IHMA Navoiy viloyati

Description
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqamasining rasmiy sahifasi
Murojaat uchun 👇 @IHMA_Navoiy_murojaat_bot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

6 days, 16 hours ago
**Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita …

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari:

🟢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
🟢O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani);
🟢Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya;
🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi;
🟢Prokuratura organlari;
🟢 Ichki ishlar organlari;
🟢O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari;
🟢 O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi;
🟢O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;
🟢 Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlari;
🟢 Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari;
🟢 Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
🟢 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari.

Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya – davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Bolalar masalalari bo'yicha milliy komissiyaning ishchi organidir. Agentlik zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi, shuningdek oilada xavf ostida bo‘lgan bolalarni hisobini yuritadi, himoya qilish chora-tadbirlarini belgilab beradi,
shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni muvofiqlashtiradi.

*📝telegram💻instagram📝facebook🐧xcom🎞youtube🎖***ihma.uz

6 days, 18 hours ago
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис Қонунчилик …

Президент Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис Қонунчилик палатаси мажлисидаги нутқидан энг муҳим иқтибослар

Facebook|Instagram|X

1 week ago

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Bugun, 18-noyabr – xalqimiz uchun faxr va iftixor manbai bo‘lgan Davlat bayrog‘imiz qabul qilinganiga 33 yil bo‘ldi. 1991-yilning aynan shu tarixiy kunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan bayrog‘imiz tasdiqlanib, u mustaqil O‘zbekistonning sharafli ramziga aylandi.

O‘zbekiston bayrog‘i – xalqimizning boy tarixini, yorqin kelajakka bo‘lgan intilishlarini aks ettiruvchi ramzdir. Undagi ko‘k rang tinchlik va musaffolikni, oq rang poklik va ezgulikni, yashil rang esa tabiatni, yangilanishni bildiradi. Bayroqda joylashgan qizil chiziqlar hayot va qudrat ramzi bo‘lsa, yulduz va oy musulmon dunyosining muhim belgisi bo‘lib, qadimiy merosimizni eslatadi.

Davlat bayrog‘i bugungi kunda xalqaro maydonlarda yurtimizning timsoli sifatida baland ko‘tarilib, jahon hamjamiyatida O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida tan olinganidan dalolat beradi. Har birimiz ushbu bayroqni qadrlab, uning ostida jipslashib, Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissamizni qo‘shishga intilishimiz zarur.

Bayram muborak, aziz yurtdoshlar! Bayrog‘imiz doimo balandlarda hilpirab, yurtimiz tinchligi va farovonligini namoyon etaversin!

*📝telegram💻instagram📝facebook🐧xcom🎞youtube🎖***ihma.uz

1 week, 6 days ago

#Kouching
#Navbahor_tumani

💻 "Xalqqa yordam - oliy qadriyat" shiori ostidagi navbatdagi kouchingni manzili Navbahor tumani bo‘ldi. Erkin va samimiy suhbat hamda o‘zaro fikrlar almashinuvi tarzida kechgan tadbirda mahallalardagi aholi vakillari ishtirok etdi.

🖋 Fuqarolar bolalar nafaqasi hamda moddiy yordamni tayinlash tartibi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar hamda protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya-texnik vositalari bilan ta’minlash kabi 10 ga yaqin mavzularga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirildi.

🔮 Interaktiv tarzda tashkil etilgan kouchingda psixologik o‘yinlar bilan birga “keys-menejmenj” tamoyili asosida aholiga individual dastur bo‘yicha ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar haqida tushunchalar berildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda aholi vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shuningdek,aholi vakillarining ijtimoiy xizmatlarni manzilliligi va sifatini oshirish borasidagi takliflari ham tinglandi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

🎬 Batafsil videoda bilib olishingiz mumkin.

📝 Telegram 📝 Facebook
🎞 Youtube 🎖 ihma.uz

**🟢** Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

2 weeks, 1 day ago
2 weeks, 1 day ago
3 months, 2 weeks ago
5 months, 4 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago