@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
Ko‘pchilik odamlar o‘z chegaralarini o‘zlari chizib qo‘yishadi.
"Charchadim", "Qiyin ekan", "Mendan bunaqasi chiqmaydi"
Tanamiz va miyamiz faqat 40% imkoniyat bilan ishlaydi.
Ya’ni, charchadim deb o‘ylayotganingizda, aslida sizning ichingizda hali 60% kuch yashiringan bo'ladi.
Ko‘pchilik katta maqsad qo‘yadi, ozchilikkina u maqsad sari harakat qiladi.
Ko‘pchilik o‘z hayotini o‘zgartirishni orzu qiladi, ozchilikkina o‘zini majburlay oladi.
Ko‘pchilik muvaffaqiyat haqida gapiradi, lekin ozchilikkina muvaffaqiyat uchun ter to‘kadi.
Aniq maqsadingiz bormi unda yoqsa yoqmasa xar kuni harakat qiling. Boshida yoqishi ham shart emas. Shunchaki o'zingizni majburlang.
Hech kim sizga kuch, sabot va muvaffaqiyat hadya qilmaydi.
Hech kim siz uchun harakat qilmaydi.
Hech kim sizni qutqarmaydi.
O‘zingizni o‘zingiz qutqarishingiz kerak!
1970-yillarda NASA kosmik kemalarining issiqlik qalqonlarini loyihalashda muhim muammo bor edi. Yer atmosferasiga qaytish paytida kema tezligi va harorati shu darajada oshardiki, uni faqat maxsus issiqlikka chidamli plitalar himoya qila olardi. Lekin bu plitalar faqat qaytish vaqtida kerak edi, uchish yoki orbitada qolish jarayonida ular mutlaqo ishlatilmasdi.
NASA muhandislari shunday dizayn yaratdiki, issiqlik plitalari kema tanasining muhim qismi bo‘lsa ham, ular faqat kerakli vaqtda o‘z ishini bajarar edi. Ya’ni, ular boshidan yoqib qo‘yilmagan, balki kerak bo‘lganda faollashardi.
Bugungu kunda dasturiy ta’minotda ham xuddi shunday narsa bor – Feature Flags.
Ba’zan dastur ichida yangi funksiyalar yoki o‘zgarishlar bo‘ladi, lekin ular darhol hamma foydalanuvchiga ko‘rinmaydi. Dasturchilar bu funksiyalarni yashirin holda qo‘shib, faqat kerakli vaqtda yoki faqat ma'lum bir hudud foydalanuvchilari uchun yoqishadi.
Masalan, Netflix yoki YouTube ba’zan yangi dizaynni barcha foydalanuvchilarga chiqarish o‘rniga, avval kichik hududdagi foydalanuvchilar uchun sinab ko‘radi. Agar hammasi yaxshi ishlasa, keyin barcha uchun ochiladi.
Texnologiyalar doim rivojlanadi, lekin eng yaxshi g‘oyalar biz allaqachon biladigan, haqiqatda ishlagan yechimlardan kelib chiqadi!
Intelligent Entertainment
“Intelligent Entertainment” degan ibora bor. Ya’ni aqilli o’yin-kulgi yoki aqilli vaqt o’ldirish desak ham bo’ladi.
Odam o’zini turli xil kitoblarni o’qib yoki turli xil youtube’dagi videolarni ko’rib, o’zini foydali ish qilyapman deb o’ylaydi, aslida esa shunchaki vaqt o’ldiryapti.
Yuqorida sanab o’tilgan amallarning xech qanday yomon joyi yo’q lekin bu narsalar haqiqiy o’rganishga olib bormaydi.
Ko’p odamlar bilishni o’rganish deb o’ylaydi. Shunchaki kitob o’qish yoki yangi ma’lumot olish – o’rganish emas.
Haqiqiy o’rganish miya ma’lumot qabul qilganda emas, uni chiqarganda yuz beradi.
O’zingizni aldashni emas, rivojlanishni tanlang.
CS101: Kompyuter Tarmoqlari — Ma’lumotlar internet orqali qanday uzatiladi
Internetda ma'lumotlar qanday uzatilishi haqida bilasizmi? Ushbu maqolada paketlarning harakati va tarmoqning qanday ishlashi haqida boshlang'ich bilimga ega bo'lishingiz mumkin.
Harakat – bu odat
Bilim olishni boshlaysiz, lekin birinchi qiyinchilikda chekinasiz.
Kitob ochasiz, lekin birinchi bob tugamasdan yopasiz.
Dasturlash kursini tanlaysiz, lekin birinchi xatolikda qiziqishingizni yo‘qotasiz.
Til o‘rganishni boshlaysiz, oz-moz gapirishni o‘rganasiz va shu bilan kifoyalanasiz.
Sport zaliga borasiz, lekin bir necha kun o‘tib sabab topib, tashlab qo‘yasiz.
Har bir boshlagan ishingizni oxirigacha yetkazganingizda, bugun orzu qilgan hayotingizni yashayotgan bo‘lardingiz.
Oson va yuzaki ishlarga emas, chuqur va mazmunli ishlarga vaqt ajrating.
Harakat – bu odat. Katta natijalarga kichik, lekin doimiy qadamlar bilan erishiladi.
Bahona qidirmang. Harakatni boshlang. To‘xtamang. Muvaffaqiyat sizni kutyapti.
Help me help you
Dasturchilikda, va umuman boshqa sohalarda ham, tez o‘rganishning eng yaxshi usullaridan biri bu savollar so‘rash orqali. Ishxonadagi dasturchilardan, chat jipidi akadan, claude opadan, stockoverflowdan, mendan va boshqalardan savol so‘rash orqali tez va to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanish mumkin.
Shaxsan o‘zim va men bilgan ko‘pchilik yordam berishni chin dildan xohlaydi. Juda xursand ham bo‘ladi, agar yordam bera olsa. Lekin hech kim, qaytaraman hech kim, sizning ishingizni siz uchun qilib berishni xohlamaydi.
- Menga rezyume yozib bera olasizmi?
- Mana-bu ishni qila olmayapman, yordam bera olasizmi?
- Shu loyihaning arxitekturasini chizib bera olasizmi?
kabi savollar ochiqsachiga odamga yoqmaydi. Sababi bu va shunga o‘xshash savollarga to‘g‘ri va to‘liq javob berish uchun ancha bosh qotirish va vaqt sarflash talab qilinadi. Undan ham yomoni - savol berayotgan odam shu ishni qilishga yoki savolni to‘g‘ri yozishga erinayotganida.
Men ishda biror kishidan savol so‘rasam, odatda taxminan quyidagicha shaklda ifodalayman:
Salom Alexandro. Men loyihaning shu qismida bir muammoga duch kelyapman. Sen shu qismda juda ko‘p ishlar qilgan ekansan. Bilsang va yordam bera olsang zo‘r bo‘lar edi. Lekin agar boshqa odam yaxshiroq biladi deb o‘ylasang, iltimos o‘sha odamga meni jo‘natvor. Savolim: ‘Shu ishni qilmoqchiman. Uning uchun 3 ta yo‘ldan ketishim mumkin. 1 chisi bunaqa, 2 chisi shunaqa, 3 chisi esa munaqa. Menimcha 2 chi yo‘l eng zo‘ri, chunki shunday qilsam bunday bo‘ladi. Uni qilish mana bu yerda shunday o‘zgarish qilmoqchiman, lekin mana bunday xato chiqyapti. Bilasanmi, qayerda xato qilayotgan bo‘lishim mumkin?’
Mening maqsadim Alexandroga iloji boricha tez va to‘g‘ri javob bera olishi uchun sharoit yaratib berish. Butun contextni tushuntirib berish.
Umuman olganda birovdan nimanidir xohlasangiz, sizga u o‘sha narsani berishi uchun ishini osonlashtirishingiz kerak. Yana bitta misol. Odatda ishxonalarda promotion olishingiz uchun sizning manageringiz siz haqingizda report yozishi kerak va boshliqlarga siz promotionga arzishingizni isbotlab berishi kerak. Bu oson ish emas. Manageringiz siz qilgan ishlarni eslashi, aniq misollar berishi talab qilinadi. Siz manageringizga shu reportni yozib berish orqali katta yordam qilishingiz va promotion jarayonini ancha tezlashtirib berishingiz mumkin. Siz o‘zingiz nima ishlar qilganingizni manageringizdan yaxshiroq bilasiz har holda.
Tarix davomida turli davrlarda ijtimoiy ehtiyojlar, texnologik taraqqiyot va iqtisodiy sharoitlarga qarab, insondagi ma'lum bir turdagi ko'nikma va mahoratlar juda qadrli va qimmatli sanalgan.
Bundan bir necha yuz yillar avval, ov qila olishlik ko'nikmasi inson hayotida yashab qolishi uchun juda ahamiyatli ko'nikmalardan biri bo'lgan bo'lsa, 20-asr oxirlariga kelib dasturlash, kompyuter savodxonligi va internetdan foydalana olish ko'nikmasi biron bir sohada natijaga erishish uchun juda qadrli ko'nikmalardan hisoblangan.
Hozirgi vaqtga kelib esa sun'iy intellekt, kiberxavfsizlik, bio va nanotexnologiyalar atrofidagi bilim-ko'nikmalar boshqa ko'nikmalarga nisbatan qadrli bo'lib bormoqda.
Bilasizmi, yaqin kelajakda qanday turdagi ko'nikmalar juda qadrli bo'lib qoladi? Bu - Diqqatni Jamlash (Deep Focus) qobiliyati.
Biron bir sohada natijaga erishishlik hozirgi vaqtchalik hech qachon bunchalik oson bo'lmagan. Sun'iy intellekt orqali istalgan ma'lumotni bir necha soniyada topib o'rganishingiz mumkin. Shu bilan birga biron bir sohani o'rganishda insoniyat hech qachon hozirchalik boshqa narsalarga chalg'ib ketmagan.
Telegram, Instagram, Youtube, Facebook va TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlar odamlarda "Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi" (ADHD - Attention deficit hyperactivity disorder) kassaligini ko'paytirib yubordi. Aksariyat odamlar biron nima o'rganishda yoki ishlashda juda ko'p keraksiz narsalarga chalg'ib, diqqatni jamlay olmay qoldilar.
Natijaga erishish uchun sizga ko'proq vaqt kerak emas. Ko'proq bilim kerak emas. Ko'proq energiya ham kerak emas. Sizga ko'proq diqqat kerak. Fokus kerak.
Inspired by Kahogi
Muhimi qiziqish
Dasturlashga qiziqasiz, o'rganishni boshlaysiz. Biroz vaqt o'tib tashlab qo'yasiz. Sababi siz dasturlashga qiziqmaysiz, shunchaki yaxshi oylik to'laydi degan gaplarni eshitib olib kirib ko'rgansiz.
Biror ishni qiziqib qilayotgan odam, pul uchun qilayotgan odamdan o'tib ketadi. Chunki 2-odamda pul topilgach harakat kamayadi. 1-odamda esa yo'q.
Natijamiz yo'qligi - doimiylik yo'qligidan. Bir xafta qattiq o'rganamiz, keyingi xaftasiga tashlab qo'yamiz. Bir kunda ko'p narsa o'rganmoqchi bo'lamiz, bilmaymizki - kichik bo'lsa ham, doimiylari muhimroq bo'ladi.
Haftada 2 marta ofisga ishga poyezda boraman. Yoʻlovchilar chiqib, eshik oldiga turib olishadi. Eshik oldi tiqilinch, oʻrtadagilar bemalol ketadi. Professionallik ham shunga oʻxshaydi. Boshi tiqilinch. Oʻrtasi bemalol.
Dasturlashga endi kirganizda, hamma raqobatchi, hamma shu ishni qilayotgandek koʻrinadi. Bir yil ustingizda ishlab, davom etsangiz sohadagi 90% insondan dan oʻtib ketasiz.
Sohada o'rtacha bo'lish foydasiz bo'lib qoldi. Eng yaxshi kompaniyalar eng yaxshi dasturchilarni ishga olishyapti.
Chalg’imay ishlang, kitob o’qing, o’ylang, yuring, yozing - g’alaba aniq, sabr qila olsangiz bas.
Ikki karra yutqazyapsiz
Yaponiyadagi talabalik hayotini men bir tuzog'ga o'xshataman.
Til maktablaridan boshlab, kasbga yo'naltirilgan kollejlar va universitetlargacha bo'lgan yo'l ko'pchilik uchun standart marshrut. Bu yo'lda katta orzular bilan yo'lga chiqiladi - Yaponiya kabi rivojlangan davlatda o'qib, biror sohaning mutaxassisi bo'lish istagi.
Ammo, universitetga kirgach ko'pchilik "diplom olsam bo'ldi" degan fikrga tushib qoladi. Vaqt faqat o'qish uchun kontrakt to'lash va minimal talablarga javob berish bilangina o'tib ketadi. Bu orada, uyga oz-moz pul jo'natib, o'zlarini aldaydilar - go'yoki katta muvaffaqiyatga erishayotgandek.
Universitetga ishonmang, kurslarga ishonmang, odamlarga ham ishonmang. Sizni mutaxassis qiladigan yagona odam – o'zingiz.
Universitetga millionlab pul to'lab qo'yishingiz sizni mutaxassis qilib qo'ymaydi. Minglab soatlar shug'ullanish qiladi. Agar u universitet uchun pulni topaman deb, o'qish uchun vaqt topa olmayotgan bo'lsangiz, ikki karra yutqazyapsiz.
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago