 yoshdan keyin kollagen sinteziKAMAYIB boradi;
3️⃣ Ayollarda erkaklarga nisbatan kollagen sintezi tezroq kamayadi;
4️⃣ Kollagenni tiplari juda ko'p va ular har xil a'zoni mustaxkamligiga javob beradi;
5️⃣ Shirinliklar, stress, sigaret va qiyoshning ultrabinafsha nurlari kollagen sintezini kamaytiradi;
6️⃣ Kollagenni qabul qilgandan so'ng 4 xaftadan keyin o'zgarishlar ko'rina boshlaydi;
7️⃣TIRIK kollagen so'rilishi va samaradorligi boshqa turdagi kollagenlardan yuqori hisoblanadi;
8️⃣ Tirik kollagen past haroratda olinib, sifati odam organizmida sintezlanadigan kollagenga juda yaqin bo'ladi;
9️⃣ Tirik kollagen tarkibida I, II va III tip kollagen bari mavjud;
1️⃣0️⃣ Tirik kollagen homiladorlik vaqtida mumkin!
@GINEKOLOGIYA_NEOMED
@GINEKOLOGIYA_NEOMED
@GINEKOLOGIYA_NEOMED
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 3 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago