Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
*📌Attestatsiya xulosasi
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi so‘nggi yillarda sezilarli islohotlarni boshdan kechirmoqda, biroq universitetlarda hanuz eskicha byurokratik tizim hukmron. Bu esa ta’lim sifati, talabalar va professor-o‘qituvchilarning samaradorligiga jiddiy to‘sqinlik qiladi. Hujjatbozlik va keraksiz jarayonlar natijasida oddiy bir masalani hal qilish uchun talabalar bir necha bo‘lim eshigini taqillatib yurishga majbur, professorlar esa ilmiy izlanish o‘rniga son-sanoqsiz hisobotlar tayyorlash bilan band. Bu nafaqat vaqtni behuda sarflaydi, balki ta’lim muhitini ham bo‘g‘ib qo‘yadi. Ayrim universitet rahbarlari avtoritar boshqaruv uslubidan voz kechmagan, o‘zga fikri inobatga olinmaydi, innovatsion g‘oyalar esa amaliyotga tatbiq etilmay qolaveradi. Ba’zi islohotlar natija uchun emas, balki rasmiy hisobot uchun amalga oshiriladi. Masalan, xalqaro reytinglarda ko‘tarilish uchun muayyan hujjatlar tayyorlanadi, biroq ta’lim sifati o‘zgarmaydi, ilmiy ishlanmalar esa amaliy ahamiyat kasb etmaydi. Bu muammolar natijasida iste’dodli talabalar chet el universitetlariga o‘qishga ketishni afzal ko‘radi va to‘g‘ri qiladi, ilmiy tadqiqotlar sust rivojlanadi, professorlar esa haqiqiy ilm bilan shug‘ullanish o‘rniga qog‘oz to‘ldirish bilan vaqt o‘tkazadi.
Universitetlar bozorda raqobatbardosh bo‘la olmaydi, chunki tizim inersiya bo‘yicha harakatlanadi, tasavvur qiling Xalqaro Islom akademiyasiga Yevropaning rivojlangan davlati fuqarosi o‘qishga keldi va unga tushuntiring shundoq ham elektron shaklda bor bo‘lgan hujjatlarni qog‘ozga chiqartirib topshirish kerakligini - ahmoqliga!
Agar universitetlar haqiqatan ham xalqaro maydonda raqobatbardosh bo‘lishni istasa, ta'lim muassasalari rahbarli pushti ko'z oynakni yechib, takabburlik qilib emas unvon va amallariga yarasha qaror qabul qilishsa, vaziyatni samiymiy tahlil qilsa, ular byurokratik to‘siqlarni minimallashtirishi va boshqaruv uslubini zamonaviylashtirishi kerak. Raqamlashtirishni jadallashtirish, kadrlar siyosatini o‘zgartirish, aks holda ta’lim sifati faqat qog‘ozda rivojlanib, amalda esa o‘z o‘rnida depsinib qolaveradi.*
Onam – osmonimni nurga to‘ldirgan quyosh, hayotimning charchoq bilmas shamoli, yuragimning eng beg‘ubor, eng pok, eng sharafli sevgisi. U – duolar bilan yashovchi, yuragi bolasi deb uruvchi, hamma narsani kechiruvchi, hamma narsani unutuvchi, faqat mehrni va fidoyilikni saqlab qoluvchi yagona zotdir.
Onajonim, bugun sizning tug‘ilgan kuningiz. Bu dunyoda siz borligingiz uchun Robbimga qancha shukrlar aytsam ham kam. Men ba’zan yillar qanday tez o‘tib ketayotganini sezmay qolaman, sababi ular men uchun juda oson, ammo har safar sizning qo‘llaringizga qaraganimda undagi charchoq izlari, sochingizga oralayotgan oq, ko'zlaringizdagi oynakning sanog'i ortga qarab yurayotgani, bular ba'ri mening oson yillarim sababchilari. Dadam bilan mardonavor hayotni yashayabsiz Alloh ikkingizdan ham rozi bo'lsin. Men ichun haqiyqiy namuna, qahramonlarimsizlar!
Sizning hayotingiz – menga nasib etgan eng ulug‘ sovg‘a. Siz barhayotsiz, ona! Sizning duolaringiz bilan men bardavomman, sizning kulgingiz meni baxtli qiladigan yagona sabab, soatlab meni eshitib o'tira oladigan, kelishimni kutadigan yagona inson.
Biz - Dadam, men, opam, sizni juda qattiq yaxshi ko'ramiz. Afsuski yoningizda emasmiz, lekin masofadan bo'lsa ham qalbimizdagi hamma go'zal tilaklar sizga, ona.
Onajonim, sizni bugun eng chiroyli so‘zlar bilan tabriklashni istayman, lekin hech bir so‘z sizning buyukligingizni to‘liq tasvirlay olmaydi. Faqat shuni biling: men sizni juda ham yaxshi ko‘raman! Va ilohim, yuragimni yoritib turuvchi bitta narsa bo‘lsin – bu sizning muhabbatingiz, sizning duolaringiz, sizning boqiy mehru shafqatingiz!
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin, jannatim!
Mana nega yutqazdik
Hazil
*?....
Oldinda bir yoʻl bor koʻp yiroq,
tarhini, topmadim, kim bichgan:
qilichim damidan oʻtkirroq,
sochlaring toridan ingichka.
Oldinda koʻprik bor — osti jar,
bilmadim oʻzim ne boʻlaman,
azizim, sen oʻtgil bexatar,
azizim, sen faqat qulama!
Oldinda chaman bor,
safo bor,
xotirjam-xotirjam havo bor…
azizim,
ungacha ozgina
sabr bor,
sitam bor,
jafo bor…
Ishq dedim kezib toʻrt yogʻingda,
ishq dedim,
chorladim bilmayin;
azizim, sen borar bogʻingda
men kutib olurman jilmayib!
Ungacha yoʻl bordir koʻp yiroq,
tarhini, topmadim, kim bichgan:
qilichim damidan oʻtkirroq,
sochlaring toridan ingichka.
Mansur Jumayev*
?Toledo tarjima maktabi 1085-yilda Ispaniya qiroli Alfonso VI musulmonlar qo’lidagi Toledo (ar. Tulaytula) shahrini egallab, uni o’z davlatining poytaxtiga aylantirdi. Shu davrdan boshlab Toledo butun Yevropaning ilmiy va falsafiy markaziga aylandi. O’zi…
?*Toledo tarjima maktabi
1085-yilda Ispaniya qiroli Alfonso VI musulmonlar qo’lidagi Toledo (ar. Tulaytula) shahrini egallab, uni o’z davlatining poytaxtiga aylantirdi. Shu davrdan boshlab Toledo butun Yevropaning ilmiy va falsafiy markaziga aylandi. O’zi ham asosan arab tilida yozgan qirol Alfonso Toledo tarjima maktabini tashkil qilib, asosiy manbalarning arabchadan lotinchaga tarjima qilishni ta'minladi. Bu esa Yevropaning har burchagidan ilm ahlining Toledoda to’planishiga sabab bo'ldi. Tarjima ishlarida yetakchi musulmon, nasroniy va yahudiy olimlar ishtirok etdi. Tarjima faoliyati XIV asrgacha davom etdi. Bu orada nafaqat musulmon olimlarning, balki qadimgi yunon olimlarining asarlari ham tarjima qilindi. Mazkur jarayonda umumiy hisobda 300 ga yaqin arabcha asarning lotinchaga tarjima qilingani aytiladi.*
Inna lillahi wa inna ilayhi raji'un.
Mansur Jumayev vafot etibdi, Alloh marhumni o'z rahmatiga olsin, uning oilasi va yaqinlariga sabr va bardosh ato qilsin.
.......................................................
*Oldinda bir yoʻl bor koʻp yiroq,
tarhini, topmadim, kim bichgan:
qilichim damidan oʻtkirroq,
sochlaring toridan ingichka.
Oldinda koʻprik bor — osti jar,
bilmadim oʻzim ne boʻlaman,
azizim, sen oʻtgil bexatar,
azizim, sen faqat qulama!
Oldinda chaman bor,
safo bor,
xotirjam-xotirjam havo bor…
azizim,
ungacha ozgina
sabr bor,
sitam bor,
jafo bor…
Ishq dedim kezib toʻrt yogʻingda,
ishq dedim,
chorladim bilmayin;
azizim, sen borar bogʻingda
men kutib olurman jilmayib!
Ungacha yoʻl bordir koʻp yiroq,
tarhini, topmadim, kim bichgan:
qilichim damidan oʻtkirroq,
sochlaring toridan ingichka.*
*?O‘zbekiston OTMlaridagi asosiy muammo*
Bugungi kunda talabalarning oliy ta’lim muassasalarida duch kelayotgan asosiy muammolaridan biri – qog‘ozbozlik va ortiqcha talablar tufayli ovora bo‘lishdir. Ta’limning sifatiga e’tibor qaratilish o‘rniga, ko‘p hollarda talabalarga turli hujjatlar to‘ldirish, ko‘rsatmalar izlab yurish va ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelish majburiyati yuklanadi. Aslida mohiyatan juda jo‘n va operatsion yechimlari mavjud bo‘lgan oddiy yechimlari bor masalalar ustida talabalarning vaqti va nerv tomirlari befoyda sarf bo‘ladi. Bunday sharoitda tarbiya topgan alamzada talaba jamiyatga kirishi xavfli aslida.
Yodda tutish kerakki, aslida universitetlar – bu talabalarga xizmat(servis) ko‘rsatuvchi tashkilotlar, talabalar esa ularning mijozlari (kliyent) hisoblanadi. Mijoz sifatida talabalar sifatli ta’lim, qulay sharoit va soddalashtirilgan jarayonlarni kutadi. Afsuski, ko‘plab OTMlarda bu asosiy maqsad unutilib, byurokratiya va qog‘ozbozlik oldingi o‘rinda turib qolgan. Men ustozlar haqida gapirmayapman, talabalarda qanday muammo bo‘lsa ustozlarda ham holat bundan yaxshiroq emas. Men davlat universitetlaridagi(xususiylardan xabarim yo‘q) menejment haqida gapiryapman, afsuski tabiatan boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo‘lmagan insonlarni rahbar lavozimlarida bo‘lishi har tomonlama muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Balki o‘sha xato o‘tirgan insonlar zo‘r olimdir, balki ulardan ilmiy tadqiqot va pedagogikada ko‘proq foydadir!
Nima uchun xizmat ko‘rsatish yo‘q? Ko‘plab universitetlarda talabalarga xizmat ko‘rsatish madaniyati yetarlicha shakllanmagan. Buning natijasida talaba ko‘mak olish uchun ko‘p vaqtini yo‘qotib, o‘qishdan chalg‘iydi. Talabalar "mijoz" sifatida qabul qilinmagani sababli, ularning ehtiyojlari va qiyinchiliklari yetarlicha inobatga olinmaydi. Men talabalarni ilmdan boshqasiga chalg‘itish haqida aytyapman, ilmni o‘zlashtirish bo‘yicha har qancha qattiq qo‘llik bo‘lsa shaxsan roziman.
Qanday yechimlar kerak? OTMlardagi boshqaruv jarayonlari soddalashtirilib, talabalar uchun raqamli xizmatlar yo‘lga qo‘yilishi kerak. Universitetlar talaba uchun xizmat ko‘rsatishga qaratilgan va mijozga e’tiborli bo‘lgan yangi yondashuvlarni ishlab chiqishi zarur.
Agar universitetlar haqiqatan ham mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatsa, bu nafaqat talabalarni qoniqtiradi, balki ta’limning sifatini ham oshiradi. Har bir talaba o‘zi uchun qulay va sifatli xizmat olishini ta’minlash – har bir OTMning asosiy vazifasi bo‘lishi kerak!
Tushuning, talaba (ilm izlovchi) universitetlarsiz mavjud bo‘la oladi, ammo universitet talabasiz bor bo‘la olmaydi! (Ilmiy tadqiqot markazlaridan tashqari)
?*Hudbinlik: Ichki butunligimizga eng katta tahdid
Ko'pincha odamlar o'zini hamma narsadan ustun qo'yishni, faqat o'zi haqida qayg'urishni odat qilib olishadi. Lekin bu yo'ldan borish hech qachon uzoqqa olib bormaydi. Hudbinlik bizni o'zimizni boshqalardan ajratadi, bizni tanho qiladi, ichki quvvatimizni asta-sekin so'ndiradi.
Hudbinlikni yengish nimadan boshlanadi? Har birimiz o'z hayotimizda boshqalarga, atrofdagilarga foydali bo'la olish imkonini qidirib yashashimiz kerak. Aksincha, ichimizdagi jirkanch "men"imizni birinchi o'ringa qo'yar ekanmiz telegram postlarimizdagi absurd gaplarni vaysashdan to'xtamaymiz.
O'ylab ko'ring, oxir-oqibat, bizning ichki dunyomizga, baxtimizga, hatto saodatimizga hudbinlik emas, balki mehr-oqibat, sevgi, muloqot, va saxovat olib keladi. ?*
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago