Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
"Cho‘l bo‘risi". Hermann Hesse. 58 betlik mutolaadan keyingi fikrlar.
Kitobni to‘liq o‘qimasdan ham kichik taqrizga o‘xshash narsa yozsa bo‘ladi ekan. To‘g‘rirog‘i, bunga asar majbur qilar ekan.
Shunday qilib, "Cho‘l bo‘risi" asarini o‘zini inson (!) deb hisoblovchi hamma o‘qib chiqishi kerak. Aniq ayta olamanki, kitobda har bir o‘quvchi o‘zini ko‘radi. Ichidagi ikkinchi "men"i bilan yaqindan tanishib oladi.
Eng qadrli jihati, bu kitob sizga insonlar bilan insonlardek (!) muomala qilishga yordam beradi. Ular bilan gaplashganda qandaydir qayerdandir o‘rganib, o‘qib olgan metrikalaringizni yig‘ishtirib qo‘yib, samimiy muloqot qilishga undaydi.
Qisqa qilib aytganda, sizga "la’nati ikkinchi o‘zingizni" tanitib, u bilan kelishib yashash kerakligiga chorlaydi. Ko'pchilik shu "ikkinchisi" yo'qdek yashaydi.
Qattiq tavsiya qilaman. O‘qib, uqib chiqish kerak. Hayotni yengillashtiradi. Soxtaliklaringizdan uzoqlashib, odamdek bo‘lishingizga oz bo‘lsa ham hissa qo‘shadi.
Azoblanishdan faxrlanish lozim — har bir azob-uqubat bizga unvonimiz yuksakligini eslatadi.
? Choʻl boʻrisi. Hermann Hesse
Bu jamiyat davlat tashkilotlariga tushadigan ishlarni vijdonan, adolatli, halol yo‘l bilan bitirishni qiyin qilib tashlagan. Hozir bir ish bilan yuribman. Jarayonni sun’iy ravishda qiyin, ko‘p vaqt ketadigan qilib tashlashgan. Shu ketgan vaqtingga achinasan, xolos.
Lekin korrupsiyasiz. Shunisi xursand qiladi sal bo‘lsa ham. Sababi oldin bu joydagilar uyalmasdan pul so‘rashar edi.
Xullas, bu kabi murakkablashtirishlar oxiri borib har qanday vijdonli odamning ham hafsalasini pir qiladi. Ya’ni emotsional bosim bo‘ladi. Qoidalarga bo‘ysunish ahmoqlikdek tuyilishni boshlaydi.
Xuddi svetoforni qizil chirog‘i yoniq. Mashinalar yo‘q. Yoningdagi hamma odamlar yo‘ldan o‘tib ketyapti-yu, bitta o‘zing yashilni kutayotganga o‘xshaysan. ⛑
Yigit kishining ham, qiz bolaning ham eng katta yutug‘i — bo‘lajak juftining ham aqlli, ham qalbli bo‘lishidir.
Chunki doim qalbiga tayanadigan, hissiyotlar bilan qaror, xulosa, hukm qiladigan inson bilan yashash juda qiyin va xavfli. Bunda katta ziyon bor juftliklarga.
Aksincha faqat aqli bo‘lsa-yu, qalbi bo‘lmasa ham qiyin. Hayot hayotdek bo‘lmaydi. Qishlog‘imizda juda ko‘p oilalarni bilaman. Bular hayotning har bir jabhasida aql bilan qaror qabul qilib yashab kelishadi va qaysidir ma’noda bunga majburdirlar ham. Hayotlari chetdan qaraganda juda achinarli. Bularga kim bilan yashashni farqi yo‘q. Muhimi muhlatni yashab bersalar bo‘ldi.
Xullas, aqlli va qalbli insonlar bilan go‘zal turmush kechirish mumkin. Chunki balans bo‘ladi. Va bu qiziq bo‘ladi. Yashashga arziydi. )
"Uliss" asarini o‘qib tugatsangiz, o‘zingizni qahramon deb hisoblasangiz bo‘ladi )
Yakshanbada Book uz arena’da Joysning "Uliss" asari "muhokamasi" bo‘lib o‘tdi.
Afsuski menda kitobni boshlashga ham vaqt bo‘lmadi. O‘tgan vaqt davomida boshqa muhimroq kitoblar chiqib qoldi. Shunga qaramay, hech bo‘lmasam muhokamasiga borishim kerak, deb yo‘lga chiqdim.
Xullas, kitobni hech kim oxirigacha o‘qib tugata olmabdi va men kabi boshlashga hafsala qila olmaganlar ham ancha ekan. Sababi o‘sha — asar juda og‘ir.
Hattoki minglab auditoriyasi bo‘lgan bukblogerlar (!) ham tugata olmagan. )
Lekin muhokamasi o‘qilgan kitoblarnikidan kam bo‘lmadi. Hamin qadar fikrlar bo‘lishildi. Bitta aka ancha ochib berishga harakat qildilar. Baribir og‘irlik qildi.
Kitobni his qilish uchun ushbu hazil video yaxshi yordam beradi. ))
Telegram
BOOK.UZ
Hal qiluvchi suhbat ***😁*** @bookuzbekistan
Savol almashtiriladi!
Almashtirilgan savol shu edi:
Bu oy uchun savolni yoshlikdan ma’ruzalari orqali bizni o‘ziga mahliyo qilgan, o‘z tug‘ilgan shahridan ko‘ra Vodiyda ko‘proq yaxshi ko‘riladigan, kitobxon, futbol sharhlovchisi, suhbatlariga odam to‘ymaydigan insonlardan biri bo'lgan — Xayrulla Hamidovning ijodidan olishga qaror qildim.
Sovg‘a uchun beriladigan kitobni ham oldindan e’lon qilib qo‘yaman. To‘g‘ri javobni birinchi bo‘lib, aniq yozgan insonga G. G. Markesning "Ulug‘ onaning janozasi" hikoyalar to‘plami sovg‘a qilinadi.
Xo‘p, shunday qilib savol:
Ko‘pchilikka ma’lumki, Shoir Muhammad Yusuf ijodida "Rimni alishmasman bedapoyangga" degan misralar bor. Xayrulla Hamidovning ham bir she’rida shunga o‘xshash "IKSlarin alishmam Nilga" degan jumlalar bor. Siz bu yerda nazarda tutilgan IKSni yozib bering.
P. S. Yangi savol haliroq tashlanadi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago