Immigration & Law info

Description
The Law Consultant
✅IMMIGRATSIYA MASLAHATI
: VIZA MUDDATINI UZAYTIRISH
: VIZA TURINI O'ZGARTIRISH
✅QONUN VA SUD
: ADVOKAT YOLLASH
: JABRLANUVCHI HIMOYASI
Bog'lanish:+821065989707
Telegram: @Advokatura_Korea
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 5 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

2 weeks, 6 days ago
Immigration & Law info
2 weeks, 6 days ago
Immigration & Law info
1 month ago

KOREYAGA TALABA SIFATIDA KELIB NOQONUNIY QOLSA NIMA BO`LADI?

Bu kabi savollar juda ko‘p uchraydi. Biz ushbu mavzuda o‘z fikrimizni bildirib, vaziyatning real oqibatlari haqida tushuncha bermoqchimiz.

Janubiy Koreyaga kelib qizil chiziqni bosish – ya’ni noqonuniy maqomda qolish – bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Quyida uning asosiy zararlarini batafsil tushuntiramiz:

  1. Xavotir va qo‘rquv ichida yashash va ishlash
    Noqonuniy maqomda bo‘lgan insonlar doimo xavotirda yashaydi. Ish joyingiz yoki yashash joyingizda erkinliklaringiz cheklanishi mumkin. Haq-huquqlaringizni talab qilish esa imkonsiz bo‘lib qoladi.

Ko‘pchilik ish beruvchilar sizning noqonuniy ekaningizni bilib, ayrim hollarda maoshingizni kamaytirishi, hattoki, insofsizlari ish haqingizni umuman bermasligi ham mumkin.
Ish sharoitlari og‘irlashadi, chunki rasmiy shikoyat qilish imkoniyati cheklanadi.

Yashash joyingizda ham muammolar bo‘ladi. Ijaraga uy olish qiyinlashadi, doimiy yashash sharoitlarini yaxshilash yoki uzoq muddatli reja tuzish imkonsiz bo‘ladi.

  1. Istalgan vaqtda deportatsiya xavfi

Noqonuniy yashayotgan shaxslar istalgan vaqtda migratsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olinishi mumkin.

Ayrim hollarda, noqonuniy maqomga o‘tgan kundan boshlab atigi 2 kun ichida qo‘lga tushib, majburiy deportatsiya qilinganlar bor. (강제 추방)

Deportatsiya qilingandan keyin Koreyaga kirish taqiqlanishi mumkin (kamida 5 yil, ba’zan 10 yilgacha).
Qo‘lga tushmaslik uchun yashirin yashashga majbur bo‘lasiz, bu esa doimiy stress va noqulaylik tug‘diradi.

  1. Texnologik va huquqiy cheklovlar

Noqonuniy maqomda bo‘lish nafaqat yashash va ishlash, balki kundalik hayotingizda ham katta qiyinchiliklar tug‘diradi:

SIM-karta olish – Rasmiy hujjatlar bo‘lmagani sababli mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish cheklanadi.

Bank xizmatlaridan foydalana olmaslik – Bankda hisob ochish yoki pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda muammolar yuzaga keladi.

Davlat xizmatlari va ilovalarga kirish – Ayrim mobil ilovalar (masalan, davlat xizmatlari yoki onlayn to‘lov tizimlari) faqat qonuniy yashovchilarga ochiq bo‘ladi.

  1. O‘zbek talabalariga bo‘lgan munosabat yomonlashishi
    Sizning noqonuniy maqomga o‘tish qaroringiz Koreyada ta’lim olayotgan barcha O‘zbekistonlik talabalar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Universitetlarda O‘zbekistonlik talabalar haqida salbiy fikr shakllanishi mumkin.

Kelajakda boshqa talabalarning viza olish jarayonlari murakkablashishi yoki talabalar uchun qo‘shimcha cheklovlar joriy etilishi ehtimoli bor.

Xulosa qilganda
Janubiy Koreyada noqonuniy yashash va ishlash katta qiyinchiliklar beradi. Qonuniy maqomni saqlab qolish nafaqat o‘z hayotingiz, balki kelajagingiz uchun ham muhim. Agar siz talaba sifatida kelmoqchi bo‘lsangiz, ta’lim olish va keyinchalik rasmiy ish vizasini olish uchun qonuniy imkoniyatlar yetarlicha mavjud. 2-3 yil ichida talabalar uchun ish vizasi olish imkoniyati ochiladi, shuning uchun sabr qilish va qonuniy yo‘ldan borish eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi.

Noqonuniy maqomga o‘tish faqat jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni emas, balki kelajakdagi barcha imkoniyatlaringizni cheklaydi. Eng muhimi, tanlov sizniki!

@koreavisalaw

3 months ago

**Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!

Hurmatli vatandoshlar!**

Ayni vaqtda Koreya hududida kuzatilayotgan holatdan barchangizning xabaringiz bor.
Mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, barchangizdan Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, o‘zingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sog‘ligingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz.
Zarurat bo‘lgan holatda quyidagi telefon raqamga murojaat qilishingiz so‘raladi:
+82 10 3213 4505
+82 10 2909 4334

O‘zbekiston Respublikasining
Koreya Respublikasidagi Elchixonasi
@koreya24soat

3 months, 1 week ago
3 months, 2 weeks ago
8 months ago
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 5 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago