News and announcements of the library. No books here.
🇨🇳Official Chinese channel: t.me/zlib_china_official
🌐 https://z-library.sk
https://en.wikipedia.org/wiki/Z-Library
🐦 https://twitter.com/Z_Lib_official
🐘 https://mastodon.social/@Z_Lib_official
Last updated 5 months ago
Intel slava is a Russian News aggregator who covers Conflicts/Geopolitics and urgent news from around the world.
For paid promotions and feedback contact us at: @CEOofBelarus
Last updated 2 months ago
💫Welcome to the best book channel of Telegram.
✨Buy ads: https://telega.io/c/BooksHub25
✨Contact admin ➠ @Bookshub_contact_bot
✨ Copyright Disclaimer➠ https://telegra.ph/LEGAL-COPYRIGHT-DISCLAIMER-09-18
Bitta postga sigʻmadi?
Maroqli oʻqish
Kitob b'yicha o'qir ekanman har xil fikrlar o'tdi. Ba'zi bir xolatlarida shunday o'ylantiradigan mavzular bor. Masalan: islom dini haqida ko'p malumotga egamasu lekin boshqa din qabul qilsa urishishar, jazolashardi. Va meni yana bir e'tiborimni tortgan narsa, farzandlari ho'p mayli islom diniga qaytaman, siz o'zingiz din haqida biror narsa bilasizmi deyishsa jim qolishar, vaholanki o'zlarida hech qanday talimot yo'q edi. judaym achinarli holat. Turk asarlarida to'g'ri bir xil fikrdir, dinni judayam keng targ'ib qilishar lekin ushbu asar umuman boshqacha. Ushbu asarda haqiqat ochilgan. Musulmonman deydi, lekin oddiy farzlarini ado qilmaydi. Din haqidagi oddiy narsalar haqida hech qanday narsani bilishmaydi. Buni tan olishimiz kerak bitta turkiya yoki boshqa davlatlar emas hattoki o'zimiz yashayotgan yerda ham shundaylar uchrab turadi. Ko'pchiligi farz bo'lgan o'ranishlikni keraksiz deb bilishadi, kerak bo'lsa qarshi chiqishadi, vaholanki bazilari o'z ibodatlarinni to'liq ado etisha olmaydi. Agar bizda ham agar boshqa dinga yon atrofimizdagi odamlardan birontasi o'tadigan bo'lsachi, biz uni qaytara olamizmi degan savol ham bor. To'g'ri hozirda ancha dinga talab kuchaygan, lekin hech ham inkor qila olmaymiz, musulmon bo'la turib huddiki dinsizday yurgan insonlar yo'q deb, albatta bor.
Kitob o'zining har xil o'ylantirib qo'yadigan fikrlari bilan albatta mening qalbimdan joy oldi. Sizga ham tavsiya qila olaman o'qishingizni.
Qo'shimcha fikr mulohazalaringiz bo'lsa, kommentda fikrlaringizni ulashing, albatta fikringiz men uchun muhim?
Bismillahir rohmanir rohiym✨**
"Nasroniy atirguli"
Kitob nomi bir boshqacha muqovasi boshqacha. Ilk kitob olganda qiziqdim, ikki xil ma'no. Nima uchun nasroniy atirguli? Nima uchun muqovasida islomiy qiz rasmi? Kitob rostan ham o'ziga jalb qiluvchi. Ko'pchilikning turk kitoblarida bir xil fikr, bir xil mavzu, degan mulohazalaridan so'ng birinchi kitobni o'qishni istamadim. Lekin kitobni olib ilk varoqlarini o'qir ekanman, qanaqadir sirli boshlanishi bilan meni o'ziga jalb qildi.
Kitobning asosiy mavzusi, turk qizi Jamilaning nasroniy diniga kirib, yana qayta islom diniga qaytishi haqida. Nima uchun islom qizi, islom dinini yoqtirmay nasroniy diniga kiradi? Jamilaning nasroniy diniga kirib, uni men Iyegova shohidlaridanman deya hursandligini o'qiganingiz sari etingiz junjikadi. Uning musulmon do'sti Gulderen va ushbu kitobda Ismat devona deya nomi keltirilgan amakisi (ushbu ma'lumot kitob boshida aytilmaydi, asar tugashi paytida Ismat devonaning o'zi Jamilaga uning amakisi ekanligini aytadi) uni bu yo'ldan qaytarishga harakat qilishadi. Lekin Jamilaga Iyegovachilarning ta'siri kuchliligidan, Jamila bunday qarshiliklarni Isoning marhamati deya biladi. ular turli xil tadqiqlar o'tkazishardi. Ular erkak tadqiqchiarni birodarlar, ayol tadqiqchilarni hamshiralar deyishardi. Ajoyib nomlar. Ilk birodarlari va hamshiralar o'zlarini judayam mehribon, mukammal, har islom va nasroniy dinini yaxshi ko'ruvchi qilib ko'rsatishadi. Shu mavzu bo'yicha Ismat devonaning bir gapi judayam qalbga og'ir botadi: " Birinchi ular o'zlarini yaxshi kor'sarishadi, islom dinini hurmat qiladigan qilib ko'rsatishadi, lekin keyin Alloh degizmaydi, Iyegova degizdirishadi. Qur'onni yomon ko'rsatishib qo'yishadi, Qur'ondan nafratlanib qolasan" degan edi. Va shu narsalar birin ketin sodir bo'lgan edi. Iyegovachilarning asosiy o'ljalari dinni yaxshi tushunmaydiganlar edi. Musulmon bo'la turib islom dinini yaxshi tushinmaydiganlar ularga shunchaki o'lja bo'lishardi. Ularning mehribonchiligini ko'rgan, shirin so'zini eshitgan va ilk bora din borasida yaxshilik ko'rgan chala musulmonlar tezlikda ularga ergashishardi. Ularda shuningdek maydonga chiqish marosimi ham bo'lardi. Bu qanday marosim; ular uyma uy yurib o'zlariga yangi iyegova shohidlarini izlashardi. Kitobning boshida shu mavzular haqida so'z yuritilar, Jamila, Uning do'sti Laylo, Tarkan, Aynur va kabutarlar ishqibozi Sodiqbey yangi dindan judayam hursand edi, qachonki Qur'on tadqiqiga Gulderen Filiz ustozni chaqirguniga qadar. Ularning tadqiqida Qur'on haqida shunday chalkashliklar bo'lardiki Insonning u haqidagi fikrlarini o'zgartirib yuborardi. Filiz ustoz bilan Qur'n va Injil tadqiqlari judayam bahs munozarali o'tar Jamila va uning do'stlarida fikrlar chalkashligi bo'lar, ikkilanib qolishardi. Va shu fikrlar ila Jamila, Aynur va Tarkan islom diniga qaytishadi va u haqidagi talimotlarni o'rganar bilimlarini mustahkamlar edi. Kitobning so'ngida judayam chiroyli hotima ila tugaydi. jamila va Tarkan tuemush qurishadi, Ismat devona Jamilaning amakisi bo'lib chiqadi, lekin yana bir qayg'uli joyi Ismat devonaning oxiridagi o'limi. Ug'ur opasi tomonidan aytilgan Iso haqidagi hikoyalar tasiridan chiqadi, Muhammad(s.a.v)ga mehri jo'shadi. Va kitob tugar ekan men eng achinadigan inson Jamilaning onasi bo'ldi, qizining islom diniga qaytishi uchun ro'mol o'raydi, diniy talimotlarni o'rganadi. Lekin afsuski vafot etadi. Kitobning qisqacha mazmuni shu.
Qaniydi....
Deb duo qilingan narsalarni roʻyobini koʻrishlik
B-baxt?✨
#bismillah
Assalamu alaykum va rohmatulloh
#bismillah
Assalamu alaykum va rohmatulloh
Birinchi mahzun boʻlasiz. Hech nima qilishni hohlamay qolasiz.
Hamma narsani tashlaysiz va shirin uyquni tanlaysiz. Yoki hozirda vaqtimizni va oʻzimizni yeyayotgan social mediaga gʻarq boʻlasiz.
Tushuning hamma narsa siz oʻylagandek boʻlavermaydi, hayot bir xillikdan iborat emas axir.
Bir xil boʻlsa zerikib qolish hech gap emas. Oʻylan, fikrlang, chora qidiring, bajaring, boʻldi.
Bironta muammoga shunchaki siqilib oʻtirish unga yechimni bermaydi.
Ha aytgancha bu bugun oʻzim bilan boʻlgan miyamdagi katta majlisdan olingan hulosalar?
News and announcements of the library. No books here.
🇨🇳Official Chinese channel: t.me/zlib_china_official
🌐 https://z-library.sk
https://en.wikipedia.org/wiki/Z-Library
🐦 https://twitter.com/Z_Lib_official
🐘 https://mastodon.social/@Z_Lib_official
Last updated 5 months ago
Intel slava is a Russian News aggregator who covers Conflicts/Geopolitics and urgent news from around the world.
For paid promotions and feedback contact us at: @CEOofBelarus
Last updated 2 months ago
💫Welcome to the best book channel of Telegram.
✨Buy ads: https://telega.io/c/BooksHub25
✨Contact admin ➠ @Bookshub_contact_bot
✨ Copyright Disclaimer➠ https://telegra.ph/LEGAL-COPYRIGHT-DISCLAIMER-09-18