Bahodir Ma’murov

Description
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Maʼmurov Bahodir Baxshulloyevichning rasmiy telegram kanali

Murojaat uchun: @buxdpi_murojaatbot
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago

1 week ago
**Qadrli opa-singillar, muhtarama ayollar, aziz va …

Qadrli opa-singillar, muhtarama ayollar, aziz va moʻtabar onajonlar!

Qutlug‘ ayyom 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan institut ayollar jamoasini, talaba-qizlarimizni, shuningdek, sizlarning timsolingizda yurtimizdagi barcha onalar, opa-singillarni chin dildan muborakbod etaman.

Sizlar hayotning manbayi, oilaning tayanchi, jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi sifatida, nafaqat oilani, balki butun bir jamiyatni nurafshon qilayotgan ziyo va mehr sohibalarisiz. Har bir millatning kelajagi uning onalariga, ularning tarbiyasiga, zukkoligi va mehribonligiga bog‘liqdir. Darhaqiqat, sizlarning samimiy mehringiz, cheksiz sabringiz va fidoiyligingiz bizga kuch-quvvat bag‘ishlaydi.

Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan mehnatlaringiz bardavom bo‘lsin, qalbingizdagi ezgu orzular ushalib, hayotingiz doimo baxt va shodlikka to‘lsin! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ishlaringizda muvaffaqiyat va qalbingizni ilhom bilan to‘ldiradigan ezgu kunlar tilayman! Bayramingiz muborak boʻlsin!

Bahodir Ma’murov,
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor

*💬*** @Bahodir_Mamurov

1 week, 1 day ago

Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган тантанали тадбир бўлиб ўтди

С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялось торжественное мероприятие по случаю Международного женского дня

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

1 week, 1 day ago

Buxoro davlat pedagogika institutida Geografiya kafedrasi tomonidan "Milliy qadriyatlar" oyligi doirasida "Osh sayli" tashkil etildi.

🎥 Batafsil videolavhada

*💬*** @Bahodir_Mamurov

2 months, 2 weeks ago

Qadrli yurtdoshlar, ustozlar, ishchi-xodimlar, talaba-yoshlar!

Ushbu bayramona, quvonchli kunlarda institutimizda faoliyat yuritayotgan qadrli ustozlar va xodimlarni, kelajagimiz tayanchi boʻlgan aziz talaba-yoshlarni yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan oʻzim va institut rahbariyati nomidan samimiy muborakbod etaman!

Taʼkidlab oʻtish joizki, keyingi yillarda yurtimizda oliy taʼlim qamrovini kengaytirish, taʼlim sifatini yanada oshirishga qaratilgan amaliy saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Institutimiz tashkil etilganiga koʻp boʻlmaganiga qaramay, professor-oʻqituvchilar va talabalarimizning erishayotgan yutuqlari ko'zni quvontiradi. Yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlarni qalban his qilib, izlanish va intilishdan toʻxtamasdan yanada yuksak marralarni zabd etishimiz uchun barchangizga kuch-quvvat tilayman.

Aziz vatandoshlar, institutimiz jamoasi, barchangizni yangi 2025-yil bilan yana bir bor tabriklashga ijozat bergaysiz. Yangi yil, avvalo, dunyomizga tinchlik, xotirjamlik olib kelsin! Yangi yilingiz qutlugʻ boʻlsin! Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!

Bahodir Ma'murov,
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori

2 months, 3 weeks ago
3 months, 2 weeks ago
4 months, 2 weeks ago
[#Tabriklaymiz](?q=%23Tabriklaymiz)

#Tabriklaymiz

28-oktabr – Butunjahon dzyudo kuniButunjahon dzyudo kuni munosabati bilan Buxoro shahridagi muhtasham “Sofinur” tantanalar uyida tadbir tashkil etildi. Unda soha fidoyilari, sportchi yoshlar, dzyudo rivoji yo‘lida hissa qo‘shayotgan jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Dzyudosport turini rivojlantirish va ommalashtirishga qo‘shib kelayotgan hissasi uchun Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov Buxoro viloyati hokimi tomonidan statuetka va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

?Telegram |? Veb-sayt |? Facebook | ?Instagram

4 months, 3 weeks ago
**25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari …

25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Oʻz hayotini fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligi, huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishdek sharafli va masʼuliyatli ishga bagʻishlab kelayotgan siz, aziz xodimlarni, Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tabriklayman!

Sizlarga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat, xonadoningizga qut-baraka, sermashaqqat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Bahodir Ma’murov,
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor

? @Bahodir_Mamurov

7 months, 2 weeks ago
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago