Falah

Description
Arabic teacher! ?‍?

Falah ➖️ muvaffaqiyat! ?

Arab tili ??
Kitob mutolaasi ?
Shaxsiy kuzatuvlar ?
Va biroz tanqid ✍️

Murojaat uchun: @Mirsaidov_199724
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

11 months, 3 weeks ago

#1_qism

Arab tili va uni o‘rganishning ahamiyati haqida

Alloh taolo o‘zining muborak kalomini arab tilida nozil qildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam arab bo‘lganlar va u zot arab tilida gaplashganlar. Alloh taolo oxirgi payg‘ambariga kitob nozil qilishi uchun arab tilini tanlashi, o‘zi bu tilning sharafli ekaniga kifoya qiladi. Arab tilini o‘rganish va o‘rgatish farzi kifoyadir. Chunki usiz Qur’on va hadisni tushunib bo‘lmaydi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Albatta biz uni (Kitobni) anglashingiz uchun arabiy (arab tilida) Quron tarzida nozil qildik” , (Yusuf surasi, 2-oyat).

Umar ibn Hattob roziyallohu anhu: “Arab tilini o‘rganinglar, chunki u diningizdandir.”, deganlar. (Bayhaqiy rivoyati)

Boshqa bir rivoyatda: “Arab tilini o‘rganinglar, chunki arab tili muruvvatni ziyoda qiladi” deganlar. (Bayhaqiy rivoyati)

Arab tili dunyodagi tillar ichida eng ko‘p o‘rganilgan va hanuz o‘rganilayotgan til hisoblanadi. Lug‘at boyligi bilan va qoidalarining turli-tumanligi, bir so‘zni bir necha uslubda ishlatish imkoniyatlarining ko‘pligi, komilligi bilan boshqa tillar ichida ajralib turadi. Dunyoda shevalarining juda ko‘pligi bilan ham avvalgi o‘rinni egallaydi.

Davomi bor...

@falah_uzb – muvaffaqiyat ?****

1 year ago

#arab_tili
#foydali

Ko'pchilik arabcha-o'zbekcha yoki o'zbekcha-arabcha lug'at ilovalarni topishda qiynalishi bor gap. Ushbu postda sizdagi shu muammoni bartaraf etishga harakat qilaman.

  1. Uzbek-arabic translator

  2. Al-javohir o'zbekcha-arabcha lug'ati

  3. Google universal tarjimon

  4. Bushro o'zbekcha-arabcha lug'ati

@Ilm_nur_kutubxonasi

1 year ago
**Chet tilini o'rganayotgan farzandingizga aytishingiz shart …

Chet tilini o'rganayotgan farzandingizga aytishingiz shart bo'lgan 7 ta jumla:

  1. Hech qachon a'lo baholar ortidan yugurma. Baholar olgan bilimlaringdan qadrli emas.

  2. Atrofingda sen kabi kuchlilar yetarlicha. Buni his qil va harakatdan aslo to'xtama!

  3. Har qanday vaziyatda sening yoningda turadigan himoyaching bor. Bu biz – otang va onang. Hammasini birgalikda hal qilamiz, faqat bizga aytsang bo'lgani.

  4. Biror narsani tushunmadingmi? Hech qachon yordam so'rashdan uyalma!

  5. Har bir inson xato qiladi. O'qituvching ham ba'zi vaqtlarda xato qilishi mumkin. Bu uchun uni ayblama!

  6. O'zingni hurmat qil, boshqalarni ham. Buni ularni eshitish va har doim o'z fikringni bildira olish orqali amalga oshir!

  7. Chet tilini bilish sen uchun butun umring davomida ikkinchi imkoniyat sifatida yordamga keladi. Shuni unutma!

@falah_uzb – muvaffaqiyat ?****

1 year, 1 month ago

#lugʻat_ilova

Bushro o'zbekcha-arabcha lug'at ilovasi@falah_uzb – muvaffaqiyat ?****

1 year, 1 month ago

Arab tili Yevropada uzoq vaqt ish yuritish tili sifatida foydalanilgan.

Bartlettning 1085-yilgi nasroniylar istilosidan keyin 140 yil davomida yaratilgan yozma yozuvlari jadvali shuni ko'rsatadiki, nasroniy hukmronligining birinchi yuz yilida hujjatlarda arab tili lotin yoki roman tillariga qaraganda ko'proq ishlatilgan.

"XII asr oxirida arab tili rasmiy qogʻozlarda yanada keng tarqalgan. Faqat XIII asrning boshlarida, lotin va roman hujjatlari birinchi marta arab tiliga qaraganda ommalasha boshlaganda (1201–1225 yillardagi) sezilarli siljish sodir bo'ladi", deb yozadi Bartlett.

Xuddi shunday holat Sitsiliyada ham yuz berdi. Faqat XIV asr boshlarida lotin tili arab tili oʻrnini egalladi, lekin arab tilidan XV asr boshlarigacha ish yuritish tili sifatida foydalanish davom etgan.

Bartlettning ta'kidlashicha, o'sha paytda butun Yevropada yuqori sinflar ko'pincha uch tilda bo'lgan. Lotin va ikkita (yoki undan ko'p) mahalliy tillar talab qilingan.

@falah_uzb – muvaffaqiyat ?****

1 year, 1 month ago
Yevropa tillarida arabcha so'zlarning soni.

Yevropa tillarida arabcha so'zlarning soni.

?? Arab tili – BMT ning ish yuritish tili bo‘lib, dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan 4-tildir.

Islom ilm fani, san‘ati, madaniyati bilan arab tili ko‘plab dunyo tillariga asos bo‘lgan.

Ispaniyada amalda bo‘lgan ispan tilining 4000 dan ortiq so'zi aynan arabcha lug‘at asosida shakllangan. Qolgan ro‘yxatlar rasmda.

@falah_uzb – muvaffaqiyat ?****

1 year, 1 month ago

Attanal Alarabi imtihonidan
C1 sertifikatini qo’lga kiritgan ustozimiz Abdumajid Abdumalikov bilan suhbatning audio yozuvi

4:48 Cefrdan asosiy maqsad nima?
8:45 - Attanal Alarabida B2 darajasiga erishish uchun o'rtacha qancha muddat ketadi?
15:50 - Arab tilining asoslari. Sarf va nahv
17:00 - Klassik arab tili bilan zamonaviy arab tilining farqi
32:05 - Foydali qo'llanmalar
32:50 - O’qib tushunish bo'yicha maslahatlar
42:00 - Tinglab tushunish to’g’risida.
1:4:00 - Yozish mahoratini rivojlantirish
1:9:40 - Og’zaki nutqni o’stirish bo'yicha maslahatlar.
1:22:25 - Madrasaga kirish uchun qaysi fanlarni yaxshi bilish kerak?
1:39:55 - "Mabdaul qiroat" va "Shifohiya" kitobi haqida

@falah_uzb – muvaffaqiyat ?****

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago