Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Baxt haqida ertakcha
Yuragimni kemirgan dardlar,
Jism-u jonim yemirgan dardlar.
Qonim ichib semirgan dardlar,
Qo’ymas meni baxtli bo‘lishga.
Hayotimga sig‘mas xayollar,
Gumonlarda esgan shamollar.
Javobi yo‘q muhim savollar,
Qo‘ymas meni baxtli bo‘lishga.
Qo‘shig‘imga yetmagan ovoz,
She’rim yuzin qoraytgan qog‘oz.
Yarim yo‘lda tin olgan parvoz,
Qo‘ymas meni baxtli bo‘lishga.
Tunlarimdan quvg‘in uyqular,
Kulishimdan bezgan kulgular.
Topolmagan qadrin tuyg‘ular,
Qo‘ymas meni baxtli bo‘lishga.
Tuymasam-da butunlay garchan,
His etarman baxtni ham ba’zan.
Ko‘ngil qurg‘ur urinmay harchand,
Qo‘ymas meni baxtli bo‘lishga.
Netay, qalbim ochiq bir kitob,
Ko‘ngil solgan anglagay shu tob.
O‘zim bilmas nomsiz iztirob,
Qo‘ymas meni baxtli bo‘lishga.
Fitna, fasod yo‘limdan qochsa,
Niqoblilar yuzlarin ochsa.
Baxt kutganim mangu baxt sochsa,
Maqsadimga yetardim men ham.
Baxtli bo‘lib ketardim men ham!!!
Sherbek Islomov
Iztirob
Umrim g‘am toshlari to‘shalgan yo‘lak,
Qalbim olovida jismim to‘lg‘anar.
Tovonim taftidan toqatsiz titrab,
Bosgan har izimda mangu o‘t yonar.
U shunday o‘tdirki, cho‘g‘i bo‘lmas kul,
Sira ketmagayman butunlay yonib.
Ruhim sahro yanglig‘ yomg‘irga tashna,
Chanqog‘im bosilmas hech bo‘lmas qonib.
Yo‘q-yo‘q men na Xalloj va na Mashrabman,
Cho‘g‘ tutib turolmam tuymay kaftimda.
Ko‘nglimdan kimningdir diliga uchqun,
Tushsa, chidolmasdan kuyar taftimdan.
Sevgilim, vujuding o‘tmi sening ham?
“Shoir yigit”,- deya siylading meni.
“Bir yoqda she’ringiz, bir yoqda sog‘inch”,-
Deya yuragimni tirnading meni.
Kel, mayli seni ham qilaman voqif,
Qismatning sen bilmas ko‘p sirlaridan.
Aslida men mudom omonman bilsang,
Sog‘inching seli-yu yomg‘irlaridan.
Anov o‘t neligin anglagandirsan,
Zotan, uqtirolmas uni hech kitob.
Men uni kuchliroq sevaman sendan,
Sendan kuchli sevar meni- iztirob.
Sherbek Islomov
Assalomu alaykum, hurmatli Ustozlar, qadrli jamoamiz a’zolari!
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmonlarida dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalari va elektron lug‘at dasturlarini yaratish borasida belgilangan vazifalar ijrosini muayyan darajada ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Inklyuziv taʼlim ilmiy-amaliy laboratoriyasida tilshunoslik terminlari audiolug‘ati hamda uning mobil ilovasi yaratildi. Mahsulot kontentini tayyorlashda hurmatli Ustozimiz, professor Durdona Xudoyberganova muallifligidagi “Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha izohli lug‘ati” materiallaridan foydalanildi. Zarur o‘rinlarda o‘ziga xos yondashuv asosida lug‘at materiallarini tinglab tushunishga qulay holatdagi audiotavsiflar berildi. Dasturiy ta’minot Google play platformasi orqali keng jamoatchilikka taqdim etildi. Mediamanbalar ta’minoti masalasiga inklyuziv yondashuv asosida yaratilgan ushbu dastur ko‘zi ojiz talabalar va tadqiqotchilarning lug‘at materiallaridan mustaqil foydalanishi uchun ham qulay interfeys sanaladi. Buning uchun biz inklyuziv tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, o‘quv-ilmiy faoliyatda barchaga teng imkoniyat yaratish maqsadida universitetimizda tashkil etilgan ilmiy-amaliy laboratoriya tashabbuskori, hurmatli Rektorimiz, akademik Shuhrat Sirojiddinovga chuqur minnatdorligimizni bildiramiz! Mazkur mahsulotni yaratish borasidagi fikrlarimizni mamnuniyat bilan qabul etib, xolis xizmat qilgan hamkorlarimiz: tayanch doktorant Dilnoza Abdurasulova, magistrant Dilbar Mirnosirova, talaba Sherbek Islomovga ham ko‘p savoblar umid qilamiz!
Iqror va izhor
Tushinib boryapman ulg’aygan sari,
Hayotning qorasi ham oqlariga.
Biroq yechim topmay sarsonman hamon,
Beqaror ko’nglimning jumboqlariga.
Bu bozor dunyoda men ham savdogar,
Kasotga uchragan baho bitolmay.
Qancha qo’llarda qarz qadr-u qimmatim,
O’rtanib yashadim oshkor etolmay.
Bu tun yuragimda notanish og’riq,
Ko’nglimdan kichik bir jumboq yechildi.
Bebaho sanalgan qancha hislardan,
Suvsiz ariq kabi oson kechildi.
Ey siz telbalikni chin baxt bilgan qiz,
Bu kecha ko’miling iqrorlarimga.
Kuymagan ko’nglingiz kuysa, kechiring,
Ko’nglimni kuydirrgan izhorlarimga.
Bilolmadim buncha befarq bo’ldik biz?
Ko’nglimizda ko’klay boshlagan ishqqa.
Urinib o’zimga berishga taskin,
Aytaman, hikmat bor shaksiz har ishda.
Baxt kelib-ketdimi degan hadikda,
Hayotda har kimdan uni izlaymiz.
Menku angladim, siz anglaysiz qachon?
Baxtingiz mendirman, menikichi siz.
Men o’zimdan ham ko’p xafaman sizdan,
Qalbimga sezdirmay kirib olganim.
Menku anglamabman, siz nima uchun,
Sezmagansiz sizni sevib qolganim?
Tushunamiz derdik bir-birimizni,
O’zimizni esa tushinmabmiz hech.
Endi begonadan baxtni axtarmay,
Baxtga birlashaylik, bo’lmasidan kech.
Sherbek Islomov
https://t.me/sherbek_islomov
Mening baxtim
Xayollarim to’zg’in sochlaringizdek,
Labingiz ranggiga bo’yalgan qalbim.
Sog’inchlar yoprilib kelar ko’nggilga,
Ismingizni quchib, qaqrandim, qalqdim.
Ko’ngillar muhabbat qo’lida chillak,
Ko’nglingiz ko’zlagan, ko’nglim bilmaysiz.
Derazani ochsam, kuzlangan borliq,
Kuz kelgan dilga, siz nechun kelmaysiz?
Chizishga chog’langan suratingizni,
Qalbimdan ohista tomgan tuyg’ular.
Qog’ozni qizilga bo’yagan bilan,
Lek sizni qaytarib berolmas ular.
Siz shunday yashaysiz o’zingiz bilmay,
Qo’shiqqa aylanib ovozlarimda.
Yo o’rin olasiz uyqusiz tunda,
Yig’loqi she’r bo’lib qog’ozlarimdan.
Men kuyib kuylayman, yozaman yonib,
Garchi yasholmasman ko’nglimdan ortib.
O’sha sizni mendan tortib olganlar,
Sira she’rlarimdan ololmas tortib.
Men shunday yashayman, dersiz Devona,
Sog’insam, suratdan sochingiz silab.
Gohida o’rtanib baxtsizligimdan,
Yaratgandan esa sizga baxt tilab.
Baxtsiz emasdirman men ham ehtimol,
Sizsiz ham emasman. Abadiy ahdim.
Ruh ichra ruh bo’lgan fardim, farishtam,
Sizni sevaman-ku, shu mening baxtim.
Sherbek islomov
Shu qo'shiqni ko'p eshityapman. Kimning sevgilining tug'ilgan kuni bo'lsa, ayni muddao bu qo'shiq. Eshitganlar murodiga yetsin.
21-asr, kamiga yap-yangi o'zbekiston. Hali 14-noyabr. Kuzning qish oldi sovug'i. Oliygohimizning eng katta ma'ruza zallarining biri. "Baxtli talabalar" sovuqdan diydirab darsga kelishdi. Ularni chidab bo'lmas darajada "issiqqina xona" qarshilaydi... talaba qizlarning: "boshqa xonaga o'taylik yoki kondisaner ishlar, ishlatib berishsin",- degan zorlanishlariga ustozning qulog'i kar. Postni shu yerda muxtasar qilaman... xulosa va izoh o'zingizdan. Yozishga ortiq barmoqlarim bo'ysinmay qoldi, borligi ham sezilmayapti. Yangi o'zbekistonda "baxtli talabalar" qismati. Ehh...
#ИЖОД ЁҒДУСИ, 2024, 1-Сон
ТУШЛАРИНГГА КИРАВЕРАМАН
Юрагимнинг тўғонин бузиб,
Кириб келди ногоҳ муҳаббат.
Кўзларимдан олиб уйқуни,
Машғул этди битмоқликка байт.
Навбаҳорнинг офтоби янглиғ,
Вужудимни элитди нури.
Қучоғида аллалар шўхчан,
Жисму жоним севги шуури.
Унутиб мен бутун борлиқни,
Ишқ аталмиш тушга алмашдим.
Оромимни висол тоғига
Учиб толмас қушга алмашдим.
Боқмасанг-да менга бир қиё,
Изингдан зор юравераман.
Юрагингдан жой олмагунча,
Тушларингга киравераман.
Қайда бўлма мажнун мисоли,
Йўлларингда учрайвераман.
Юрагимни нурларга ўраб,
Гулим, уни сенга бераман.
БЕДОРЛИК
Бедорлигим сезгандай гўё,
Деразамдан мўралайди ой.
Мен билмаган қандайдир сирни
Айтмоқ истар менга ҳойнаҳой.
Деразамни очаман аста,
Ой шуъласи ёритар хонам.
Нетай, кўнглим ёришмайди ҳеч,
Соғинганман сени ягонам.
Ишқ боғидан саралаб олган
Гўзал гулим, малагим ўзинг.
Парвойим йўқ ўзга гулларга,
Ҳаммасидан керагим ўзинг.
Уйқу келмас кўзларимга ҳеч,
Энтикаман кулишинг қўмсаб.
Бир нуқтага тикиб нигоҳинг,
Ёнимда жим туришинг қўмсаб.
Суҳбатингдан оламан ҳузур,
Ширин сўзинг кўнглим малҳами.
Табассуминг умримнинг нури,
Таърифлолмас шоир қалами.
Бедорлигим сезгандай гўё,
Деразамдан мўралайди ой.
Ўз хонангда тун қучоғида,
Сен ҳам бедор мендек ҳойнаҳой.
ШEРБEК ИСЛОМОВ,
Алишер Навоий номидаги Тошкент Давлат
Ўзбек тили ва адабиёти Университети талабаси.
Канални улашинг:
? @bir_safda_jurnali
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago