Yurist Shalola Azizova

Description
Ассалому алайкум ҳурматли фуқаро! Сизни қийнаётган муаммоли саволларингиз борми? МАЛАКАЛИ ЮРИСТЛАРИМИЗ томонидан қонуний асосланган ечимли жавоб олишингиз мумкин

?Murojaat uchun: @Yurist_Azizova_bot

?Aloqa uchun: +998911377703
+998940759060
Advertising
We recommend to visit

🔞КАТТАЛАР УЧУН!

🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 2 weeks, 5 days ago

🕵🏻‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

🔞 КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_bot

💰 Реклама: @YD_Reklama
🧑🏻‍💻 Админ: @XokimBuva_ads

Last updated 4 days, 17 hours ago

🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!

🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 5 days, 11 hours ago

6 months ago
***?*** **Hurmatli abituriyentlar! Yurisprudensiya yo'nalishi bo'yicha …

? Hurmatli abituriyentlar! Yurisprudensiya yo'nalishi bo'yicha test sinoviga marhamat!

? 2-iyun barcha abituriyentlarga Huquqshunoslik yo'nalishi bo'yicha test sinovi bo‘lib o‘tadi.

Afzalliklari :
?Rus va O'zbek tilidagi testlar
?Haqiqiy imtihon muhiti
?Yuqori darajada nazorat
?**BMBA saviyasidagi testlar

? Shoshiling:  Joylar soni cheklangan.**

❗️Testda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish talab etiladi

Ro‘yxatdan o'tish: 25.000 so'm

Test sinovida umumiy 175 balldan oshirgan har-bir o‘quvchi keyingi blok testimizda BEPUL qatnashish huquqiga ega bo‘ladi?

? Ro‘yxatdan o‘tish 1 - iyun shanba kuni soat 20:00 gacha davom etadi.

Haqiqiy BMBA imtihoni muhitini his qiling!

HUQUQ LECC - Kelajagingiz uchun eng ishonchli manzil !

Ro'yxatdan o'tish uchun quydagi raqamga +998 33 500 500 6
Yoki telegram orqali
@huquq_lecc_admin bog'laning

?Manzil: Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani, G'ofur G'ulom metrosi, Ganga
(Mo'ljal: Mandu kafesi va Kayaboya)

Telegram | Instagram

7 months ago

❗️JAMOAT JOYLARIDA SIGARET CHEKISH JARIMAGA SABAB BO‘LADI!

? Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 56 prim 1-moddasiga ko‘ra;

ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, bundan tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar yoki xonalar mustasno, — bazaviy hisoblash miqdori (340 000 so‘m)ning uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

7 months, 1 week ago

❗️BUGUNGI KUN HOLATIGA BOLALAR NAFAQASI VA MODDIY YORDAMNING ANIQ MIQDORLARI

? Prezidentning  11.08.2021 yil kungi PF–6277-son farmoniga ko‘ra,

❗️ Bolalar nafaqasi va moddiy yordamning har oylik miqdori:

? 250 000 so‘m – 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun,

? 325 000 so‘m – yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun;

? 150 000 so‘m – oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;

? 100 000 so‘mdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;

❗️ Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 so‘m.

7 months, 2 weeks ago

#Эслатма

⚡️Рамазон Ҳайитида неча кун дам олинади?

◽️Президент Фармонига кўра, Рамозон ҳайити муносабати билан кетма-кет 3 кун дам олиш куни белгиланган.

Булар:

10 апрель, чоршанба — Рамазон Ҳайити куни;
11 апрель, пайшанба — барча учун қўшимча дам олиш куни;
12 апрель, жума — 6 кунликларга қўшимча дам олиш куни, 5 кунликларга 13 апрель, шанбадан кўчирилган дам олиш куни;
13 апрель, шанба — барча учун ИШ КУНИ;
14 апрель, якшанба — барча учун дам олиш куни.

❗️Фармонда 11 апрель, пайшанба куни барча ходимларга қўшимча дам олиш куни этиб белгиланган. 12 апрель, жума куни эса 6 кунликларга қўшимча дам олиш куни, 5 кунликларга эса 13 апрель, шанбадан кўчирилган дам олиш куни ҳисобланади.

7 months, 2 weeks ago

❗️FUQAROLAR O‘Z HUQUQLARINI BUZAYOTGAN MANSABDOR SHAXSLARNING QARORLARI USTIDAN MA’MURIY SUDLARGA MUROJAAT QILGANDA DAVLAT BOJI TO‘LAMAYDI

? 16.01.2024 yil kungi O‘RQ-897-son Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra,

jismoniy shaxslar o‘z huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

❗️Mazkur shaxslarning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

7 months, 3 weeks ago

Устозларга эҳтиром

Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам): “Катталаримизни ҳурмат қилмаган, кичикларимизга меҳр кўрсатмаган ва олимларимизнинг ҳаққини билмаган кимса менинг умматимдан эмас”, дедилар.   

Убода ибн Сомит (розияллоҳу анҳу) ривояти

? https://youtu.be/K9ruAkHfzxM

YouTube

УСТОЗЛАРГА ЭҲТИРОМ

7 months, 3 weeks ago

**Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni qanday tekshirish mumkin?

  1. IELTS** sertifikatini tekshirish https://ielts.ucles.org.uk/ielts-trf/ sayti orqali amalga oshiriladi. (Faqat vakolatga ega bo'lgan rasmiy tashkilotlar tekshira oladi.)
    Agar IDP dan olingan bo'lsa https://ielts.idp.com/results/check-your-result sayti orqali tekshirish mumkin.

2. Milliy sertifikat (Multi-level) ni Bilimni baholash agentligining https://sertifikat.uzbmb.uz sayti orqali tekshirishingiz mumkin boʼladi. Yoki sertifikat ostidagi QR kodi skaner qilinadi. Agar app.uzbmb.uz yoki app.dtm.uz saytlaridan yuklansa sertifikat haqiqiy hisoblanadi.

3. APTIS sertifikatini tekshirish ikki yoʼlda amalga oshiriladi:

a) British council ning [email protected] elektron manziliga sertifikat egasining ism familiyasi, sertifikat olingan sana va maxsus kod koʼrsatilgan rasmiy xat yoʼllagan holda;
b) APTIS sertifikatlari ASSESSMENT CENTER tomonidan berilgan boʼlsa u holda https://certificate.assessment.uz/ sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.

4. LINGUASKILL sertifikatini tekshirishdan oldin muhim narsani bilish kerak. Eng avvalo, O'zbekiston hududida tan olingan imtihon markazlar tomonidan olingan bo'lishi kerak. UZ050, UZ026, UZ004 kod bilan ro'yxatdan o'tgan tashkilotlarning natijalari ishonchli hisoblanib, ularni tekshirish uchun https://results.linguaskill.com/results-check saytiga sertifikatdagi tegishli maʼlumotlarni kiritib, haqiqiy ekanligini tekshirsangiz boʼladi.
Ayrim o'quv markazlar, yoki onlayn servislar tomonidan olingan sertifikatlar ham ushbu saytda haqiqiy sifatida ko'rsatilishi mumkin, lekin ularning aynan qanday olinganini tekshirish imkoni yo'qligi uchun yuqoridagi 3ta tashkilotdan boshqasini natijalarini haqiqiy deb bo'lmaydi.

5. TOEFL IBT sertifikatini tekshirish uchun https://www.ets.org/toefl/score-users/scores-admissions/become sayti orqali amalga oshiriladi. (Rasmiy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazib, rasmiy so'rov yuborish kerak.)

6. TOEFL ITP sertifikatini tekshirish uchun
[email protected] elektron manziliga sertifikat nusxalarini yuborish orqali tekshirishingiz mumkin.

7. TESOL, TEFL - Ushbu sertifikatlarni beruvchi tashkilotlar juda ham ko'p. Hammasini ham tekshirish imkoni yo'q. Tegishli qarorga ko'ra, maktabgacha va maktab ta'limi tizimida TESOL sertifikatining faqatgina ESN loyihasi ( International Assosiation TCCP Course) orqali olingani tan olinadi. Qolgan sertifikatlar xoh onlayn xoh offlayn olingan bo'lsin, qaror ro'yxatida berilmagan. Shuning uchun tan olinmaslik ehtimoli yuqori.

☝️ Undan tashqari soxta sertifikatlar, sertifikatning o'zidagi xatolar, shriftlarning birini ikkinchisidan farqlanishi kabi mayda detallar va QR kodni soxta saytlarga yo'nalgan bo'lishi bilan aniqlanishi ham mumkin.

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

7 months, 3 weeks ago

Shaxsning familiyasi o‘zgarganda, diplom duplikati beriladi

Shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda uning kollej, litsey, texnikum va oliy taʼlim muassasalarida olgan diplomlari dublikati beriladi.

Diplom dublikatini olish uchun davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ariza beriladi.
Mazkur xizmatni koʻrsatish uchun BHMning 1 baravari (340 ming soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi.

❗️Dublikat asl hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyul 395-sonli “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi Qarori

7 months, 3 weeks ago
Тошкент давлат юридик университетининг 2023-2024 ўқув …

Тошкент давлат юридик университетининг 2023-2024 ўқув йилида кундузги йўналиш учун қабул квоталари, тўлов контракт ва грант асосида кириш баллари.

Саволингизни: @yuristgamurojaat **гa қолдиринг

? @yuristlar_maslahati ?**

We recommend to visit

🔞КАТТАЛАР УЧУН!

🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 2 weeks, 5 days ago

🕵🏻‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

🔞 КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_bot

💰 Реклама: @YD_Reklama
🧑🏻‍💻 Админ: @XokimBuva_ads

Last updated 4 days, 17 hours ago

🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!

🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 5 days, 11 hours ago