IRFON kitoblar | Расмий канал

Description
? Ilmiy, badiy, diniy, barcha turdagi kitoblar
? Namangan shahar: A.Navoiy Ko'chasi Sardoba bozori pastki qavat 5-do'kon
? Moʻljal: Namanagan San’at kolleji yonida
☎️ Tel: +998943077117
Admin: @Irfonkitoblar_admin
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 months ago

#Sotuvda_bor

? Ishq haqidagi kitoblar bir talaygina ammo bunisi esa sizni boshqa hayotga olib ketishi mumkin chunki, bu kitobdagi voqealar sizni lol qoldirishi tabiiy. ?

Kitobni sevimli do’koningizdan harid qilishingiz mumkin.?️

• Ishq qismatingdir yo imtihoning
• 38.000 so’m

Maroqli mutolaa tilab qolamiz! ?

Buyurtmalar uchun:?@irfonkitoblar_admin☎️+998943077117 *? Namangan shahar: A.Navoiy Ko'chasi Sardoba bozori pastki qavat 5-do'kon
?* Moʻljal: Namanagan San’at kolleji yonida

Bizning  rasmiy sahifalarimiz ?*?Telegram *| ?Instagram | ?Facebook

2 months ago

#Maktub
Rasulullohga nomamiz!

Yo Rasululloh! Sizga Allohning be’adad salavotu salomlari bo’lsin.
Assalamu alaykum yo Rasululloh.
Assalamu alaykum yo Habibulloh.
Siz, biz dunyoga kelmay turib, asxoblarimni sog’indim deb yo’qladingiz, bizni havza kavsar yonida kutgum deya tark etdingiz. ?
Yo Rasululloh! Biz ham sizni ko’rmay sevdik, ovozingizni bir bora eshitmay sog’indik, sizni xushboy iforingizni to’ymay, sizga mushtoq bo’ldik, qo’lingizdan tutib bay’at bermay sizga iymon keltirdik, farzandlarimizga sizni go’zal ismingizni qo’ydik yo Rasululloh. Ko’rmasdan sizni sevdi bu qalbim, vasvingizga ojiz tilim, sizga bo’lsin jonim fido Habibim. Qiyomatda gunohkor holda to’plansak, ummatim dermisiz yo Rasulim. Siz bahorim ko’rar ko’zim, siz kecham, siz kunduzim, sizga salovat aytar tilim, ummatim dermisiz yo Habibim. Har safar sizga salom va salovat yo’llar ekanman, qalban alik olganingizni xis etaman. Olamalar robbi sizni ey Habibim siz ul-ulug’ hulq uzradursiz deya madh qilmoqda. Agar butun insoniyat hulqi bir joyga jamlansa sizni go’zal hulqingizga yetmas. Yo Rasululloh! Siz azhobi kiromlaringizni juda yaxshi ko’rar edingiz, ularning sizga bo’lgan sadoqatlari beqiyos edi, Sahobalaringizning sizga bo’lgan muhabbatlari yo’lida har qanday olov, har qanday ta’na qalblariga otilgan tikanlar ularga ta’sir ham qilmagan. Yo Rasululloh! Dengiz tubidagi chig’anoq o’z durini saqlagani kabi siz islomni zarracha gard yuqtirmasdan bizga yetkazib berdingiz. Biz esa,? bizni kechiring, zang bosgan qalbimizni sizga tortiq qilishdan uyalyapmiz, tushlarimizga kiring deymiz-u ammo sizni ko’rsak sizga aytadigan gapimiz, dardlarimiz bormikan o’zi, sizga aytmoqchi bo’lgan gaplarimizni duru-marvarid, injular bilan bezasakda bu ta’riflarimiz sizga loyiq bo’la olarmikan. Sizni bor vujudimiz bilan sevaman deymizu, lekin sizning muborak ismingizni eshitganimizda, yuraklarimiz yonmasa, ko’zlarimiz namlanmasa qanday qilib sevishimizni davo qilishimiz mumkin. Sizning shafoatingiz bilan, biz ummatlar ichida eng yaxshi ummat bo’ldik, Payg’ambarlar ichida ummatga eng mehriboni sizsiz yo Rasulim! Siz butun insoniyatga risolatni yetkazishda eng ko’p aziyat chekdingiz. Xatto eng yaqin qavm-qarindoshlaringizdan yuz o’gurib sizning eng yovuz dushmanlaringizga aylandilar. Yolg’iz qolganingizda mahzun bo’ldingiz, Makka mushriklari sizni yolg’iz qolgan deb mazhara qildilar, mushriklar sajda paytingizda muborak boshingizga najosatlar sochdilar, siz sajdada uzoq turib qoldingiz, suyukli, mehribon, jajji qizingiz Fotima ko’zlarida qatra yoshlar bilan yugurib kelib mehr to’la yumshoq qo’llari bilan boshingizni silab-siypaladi. Siz qizingizni yig’layotganini ko’rib, yuragingiz og’rindi, Siz Fotimaga: yig’lama qizim bu ishlarni bilmay qilishyapti deb yupatingiz. Bu muborak boshingizga jonimiz fido bo’lsin yo Rasululloh!
Barcha insolarga saodat ne’matini yetkazish maqsadida Toifga otlandingiz, ularni ulkan azobdan qutqaradigan abadiy saodat va rahmat yo’liga chaqirdingiz. Ammo ular kibrlari sabab buni xohlamadilar, qullar va yosh bolalarni o’rtaga qo’ygancha haqoratlab, toshlar otib quvib soldilar, ko’nglingiz og’rib ortga qaytingiz. Yo Rasululloh! Ko’z yosh to’kmoqdasiz, ko’nglingiz og’rindimi, yolg’izlanib qoldingizmi, sizga jonim fido bo’lsin yo Rasululloh! Barcha Payg’ambarlarni qaytarilmas duosi bo’lgan. Ular duolarini hayotlik chog’ida ishlatishgan! Ammon Siz, Siz esa Toif sig’dirmay quvib solganida ham, Makka ahli quvganida ham, mushriklar ko’nglingizga ozorlab berishgan bo’lsa ham, ne-ne zulmlarni ko’rganingizda ham ummatim, ummatim deya bu duoingizni qiyomatga hamma o’zim, o’zim, o’zimning jonim deya ovvora bo’ladigan Payg’ambarlar ham izdoshlaridan qochadigan kunga olib qo’ydingiz. Rasululloh! Sizni juda sog’indim, bizga sizning kelajakda mening shunday ummatlarim borki ular mol-u avlodlaridan kechib bo’lsa ham meni bir bora ko’rishga mushtoq bo’larlar, men ana o’sha ummatlarimni ko’rishni istardim degan so’zlaringiz tasalli berardi holos. Yo Rasululloh! Sizning shafoatingizdan umidvormiz.

Assalamu alaykum yo Rasululloh!
Assalamu alaykum yo Habibulloh!?

2 months ago
4 months, 3 weeks ago
4 months, 3 weeks ago

#kitobdan ?

**Onangiz sizga «Bu ishingga hali pushaymon bo’lasan», deb aytayotgan bo’lsalar, ko’p hollarda siz o’sha ishga chindan ham pushaymon bo’lasiz.

«Bir marta o’qing ming bora o’ylang» kitobidan@Irfonkitoblar - Ilm olishingizda eng yaxshi ko’makchi**

4 months, 4 weeks ago

#Kitobdan ?

Biz tayyorlagan har bir dasturxon, biz tayyorlagan har bir taom, aslida, butun bir olamdir! Faqatgina bir bo’lak nonning Yer yuzidagi shakillanish bosqichlarini bir o’ylab ko’rsak… Avval tuproqqa tashlangan bug’doy, so’ngra unib chiqqan boshoq, yetilishi uchun uni quyoshning o’rab turishi. Kislorod, toza havo, xatto shamol… O’rim vaqtida quruq qobig’idan ajratish, maydalab un holiga keltirish. So’ng suv qo’shib, xamir holiga kelgach, olovda pishirish. Nihoyat, bug’doy juda tuyimli va mazzali nonga aylanishi. Mana, koinotdagi barcha yaratilgan mavjudotlar hamkorligining kichik bir misoli.

«Mukammal kun» kitobidan@Irfonkitoblar — Ilm olishingizda eng yaxshi ko’makchi

5 months ago
[**#sotuvda**](?q=%23sotuvda)

#sotuvda

Hammasi - hayotiy, hammasida - kundalik turmushimizdagi holatlatlarimiz ko’rinadi. Muzokara degani balandparvoz so’z emas, u-goh shunchaki, gohida hal qiluvchi muloqotimiz. Bu muloqotdagi hushyorlik sizga har tomonlama ustunlikni taqdim etadi. Hushyorlik nima? Hamma vaqt - hammadan ustun bo’la olishni istasangiz - muzokarani o’rganing. Bu juda oddiy, juda qiziqarli va albatta, siz uchun benixoya foydali ish. Nega shunday - nimasi siz uchun foydali? Bu savollarga javob bor, javob ushbu kitobda! (…o’zingizga e’tiborli bo’ling)

maroqli mutolaa tilab qolamiz ?
*Eng yaxshilarini ulashadigan sevimli do’koningizdan harid qiling.

?”Muzokara san’ati”
✍️ “Gevin Kennedi”
? 79.000 so’m

**?Buyurtmalar uchun: ?‍?*@irfonkitoblar_admin?‍?@irfonkitoblar_admini ☎️ *+998902221995 *☎️ *+998943077117@Irfonkitoblar Ilm olishingizda eng yaxshi ko’makchi

Bizning  rasmiy sahifalarimiz ?Telegram | Instagram | Facebook |** YouTube

5 months ago

#Kitobdan ?

Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam hazrati Fotimaning uyiga kelgandilar. Qizlari chirdoqda qoʻl tegirmonini aylantirar, bir qo’llarida bolani emizardilar. Peshonalari terlagan.Bu manzara Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam ko’ngillarini emarantirdi, muborak yuzlariga yosh keldi. Ovoz chiqardilar, hazrati Fotima darhol o’rinlaridan turdilar. Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam “oʻtir” ishorasini qildilar: Sevimli qizim! Oxirat rohati uchun dunyo azobiga chida! Zero, Alloh azza va jalla:
“Yaqinda Parvardigoringiz sizga (shunday ne’matlar) ato eturki, siz (u ilohiy marhamatlardan) rozzi bo’lursiz” 42 oyatini tushirdi. Ilohiy armugʻon, soʻngsiz ne’matlari bilan bizni rozi qiladi.
Bu mujdani eshitgan Payg’ambar qizining qalbini buyuk quvoch egalladi. Butun vujudi nur sochardi go’yo. Tegirmon aylantirayotgan sulton edi u… Gulning guli edi…

«Solihalar gulshani» kitobidan@Irfonkitoblar — Ilm olishingizda eng yaxshi ko’makchi

5 months ago
5 months, 1 week ago

#Kitobdan ?

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: **“Meni eng afsuslantiradigan narsa ummatim haqidadir. Mana shu arzimas foniy dunyoni, tuganmas abadiy dunyoga almashtirib qo’yishlaridir”.

«Jannat sog’inchi» kitobidan@Irfonkitoblar - Ilm olishingizda eng yaxshi ko’makchi**

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago