Hoʻqandi Latif kitobxonlari | Rasmiy kanal

Description
Assalomu alaykum qizuquvchan, ilmga chanqoq kitobxonlar. Sizlar uchun yana bir ajoyib kanal yuritishni boshladik.📚

Bu kanalni yuritishimizdan maqsad avvalo insonlarni kitobga va uning mutolaasiga bo'lgan muhabbatni oshirish.
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated hace 2 meses

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated hace 3 meses, 3 semanas

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated hace 1 año, 8 meses

1 month ago

Аммамнинг бузоги

1 month ago

Элакка чиккан хотин 50 огиз гап отади

1 month ago

Sichqonni ini ming tanga

3 months, 3 weeks ago
[#ibora](?q=%23ibora)

#ibora

Hokimiyat buzadi, mutlaq hokimiyat mutlaq buzadi

Bu fikrni juda koʻp siyosatchilar, jurnalistlar, blogerlar, notiqlar takror-takror ishlatadi. U ingliz tarixchisi va siyosatchisi Jon Dalberg-Aktonga tegishli.

Asliyatdagi mazmun tarjimadan biroz farqlanadi, power tends to corrupt jumlasi hokimiyat buzishga moyil, hokimiyat buzish tendensiyasiga ega deb tarjima qilinishi mumkin.

Aforizm oʻzbek tiliga “Hokimiyat buzadi, cheklanmagan hokimiyat cheksiz buzadi” shaklida ham oʻgirilgan.

Yuksak kuch va hokimiyatga egalik shaxsga salbiy taʼsir qilishini juda koʻp mutafakkirlar taʼkidlagan. Masalan, qadimgi dunyo faylasuflaridan Plutarx oliy hokimiyatga egalik kishining feʼl-atvorini buzishi, unda oʻzgaruvchanlik, kibr va rahmsizlik kabi xislatlarni paydo qilishini yozgan.

Telegram | YouTube

@latifkitobxon

3 months, 3 weeks ago
[#iqtibos\_vaqti](?q=%23iqtibos_vaqti)

#iqtibos_vaqti

"O‘ylashimcha, bizni tishlab, nashtar sanchib oladigan kitoblarnigina o‘qishimiz kerak. O‘qib bo‘linganidan so‘ng kitob bizni boshni gangituvchi zarba yegan inson holiga tushirmas ekan, uni o‘qib nima qildik?"

Frans Kafka

@latifkitobxon

3 months, 4 weeks ago

#hikoya

Uchta filtr haqidagi hikoya

Talaba ustozidan bir chetga chiqishni so'radi - muhim ma'lumot bor edi. Ular holi joyga chiqishgach, shogird:

- Bilasizmi, ustoz, falonchi siz haqingizda...

- Toʻxtang, - ustozi uni to'xtatdi, - avval aytmoqchi bo'lgan narsangizni uchta filtrdan o'tkazib olaylik.

- Qanday? - hayron boʻldi shogirdi.

1️⃣ Birinchi filtr - bu haqiqat. Haqiqatni eshitganingizga ishonchingiz komilmi?

- Yo'q!

2️⃣ Ikkinchi filtr - yaxshilik. Yaxshi bir narsa aytmoqchimisiz?

- Yo'q, aksincha...

- Ya'ni, siz yomon narsa aytmoqchisiz, lekin bu haqiqat ekanligiga ishonchingiz komil emas.

3️⃣ Uchinchi filtr - manfaat. Siz men eshitishim kerak bo'lgan manfaatli gap aytmoqchimisiz?

- Menimcha, yoʻq, - dedi talaba.

- Keling, endi xulosa qilaylik. Menga aytmoqchi bo'lgan narsangizda na haqiqat, na yaxshilik, na foyda bor. Buni aytishga va eshitishga arziydimi...?

© foydali_moliya

https://t.me/latifkitobxon

6 months, 3 weeks ago

#sòz_haqida

Tabdil- Oʻzgarish, almashinish; oʻzgartish, almashtirish.
Hozir taʼtil vaqti boʻlgani uchun qishloqlarda tabdili havo qilib yuribmiz, — dedi domla.( Gʻ. Gʻulom, Shum bola)

Tabdil [التبديل] ilmiy atama o'laroq transliteratsiyaga to'g'ri keladi. Uni transkripsiya bilan adashtirmaslik kerak.

Transliteratsiya (lotincha: trans — „qarshi“, „orqali“ va littera — „harf“) deb bir yozuv tizimidagi matnni boshqa yozuv tizimidagi belgilar bilan berishga aytiladi.
Masalan arabcha alifbo va tildagi bir matnning o‘qilishini lotincha alifboga alishtirsak, transliteratsiya deyishimiz kerak.

Transkripsiya (transcriptio koʻchirib yozish) — yozuvning nutq tovushlari talaffuzini aniq ifodalash uchun ishlatiladigan sunʼiy (shartli) turi; nutq boʻlaklari (tovush, boʻgʻin, soʻz)ning tovushiy sifatlarini yozuvda aniq aks ettirish usuli.

Misol uchun:

Mother so'zini olaylik:
Kirillchaga transliteratsiya qilinsa: мотхер
Transkripsiyasi esa: [ˈmʌðə]

6 months, 3 weeks ago

#shunchaki

Bulut yiğib kelgan dardni, yomğir kuylaydi, shundanmi dard bulutda bòlsa ham hamma yomgʻir haqida yozadi.

Yomğir esa suyukli, huddi shoir dardini kuylab mashhur boʻlgan qòshiqchidek...

@latifkitobxon

9 months, 1 week ago

Boshidan sizga g'alati tuyilishi mumkin bo'lgan asarni o'qir ekansiz bu inson matonati , maqsad sari olg'a intilish kabi eng nozik va kamyop inosniy tuyg'ularning yuksak badiiy ifodasi ekaniga guvoh bo'lasiz. Qahramonimiz cholni esa goh oddiy baliqchi goho esa Arastu yoki Aflotun deb o'ylaysiz...

P/s. Endi ham o'qib ko'rmasangiz bo'lmaydi ?

9 months, 1 week ago

#tavsiya

Ernest Xemengue

"Chol va dengiz"

"Chol va dengiz" dengiz romani 1952-yilda Bagamada yozilgan va shu yerning o'zida nashr etilgan. Ushbu asar muallifning so'nggi mashxur asarlaridan hisoblanadi.
Asarda ko'p voqea sodir bo'lmaydi. Lekin ilk sahifadan, oxirgi varog'igacha sizni hayolot dunyosiga olib ketadi. Hikoyaning diqqatga sazovor jihati, bu uning yakuni. Nega deganda yakunida bir tomondan qaralganda, bir inson qancha harakatlar natijasida hech vaqosisiz qoladi. Yana bir tomondan esa, u hech narsa yutqazmaydi, o'zi uchun qimmatli narsaning barchasiga erishadi. Asardagi chol obrazi uni qahramon qilmaydi, lekin mag'lubiyatga ham uchratmaydi. Qahramon oddiy bir inson, hikoyaning bezagi ham shunda. Bu noyob durdona, istalgan insonni o'ziga jalb etishi tabiiy. Insonni keng qamrovda fikrlashga majbur etadi, ikki xil tasavvurni shakllantiradi. Shunchaki o'qilganda asar juda ham depressiv va qayg'uli. Agarda uni tushunib o'qilsa, umid va ishonchga limmo-lim to'la voqealar rivoji. Asar anchayin qisqa, lekin bir olam dunyo. Kichik olamdan, ulkan ma'no topishlaringgizga ishonaman.

Iqtiboslar orqali asarni o'zligini anglash.
▪️Odam bolasi yengilib, yengilganiga rozi bo'lib ketaverish uchun yaratilmagan.
▪️Odamzotni yanchib tashlash mumkin, lekin aslo yengib bo'lmaydi.
▪️Insonlar nega vaqtli turishar ekan, balki umrlarining bir kunini bo'lsa ham cho'zishni istashar.
▪️Qarz olasan, undan keyin so'ralgani sadaqadir.
▪️Har bir inson qush va baliq singari hayot uchun chinakamiga kurashishi lozim.
▪️Insonlarning qo'ng'irog'i- o'tayotgan vaqt.

✍️Tursunov Doniyorbek

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated hace 2 meses

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated hace 3 meses, 3 semanas

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated hace 1 año, 8 meses