Muhammadkarim blog

Description
Allah bize yeter, O ne güzel vekildir.
We recommend to visit

Bu bazamizda faqat birinchi sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin

Last updated 8 months, 3 weeks ago

Официальный новостной канал КГУ


🌐: karsu.uz

Last updated 1 month ago

КАНАЛ ЭГАСИ: @BBEEEKKK
АДМИН: @martiniix
РЕКЛАМА: @Otakhonn
UC: @WELCOME_UC
АРЕНДА https://t.me/ARENDA_WELCOME
ОТЗЫВ: https://t.me/WELCOME_OTZIV

Last updated 4 months ago

2 weeks, 1 day ago

#o'zimizga #tanbeh

Ha ichingizda bir ehtiyoj bor, eʼtiborga , olqishga, havas qilinishga bo‘lgan muhtojlik. Jamolingizni libosingizni ko‘rib boshqa ayollarning ko‘zi kuysa, erkaklar sizga rom bo‘lsa bu boshqacha lazzat beradi.

Naqadar farovonlikda, naqadar moddiy mo‘llikda ekaningizni signal berish o‘zgacha zavq beradi.

Siz kabilar borligi uchun instagram va ijtimoiy tarmoqlar gullab yashnamoqda.

O‘zingizni baxtli ko‘rsatish baxtli bo‘lishdan muhimroq bo‘lib qoldi. Baxtli bo‘lishning nima qizig‘i bor agar omma bundan bexabar bo‘lsa. Bor bo‘lsa ko‘rsat shartiga og‘ishmay rioya qilasiz. Ko‘rsatilmagan , bildirilmagan xursandchilik onlari behuda ketgan fursat deb qaraysiz.

Ammo ichingizdagi iztiroblarni, xavotirliklarni, bezovtalik va tushkunliklarni zinhor ommaga ko‘rsatmaysiz.

💎 mk blog

3 weeks, 2 days ago

#Betaraf va tomoni aniq bo‘lmagan kishilarga ishonmang. Baribir bir kuni sizni tashlab ketadi. Chunki u bir joyda turishdan qo‘rqadi!

💎 mk blog

3 weeks, 4 days ago

#Angliyada o‘qiyotgan O‘zbekistonlik talabaning taʼlim tizimimiz haqidagi fikrlari:

Maqtanchoqlikni to‘xtataylik.

London xaqida qisqacha:

Bu yerda tili burro tadbir uyishtirib “Faol” bo‘lganlar bir tiyin ekan.

Men hindlar va xitoy, koreys va yapon talabalarini ko‘rib maktabdagi olgan bilimlariga tan beryapman.

Xullas, men shunchaki bo‘m-bo‘sh miya bilan magistraturaga kelib qolibman. Masalan, guruhdagi hamma matematikani chachvoradi. Siz o‘ylagan darajada emas, yaxshi biladi degani ham emas. Bular “chachvoradi”. Shunaqangi tenglamalarni ular maktablaridan o‘rganib kelishganki, men ularga haliyam yeta olmayapman.

Kompyuterni, ofis dasturlarini, har xil programmalar va dasturlashni o‘zimcha yaxshi bilaman desam. Butun guruh, ha ishoning har biri mendan yaxshi biladi.

Dunyoqarash jihatidan ham biz Markaziy Osiyo talabalari oqsoq ekanmiz. Ular shunaqangi dunyo tanigan brendlarni egalaridan tortib, ular nima ishlab chiqaradiyu, qaysi mahsuloti yaxshi ekanini bilishadi. Men bo‘lsa xaliyam kofe turlarini farqiga bormayman.

Siz o‘zingizni O‘zbekistonda turib “Kelajak bizniki, shu turishimda O‘zbekistonni dunyoga tanitaman” demang. Men shunaqa deb xato qilganimni bildim. Biz rostan yurtimizni yuqoriga olib chiqmoqchi bo‘lsak, rostdan o‘qishimiz kerak.

Londonga kelib bildim. Biz orqada ekanmiz, ko‘p sohada. Davlat siyosati yoki Iqtisodiy nuqtayi nazardan emas, oddiy maktabdagi asosiy fanlar ko‘nikmalaridan ularni amaliyotga tatbiqigacha.

Bizni yana eng katta aybimiz bu nomzodlarga katta rag‘batlar berishimiz. Misol uchun: Bizning Navoiy, Beruniy va Zulfiyani olayotgan bolalar kelib Nyu York, London, Tokio yoki shunga o‘xshagan shaxarlardagi biznes markazlardan yuqori lavozim tugul qabulxonaga ham ishga kira olmaydi. Nega?

Chunki u yerda bizdagi “faol talaba”dan oldin hind yoki xitoylik ishga topshirib bo‘lgan. Undan ustun bo‘lish uchun “Kompaniyam faxrim” degan video yasab kelsangiz o‘tmaydi.

Bu yerda, yaʼni Londonda. Yaxshi ofis ishiga kirishingiz osmono‘par binoda ishlashingiz uchun rostakam yuzma yuz intervyu bo‘ladi. Ular sizdan yutuqlaringizni umuman so‘ramaydi. Ular sizdan “Ilm” so‘raydi. Ularga sizning 2 ta maqola orqali har kimga beriladigan Qozog‘istonning xususiy ko‘krak nishonlari bir tiyin. Ular ilm so‘raydi.

Xulosa: Bu fikrlar hech kimga qaratilmagan lekin, ko‘zimizni ochishimiz kerak. Dunyo miqyosida bizning talabalar ancha ortda. Sizdan iltimos “Men eng faol, eng zo‘r talabaman” demang. Angliyada siz tengi odamlar ancha buncha sizning va bizning kelajakdagi ish joylarimizni egallab, qo‘limizdan olib bo‘lishmoqda.
O‘qing birodar...
O‘rinov Ahmadjon

💎 mk blog

1 month, 2 weeks ago

#Fribgarlikni yangi turi.
Extiyot bo'ling!
Yaqinlaringizga ham xabar bering!

💎mk blog

3 months, 1 week ago

#Sut aynisa, qatiq, suzma, pishloq bo‘ladi va bu narsalar sutdan qimmatroq. Uzum aynisa, sirka bo‘ladi. Sirka uzumdan qimmatroq.

Sen ham bir xato qilib, o‘zingni yo‘qotib qo‘yma. Bir xato bilan qadrsizlanib qolmaysan. Xatolar tajribalar bo‘lib, seni toblaydi, chiniqtiradi. Shu bilan oldingidan ko‘ra qadrliroq odamga aylanasan.

Kristofer Kolumb bir xato qilib, Amerikani ochgan. Aleksandr Fleming bir xato qilib, penitsillinni kashf qilgan.

Xatolaring seni ortga tortmasin. Kamol sari borish uchun faoliyatning o‘zi yetmaydi. Xatolardan saboq olish muhim.

Xatolardan qo‘rqmanglar! Ulkan ishlar sizni kutib turibdi! Olg‘a qadam tashlayveringlar!

#foydalik
💎 mk blog

We recommend to visit

Bu bazamizda faqat birinchi sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin

Last updated 8 months, 3 weeks ago

Официальный новостной канал КГУ


🌐: karsu.uz

Last updated 1 month ago

КАНАЛ ЭГАСИ: @BBEEEKKK
АДМИН: @martiniix
РЕКЛАМА: @Otakhonn
UC: @WELCOME_UC
АРЕНДА https://t.me/ARENDA_WELCOME
ОТЗЫВ: https://t.me/WELCOME_OTZIV

Last updated 4 months ago