Saida Rasulova

Description
Iqtiboslar...
She'rlar...
Ijrolar...
Fikrlar...
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

5 months, 2 weeks ago
Saida Rasulova
6 months ago

Agar imzo chekilmagan
xatdek sarson dilim bilan,
Haq deyishdan chekinmagan
tilimlangan tilim bilan,
Va ishq degan bir murakkab
olimi yo'q ilm bilan
ketar bo'lsam,
mening o'ngu
so'limga g'ov bo'lolgaysiz.
Yo'limga g'ov bo'lolgaysiz.

O'limga g'ov bo'lolmaysiz!

Ikki yo'qlik ichindagi
umr otlik daqiqamni,
Hamda nozik bichimdagi
Ruhimdagi haqiqatni,
Aqlimdagi taroshlanmas
Olmos kabi aqidamni

Ikki dunyo bilolmaysiz!

Siz bilasiz minbarlarga
Qanday qilib tirmashishni,
Va mansabga minganlarga
suykalishni,
turlanishni.
Eng qoʻlansa hid anqigan
Xushomaddek turfa ishni

Tarki odat qilolmaysiz!

Sizga menmas, oʻzingizga
mengzaydigan oʻrtoq kerak,
Yov kelganda toʻrvangizni
ortib qochar qoʻrqoq kerak,
Bugun yurtni yovdan emas
Asli sizdan qoʻrmoq kerak.
Siz "Jon Vatan" deb kelarkan
Ogʻzingiz koʻpirib kelgay,
El nonini yeb kelarkan
Tomogʻingiz qurib kelgay,
Agar kelsa el boshiga
Sizning kabi firib kelgay.

Siz "Vatan" deb yasholgaysiz,
Lek,
Vatan deb oʻlolmaysiz!

Umarjon Ximmatov

@i_q_r_o
@Saida_Rasulovaa

7 months ago

#iqtibos

O, mening aziz bolalik chog'larim! Yigirma besh yoshga kirganda seni sog'inish, senga achinish, dunyodan o'ta turib faqat senigina zavq bilan, minnatdorlik bilan eslash na qadar telbalik!

F. Dostoyevskiy.
"Xo'rlanganlar va haqoratlanganlar" roman

@Saida_Rasulovaa

7 months, 1 week ago

**​Qalbga istarsan shifo gar,
bo‘l yomon so‘zdan yiroq,
«Karvalol» ichmoq kerakmas,
kar va lol bo‘lmoq kerak.

©️Erkin Vohidov**

@IsmoilovaMushtariy

7 months, 2 weeks ago
**SOVGʻALAR**

SOVGʻALAR

18 yoshimda
Chechaklar  kutar edim  jurʼatsiz oshigʻimdan
45 yoshimda
Menga toʻpponcha sovgʻa qilishlarin istayman
Dastasiga ismi sharifimning
Bosh harflari tushirilgan
Ixcham jigarrang toʻpponcha –
Koʻryapsizmi,
Yillar odamni qanday oʻzgartirar
Endi olajak sovgʻamni 
Taʼriflab bergum  hatto  kiprik qoqmay.
Umrimiz boricha
Ustimizdan kuladi hayot
Va hech qachon
Kechikmay  tutqazmas  sovgʻalarini
Qalbim oʻrtanadi alamdan
45 imning baland poshnalari ostiga
Sochim yuborgum
Qachonlardir 18 imdan qizgʻanilgan  chechaklarni
Qabul boʻlar qurbonligim –
Asta-sekin pasaya boshlar
Kechikkan qasosning achchiq gulxani

Men esa  oʻchayotgan gulxan yonida
Dastasini  silab  uzoq oʻtirgum
Jigarrang  ixcham toʻpponchamning.

© Gulnoz Moʻminova

7 months, 2 weeks ago
7 months, 2 weeks ago

Meros

Kaftingni och,
Unda uchta baxt –
Uch chiziq:
Kechang ,
Buguning,
Ertang.
Kaftingni yop,
Har kimga,
Har ishga,
ochma
kaftingni
Yana,
yo’qotib qo’yma
qo’ldagi baxtingni.

Tilak Jo'ra "Rayhon" to'plamidan

t.me/Saida_Rasulovaa?

7 months, 3 weeks ago
8 months ago

Feruza Xayrullayeva❤️

8 months ago
**Qafas**

Qafas

Sendan nafratlanaman!
Asrolmaganing uchun meni,
Bolaligimni.

Xudoyim, nega yaratding uni?
Meni bo‘g‘moq uchunmi qaro tunlarda?

Senga yetmayotgan kuchimni
Har tun sochib yuboraman
o‘tli tushlarga.

Va yonib bitaman saharga qadar
Kulim sovruladi
Xudoning nigohi tomgan joylarga.

Har tong milliardga bo‘lingan jasadni
Qaytadan qorgancha ko‘z yoshim bilan
Eshikdan chiqaman
Yashamoq uchun
Yana sen bilan...

@FeruzaXayrullayeva

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago