🔞КАТТАЛАР УЧУН!
🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!
Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot
Реклама: @SaraXabarda_reklama
Last updated 2 weeks, 5 days ago
🕵🏻♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!
🔞 КАТТАЛАР УЧУН!
‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_bot
💰 Реклама: @YD_Reklama
🧑🏻💻 Админ: @XokimBuva_ads
Last updated 4 days, 17 hours ago
🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!
🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!
Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot
☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama
Last updated 5 days, 11 hours ago
Agar ruxsatnomaga ma'lumotlar to'liq to'ldirilmagan yoki noto'g'ri to'ldirilgan bo'lsa joyida uni to'g'rilating. Ayniqsa, ruxsatnomada ko'rsatilgan kimning oldiga kirayotganingiz va aslida sizni chaqirgan xodim bir xil ekanligiga e'tibor bering. Bu narsa ham ichkarida sizga nisbatan har xil noqonuniy holatlar yuz berishining oldini olishga yordam beradi. Afsuski, amaliyotda aslida boshqa xodim chaqirib, lekin boshqa xodim sizni qabul qilib, kelajakda qandaydir sizga nisbatan noqonuniy harakatlar sodir qilinsa, aslida javobgar shaxsni topish muammo bo'lib qolgan holatlar uchrab turibdi.
Bunaqa idoralarga telefon, flesh xotira va shu kabi elektron axborot tashuvchi jismlar bilan kirish mumkin emas. Telefoningizni o'chirib, qorovulda qoldirasiz va jeton olishni unutmang. Jetonni ichkarida yo'qotib qo'ymang, qaytib chiqayotganda jetonsiz telefoningizni qaytarib olish muammo bo'lishi mumkin. Agar bu idoralarga yaqin kishingiz bilan borsangiz va siz chiqquningizcha u kutib tura oladigan bo'lsa, shaxsiy buyumlaringizni yaqiningizda qoldirganingiz ma'qul.
Ishoning, yuqoridagi tavsiyalarga rioya qilsangiz, sizga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining muomalasi ham, munosabati ham o'zgarib, huquqiy savodxonligi yuqori bo'lgan shaxs bilan muomala qilganday muomala qilishadi. Agar sizga nisbatan kimdir qandaydir noqonuniy xatti-harakat yoki qo'pol muomala qilgan taqdirda ham sizda aynan kimga nisbatan shikoyat qilish haqida aniq ma'lumot mavjud bo'ladi.
Huquqlaringizni o'zingiz himoya qilmasangiz, ularni talab qilib olmasangiz hech kim ularni sizga shunchaki berib qo'ymaydi. Zero, "Haq olinur, berilmas".
Ichkarida tushuntirish olish yoki so'roq qilish jarayonida nimalarga e'tibor berish kerakligi to'g'risida keyingi chiqishlarimizda tavsiyalar beramiz.
Bu ham aniq bilib oling va organning o'zini ya'ni tuman IIBmi, shahar IIBBmi yoki IIV tergov departamentimi aniq bilib oling. Va organ manzilini ham batafsil so'rab mo'ljallari bilan aniq bilib oling. Agar xodim unvonini aytsa, uni ham o'zingiz uchun yozib qo'ying.
O'zingizning kim sifatida chaqirilayotganingizni ya'ni masala nimada ekanligini so'rang. Ba'zi xodimlar ba'zida "Kelganingizda bilib olasiz" deb javob bermaslikka harakat qilishadi. Bunday holda siz qo'pollik qilmasdan, bosiqlik va xushmuomalalik bilan "Hurmatli xodim, yoki tergovchi, yoki tezkor vakil, buni so'rashimdan maqsad, agar masalani bilsam shunga qarab hujjatlarni olib, ma'lumotlarni eslab, agar zarur bo'lsa advokat olib borardim, shuning uchun so'rayapman" deb javob bering.
Albatta xodimning xizmat xonasi raqamini va xizmat telefoni raqamini, ichki raqami bilan so'rab bilib oling. Bu sizga nima beradi? Organga yetib borganingizda xabar berish, agar borolmay qolgan taqdiringizda ham vaqtida xabar berib qo'yish imkonini beradi.
Xodim sizni chaqirayotgan vaqtni kelishib oling. Haqiqatda borish imkoningiz bo'ladigan vaqtni ayting. Aslida borolmaydigan vaqtingizga "Xo'p" deb qo'ymang. Sababi u ham o'z ishini qilyapti, siz boraman desangiz o'sha vaqtda boshqa odam chaqirmaydi.
Agar ishlaydigan odam bo'lsangiz xodimdan imkoniyati bo'lsa chaqiruv qog'ozi yubora oladimi yo'qmi so'rang. Sababi siz ishxonangizga ishga bormaslik sababini tushuntirishingiz kerak. Ishga bormaganingiz uchun ish haqi hisoblanmasligi mumkin. Qonunchilik bo'yicha xususan JPKning 319-moddasiga asosan siz organga chaqirilgan vaqtingiz uchun o'rtacha ish haqingiz saqlanishi kerak. Buning uchun esa, sizga isbot ya'ni chaqiruv qog'ozi kerak. Agar rasman ish joyiga ega bo'lmagan taqdiringizda ham JPK 318-moddasiga asosan, kelib ketish, turar joyni ijaraga olish xarajatlari, sutkalik xarajat puli, shuningdek, odatdagi mashg‘ulotidan chalg‘itganlik uchun summa surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq budjet mablag‘lari hisobidan to‘lab berilishi mumkin.
Xodimning kimligini, chaqirish maqsadini, manzilni, xonani, telefon raqamlarni bilib oldingiz. Sizga qaysi telefon raqamdan, qachon telefon qilinganini va qancha gaplashganingizni ham qayd qilib qo'ying. Endigi masala, sizni chaqirishganligi haqida albatta oilangizdagi yoshi katta, o'qimishli, o'zingiz ishonadigan yaqiningizga ma'lum qilib, yozib olgan ma'lumotlaringizdan nusxa bering yoki rasmga olib qo'yishini ta'minlang. Bu sizga kelajakda agar mabodo sizni tergov organi ushlab qolsa, yaqinlaringiz aynan qayerda ekaningiz, kimning oldiga kelganingiz, nima masalada chaqirtirilganingiz haqida ma'lumotlar bo'ladi. Siz uchun advokat yo'llash uchun ham bu ma'lumotlar zarur bo'lib, advokatga ham sizni tezroq topib olish, advokatlik orderini tezroq ishga qo'shdirib, ishga vaqtida kirishishga yordam beradi. Agar advokatingiz bo'lsa, unga aloqaga chiqib, bu haqda ma'lum qilsangiz nur ustiga a'lo nur.
Chaqiruvga binoan borayotganingizda ham albatta yoningizda ma'lumotlarni yozib olish uchun bloknot va ruchka bo'lsin. Borganingizda har bir tergov organiga kirishda Nazorat-o'tkazish punkti bor va u yerda qorovullar o'tiradi. Ular bilan ham xushmuomala bo'lib, kimning oldiga kelganingizni va qaysi vaqtga chaqirganini ma'lum qiling. Agar sizga chaqiruv qog'ozi berilgan bo'lsa, qorovulga chaqiruv qog'ozini ham ko'rsating. Qorovul o'sha xodimga telefon qilib, sizning kelganingizni ma'lum qiladi. Agar xodim sizni kutib turishingizni aytsa, kelgan vaqtingizni bloknotingizga albatta yozib qo'ying. Tartib-qoida bo'yicha organ binosiga kirayotgan har bir fuqaroga "BIR MARTALIK KIRISH UCHUN RUXSATNOMA" yoziladi, xat tilida "propusk". Mana shu ruxsatnomani olmasdan binoga kirmang. Qorovul ruxsatnoma yozib qo'lingizga bergan taqdirda ham, ruxsatnomani e'tibor bilan o'qib, undagi har bir band to'ldirilganiga e'tibor bering. Ya'ni o'zingizning familiya, ismingiz, otangizning ismi, kimning oldiga, qaysi xonaga va soat nechada kirayotganingiz to'ldirilgan bo'lishi kerak.
Huquqiy IQ. 1-son.
Sizni "organ" xodimi chaqirmoqda. Bunday vaziyatda qanday harakat qilish kerak?
"Organ" deganda aholi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirishchi davlat organlarini nazarda tutishadi. Tergovga qadar tekshiruv organlari doirasi kengroq, shuning uchun asosan surishitiruv va dastlabki tergov organlari tushinilib, bular ichki ishlar organlari (aholi tilida "ROVD"), Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departementi (aholi tilida Departament), prokuratura va DXX tergov boshqarmasi va bo'limlari hisoblanadi.
Hayotda ko'ramizki, bu organlardan kimgadir "tez yetib keling" degan telefon bo'lsa, yoshi katta, oliy ma'lumotli, o'qimishli insonlar ham hayajonlanib, o'zini yo'qotib, nima qilishini bilmay qoladi. Xo'sh, bu organlar sizni chaqirsa qanday harakat qilish kerak?
Hozirgi beradigan tavsiyalarimiz sizga juda oddiydek tuyulishi mumkin, lekin ularga amal qilsangiz albatta samarasini sezasiz.
Avvalo, o'zi telefon orqali chaqirish mumkinmi? O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protessual kodeksining 97-moddasiga asosan organga chaqiruv qog‘ozi bilan chaqiriladi. Chaqiruv qog‘ozi pochta orqali jo‘natiladi yoki chopar orqali topshiriladi. Chaqiruv telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaks orqali ham bo‘lishi mumkin. Chaqiruv qog‘ozida shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va kimning huzuriga chaqirilayotganligi, qaysi kunda va qaysi soatga kelishi kerakligi, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro‘y berishi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Biroq bu qoida qachonki jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lsa ya'ni shaxs guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi maqomida bo'lsagina qo'llaniladi.
Lekin qonunchilik tergovga qadar tekshiruv o'tkazilayotganda shaxsni qanday chaqirish tartibini belgilab bermagan. Tergovga qadar tekshiruv degani bu, jinoyat haqida xabar kelib tushgan, bu xabar tekshirilayotgan va hali jinoyat ishi qo'zg'atish to'g'risida qaror qabul qilinmagan jarayon.
Shuning uchun amaliyotda organ xodimlari tergovga qadar tekshiruv vaqtida bemalol telefon orqali fuqarolarni chaqirmoqda. Jinoyat ishi qo'zg'atilganidan keyin ham garchi qonunda bunga ruxsat berilmagan bo'lsada, telefon orqali chaqirish holatlari uchrab turibdi. Balki, qonunni o'zgartirib zamon talabidan, rivojlanishdan kelib chiqqan holda telefon orqali chaqirishga qonunan ruxsat berish vaqti kelgandir.
Xo'sh, telefon orqali chaqirildingiz. Nimalarga e'tibor berish kerak? Avvalo, tinch, bemalol gaplasha oladigan sharoitga o'tish kerak, rulda bo'lsangiz chetda to'xtab, shovqinli joyda bo'lsangiz tinchroq joyga o'tib, masalan. Keyingi asosiy masala yozib olishga imkoniyat bo'lsin, bloknot va ruchka, juda bo'lmasa telefonning o'ziga. Agar telefoningizda so'zlashuvlarni yozish imkoniyati bo'lsa u ham yaxshi.
Organ xodimi bilan muloqotda hayajonlanmasdan, ular ham siz-u biz kabi shu davlat fuqarosi ekanligini, shu davlatdan oylik olib ishlayotganligini unutmasdan muomala qilish kerak. Albatta, xushmuomala bo'lish kerak, qo'pollik qilish, asabiylashib baqir-chaqir qilish kerak emas.
Aslida qonunchilik bo'yicha ham, o'sha organlarning odob-axloq qoidalari bo'yicha ham xodim fuqaro bilan muloqotda o'zini tanishtirishi, lavozimini aytishi, shaxsga "siz" deb murojaat qilishi kerak. Biroq, afsuski hayotda bu normalarning buzilish holatlari uchrab turibdi.
Xodim bilan muloqotda albatta xushmuomalalik bilan so'rab quyidagi ma'lumotlarni aniqlashtiring va yozib oling:
Xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, ya'ni qayerda kim bo'lib ishlashi. Ba'zi xodimlar faqat ismini yoki faqat familiyasini aytadi, aytganda ham juda tez aytadiki, siz ilg'amay qolasiz. Lekin siz hammasini aniqlashtiring, sababi shu organda aynan shu ismdagi yoki familiyadagi bir necha xodimlar ishlashi mumkin. Lavozim esa, tezkor vakil (aholi tilida "Oper"), surishtiruvchi, tergovchi, yoki profilaktika inspektori kabilar bo'lishi mumkin.
*?Ҳайдовчилик гувоҳномасининг қайси тоифасида қандай автотранспорт воситаларини бошқариш мумкин ?*
? «А» — мопед, мотоцикл ва уларга тенглаштирилган мототранспорт воситалари;
? «B» — рухсат этилган тўлиқ вазни 3 500 килограммдан ошмайдиган ёки ҳайдовчининг ўриндиғидан ташқари ўриндиқлар сони саккизтадан ортиқ бўлмаган, шунингдек, улар базасида ишлаб чиқарилган қўл билан бошқариладиган автотранспорт воситалари, тиркамасининг рухсат этилган тўлиқ вазни 750 килограммдан ортиқ бўлмаган «Б» тоифадаги автотранспорт воситалари, тиркамасининг рухсат этилган тўлиқ вазни 750 килограммдан ортиқ бўлган лекин «Б» тоифадаги автотранспорт воситасининг аслаҳаланган вазнидан ортиқ бўлмаган ва автотранспорт воситалари таркибининг рухсат этилган тўлиқ вазни 3 500 килограммдан ортиқ бўлмаган тиркамали «Б» тоифадаги автотранспорт воситалари;
? «C» — рухсат этилган тўлиқ вазни 3 500 килограммдан ортиқ бўлган автотранспорт воситалари, тиркамасининг рухсат этилган тўлиқ вазни 750 килограммдан ортиқ бўлмаган «C» тоифадаги автотранспорт воситалари;
? «D» — йўловчи ташишга мўлжалланган, ҳайдовчи ўриндиғидан ташқари ўриндиқлар сони саккизтадан ортиқ бўлган автотранспорт воситалари, тиркамасининг рухсат этилган тўлиқ вазни 750 килограммдан ортиқ бўлмаган «Д» тоифадаги автотранспорт воситалари;
? «BE» — тиркамасининг рухсат этилган тўлиқ вазни 750 килограммдан ортиқ ёки тиркамасининг рухсат этилган тўлиқ вазни жиҳозланган автотранспорт воситасининг вазнидан ортиқ бўлган «Б» тоифадаги автотранспорт воситалари, тиркамасининг рухсат этилган тўлиқ вазни 750 килограммдан ортиқ лекин транспорт воситалари таркибининг рухсат этилган тўлиқ вазни 3 500 килограммдан ортиқ бўлмаган «Б» тоифадаги автотранспорт воситалари;
? «CЕ» — тиркамасининг рухсат этилган тўлиқ вазни 750 килограммдан ортиқ бўлган «C» тоифадаги автотранспорт воситалари;
? «DЕ» — тиркамасининг рухсат этилган тўлиқ вазни 750 килограммдан ортиқ бўлган «Д» тоифадаги автотранспорт воситалари ҳамда бўғимли автобуслар.
112 ягона диспетчерлик хизмати ташкил этилади
Ягона диспетчерлик хизмати ҳодиса ва фавқулодда вазиятлар рўй берганда шошилинч ёрдам кўрсатиш учун фуқароларнинг чақирувларини 112 қисқа рақами орқали қабул қилади.
*?*** @blglawfirm
Инвестиция визаси
Инвестиция киритиш вақтида Ўзбекистон Республикасида белгиланган базавий ҳисоблаш миқдорининг 8 500 бараваридан кам бўлмаган миқдорда хўжалик жамиятларининг акциялари ва улушларини сотиб олиш, шунингдек, хорижий инвестициялар иштирокида корхона ташкил этиш шаклида Ўзбекистон Республикасига инвестиция киритган хорижий фуқароларга кўп марталик уч йиллик инвестиция визаси (инвестиция визаси) берилади ва унинг амал қилиш муддати Ўзбекистон Республикаси ҳудудидан чиқиш заруратисиз чекланмаган миқдорда узайтирилади.
Вазирлар Маҳкамасининг 1996 йил 21 ноябрдаги 408-сон қарори билан тасдиқланган "Хорижий фуқаролар ва фуқаролиги бўлмаган шахсларнинг Ўзбекистон Республикасига келишлари ва Ўзбекистон Республикасидан кетишлари" тартиби
Саволингизни @BLG_advokatlari_bot га юборинг.
*?*** @blglawfirm
Энди Ўзбекистон фуқаролари Қозоғистонда 30 кунгача рўйхатдан ўтмасдан қолиши мумкин
Президент Тоқаев ўзаро саёҳат шартлари тўғрисидаги қонунни имзолади.
Қозоғистонликлар ҳам худди шу муддатга Ўзбекистонда вақтинчалик рўйхатдан ўтмасдан қолиши мумкин.
*?*** @blglawfirm
Ангрен шаҳар ИИБ ЖҚБ ходими гиёҳванд модда савдосига аралашгани учун қамоққа олинди
Дастлабки суриштирувларда жиноят қидирув бўлими ходими гиёҳванд моддани шериги билан сотиш мақсадида сақлаб келаётгани аниқланган. Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, ходим ва унинг шериги қамоққа олинган.
*?*** @blglawfirm
🔞КАТТАЛАР УЧУН!
🇺🇿 ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!
Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:👉 @SaraXabar_Aloqabot
Реклама: @SaraXabarda_reklama
Last updated 2 weeks, 5 days ago
🕵🏻♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!
🔞 КАТТАЛАР УЧУН!
‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_bot
💰 Реклама: @YD_Reklama
🧑🏻💻 Админ: @XokimBuva_ads
Last updated 4 days, 17 hours ago
🇺🇿 КАТТАЛАР УЧУН!
🌐 Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!
Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot
☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama
Last updated 5 days, 11 hours ago