Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Sionistlar G‘azoda o‘ldirayotgan odamlarning 70 foizi ayollar va bolalar. Ayollar va bolalar o‘lsin, G‘azo naslsiz, kelajaksiz qolsin, deb harakat qilyapti...
Bizdachi?
Erkaklar ko‘chada tirikchilik g‘amida yuribdi. Soatlab "zapravka"da navbatda turibdi. Ularning ayoli va bolalarini TV zaharlayapti. "Kuyov qaynona bilan yotdi", "Qaynota kelinni zo‘rladi" kabi seriallar bilan.
Yuqoridagi holatlar o‘rtasida ikki farq bor. Birinchi farq, sionistlar g‘azoliklarni jismonan yo‘q qilyapti. Bizni TVlar esa ruhan va ma'nan o‘ldiryapti.
Ikkinchi farq, sionistlar qurollarga o‘zini pulini ishlatyapti. Qatliom qilinayotgan g‘azoliklar pulini emas. Bizni TVlar esa xalqimiz, ya'ni sizning pulingizga oilangiz, qo‘shningiz, yaqiningizni "o‘ldiryapti". Soliqlar, jarimalar va bojlar orqali yig‘ilgan puldan.
Farg‘onadagi portlash aybdori...
Kimdir "uy va bolalar bog‘chasini oldida "zapravka"ga ruxsat berganlar aybdor" deyapti.
Kimdir "oldin "zapravka" qurildi, keyin uy qurildi. Uy qurdirganlar aybdor" deyapti.
Kimdir haddidan oshib, ""zapravka"ni oldidan uy sotib olganlarni o‘zi aybdor" deyapti.
Bu voqeada aybni bir kishiga to‘nkab, asl haqiqatdan qochmaslik kerak. Xo‘sh, Farg‘onadagi portlashda kim aybdor?
"Qonun ustuvorligini ta'minlayman" deb, 8 yillik va'dasini bajarmayotgan Prezident aybdor.
O‘zini uyini mukammal qurib, shaharsozlikka tupurib qo‘ygan amaldorlar aybdor.
Portlashdan keyin ham haligacha miq etmayotgan qo‘g‘irchoq deputat va senatorlar aybdor.
Amaldorlarni nazorat qiluvchi, davlatni va xalqni himoya qiluvchi IIV, DXX va Prokurorlar aybdor.
O‘z vazifasini bajarmayotgan jurnalistlar aybdor.
Saylovda qatnashishga targ‘ib qilib, hisob so‘rashda shukurga chaqiradigan taniqli kim bo‘lsa, hammasi aybdor.
Hukumatni qing‘irliklarini bilib, unga qarshi mustaqil mediyani yo‘lga qo‘ymagan, rivojiga hissa qo‘shmagan puldorlar aybdor.
Mansabni, boylikni va pulni muqaddasdek singdirgandan ota-onalar aybdor.
Yetimlar zo‘rlansa ham, bolalar zaharlansa ham, uch kunda unutib, "meni chaqmagan ilon ming yil yashasa ham mayli" deydigan biz aybdor.
Har bir jinoyat jamiyatga, odamlarga, ya'ni sizga berilgan bir savoldir. Nega bunday bo‘ldi?@sanjar_xoja
Bo‘lgan voqea. Amerikaga borgan tanishim aytadi:
"O‘zbekistonliklar uyida mehmon bo‘ldim. Mehmonga qo‘shnilar ham keldi. Hammasi o‘zbekistonlik. Hammasi ko‘p yildan beri Amerikada yashaydi. Hammasi Amerika vatandoshligini olgan. Uzoq yildan beri O‘zbekistonga bormaydi.
Kulishib, chaqchaqlashib, xonani to‘ldirib gaplashdik. Suhbat qizib, mavzu O‘zbekiston siyosatga burilganda "...qizi bunday qildi, kuyovi unday qildi" deb negadir hammasi pichirlay boshladi.
Kim eshitmasin deb pichirlashganiga hayronman. Hammasi uzoq yildan beri O‘zbekistonga bormagan. Hammasi Amerika vatandoshi ".
Sababini aniqlashni o‘zi aslida ilmiy tadqiqot mavzusi!
Qiziq-da, shu savolni o‘ylab o‘yimga yetolmadim:
"Yo‘lchiroq yashil yonar-yonmas signal chaladigan haydovchilar bor. Piyodalar yo‘ldan o‘tgunicha sabri yetmaydigan haydovchilar bor. Ular metanga navbatda 5-6 soat qanday turibdi?"
Yillar davomida puli bor, g‘ami bor va dindor tanishlarga aytdim: "Hozirgi holat shunchaki o‘yin. Mansabini mustahkamlagach, yana eski davr qaytadi. Hozir pul tikib, jamoatchilik faoliyatini jonlantirish kerak. 30-50ta bloger bo‘lsa, ertaga bosim qilolmaydi. Hozir zo‘r fursat..."
Doim e'tiroz eshitardim:
- Yo‘q, mana niqobda ayollar bemalol yuribdi.
- Masjidlar qurilishi bemalol bo‘ldi.
- Fir'avn yonidagi iymonli amaldor kabi u ham iymonini yashirib keldi. Mana endi zo‘r bo‘ladi.
- Bomdod namozini o‘qirkan.
- Qizlari qori ekan...
Yuz yil oldin davlat tashkil qilindi. Poydevoriga dinga qarshi mexanizm qo‘yildi. Bu mexanizm shaxslar bilan bog‘liqmas. Mirziyoyevning o‘rnida boshqa odam Prezident bo‘lganida ham shu takrorlanardi.
Chunki xavfsizlik tizimida va ba'zi strategik tashkilotlarda Rossiyaning odamlari ishlaydi. O‘zimizni millatdosh, lekin kindigi Rossiyaga bog‘langan. Ularni Shavkat Mirziyoyev ham bo‘shatolmaydi. Chunki Putinning himoyasida.
Shularni ko‘p davralarda tushuntirdim. Afsuski o‘sha vaqtda, "Bir qahramon keldi, bizni qutqardi. Endi jiddiy masalalar bilan shug‘ullansak bo‘ladi" deb ovqat, ko‘pxotinlik va shu kabi mavzular bilan o‘ralashib qolindi.
Yuqoridagi gap kimgadir og‘ir tuyulishi mumkin. Holbuki bir-biriga bog‘lab turadigan masala - oriyat, g‘urur va nomus.
Ya'ni bir odam soqolini olishga majburlanishi mumkin. U odam qo‘rqishi va qarshi kurashmasligi mumkin. Dardini ichiga yutib, ketishi ham mumkin. Mumkin hammasi, insongarchilik.
Faqat o‘z sharafini himoyasini boshqasidan kutib, o‘zini nomini aralashmasligini so‘rash uchun odam oriyatsiz, g‘urursiz va nomussiz bo‘lishi kerak. Shu gapni o‘ziga ep ko‘rishi, ravo ko‘rishi, xazm qilishi uchun.
O‘zini soqolini himoyasini boshqalardan kutib, ismi aytilmasligini so‘ragan erkak qizini, oilasini va vatanini qanday himoya qiladi?
Kechadan beri tanishlar mendan so‘ragan savol: "Suriyada endi nima bo‘ladi?"
Javobim shunday:
"Qarshi kurashish, boshqa masala. Hukmron bo‘lib boshqarish esa umuman boshqa masala. Hozir aniq bir narsa deyish qiyin.
Tolibon Amerikaning qo‘g‘irchoq hukumatini ag‘dardi. O‘shanda, Afg‘oniston rasvo bo‘ladi, deyishdi. Hozir iqtisodi rivojlanyapti. Suriyada ham nima bo‘lishini aniq aytish qiyin.
Anig‘i shu-ki, hozir o‘tirib aytgan gapimiz, huddi televizor ko‘rib "gol ur, oshir," deydigan futbol fanatiga o‘xshash bo‘ladi.
Ularni endi nima bo‘lishini qo‘yib turaylik. Bizchi? Qish keldi, elektr uzilish bor. Gazda muammo bo‘lyapti. Haligacha millionlab odam uyda tappi va ko‘mir yoqadi. Metan-benzin masalasi alohida bir dard. Sovuqdan kasal bo‘linsa, dori qimmat. Shifokorlarni malakalisi kam. Maktab ta'limi bir ahvol, yo‘llar bir ahvol. Va eng asosiysi bizda urush yo‘q. Nega bunday yashash kerak? Uzoqdagilarga aql o‘rgatishni qo‘yaylik. Bizni holimiz nima bo‘ladi?"
Ba'zi odamlar qiziq...
Rossiya qo‘g‘irchog‘i Asadning boshqaruv tuzumi quladi. O‘z xalqini ezgan, qirgan, neftlarini suv tekinga Rossiyaga bergan bir tuzum.
Bu voqeaga quvonish o‘rniga ba'zilar, "yo‘q bunda o‘yin bor, bunda siyosat bor, xursand bo‘lish erta", deyapti.
Mayli, bunday fikrlash ham uning haqqi. Ajablanganim, Prezident referendumdan oldin Umraga borganida quvonding. "Azon eshitsam yig‘lagim keladi" deganida xursand bo‘lding.
O‘sha vaqt bu siyosiy zakovatingga qayerda edi?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago