berharap kemanfaatan ilmu yang disampaikan Ustadzah Halimah Alaydrus semakin meluas dengan adanya chanel ini yang sengaja dibuat untuk membagikan rekaman suara, video, quotes dan jadwal majlis
Last updated 1 month, 2 weeks ago
ʷᵉˡᶜᵒᵐᵉ??
My Site Preset
Sompreset.com
Wixii Su'aal ah ⁱⁿˢᵗᵃᵍʳᵃᵐ?
https://bit.ly/3OH9qxz
Last updated 1 year, 2 months ago
👨👩👦 Happy dad
👨💼 CEO in Profi University
👨🔬 Chemistry teacher
✈️ Traveller
🌍 Blogger
@ximrus
Last updated 1 month ago
Hurriyat balki she’riyatdir,
Istaganga sayrab kulmoqqa
Agar
Lablaring chayir,
Tishlaring but bo‘lsa.
Albatta,
She’riyat – hurriyat bo‘lar,
Hatto
Tomog‘ing qirilib
Ingrasang ham...
Tilak Jo‘ra
Assalomu alaykum, aziz do‘stlar!
Kirib kelayotgan 2025-yil barchamizga tinchlik va xotirjamlik olib kelsin!
Bu yil siz va yaqinlaringiz uchun baxt va omadga to‘lsin.
Hayot yo‘lingiz har doim quvonch va muvaffaqiyatlarga to‘lib yursin.
Yangi yilda orzu va maqsadlaringiz amalga oshsin!
Doim qalbingizga ezgulik, ko‘nglingizga osoyishtalik nasib qilsin.
Sog‘lik-salomatlik va rizqingiz keng, umr yo‘lingiz yorug‘ bo‘lsin!
Yangi yilni ezgu niyatlar va xursandchilik bilan kutib oling!
Barchangizga baxt va baraka tilayman!
Yangi yil muborak bo‘lsin!
Бизнинг билимларимиз ғоят ғариб, лекин умидларимиз хўрланган дунёнинг ҳали ўчмаган шамъи порлаб ёнажагига инонтиради.
Ўлимдан бошқа ҳамма нарса – пучдир.
Рауф Парфи Ўзтурк.
Rauf Parfi. 1955-1962 yillar she’rlari & Ibrohim Haqqul. Hissiy tafakkur shoiri. | Xurshid Davron kutubxonasi
https://kh-davron.uz/yangiliklar/muborak-kin/ibrohim-haqqul-hissiy-tafakkur-shoiri.html
#Бугун Рауф Парфи таваллуд топган кун!
Охирати обод ва жойи жаннат бўлсин.
МУНОЖОТ
Бағримда ғилдирар темирчил ҳаёт,
Изғитқи чивғинда чидамдир бошим.
Фақат сен уйқучан томирин уйғот,
Қизимнинг қўлига куч бер, Қуёшим.
Бағрида лаққачўғ, айланади Ер,
Кулинчим, севинчим, куюк кўз ёшим.
Фақат сен қизғонма, бир кафт меҳр бер,
Илинжим, сиғинчим – буюк Қуёшим.
1982
https://www.facebook.com/100003319579634/posts/364124610374855/?mibextid=rS40aB7S9Ucbxw6v
Behzod Fazliddin
МУАММОНИНГ КЎЗИ ОЧИЛСА... Адабиётшунос олим, филология фанлари доктори Иброҳим Ҳаққул билан суҳбат – Иброҳим ака, суҳбатларингизнинг бирида: “Буюк аждодларга муносиб ворис бўлишнинг бош шарти –...
Ibrohim Haqqulov — filologiya fanlari doktori, professor, „Mehnat faxriysi“ II darajali koʻkrak nishoni sohibi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, oʻzbek adabiyotshunosligining rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan va oʻzbek adabiyoti namunalarini yangicha tahlil va talqinda tadqiq etgan olim. Taniqli adabiyotshunos 1949-yil 28-martda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tugʻilgan[1]. 1966—1970-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Ibrohim Haqqul „Oʻzbek xalq maqollari“ (1978)ning tuzuvchilaridan biri. 1976-yili „Oʻzbek adabiyotida ruboiy“ mavzusida nomzodlik, 1995-yili „Oʻzbek tasavvuf sheʼriyatining shakllanishi va taraqqiyoti“ mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Dastlab uning „Oʻzbek adabiyotida ruboiy“ (1981), „Uvaysiy sheʼriyati“ (1982), „Badiiy soʻz shukuhi“ (1987) kitoblari nashr etilgan boʻlsa, keyin „Zanjirband sher qoshida“ (1989), „Sheʼriyat — ruhiy munosabat“ (1989), „Abadiyat farzandlari“ (1990), „Tasavvuf va sheʼriyat“ (1991), „Kamol et kasbkim…“ (1991), „Gʻazal sogʻinchi“ (1991) kabi kitoblari bosilib chiqqan. Ibrohim Haqqul „Ahmad Yassaviy“, „Kim nimaga tayanadi?“, „Eʼtiqod va ijod“, „Tasavvuf saboqlari“, „Taqdir va tafakkur“, „Ijod iqlimi“, „Mushohada yogʻdusi“, „Meros va mohiyat“, „Soʻzdagi oʻzlik“, „Shaxsiyat va sheʼriyat“, „Talant — jasorat javhari“, „Mushohada yogʻdusi — 2“ „Hayot, adabiyot va abadiyat“ deb nomlangan risola va kitoblarini chop ettirdi[1]. „Navoiyga qaytish“ nomi bilan 4 kitob („Navoiyga qaytish“1 (Toshkent: „Fan“, 2010), „Navoiyga qaytish — 2“ (Toshkent: „Fan“, 2011), „Navoiyga qaytish — 3“ (Toshkent: „Tafakkur“, 2016), „Navoiyga qaytish — 4“ (Toshkent: „Tafakkur“, 2020) kitoblari muallifi. 1000 dan ortiq maqola, 50 ga yaqin monografiya va risolalar yozgan, turli davrlarda adabiyotga, ayniqsa, mumtoz adabiyot vakillari ijodiyotiga bagʻishlab oʻtkaziladigan ilmiy anjuman va konferensiyalarning doimiy ishtirokchilaridandir. Uning ayrim maqola va kitoblari turk, uygʻur, ozarbayjon, tojik va rus tillariga tarjima qilinib, nashr etilgan. 2022-yil 28-iyunda vafot etgan. 2022-yil 29-iyun kuni Shofirkon tumani Talija qishlogʻidagi qabristonga danf etilgan.
Ҳаққул И. Занжирбанд шер қошида. Т.: Юлдузча, 1989. — 224 б.
berharap kemanfaatan ilmu yang disampaikan Ustadzah Halimah Alaydrus semakin meluas dengan adanya chanel ini yang sengaja dibuat untuk membagikan rekaman suara, video, quotes dan jadwal majlis
Last updated 1 month, 2 weeks ago
ʷᵉˡᶜᵒᵐᵉ??
My Site Preset
Sompreset.com
Wixii Su'aal ah ⁱⁿˢᵗᵃᵍʳᵃᵐ?
https://bit.ly/3OH9qxz
Last updated 1 year, 2 months ago
👨👩👦 Happy dad
👨💼 CEO in Profi University
👨🔬 Chemistry teacher
✈️ Traveller
🌍 Blogger
@ximrus
Last updated 1 month ago