Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Respublikamizda o‘tkazaliayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Termiz xalqaro aeroporti” mas’uliyati cheklangan jamiyati xodimlari ham uyushqoqlik bilan ishtirok etdilar. Aeroportda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar o‘zlari yashab turgan xonadonlarida, uy atrofida yoki biriktirilgan mahallalarda va aeroport hududida daraxt ko‘chatlari ekdilar. Har bir xodim ekkan ko‘chat bo‘yicha qisqa ma’lumotnoma tayyorlandi. Umumiy hisobda aeroport xodimlari tomonidan 1500 dan ortiq daraxtlar ekildi. Aytish kerak, daraxtlar sof havo, inson salomatligi uchun kerak bo‘lgan kislorod manbaidir. U nafaqat tabiat uchun ko‘rk, atrof-muhit musaffoligi uchun chang yutuvchi manba, kislorod ta’minot zanjirining ajralmas qismidir.
Go‘zallik, yaratuvchanlik va kelgusi avlodga g‘amxo‘rlik ajdodlarimizdan bizga meros. An’analarning davomi esa borliqni asrash, ekologik muammolarni bartaraf etishda faollikni talab etadi. Ota-bobolarimiz bir daraxt kessang o‘nni ek deb bekorga aytmagan. Yildan-yilga ekologik vaziyat taranglashib borayotgan, cho‘llanish va qurg‘oqchilik tobora avj olayotgan bir paytda har bir qarich yerga nihol ekish, uni parvarishlash orqali ekohalokatning oldini olish har birimizning burchimizdir.
"Termiz xalqaro aeroporti" mas'uliyati cheklangan jamiyatidaO‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan "Til bor ekan millat barhayotdir" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Xudoyorova Nigora Nuriddinovna ma'ruza bilan qatnashdi. Ustoz davlat tili to‘g‘risida qiziq ma'lumotlar, o‘zbek tilining uzoq yillik tarixi, uning go‘zalligi, davrlar ichra sayqallanib kelayotgani, tilimizni boyitishdagi buyuk mutafakkir va shoirlarimizning o‘rni va bizning avlodimiz o‘zbek tilini dunyodagi yetakchi tillardan biriga aylantirishga hissa qo‘shishimiz lozimligi haqida gapirib o‘tdi. Tadbirda o‘zbek tili haqidagi sherlar o‘qildi
Abdulla Oripov
ONA TILIM
Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi O‘zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she'rga solaman. Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!
Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!
"Termiz xalqaro aeroporti" mas'uliyati cheklangan jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ–264-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkazildi.
Aeroport ma'muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida bayram arafasida taskilot xodimlari uchun sport musobaqalari tashkillashtirildi.
Mini-futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka, ipda sakrash va yugurish musobaqalarida g‘olib bo‘lgan xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Uch va undan ortiq farzandlari maktabga boruvchi xodimlar farzandlariga o‘quv qurollaridan iborat yordam paketlari ulashildi.
Bayram munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi VM-21/24-62-sonli bayoni topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida hamda 33 yillik shonli sanani chinakam umumxalq bayrami, ozodlik va saodat ayyomi sifatida ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish maqsadida uch avlod uchrashuvi doirasida ko‘p yillar aeroportda ishlagan va bugun qarilik gashtini surayotgan bir guruh pensionerlar uchun kichik tadbirlar o‘tkazildi va sovg‘alar ulashildi.
Shuningdek uch avlod uchrashuvi doirasida ishlamaydigan pensionerlar, aeroport yoshlari va boshqa xodimlar uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. Ichki turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shgan sayohatda keksa avlod va yoshlar maroqli suhbatlar qurishdi, tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi va albatta bayram dasturxoni atrofida yaxshi niyatlar bilan mustaqilligimizning 33 yilligini ko‘tarinki ruhda nishonlashdi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago