❄••••Shahina Usmonova••••❄

Description
"Yuzma-yuz" ijodiy loyiha muallifi
@Ped_fakultet clubi sardori
@ShDPI_tashabbuskor_yosh
ShDPI 3-bosqich talabasi
Qashqadaryo viloyati "Mushoira" klubi kordinatori,
Murojaat uchun:
Yoshlar daftari va Metsenatlik yoʻnalishi kordinatori @Usman_Shahinaa

❄❄❄
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

1 year, 1 month ago

#kayfiyat

Vaqtni o‘tishini ko‘ring, 3-kurs bo‘libmiz... ??‍?

Uji kuchaydim?

1 year, 1 month ago

2-Sentabr - Xotira kuni

Tinchlik shukuhi

El boshidan o‘tdi ne kunlar,
Kimlar kelib ketmadi taxtga?
Xalq orom ol, osuda tunlar...
Baxtlar tekkan bizdek bebaxtga.

Endi bolang borsin maktabga,
Tinch uyingda oromingni ol!
Necha yillik totgan zahmatga
Barham berdi Islom Karimov!

Shunda tarqoq el millat bo‘ldi,
Kimdir qora oq demam illo!
Qoralovchi illatlar so‘ldi
Shukr deylik, Alhamdilulloh.

Jipslashgan yil o‘tgan sari,
Bug‘doy uchun navbatin poylab.
El El bo‘ldi oila singari
Och qolganda bir necha oylab.

Mana bugun go‘zal diyorda
Qarshilaymiz to‘kinchilikni.
Yurmagaymiz paxtazorlarda
Yengib oldik qiyinchilikni!

Qadni bukmang, tekkunga qadar,
Hayot bugun ortsa zahmati.
Azob edi bilsangiz agar
O‘tgan kunning hatto rohati...

Mustaqilligimiz asoschisi O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlanadi

✍? Shahina Usmonova

@us_ijodkor_qiz

1 year, 1 month ago
1 year, 1 month ago

Umr nima?
"Men bilmasam, men bilmasam,
Sochi uzun, aqli kalta inson esam" -
Menga shunday ta'rif bergan ahli donish,
Anglarmikan: "Manim umrim so'zdir", desam.

Er zotini yo'ldan urgan edim o'zim,
Ul gunohsiz bo'lar edi men bo'lmasam.
Ertaklarga ketdim, yoshlar sochdi ko'zim,
Devlar meni o'ldirmadi, o'ldir desam.

Shayx San'onni yo'ldan urgan tarso edim,
Ishq yo'linda faqat o'zim rasvo edim.
Vijdoninggiz go'yoki pok qolar edi,
Meni sevsang, vijdoningni keltir desam.

Alpomishni Qalmoq yurtga boshlagan - men,
Makr aylab choh ichiga tashlagan -men.
Boybo'rilar sira ozor chekmas edi,
Ultontozni bu dunyoga keltirmasam.

Asli Arshi a'lolarda tug'ilgansiz,
Va men sabab jannatlardan quvilgansiz.
Ammo nega eslamaysiz, tan olmaysiz?
Siz men sabab, Siz men sabab sevilgansiz.
Siz men sabab, Ayol sabab sevilgansiz.

1 year, 1 month ago

#kayfiyat

Kuzning ilk yomg‘iri???☔️

1 year, 1 month ago

Bilasanmi, aslida kim yolg‘onchi? Asl yolg‘onchi menman. Sening yolg‘onlaringni rost bo‘lishini istab, sen haqingda aytilgan haqiqatlarni yolg‘on deya qabul qilgan, aytguvchilarni esa yolg‘onchi sanagan menman, mening o‘zim - asl yolg‘onchi.
O‘ylama, o‘tayotgan vaqt seni emas, meni fosh etadi. Sening emas mening aslimni ochib beradi. Shuning uchun ham hotirjamman.

1 year, 1 month ago

Opa, qara o'ylarim qolib,
Armon dilni quchib ketdi-yo!
Chap ko'ksimni zarb bilan yorib
Qaldirg'ochlar uchib ketdi-yo.

Bo'g'zimga bir og'riq qadalar
Lablarimdan to'kiladi jon.
Ko'nglimizdek keng bu dalalar
Tor bo'lishga ulgurdi qachon?!

Opa, balki qildimmi g'o'rlik?
Huv tog'larga yig'lablar berdim.
Meni suyab o'stirgan sho'rlik
Yana o'sha yelkangga keldim.

Keldim, sochim chigillarin yoz
Bir taskin ber menga tinmasdan.
Sen ko'nglimni quchog'ingga bos,
Hayot meni chayr qilmasdan.

Opa, topding bariga yechim
Yana senga yozayapman she'r!
Ishon, sendan so'nggi o'tinchim
Bolalikka chipta topib ber.

✍? Durdona BAHODIROVA
? Shahina Usmonova

t.me/us_ijodkor_qiz

1 year, 1 month ago

#taskin

Ахир,
сен Худодан олганим тилаб,
Кутаман,
ёшман,
дил
кутиш ватани.
Тошкентни икки минг ёшда дейдилар,
Куттириш яхшимас ёши каттани...

✍? Erkin Hojimuhammad
? Shahina Usmonova

https://t.me/us_ijodkor_qiz
https://t.me/EHojimuhammad/9217

1 year, 1 month ago

#shunchakimas
#zerikish_taym

Sog‘inch, ota-ona, ayriliq yoki pozitiv kulgular haqida mazmunli she'r bo‘lsa, kamentariyada qoldiring, audio qilib beraman(faqat eng yoqqanini)

1 year, 1 month ago

#shunchakimas

Bir xazilga qayta qayta kulib bo‘lmaydi, ammo bir dard qayta qayta yig‘latishi mumkin...

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago