Sharing my thoughts, discussing my projects, and traveling the world.
Contact: @borz
Last updated 1 week, 1 day ago
Telegram stands for freedom and privacy and has many easy to use features.
Last updated 1 week, 2 days ago
Official Graph Messenger (Telegraph) Channel
Download from Google Play Store:
https://play.google.com/store/apps/details?id=ir.ilmili.telegraph
Donation:
https://graphmessenger.com/donate
Last updated 5 months ago
Ustozim qiyin yo'ldan yuring dedi...
Ustozim bilan meeting qildim, qurayotgan "zapusk" agentligimiz haqida gaplashdik.
Shu vaqtda ularga bir savol berdim.
Oxirgi vaqtlar mendan bilganlarimni kurs qilib o'rgatishimni so'rashyapti. "Zapusk"ni o'rgatadigan kurs qilishimga qanday qaraysiz dedim.
Ustozim, Suhrob hozircha kurs qilishingizni tavsiya bermayman deb qoldi.
Chunki sizga o'xshagan 1-2 so'm pul topishni boshlagan qo'ldan ozgina ish kelayotganlarni ko'pi kurs qilishni boshlagan.
Shu kurs qilayotganligi sababli shu vaqtgacha yetib kelgan nuqtasidan keyingi bir necha karra o'sishlarga chiqa olishmaydi.
Chunki ularni ko'p fokusi kursini yaxshiroq o'tishga va o'quvchilariga e'tibor berishga ketib qoladi.
Aslida boshida ularni maqsadi boshqa bo'lgan ya'ni "agentlik" qurish yoki biznes qurish.
Hozir esa endi qo'lidan ish kelayotganlar
- "Zapusk"ni
- Marketingni
- Agentlik qurishni o'rgatishga o'tib ketib qolyapti.
Buni sababi chunki agentlik qurish uni stabil olib ketish va karrasiga o'stirish qiyin, lekin kurs o'tish oson.
Hamma yurgan oson yo'ldan emas, ular yurmayotgan qiyin yo'ldan yuring shunda 1 - 2 yildan keyin sizda hammasi boshqacha bo'ladi dedi.
Soat 01:45 tinmay qor yog’yapti, telefonim jiringladi…
Ko’tardim Uzum Tezkordanman eshikni ochasizmi aka “zakaz” olib kelgandim dedi.
Eshikni ochdim 20 yoshlardagi bola ustilari ho’l bo’lib ketgan.
Shapkasida ko’p qor bor, katta ehtimol buyurtmani piyoda yoki velosipedda olib kelgan.
Unga yaxshilab e’tibor berib qaradim.
O’zimizni jaydari qishloqni sodda bolasiligi ko’rinib turibti.
Buyurtmani olib qoldim.
To’g’risi bu sovuqda hech kimni ko’chada yurib jismoniy mehnat qilishini xohlamayman.
Ko’pam sodda bo’lmang sal ishni ko’zini biladigan bo’ling.
Mehnatga yarasha haq to’lanadigan yaxshi o’ssa bo’ladigan ishlarni izlang.
Katta ehtimol bu Uzum tezkordagi bola pul kerakligidan ishlayotgandir.
Lekin siz bu xabarimni o’qiyotgan bo’lsangiz do’stim ko’zingizni kattaroq oching.
Rivojlanish o’sish yaxshi soha egasi bo’lish uchun 1-2 yil tinmay mehnat qiling.
Keyin ko’rasiz uncha bunchasidan o’tib ketasiz.
Chunki hozir ko’p odamlar
- Instagramga o’tirib qolgan
- Foydasiz do’stlar va “krug”larga ko’p vaqt yo’qotyapti
- Telefon va kompyuter o’yinlariga qaram
- Munosabatlarga berilib ketgan
O’ziz o’ylab ko’ring 1 - 2 yil siz tinimsiz o’z ustingizda ishlasangiz nimalar qila olasiz.
Xulosa…
To’g’ri tushining hech qachon qulay vaqt kelmaydi.
Bugun boshlang, bugun maqsad qiling. O’zingizni ilm uchun qattiq qiynang.
Sherikchilikda baraka bor.
Deyarli hozir barcha proyektlarda sherikchilikda ishlaymiz.
Deylik 10 yillik tajribaga ega mutaxassis bilan sherikchilik qilamiz.
Ustoz kursga va kurs sifatli bo'lishiga, kursni sotib olganlar yaxshi ta'lim olib rozi bo'lib ketishiga javob beradi.
Biz esa kursni marketingidan tortib sotuvigacha bo'lgan barcha jarayonlarni nazorat qilamiz.
Sherik sifatida meni fokusim marketing, media, jamoa boshqaruvi va sotuvda bo'ladi.
Sherigimniki esa produktda, kuchli webinar o'tkazishda bo'ladi.
Qayerda e'tibor bo'lsa o'sha joy o'sadi.
Shu sababli ham sherikchilik qilganimizda biz va jamoamiz sababini qilamiz shunda katta sotuvlar bo'ladi.
Eng qizig'i kichik sotuvlarda pullarni bo'lishish sheriklar uchun muammo bo'lmaydi.
Hammasi odatda katta sotuvlar qilishni boshlaganda yuz beradi.
Qaysidir tomon hammasini men qilyapman deb o'ylaydi va sherikchilik shartlarini buzishga harakat qiladi.
Aslida u bilmaydi shuncha insonni rizqi va sherikchilikda baraka borligi sababli katta sotuvlar bo'lyapti.
Oxiri kelishuv buzilgandan keyin sherikchilikni buzgan tomon, o'zlari loyihani tashkil qilib ko'rishadi.
Ko'p holatlarda sherikchilikda bo'lgandagi kabi katta natijalarni takrorlash juda qiyin bo'ladi.
Bizda ham shunaqalari bo'lgan bir proyektda eng katta "pik"ga chiqishni boshlaganimizda sherigimiz hamkorlikni to'xtatgan.
Shu proyektni to'xtatganimizdan buyon sobiq sherigimiz to'xtamay harakat qilayapti.
Lekin o'shanda birgalikda qilgan natijamizni o'rtacha to'rtdan birini qila olayapti.
To'g'ri tushuning sherikchilikda baraka bor, ishlab turgan narsalarni buzmang ishlamay qoladi.
Kelishuvlarizga ko'proq sodiq turing yanada natijangiz ko'payadi.
Eng muhimi rizqni bo'lishishga qo'rqmang.
Menga doim qiziq yani chellenge'lar boshlash va amalga oshirib ko'rish.
Bundan maqsad odatda haqiqatdan ham intizom, sabr har doim ishlash ishlamasligini tekshirish.
Avvalambor Allohni fazli va ota-onam, yaqinlarim duolari bilan shu vaqtgacha.
Boshqalar 3 yilda erishadigan natijaga 1 yilda erishsa bo'ladi.
Farqi ular 3-4 soat kuniga dars qilsa men 10-12 soat qilishim kerak bo'lgan.
To'g'risi qiynalmadim inson ko'nikadi va o'zi uchun bergan va'dalarda sodiq bo'lishni o'rganadi.
Bu menga bir qancha soft va hard ko'nikmalar berdi.
Shu vaqtgacha Fulfil education, @rizqimuz, Instant group, Fulfil group kabi loyihalar tashkil qilib ko'rdik bir qanchasi o'xshadi ba'zilari o'xshamadi.
Aktiv zapusklar bilan shug'ullanayotganimizga 1 yil-u 3 oycha vaqt bo'ldi lekin adashmasam bu vaqtda 20+ ta atrofida zapusklar qilib ko'rdik.
Tushunganim intizom, sabr va to'xtamasdan bitta narsani ustida ishlash orqali yaxshi natijalar kelishini ko'rdim.
Albatta Allohni fazli bilan intizom, sabr va qanoat yana bir bor ishlashini sinamoqchiman.
Bugundan boshlab
- Gazli ichimliklar, Fast Food, Pitsa
- Hattoki Ramyon yeyishni ham to'xtatyapman bu aslida alohida mavzu….
(chunki ramyonlarni juda yaxshi ko'raman) ammo muammosiz to'xtata olaman deb o'ylayman.
Hammasini, 2025-yil oxirigacha to'xtatdim.
Natijasi haqida ora-orada hisobot berib turaman.
Odatda bergan vadalarim ustida maksimal turaman.
Agar mobodo qachondir adashib bilib-bilmay buzib qo’ysam 👇.
O’shanda blogda “karta” deb yozaman va lichkamga birinchi kartasini tashlagan odamga 300.000 so’m jarima to’layman😀.
Kim bu chellenge’imga qo’shiladi talabgirlar bormi birga qilamiz agar)
P. S: Yaqinda aktiv sport bo’yicha ham chellenge qilishni o’ylayapman nasib qilsa blogda e’lon qilaman.
Bugun ko'proq postlar chiqishi mumkin
Chunki ilhom kelyapti
Kutayotganlar bormi?
Kimga qiziq 👇
"Don't sink - think" (Cho'kma, o'yla)
Eng qiyin tashlab ketaman degan vaqtlarda chidab bera olish va shuni yengib o'ta olish bu juda katta narsa.
Chunki bu eng qiyin vaziyatlarni yengib o'tib oxirigacha boradiganlar 100 dan yagona bo'lishi mumkin.
Zafar Hoshimov
*🔴*Qanday qilib "zapusk" sohasiga kirib daromadingizni 5x oshirishingiz mumkin.
Yaxshi natija va daromad qilishni yo'li bu - o'zgarishlarga tayyor bo'lish.
Ko'pchilik
- Target
- SMM
- Sotuv
- O'quv markaz, menejerlik sohalarida ishlab kelyapti.
Ayniqsa o'quv markazlar uchun ananaviy yo'llar bilan borgan sari mijoz oqimi olib kelish qiyinlashuvradi.
Lekin haligacha bizda bu sohalarda ishlaydigan ko'pchilik zapusk haqida eshitmagan yoki o'rganib sinab ko'rmayapti)
Axir biz tendentsiyalarga qarab o'zgarishimiz kerak shundagina biz to'xtamasdan o'sa olamiz.
"Zapusk" bozori esa O'zbekiston uchun juda bo'sh. Chunki biror loyihamizda ketma-ket oyiga 2 marta zapusk o'tkazilsa ham mijozlar oqimi to'xtamayapti.
Akalar hozir kirish kerak, bilishimcha O'zbekistonda hali 100 dona yaxshi va davomli zapusk qila oladigan prodyuserlar yo'q!
Daromadni 5x oshirishga kelsak, "zapusk"larni yaxshi o'rganib oyiga 1 dona zapusk qilsangiz ham men o'ylayman hozirgi ishlab turgan ishingizdan balki 5x ko'proq daromad olishingiz mumkin.
Hattoki o'quv markazda oldin bir oyda zo'rg’a 50 ta o'quvchi jalb qilsangiz "zapusk" orqali onlaynda 500 ta oldindan 3-4 oylik kurslaringzga to'lovni qilib bo'lgan mijoz jalb qila olishingiz mumkin.
Liderlik! Kun davomida atigi 43 daqiqa instagramga kiribman...
Unda ham bu vaqtni asosiy qismi o'zimga qo'yilgan storieslarni ko'rish, directga javob yozish va sohamga kerakli odamlarni kuzatishga ketgan.
Liderlik bilan instagramni nima aloqasi bor deysizmi?
Albatta bor, bilib olish uchun postni oxirigacha o'qing.
Odatda ko'proq daromad topish sizni qanchalik liderlik qobiliyatingiz bor yoki yo'qligiga bog'liq.
Xodim sifatida 2000$ - 50.000$ daromad topadigan kasb egalari
- ROP (Sotuv bo'limi rahbari)
- Top menejerlar
- Kompaniya direktori
- Marketing bo'lim boshlig'i
- Proyekt menejer va boshqalar
Bu kabi top darajada maosh ishlab topadiganlar xodimlarga asosiy qo'yiladigan ta'lablardan biri bu liderlik.
Liderlar odatda orqasidan jamoadoshlarini ergashtira olishlari kerak.
Bu esa juda katta topilishi qiyin bo’lgan ko’nikma.
Liderlarda asosiy bo'lishi kerak bo'lgan sifatlardan ya’na biri bu o'zini-o'zi nazorat qila olish.
Ya'ni lider o'zini-o'zi boshqara olishi kerak
Bunga
- O'z kun tartibini samarali tuza olish
- Qanday ishlarni qilish mumkin-u, qanday ishlarni qilish kerak emas
- Nimalar muhim-u, nimalar muhim emas
- Instagramga qachon kirish kerak yoki qachon kirish kerak emas va boshqalar…
Odatda liderlar o'zlarini boshqara olganliklari uchun instagramiga yoki biror u bog'lanib qolishi mumkin bo'lgan jarayonlarga majburiy cheklovlar qo'yish shart emas.
Chunki liderlar o'zlari nima xohlayotganini yaxshi his qiladi va shunga ko'ra harakatlanadi.
P. S: Bu chalg’ituvchi dunyoda o’zingizni va xohishlaringizni nazorat qila olayotgan bo’lsangiz tabriklayman! Sizda liderlik uchun bitta sifat bor.
Eslayman 2023-yil o'rtalari oilaliman daromadim 1500$ atrofida chiqadi yoki chiqmaydi...
O'shanda bu daromad ham ketma-ket kamayishni boshladi.
Chunki ananaviy kurslar sotuvi ishlamaslikni boshlagandi yoki men ishlata olmayotgandim.
Qo'shimchasiga yetarlicha qarzim bor va ularni to'lashim kerak.
Undan tashqari bo'ynimda mendan tashqari bir nechta xodimlar maoshi va kichkinagina 1 xonali bo'lsa ham ofis ijarasi bor edi.
Nima qilishni bilmay to'g'risi o'sha vaqtlari eslayman O'zbekistondagi yaxshi IT kompaniyani boshlig'i bilan telegramda muzokara o'tkazganman.
Ya'ni marketing bo'limiga xodim bo'lib borishni va 2000$ oylik bersa tinch qarzlarsiz, risksiz hayot kechirishni o'ylab qolganman.
Chunki sizda barchasi ketma-ket o'xshamaslikni boshlab qolsa chekinish haqida bir marta bo'lsa ham o'ylaysiz, xavotir olmang bu aslida normal😃.
Menimcha shunda ilk bor qaror qilganman men ta'lim loyihalaridan chiqib ketmayman va hech qayerga xodim bo'lib ishga borishni xohlamayman, qaysi tendentsiyalar ishlayotgan bo'lsa shunga harakat qilaman deb.
Keyinchalik sekin zapusklarga kirishni boshladim.
Birinchi zapusk - 300-400$ reklamaga tikilgan xarajat deyarli "fail" bo'ldi.
Sababi menda deyarli zapusk bilimlari yo'q va bilganimcha qilib ko'rgandim. Eslayman 1-kuni sotuv ochganimizda 2 ta yoki 3 ta dona to'lov tushgan.
Bir nechta joylardagi zapusk qilayotgan insonlarni fikrlari, o'rgatganlari tufayli keyingi zapusk sekin o'xshashni boshladi shu vaqtlari o'xshaganidan rosa xursand bo'lganman.
Chunki zapusklar o'xshashni boshlagandan keyin bitta zapusk o'tib naqd pulda 40 mln so'm qarzimizni bervorgandim.
2023-yil oxirida esa o'zim niyat qilgan Cobalt moshinasiga to'lov qivorganmiz.
Shu shu ketma-ket Allohni fazli va ota-onalarimiz duolari bilan zapusklarimiz karrasiga o'sishni boshladi , shunga yarasha jamoa ham kengaydi.
Hattoki jamoamiz bilan bittada 1 mlrd+ lik zapusklar ham qila oldik va 1 talik kichkina "podvoldagi" xonachada ishlashni to'xtatdik, va jamoaga maqul ofisga ko'chdik.
Bu postni esa hozir o'zim o'tiradigan kabinetdan turib yozyapman.
Bu voqealardan shuni angladimki, sizni bir dona qaroringiz hayotingizni yaxshi tomonga o'zgartirib yuborishi mumkin ekan.
Xulosa
Bugun qiyin, ertaga ham qiyin lekin indin o'ta go'zal. Afsuski ko'pchilik erta kechqurun taslim bo'ladi - "Jack ma".
P. S: Kim oxirigacha o'qidi va nimani tushundi postdan?
Qatar, Dohadan hammaga Salom!
Kimda qanday savollar bor izohlarda yozing gaplashamiz?
Sharing my thoughts, discussing my projects, and traveling the world.
Contact: @borz
Last updated 1 week, 1 day ago
Telegram stands for freedom and privacy and has many easy to use features.
Last updated 1 week, 2 days ago
Official Graph Messenger (Telegraph) Channel
Download from Google Play Store:
https://play.google.com/store/apps/details?id=ir.ilmili.telegraph
Donation:
https://graphmessenger.com/donate
Last updated 5 months ago