Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

Hasanxon Yahyo Abdulmajid | Rasmiy

Description
Hasanxon Yahyo Abdulmajidning rasmiy sahifasi.

Ustozning suhbatlari jamlangan bot: @hasanalmuqriy_bot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks, 3 days ago

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 1 month, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 10 months, 2 weeks ago

1 month, 1 week ago
Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳ ва баракотуҳ

Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳ ва баракотуҳ

Барчаларингизга Рамазон ҳайити муборак бўлсин! Рамазон ойида қилинган ибодату дуоларни Роббим қабул айласин ва ажрини зиёдаси билан берсин!
Рамазондан кейин ҳам иймону тақвода собит қилсин! Аҳлу оилаларингизга бахту иқболни ёр айласин. Келгуси Рамазонларга омонликда эриштирсин!
Бу кунларнинг баракасини эл юртимизга ва бутун Ислом оламига мўл айласин.
Сизларни ва барча яқинларингизни яна бир бор Ийди Рамазон билан муборакбод этаман. Хайрли дуоларингиздан умидворман.

@Hasanxondomlauz

1 month, 1 week ago

🌙 Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!

«Hasanboy» jome masjidida hayit namozi

🌐https://youtube.com/live/icHt56KD4DQ?feature=share

*📍 *Manzil: https://yandex.uz/maps/-/CDFT4JpS@hasanxondomlauz

YouTube

🔴 Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin! | 2024 / 1445

«Hasanboy» jome masjidida hayit namozi Rasmiy sahifalarimiz: ***🔹***Telegram: https://t.me/hasanxondomlauz ***🔹***Instagram: https://instagram.com/hasanxondomla ***🔹***Facebook: Facebook.com/muqriy.hasan #hasanxonyahyoabdulmajid #hasanxondomla

***🌙*** **Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!**
1 month, 1 week ago
1 month, 2 weeks ago

Alvido Ramazon

Alvido ey nuri Rahmon alvido,

Alvido ey koni irfon alvido,

Alvido ey quti iymon alvido,

Alvido ey mohi Qur'on alvido.

Chun hiloling yerga nur sochgan zamon,

Bo'ldi yer xushbo'y, munavvar osmon,

Barcha dillarga yetib amnu amon,

Chin ibodat bo'ldi har on, alvido.

Senda ko'kdan yerga nurlar sochilur,

Barcha jannat boblari lang ochilur,

Yetti do'zaxning eshigi yopilur,

Senda mug'laq bo'ldi shayton, alvido.

Kim qudumingdan agar masrur o'lur,

Mahzun ul sendan qachon mahjur o'lur,

Jurmu isyoni aning mag'fur o'lur,

Xushxabardir anga rizvon, alvido.

Kunlaring o'tkazsa kim hirmon ila,

Tunlaring bedor o'lib Qur'on ila,

Kim bularni aylasa iymon ila,

Marhabo der anga Rayyon, alvido.

Senda tushdi ilk bor Qur'onimiz,

Ravshan etdi yo'limiz Furqonimiz,

Qo'lni ixlos birla ochgan onimiz,

Ayladi maqbul Mannon, alvido.

Poklagaymiz senda mulku molimiz,

Tark etarmiz senda qiylu qolimiz,

Sen­la sof o'lgay hama ahvolimiz,

Nafsu shayton bo'ldi vayron, alvido.

Shubhasiz sen birla ruhning chog'ligi,

Hamda ketgaydir ko'ngilning dog'ligi,

Tiklanar ham senda tanning sog'ligi,

Sen o'zingsan dori darmon, alvido.

Senga sig'mas hech bir sum'a, riyo,

Bas, mukofoting berar yolg'iz Xudo,

Sen shafoatxohimiz kelsa jazo,

Do'zax o'tidin­da qalqon alvido.

Bir tuning bor mingcha oylardan fuzun,

Zotan ummat umri ermasdi uzun,

Sen bila armonlari ketdi butun,

To'ldirurlar senda xirmon, alvido.

Xullas, etsam bir umr vasfing agar,

Ayta olgum minggidin birrin magar,

Haq Rasul madh etdi, shu senga yetar,

Ham guvohlik berdi Qur'on, alvido,

YO Ilohiy, fazlu lutf aylab ato,

Et qabul bizdan namoz, ro'za, duo,

Ham umid aylar Hasan kelsa qazo,

Ro'za ichra chiqsa bu jon, alvido.

1429 Ramazon 23. 2008. 09. 23. m.
Hasanxon Yahyo Abdulmajid

@Hasanxondomlauz

1 month, 2 weeks ago
***🌙*** **Xatmi Qurʼonga marhabo!**Bugun, 2024 yil …

🌙 Xatmi Qurʼonga marhabo!Bugun, 2024 yil 5-aprel kuni, «Hasanboy» jomeʼ masjidida xatmi Qurʼon bo‘lib o‘tadi. Barcha yurtdoshlarimizni unda ishtirok etib, xatmi Qurʼon duosidan bahramand bo‘lishga taklif etamiz.

Azizlar, xatmi Qurʼondan keyingi duolarning ijobati, Qadr kechasidagi tavba-tazarrularning qabul bo‘lishidan umidvor bo‘lgan holda, chin qalbdan, xolis duolar bilan yurtimizga, butun dunyoga tinchlik-xotirjamlik tilaylik, barcha ezgu tilaklarimizni so‘rab, Alloh taologa yolvoraylik.

Qurʼon xatmonasi Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.Alloh taolo Ramazon oyida qilingan barcha toat-ibodatlarni, xatmi Qurʼonlarni husni qabul aylab, duolarimiz ijobat bo‘lishini nasib etsin!🌐https://youtube.com/live/qisydNxTpUY?feature=share

*📍 *Manzil: https://yandex.uz/maps/-/CDFT4JpS@hasanxondomlauz

1 month, 2 weeks ago

Ramazonning 41 fazilati (yettinchi maqola)

  1. Ramazon sabr-bardosh oyidir.

Ro'za tutib, bir qator noqulayliklarga, mashaqqatlarga qaramay, o'zining eng muhim
ehtiyojlarini tiygan kishi sabr va chidamning eng yuqori darajalarini o'zlashtiradi. Shuning
uchun ham, Abu Fazl keltirgan hadisda: «U (Ramazon) sabr oyidir, sabrning savobi esa
jannatdir», deyilgan.

  1. Ramazon rizq-ro'zlarga baraka beriladigan oydir.

Salmon roziyallohu anhuning hadisida: «U (Ramazon) mo'minning rizqi ziyoda qilinadigan
oydir», deyiladi.

  1. Ramazon salomatlik oyidir.

Qadimda ham, hozirda ham ochlik bilan davolash muolajalari tabiblar o'rtasida eng keng
tarqalgan davolash uslublaridan hisoblanadi. Musulmon bo'lmagan mutaxassislarning
ta'kidlashlaricha, inson jismonan sog'lom yurishi uchun bir yilda 28, 29 kun ixtiyori och
yurishi kerak ekan. Ramazon oyi esa 29, 30 kun davom etadi. Alloh taolo siz bilan biz
mo'min-musulmonlarga sog'ligimiz garovi bo'lgan ushbu muolajani ibodat qilib berib, ulkan
ajru savoblarni, yaxshiliklarni va'da qilgan ekan.

(Davomi bor)

Hasanxon Yahyo Abdulmajid
2020/04/23

@Hasanxondomlauz

1 month, 3 weeks ago
Hasanxon Yahyo Abdulmajid | Rasmiy
1 month, 3 weeks ago
Hasanxon Yahyo Abdulmajid | Rasmiy
1 month, 3 weeks ago
Hasanxon Yahyo Abdulmajid | Rasmiy
2 months ago

*🇺🇿 *Taroveh namozi 12-kun «Hasanboy» jome masjidida taroveh namozining o'n ikkinchi kuni

Suralar: Isro surasi 1-oyatdan Kahf surasi 74-oyatgacha

🌐 https://youtube.com/live/ljRKG76fUio?feature=share

@hasanxondomlauz

YouTube

🌙 Taroveh namozi 11-kun | Hijr surasi 1-oyatdan Nahl surasi 128-oyatgacha

«Hasanboy» jome masjidida taroveh namozining o'n birinchi kuni Suralar: Hijr surasi 1-oyatdan Nahl surasi 128-oyatgacha Qorilar: Hasanxon Yahyo Abdulmajid & Abdusamad qori Sobit o’g’li & Alisher qori Alloberdi o'g'li Rasmiy sahifalarimiz: ***🔹***Telegram:…

*****🇺🇿***** **Taroveh namozi 12-kun** [**«Hasanboy»**](https://yandex.uz/maps/-/CDFT4JpS) jome masjidida taroveh namozining o'n ikkinchi kuni
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks, 3 days ago

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 1 month, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 10 months, 2 weeks ago