Dilnoza's World

Description
«San’at tuyg‘ularni namoyish etish shakli, tuyg‘u esa hamma tushunadigan tilda ifodalanadi».
S.Moem

@musician_02
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 1 week ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 day, 20 hours ago

Hammasi oldingidan-da yaxshi. Ko‘p narsalarni anglayabman. O‘qishga, ishga boraman. Kitoblar o‘qiyman. Xonadoshlarim bilan qiziq mavzularda suhbatlashamiz. Imkon qadar yoqtirgan joylarimga boraman. O‘zimni juda yaxshi his qilaman. Faqat.., faqat endi yozolmay qolyabman..

2 weeks, 4 days ago
4 weeks ago

Oxirgi paytlar odamlardagi bir jihatga ko‘p guvoh bo‘lyabman. Qilmoqchi bo‘lgan ishlari haqida faqat gapirishadi. Amalda maqsadiga erishish uchun hech qanday harakat ko‘rmayman. Yoki nimadir qilish uchun qandaydir fursat kelishini kutishadi. O‘sha vaqt ham keladi, afsuski, hech nima qilishmaydi. Shu tariqa, kunlar, oylar, yillar o‘tib ketadi.

Anglayotganim, odamlarni gapiga emas, hayotiga, yashash tarziga, erishayotganlari va vaqtini nimalarga sarflayotganiga qarab xulosa qilish kerak. Shunaqa paytlar bo‘lganki, suhbatlashib ko‘rib iliq taassurot qoldirgan tanishlarimni yaqindan bilganimda ular haqidagi fikrlarim o‘zgargan. So‘zlari amaliga to‘g‘ri kelmaydi. O‘zi umuman, odam qilayotgan yoki qilmoqchi bo‘lgan ishlarini hammaga jar solishi shart emas. Vaqti kelib, natijaning o‘zi gapiradi.

Bizga berilgan sog‘lik, chiroy, vaqt, imkoniyatlar, har birining javobi bor. Shularni o‘ylasam, hayotimni yanayam tartibga solaman. Ba’zi odamlar Alloh bergan ne’matlar haqqini ado qilmay, umri shunchaki o‘tib ketayotganini ko‘rib achinaman. Ularga yordam bergim keladi. Keyin qayerdadir o‘qiganim o‘sha gapni eslayman.
Boshqalarni qutqara olmas ekansan, o‘zingni qutqar. O‘zingdan so‘ralasan..

2 months, 3 weeks ago

Bitta yomon odatim bor:

Ming zo‘r yozsin, kirillda bo‘lsa o‘qigim kelmaydi.

2 months, 3 weeks ago

Biror bir ma’noli, yaxshi qo‘shiq yoki musiqa tinglasam Allohning buyukligiga, Uning mo‘jizasiga
yana bir bor amin bo‘laman.

@dilnozajorayeva_blog

3 months ago

Talabalik vaqtlarimda ham, hozir ham Alloh meni yaxshi xonadoshlar bilan siylagan. Bugun yana qizlar bilan choy ustida suhbatlashdik. Hazil-huzul, birinchi qor, adabiyot haqida degandek. Mavzu markazida Aytmatov va Omina opaning asarlari bo‘ldi. (Bizni juda botanik deb o‘ylamang, gurungni zo‘ri bo‘ladi bizda) O‘tkir Xoshimovning “Muallim”, Chingiz Aytmatovning “Birinchi muallim” asarini qizlar maqtashdi. O‘qib chiqmoqchiman. Bugungi suhbatdan hamma o‘zi uchun kichkina falsafalar kashf qildi. Dildan bo‘lgan suhbatlarda ko‘ngil yorishadi rostan.

13.11.2024. Toshkent. Yakkasaroy.

@dilnozajorayeva_blog

5 months, 2 weeks ago

Ey men tug‘ilib-o‘sgan qadrli shahar! Senda qolish men uchun qanchalik qiyin bo‘lib borayotganini bilsayding..

@dilnozajorayeva_blog

5 months, 3 weeks ago
5 months, 3 weeks ago

Izhor
*Ona, sizga tilaklarimni aytgim keldi. Bilasizmi, men aynan sizni qizingiz bo‘lib tug‘ilganim uchun baxtli sezaman o‘zimni. Mehribonsiz, doimo bizni sabrga, yaxshilikka o‘rgatasiz. Eng yaxshi fazilatlarni ko‘raman sizda.

Meni eng ko‘p tushungan, ishongan, qo‘llab-quvvatlagan insonimsiz. Mendagi yaxshi hislatlar ham siz sabab, siz bergan tarbiya sabab.

Ona.., esingizdami, huv o‘sha sizga aytib bergan orzularim? Men ularni albatta amalga oshiraman. Sizga hali dunyolarni ko‘rsatadi qizingiz.

Onajon, tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Sizga atalgan izhorlarim ko‘p. Ammo eng yaxshi ta’rifim shu bo‘la qolsin. Men kelajakda sizga o‘xshagan ona bo‘laman!*
@dilnozajorayeva_blog

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 1 week ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago