@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 7 months ago
⁉️ Nodirxon o‘rgatayotgan mavzulardan savol javob qilishga nima deysizlar?
Bahonada kimlar ko‘rayotganini ham bilib olardik. Keyin nimagadir izohlar ham juda kam, deyarli yo‘q, bu yaxshi emas! Har doim maqtash shart emas, yaxshi narsalarga ham tanqidiy yondashsa bo‘ladi.
O‘tgan darsda texnik nosozlik bo‘ldi sezdinglarmi? Shuning uchun darslarda yaxshi ovoz bo‘lishiga qanaqa mikrofon tavsiya qilasizlar?
Takliflarni shu yerda qoldirsanglar bo‘ladi🎙microfonga deb keyin bizda yulduzchali kayfiyat ham ochiq 😉
📱 @LexicoAIBot | 😎 C# Darslari
👋 Salom qales? - Anaqa bir minut voxtiz bomi? Bitta narsa so'ramoqchi edimde.
- Anaqa gap boshlash haqida gaplashim olsak degandim.
..... ..... .....
Aloo ??????
G'alati shunday emasmi?
Kimgadir xabar yozganda hech qachon xabaringizni chala, yoki o'ta yaqin o‘rtog‘ingizga yozgandek yozmang, ayniqsa begona odamga bo‘lsa. Uning ham, o‘zingizning ham vaqtingizni zoye qilmang. Xabaringizni o‘qigan inson nima maqsadda yozganingizni, siz so‘ragan savol uning qancha vaqtini olishini eng asosiysi sizning kim ekanligingizni va u insonning kontaktlarini qayerdan olganingizni bilsin, bu muhim.
Xabar yozish aniq bir shablonga ega, quyidagicha:
[Salomlashish......], kontaktni qayerdan yoki kimdan olganingiz
[Xabar.........], siz nima kutayotganingiz, javob qaytaruvchi sizga qanday yordam bera olishi.
[Xabar yakuni.......], oldindan rahmat aytish, agarda siz qaysidir muddatgachagina kutishingiz mumkin bo‘lsa o‘sha muddat haqida ham xabar berish.
Agar xabaringiz o‘qilib javob berilmasa, keyingi xabarni 24 soatdan keyin yozing.
Yangilik endi bizda : @tarteeb_community bor, kiringlar gaplashamiz.
Muallif: A'zam Amonov
P.S. O'zingizda bor, shunga o'xshash xabarlarni ulashishingiz mumkin 💬
📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
📌 DDoS Attack Nima?
✅ DDoS (Distributed Denial of Service) hujumi – bu xakerlar tomonidan veb-sayt, server yoki tarmoqni ishdan chiqarish uchun amalga oshiriladigan hujumdir.
❌ Bu hujumda minglab yoki millionlab soxta so‘rovlar yuborilib, server resurslari tugatiladi va u normal foydalanuvchilar uchun ishlamay qoladi.
❓ DDoS qanday ishlaydi?
1️⃣ Xaker ko‘plab qurilmalardan (botnet yoki boshqa vositalar orqali) serverga ko‘plab so‘rovlar yuboradi.
2️⃣ Server juda ko‘p so‘rovni qayta ishlashga ulgurmaydi va sekinlashadi yoki butunlay ishdan chiqadi.
3️⃣ Oddiy foydalanuvchilar sayt yoki xizmatdan foydalana olmay qoladi.
🥷 DDoS Hujumi Turlari
1️⃣ HTTP Flood – Web-saytga ko‘p miqdorda so‘rov jo‘natish (odatda brauzer yoki botlar orqali).
2️⃣ SYN Flood – Server bilan ulanishlar ochiladi, lekin to‘liq yakunlanmaydi, natijada server o‘z resurslarini behuda sarflaydi.
3️⃣ UDP Flood – Ko‘p sonli UDP paketlari jo‘natiladi va serverni resurs yetishmovchiligi holatiga olib keladi.
4️⃣ Botnet DDoS – Xaker o‘z nazorati ostidagi minglab qurilmalar (botnetlar) orqali hujum uyushtiradi.
📱 @LexicoAIBot | 📱 C# Darslari
Qanday qilib keyingi Microsoft MVP bo'lishingiz mumkin?
Ushbu mavzuda bugun MDC Conference da suhbat bo'lib o'tadi. Hammani taklif qilaman.
```
xullas a = 5;
xullas b = 4;
agar(a > b){
korsat("A katta");
}
yemasa(a < b){
korsat("B katta");
}
oxiri{
korsat("Teng");
}
```
Ko'cha Lang
Yuqoridagi kod O'zbek tilida sintaksisga ega yagona dasturlash tili ekan. Menga juda yoqdi. Logotipi ham qiziq.
Batafasil: kocha-lang.uz
learn.net.uz Yangilandi!.
Saytni biroz bo‘lsa-da qulaylashtirdik. Endilikda bemalol mobil qurilma orqali ham darslarni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Avvalgi versiyada, shunday deb ayta oladigan bo‘lsak, sayt faqatgina HTML-ning o‘zidan gina iborat edi va qora oynadagi tablitsa edi xolos.
Bu albatta hali yetarli emas, biz uni har doim yanada yaxshiroq, yanada qulayroq qilishga harakat qilamiz, albatta. Bugungi kundagi qo‘llab-quvvatlashingiz siz undan foydalanishingiz hamda bilim olishingizdir.
P.S. Bunday katta o'zgarishni Abdurashid Jo'rayev qildilar
Barcha darslar qo‘shildi!
Darsliklarning oxirgi .NET Advance bo‘limi qo‘shib bo‘lindi. Endilikda darslarni boshidan oxirigacha tartib bilan ko‘rib chiqishingiz, o‘zingizga mos bo‘lgan bo‘limdan davom ettirishingiz mumkin.
Bundan tashqari darsliklar guruhiga qo‘shilish uchun hamda muammo va kamchiliklarni ko‘rganda ular haqida xabar berish uchun ham havola qoldirildi.
To‘liq tanishib chiqish va fikr bildirish uchun https://learn.net.uz ga kirib ko‘ring.
Advanced Darslar Learn .NET da!
Ushbu bo‘lim 7 ta qismdan, video darsliklar, C# via CLR kitobidan, mavzular hamda savollar to‘plamidan iborat.
Mavzular anchayin ahamiyatli hisblanadi ulardan.
- Primitiv, Value va Reference ma’lumot turlari.
- Asinxron dasturlash.
- Interfeyslar.
Qolganlarini esa o‘zingiz https://learn.net.uz ga kirib ko‘rishingiz mumkin.
P.S Bilim olishdan charchamang.
Post muallifi: A'zam Amonov
StackOverflow
StackOverflow har yili so'rovnoma o'tkazadi. 2024 yil natijalari e'lon qilinibti. Agar qiziq ma'lumot o'qib qolsangiz izohlarda ulashishni unutmang.
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 7 months ago