Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

Hayot falsafasi 🍃

Description
Ҳаётда ҳеч нарса тасодиф эмас. Сиз айнан керакли вақтда, керакли жойдасиз!

📚 «Ҳаёт фалсафаси» - Ҳаёт ўргатади, лекин биз билан тезроқ.!

Реклама: @manfaatli_reklama_agentligi

Cреатор: Моҳинур ))

#Ayollar #Oilaviy #Foydali #Bolalar
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks, 3 days ago

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 1 month, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 10 months, 2 weeks ago

1 day, 10 hours ago

#tavsiya***.

Yaxshi bir kanalni hozir kuzatishni boshladim...

Oʻylayman-ki, sizga ham yoqadi...

Chunki kaminaga juda yoqdi!

Siqilsangiz, yoki boshingizga tashvish tushgan pallalarda bir
👉🏻 @moychechak_ifori 🕊 kanalini oʻqib chiqing...

Dilga malham boʻladigan taskinlar topasiz...***

1 day, 10 hours ago
****🌿*** Turkiyalik kimyogar Aziz Sanjar 2015-yil …

*🌿 Turkiyalik kimyogar Aziz Sanjar 2015-yil Nobel mukofotini olgan ekan. Shu inson yozyabdi:
Bir kun xotinim menga:
-Ey Aziz chiqindini tashlab keling dedi.
-Men nobel sovrindori Aziz bo‘laman! deb raddiya bergande bo‘ldim. U bo‘lsa:
-Ey Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar chiqindini tashlab keling deydi.))

Kim bo‘lsangiz ham xotiningiz uchun oddiy ersiz. ))@falsafasi_hayot 🍃*

1 day, 11 hours ago
[**#ДИҚҚАТ**](?q=%23%D0%94%D0%98%D2%9A%D2%9A%D0%90%D0%A2) *****❗️***Аввал расмни очиб, матнни ўқинг!**

#ДИҚҚАТ *❗️Аввал расмни очиб, матнни ўқинг!*

Бу саволнинг жавобини 98% одам топа олмас экан🤔

Савол: Қиз хатга нима деб ёзган??👇

1 week, 1 day ago
****🌿*** Alloh bir ishni kechiktirsa, faqat …

*🌿 Alloh bir ishni kechiktirsa, faqat yaxshilik uchundir...!
Bir ishdan sizni mahrum qilsa, faqat yaxshilik uchundir...!
Ustingizga balo-ofat tushirsa, faqat yaxshilik uchundir..!
Oʻkinmang..! 🙂 Alloh faqat yaxshilikni ravo koʻradi..!
@falsafasi_hayot
🕊*

1 week, 1 day ago
****🌿*** Yandeks taksi chaqirdim. Mashina kelib, …

*🌿 Yandeks taksi chaqirdim. Mashina kelib, manzilga yo‘l oldik.
Hayol surib ketayapman. Xaydovchi yoshlari katta odam, mashinani nihoyatda yaxshi boshqarar ekanlar. Ko‘chalarni, odamlarni tomosha qilib, ko‘zim rulga qistirib qo‘yilgan qog‘ozga tushdi. Qarab qo‘yaveraman, qo‘yaveraman. Oxiri qiziqishim ustun kelib so‘radim:

-Amaki, anavi qog‘oz nimaaa?? 👀

-Qaysi? Xaa, bumi? Bu o‘zbekcha so‘zlarni inglizcha tarjimasi.

-Nega??

-Til o‘rganyapman. Chet elliklar ko‘p chiqyapti, yana Amerikagayam ketmoqchiman. Til o‘rgansam yaxshi ish topoliman. O‘zimga foyda.

-Qoyil lekin! Nechchi yoshdasiz, amaki?

-Ellikka kirdim...

50 yoshda ba’zilar "bo‘ldi, xayotimni yarmidan ko‘pini yashab qo‘ydim" deb, oyoq qo‘lni cho‘zvolishadi. Kimdir esa xayotini ikkinchi bahorini kutadi.

Izlanishdan tuxtamaylik, bizni ulkan marralar kutmokda xurmatli xaydovchilar...

Amakiga respekt! Yaxshi niyatlariga yetkazsin🤲
@falsafasi_hayot
🍃*

1 week, 1 day ago
2 weeks ago

*🌿 Teshilgan qozon...

2006 yillar edi. Yangi oila qurgan paytlarimiz. Toshkentda ijarada yashar edik. Ishlarim ham birida bor birida yo‘q edi. Qiynalib yashar edik. Qambag‘alni tuyani ustida it qopar deganday, bisotimizdagi bittayu bitta kichkina qozoncha ham moshday bo‘lib, teshilib qolibdi.
Teshik qozonni tashlab yuborib, yangi qozon sotib olishga, cho‘ntak kasal. Qozonsiz o‘tirishga, tomoq qurg‘ur ham teshik. Yeyman deydi. Oxiri, o‘ylab o‘ylab, svarchik topib, qozonni yamatishga qaror qildim. Mashinalarni ta’mir qiladigan joyga bordim. Usta qozonni ko‘rib,- uka, biz bu qozonni svarka qilib, yamay olmaymiz dedi. Kayfiyatim tushib ketdi. Endi nima qilaman?
Usta menga, bu qozonni yamasa kemping yoki argon svarka qiladiganlar yamaydi dedi. Ko‘chama ko‘cha yurib, kemping qidirishga tushdim. Faqirlik fitnasidan o‘zing saqla yo Allohim deb, ichimda duo qilib, xorligim kelib, ezilib ketardim.
Va nihoyat, kemping degan svarkani ham topdim. Ikki ming so‘m berib yamatdim.
Juda xursand bo‘ldim. Usta akani ham duo qilib ketdim.
Uyga kelib, og‘zim qulog‘imda, yamalgan qozonni turmush o‘rtog‘imga ko‘rsatdim. Ikkimiz ham faqirlarcha xursand edik.
O‘sha kechasi tush ko‘rdim. Muysafid bir kishi yaqinimga kelib, atrofimdagi odamlarga eshitdirmay, o‘zim eshitadigan qilib past ovozda, - o‘g‘lim, faqirlik ko‘rmay desang, Voqea surasini o‘qib yurgin,--dedida mendan uzoqlashib ketib qoldi.
Uyqudan uyg‘onib, tushimni xotinimga aytdim. Qur’onda bu nomdagi sura bor yoki yo‘qligini ham bilmasdim. Qur’oni karimni olib izlashga tushdim. Voqea surasi bor ekan. Topdimu o‘qishga tushdim.
Har kuni bir marta bo‘lsa ham o‘qib qo‘yardim. Allohning inoyati bilan ishlarim iziga tushib ketdi.
Yangi qozon ham sotib oldik. Teshik qozonni tashlab yubormadim. Uzoq yillar saqlab yurdim. Voqea surasi bilan bog‘liq bu sinoatni unutibman. Kecha bir do‘stim kelib, kompyuteringizda bo‘lsa, menga Voqea surasini ko‘chirib bering dedi va voqea surasi xaqida va o‘qib yurgan kishiga Allohning ne’matlari kesilmasligi xaqida aytib qoldi...
Unutilgan xotiralar esimga tushdi. Voqea surasi fazilatlari xaqida topib o‘qidim.
Allohning kalomi Qur’on karimda biz bilmagan sir-sinoat qancha?
Har qanday holatda ham, Allohning rahmatidan umid uzmasligimiz kerak ekan.*

@falsafasi_hayot 🍃

2 weeks ago
**“ҚОТИЛ” ГИЁҲЛАР!!!**

“ҚОТИЛ” ГИЁҲЛАР!!!

❗️Ўзбекистон Гинекологлари, ҳалқимиз меҳрини қозонган ва минг дарга даво ҳисобланган ушбу 10 хил доривор гиёҳни ҳомиладорликда истеьмол қилишни қатьиян ман қилишади.Ҳомила тушишига олиб келувчи ҳақиқий қотиллар.

📝**Хавфли доривор гиёҳлар:

1)исириқ
2)укроп
3)…**

Рўйхатни тўлиқ ўқиш….

2 weeks, 1 day ago
*"Yaxshi pishmapti,

*"Yaxshi pishmapti,
Tuzi koʻp boʻlipti,
Limonsiz bemaza,
Qiymasi oz boʻlipti..." deb yoqtirmaganingiz nima bor boʻlsa, bu idishga qoʻying. BIZ OCHMIZ...

☝️ Darhaqiqat inson zoti oʻta noshukurdir...
@falsafasi_hayot
🍃*

3 weeks ago
****🌿*** Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning …

*🌿 Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning barcha erkaklarga nasihati.

«Sizlar bu ayollarga qattiq va’dalar berib uylanasizlar. Ular og‘ir mashaqqatlar bilan sizning farzandlaringizni qorinlarida ko‘tarib so‘ngra dunyoga keltiradilar, ularni yedirib ichiradilar, behisob uyqusiz tunlarni boshidan kechiradilar. Qachonki bolalari betob bo‘lsalar
bu ularning sog‘liklari va navqiron yoshliklarini tortib oladi. Qachonki go‘zallik va yoshlik ularni tark etganlarida erlar ulardan yuz o‘giradilar... Agarda ular uy ishlarini va bolalar parvarishini bir chetga surib faqat o‘zlarini chiroyiga zeb berish va erlariga yasanish bilangina mashg‘ul bo‘lganida edi,
ular haqida «Qanday ham yomon ona va uy bekasi ekana...», deb gapirar edingiz.
Qani sizdagi ma’suliyat, javobgarlik hissi...?
Allohdan qo‘rqinglar va o‘z xotinlaringizga bunday munosabatda bo‘lmanglar!»
@falsafasi_hayot
🍃*

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks, 3 days ago

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 1 month, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 10 months, 2 weeks ago