Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
O‘zbekistonda eng ko‘p maosh oladigan kasblar qaysilar?
2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha nominal ish haqi 5,3 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 17,4% ga o‘sgan.
Maoshlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida kuzatildi – bu yerda o‘rtacha oylik ish haqi 9 mln so‘mga yetib, 21,4% ga oshdi.
Eng yuqori maosh to‘lanadigan sohalar:
🔺 Moliya sohasi – 15,2 mln so‘m
🔺 Aloqa sohasi – 13,1 mln so‘m
🔺 Transport sohasi – 8,1 mln so‘m
O‘rtacha darajadagi maoshlar:
🔸 Sanoat – 6,4 mln so‘m
🔸 Savdo – 6,2 mln so‘m
🔸 Qurilish – 5,9 mln so‘m
Eng kam maosh oladigan sohalar:
🔻 Sog‘liqni saqlash – 3,4 mln so‘m
🔻 Ta’lim sohasi – 3,6 mln so‘m
👉 @xushnudbek 👈
*❓Stipendiyalar to‘lovi qay holatda?*
Oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy tizimlarni to‘liq raqamlashtirish ishlari olib borilayotgani sababli talabalarning yanvar oyidagi stipendiya to‘lovlari kechikayotgani haqida xabar bergan edik.
Oliy ta’lim vazirligidan olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra:
✅ hozirgacha 105 ta oliygohdan 37 tasida yanvar oyi stipendiya to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgan;
☑️ 50 ta oliygohda hisoblash jarayonlari tugatilib, to‘lovlar bo‘yicha so‘rovnomalar g‘aznachilik organlariga yuborilgan va ertaga bank kuni ochilishi bilan to‘lovlar amalga oshirilishi ta’minlanadi;
🔄 qolgan 18 ta oliygohda stipendiyalarni hisoblash ishlari davom ettirilmoqda va texnik xato-kamchiliklar dasturchilar tomonidan to‘g‘rilanib, ushbu to‘lovlar ham ertaga amalga oshiriladi.
Hurmatli kunduzgi ta'lim shakli bakalavr va magistr talabalari!
Kuzgi semestrning yakuniy nazoratlari bo'yicha grafik (fan, sana va vaqt) sizning lms.tuit.uz profilingizga qo'yildi. lms.tuit.uz tizimidagi profilingizga kirib, "Yakuniy" menyusi orqali yakuniy nazoratlarning jadvali bilan tanishishingiz mumkin
Уважаемые студенты дневной формы обучения!
Расписание ваших итоговых контрольных выставлено в системе lms.tuit.uz. Убедительная просьба ознакомиться с расписанием через меню «Итоговый» в вашем личном кабинете.
Немного юмора вам в ленту
Hurmatli talabalar!
Sizlar uchun lms.tuit.uz tizimida kuzgi semestr davomida o‘tilayotgan darslarning sifati, o‘qituvchilar tomonidan mashg‘ulotlar o‘tilishining umumiy darajasini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Ushbu so‘rovnomada qatnashgan har bir talabaning fikri muhim sanaladi va anonim bo‘lishi kafolatlanadi.
Уважаемые студенты!
Сообщаем Вам, что в системе lms.tuit.uz проводиться опрос с целью определения качества занятий, проводимых в осеннем семестре, и общего уровня подготовки преподавателей. Мнение каждого студента, участвующего в этом опросе, важно и гарантированно останется анонимным.
#foydali
Quyidagi holatlar fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos bo‘ladi:
? xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o‘qiganlarga;
? respublika oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud ta’lim shaklidan o‘zga (boshqa) ta’lim shaklida o‘qiganlarga;
? oliy ta’lim muassasalarining markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;
? birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda o‘qishni ko‘chirishga (talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar, o‘qigan ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lmaganda ko‘chirib tiklash holatlari bundan mustasno);
? oliy ta’lim muassasasida mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) yoki ta’lim shakli mavjud bo‘lmasa;
? namunaviy o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;
? to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;
? talabaning shaxsiy yig‘ma jildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;
? oliy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida ko‘chirish va qayta tiklash davlat granti asosida ta’lim oluvchilar soni (qabul kvotalari) doirasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmasa;
? oliy ta’lim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;
? maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga;
? kechki (smenali) ta’limdan sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limga hamda kechki (smenali) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;
? sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;
? bir ta’lim shaklidan maxsus sirtqi ta’lim shakliga hamda maxsus sirtqi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga;
? talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa (mazkur qo‘shma dasturning o‘zi bundan mustasno);
? qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori!
Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
a) o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
g) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
d) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
e) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
j) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
z) vafot etganligi sababli.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago