Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Savollaringizni oldindan shu post kommentariyasiga yozib qoldirishingiz mumkin?
?️Ovozli chat!!!
?Biologiya olimpiadalari va ularga tayyorgarlik haqida online suhbat.
?Sizni qizqitirgan savollarga javob berishga harakat qilamiz.
? 10-yanvar, 21:00
?@bioolympiads_uz
P.s. Postni tanishlaringizga tarqating. Koʻpchilikni ishtiroki orqali yanada koʻproq savollarni muhokama qilishimiz mumkin.
O’zlashtirilgan mavzu bo’yicha bilimlaringizni sinovdan o’tkazish uchun ushbu savolni yeching va o’z javobingizni izohlarda qoldiring.
Gel elektroforezi
Gel elektroforezi haqidagi Khan Academy tomonidan tayyorlangan maqolani o’qing
Khan Academy
Gel elektroforez (maqola) | Biotexnologiya | Khan Academy
Matematika, fizika, kimyo, biologiya, iqtisodiyot, tibbiyot va boshqa koʻplab fanlarni bepul oʻrganing. Khan Academy notijorat tashkilot boʻlib, maqsadi dunyo miqyosidagi bepul taʼlim bilan barchani taʼminlash.
Gel elektroforezining asosiy komponentlari va bosqichlari:
Gel matritsasi:
- Agaroz geli: Odatda DNKni ajratish uchun ishlatiladi. Agaroza dengiz o'tlaridan olinagan polisaxarid bo'lib, gel konsentratsiyasi DNK molekulalarining o'lchamiga ko'ra turli konsentratsiyada (0.5%-2%) tayyorlanishi mumkin. Gel konsentratsiyasi DNK o'lchamiga teskari proporsional bo'ladi.
- Poliakrilamid gel: Asosan oqsillar va RNK molekulalari kabi kichikroq molekulalarni ajratish uchun ishlatiladi.
Ishchi bufer:
- Gel orqali elektr tokini o'tkazish uchun zarur bo'lgan ionlarni ta'minlaydigan elektrolit eritmasi. Umumiy buferlarga Tris-atsetat-EDTA (TAE) yoki Tris-borat-EDTA (TBE) kiradi.
Loading bufer:
- Namunalarni gelga yuklashdan oldin ular bilan aralashtirilgan eritmalar. Odatda elektroforezning borishini kuzatish uchun turli bo'yoqlar va namunalarni vunkalarga osongina cho'ktirish uchun zichlashtiruvchi moddalardan foydalaniladi. Odatda gel elektroforezida bo'yoq sifatida bromfenolko'k(bromophenol blue)dan zichlashtiruvchi modda sifatida glitserindan foydalaniladi.
Quvvat manbai:
- Gel bo'ylab elektr maydoni muhitini yaratish uchun elektr quvvat manbai ishlatiladi. Manfiy zaryadlangan molekulalar musbat elektrod (anod), musbat zaryadlangan molekulalar esa manfiy elektrod (katod) tomon harakatlanadi.
Gelni yuklash va ishga tushirish:
- Gelning bir uchidagi vunkalarga namunalar yuklanadi. Molekulalarning gel matritsasidan o'tishiga olib keladigan tok kuchi ta'minlanadi. Kichikroq molekulalar tezroq harakat qiladi va gel orqali uzoqroqqa boradi.
Vizualizatsiya:
- Elektroforezdan so'ng ajratilgan molekulalarni ko'rish kerak. DNK uchun bu ko'pincha gelni etidium bromid kabi floresan bo'yoq bilan bo'yash va keyin uni UV nuri ostida ko'rish orqali amalga oshiriladi. Proteinlarni maxsus dog'lar yoki immunoblotting usullari yordamida ko'rish mumkin.
Tahlil:
- Geldagi molekulalarning bosib o'tgan masofasi ularning kattaligiga teskari proportsionaldir ya'ni molekulaning o'lchami qancha katta bo'lsa bu molekula matritsa bo'ylab shuncha kam masofani bosib o'tadi yoki aksincha. Namuna chiziqlarini ma'lum molekulyar og'irlik belgilari bilan taqqoslash (buning uchun o'lchami aniq bo'lgan markerlardan foydalaniladi) ajratilgan molekulalarning o'lchamlarini baholashga imkon beradi.
Gel elektroforezi molekulyar biologiya va biokimyoda DNK, RNK va oqsillar kabi makromolekulalarni ularning hajmi va zaryadiga ko'ra ajratish va tahlil qilish uchun keng qo'llaniladigan usuldir. Asosiy prinsip, gel matritsasida elektr maydon muhiti yaratiladi, bu zaryadlangan molekulalarning gel orqali turli tezliklarda harakatlanishiga olib keladi va natijada molekulalarning o'lchamlari bo'yicha ajralishi kuzatiladi.
*✅ Joriy yilda O’zbekiston terma jamoasi tomonidan nufuzli xalqaro olimpiadalarda jami 13 ta medal qo’lga kiritildi.*
5 ta nufuzli xalqaro olimpiada o’quvchilarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 10 ta bronza medal sohibi bo’lishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Eng mantiqsiz munosabat
Dekabr - "oʻz-oʻzini aldash" oyi. Yangi yil uchun maqsadlar yoziladi. Va'dalar beriladi. Fevralning yarmigicha borilmaydi. Hammasi toʻxtatiladi.
Chetdan qarasa kulguli:
"Yangi yildagi biz hozirgi bizdan kuchliroq boʻladi. Intizomli. Qa'tiyatli. Eski yildagi 365 kun oʻzgartira olmadi. Oradagi bir kun (31-1) hammasini oʻzgartiradi. Moʻjiza yuz beradi."
Tassavur qiling. Kalendar tushunchasi yoʻq. Kunlar o'tayapti. Sanalar yoʻq. Yangi yil" va "dushanba" tushunchalarsiz yashayapmiz.
Oʻylab yurgan ishlarimizni, oʻylagan zohatimiz boshlardik.
Kalendarga ummuman farqi yoʻq. Bizni kutmayapti. Lekin, biz uni kutayapmiz. Bizni qadrlamaganni, qadrlayapmiz... Eng mantiqsiz munosabat.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago