Psixolog Dildora Ulmasova

Description
Instagramdagi sahifamiz https://www.instagram.com/psixolog_dildorakhon_ulmasova?igsh=OGgyNHRyY2o5NXp4

Psixologik konsultatsiya va kurslar haqida ma'lumot uchun @Dil0104 ga murojaat qiling.
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 weeks, 2 days ago

Kitob jodusi

"Bolani qanday qilib kitobga qiziqtirish mumkin?"degan savolni ko'p berishadi.
Quyida farzandlarimda qo'llagan hamda samara bergan usul va tajribalarimni bo'lishmoqchiman.

Avvalo, aytish joizki, bolani bolani kitobga qiziqitirshning hamma uchun birdek mos keladigan texnikalari yo'q. Ota-onalar bolani kitobga qiziqitirishda ularning individual psixologik xussusiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashishlari maqsadga muvofiq.

  1. Bolaga "kitobli muhit"ni tashkil qilib bera olish.
    Farzandingizning vizual xotirasida kitoblarga to'la hona/ javon/ish stoli hamda mutolaa qilayotgan ota-ona muxrlanib qolsin.
    Bola ulg'aya boshlarkan unga ham "kitobli burchak" tashkil qilib bering. Bola u yerda o'zining kichik bo'lsa ham kitoblar zaxirasini to'plash imkoniga ega bo'lsin.

  2. Kitob tanlashda bolaning yoshiga ahamiyat qarating. 3-4 yosh bolalarga vizual illustratsiyalarga boy kitoblar olib bering. Farzandingizni kitob bilan munosabatlarini mustahkamlash uchun biror joyga ketayotganda kitoblarini o'zi bilan olishi, mabodo zeriksa, kitobni tamosha qilib o'tirish/mutolaa qilishi mumkinligini ayting. Biz poliklinikada navbatda turganda/ dam olishga borganda albatta kitoblar olib borib o'qiymiz.

  3. Mutolani farzandingizni siz bilan hissiy bog'laydigan yoqimli mashg'ulotga aylantiring. Biror kitobni bolaga yoqimli usulda o'qib bering. Intonatsiya/hazillardan foydalanishni unutmang.

  4. Kitobga mehr uyg'otishning ilk bosqichlarida moddiy rag'bat ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolani biror kitobni o'qib tugatgani uchun rag'batlantiring. Xoh muzqaymoq bo'lsin, xoh kerakli o'quv quroli, yoki sevimli o'yinchog'i. Bu himmatingizga bog'liq.

  5. Farzandingizni doimiy ravishda bolalar kutubhonasiga olib borib turing. U yer bilan bog'liq xotiralarni ham yoqimli bo'lishi, bola o'rganishdan zavqlanish lazzatini his qilishiga ko'maklashing.

  6. Birgalikda o'qigan kitoblaringiz asosida farzandingiz bilan qo'shimcha mashg'ulotlar olib boring. Kitob qahmarmonlariga xat yozish yoki rasmini chizish, hikoya/ertaklar asosida rolli o'yinlar o'ynash, tugallanmagan hikoyani oxiriga yetkazish yaxshi samara beradi. Qolaversa, bolada ijodkorlikni rivojlantiradi.

Siz bolani kitobga qiziqtirishda qanday usullarni qo'llaysiz?

@farzandruhiyati

2 weeks, 2 days ago

Hammada farzandini ertalab uyg'otishning o'ziga xos usuli bo'ladi.

Dilsorani uyg'onishi uchun yaxshi motivatsiya bu tonggi mutolaa. Kitob o'qib berishimni aytsam, osongina uyg'onadi. 😊

@farzandruhiyati

2 weeks, 4 days ago

Travmalar soyasidan o'zingni qayta topishgacha yo'l

"Travmalarimdan qutulishim mumkinmi?"
Ko'pincha og'ir psixologik jarohati bor mijozlar konsultatsiya belgilashdan oldin shu savolni psixologga berishadi.
Xuddi psixolog sehrli dori bersa-yu, uni ichib, umr mobaynida olgan ruhiy jarohatlariga bittada da'vo topsalar.
Afsuski buni iloji yo'q.

Shunday paytlarda mijozlarga balandparvoz va'da berishdan cheklanib, uzoq muddatli konsultatsiya travmalari bilan (kelishib!) yashashni o'rgatishi mumkinligini aytaman.

Psixologik travma o'zi nima? Odam qachon travma oladi?
Z.Freyd psixologik travma haqida shunday fikr bildiradi:
Psixologik travma psixika uchun haddan tashqari og‘ir bo‘lgan tajriba bo‘lib, uni anglash yoki qayta ishlash qiyin bo‘lganligi sababli u ko'pincha bostiraladi. Yana ham aniqroq aytsak, inson qachon psixologik travma oladi?
Qachonki psixika kuchli emotsiya to'lqinida ojiz qolganida.
Travma paytida emotsiyalar o'ta shiddatli bo'ladi psixika ularni anglash, qayta ishlashga ojizlik qiladi.

Bir nafasda yuzaga kelgan vahimali voqea natijasida hosil bo'lgan qattiq qo'rquv, yoki surunkali ravishda uyat hisini tuyishga majbur qilingan dialoglar, to'satdan yuz bergan yo'qotish va bu davrda ijtimoiy qo'llab-quvvatlovning bo'lmaganidan psixikaning og'ir qayg'u emotsiyasi oldida ojiz qolishi kabi holatlar psixologik travmaga sabab bo'lishi mumkin.

Qisqa qilib aytganda travmalar paytida inson qaydanydir shiddatli emotsiyalar (qo'rquv/ qayg'u/uyat/xavotir/jahl/ v.h) oldida kuchsiz qoladi.

Travmalar bo'yicha uzoq yil ilmiy tadqiqot ishi olib borgan olim Gabor Mate travmani shunchaki biz bilan sodir bo‘lgan voqea sifatida emas, balki u voqeaga javoban ichimizda yuzaga kelgan ichki jarohat sifatida tushuntiradi. Uning fikricha:
“Travma – bu biz bilan sodir bo‘lgan narsa emas, balki sodir bo‘lgan narsaga javoban bizning ichimizda yuzaga kelgan narsa.”

Ya'ni travma nafaqat og‘riqli voqea (jismoniy yoki hissiy jarohat) balki, shu voqea natijasida bizning ruhiyatimiz qanaqa o‘zgarishi, qanday xarakter xususiyatlarini o'zimizda identifikatsiyalashimiz, qaysi himoya mexanizmlaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirishimizdir.

Konsultatsiya jarayonida psixolog psixologik jarohatlari bor mijozlarning hikoyalarini avval tinglaydi. Ko'pincha ruhiy jarohatlar bir umr yurakka ko'milgan mulohazalar/alamlar/hissiyotlar bo'ladi. Ularni hikoya qilib berish bilan mijoz tinglanish, tushunilish ehtiyojini qondiradi. Psixolog o'sha vaziyatda sizga qanday yordam berishlari/qo'llab-quvvatlashlarini istardingiz deb savol berganda, mijozlar javob berishga qiynalishadi. Keyin esa patsientlar savolga javob berish chog'ida holatni to'liq manzarasini qaytadan gavdalantirish/fikrlarini tartibga solishga, hissiy muvozanatlarini tiklashlari osonlashadi.

Psixologik travmasi bor patsientga yordam ko'rsatishning keyingi bosqichi ruhiy jarohatlar uning hozirgi shaxsiyati/yashash tarzi/tanlovlariga salbiy ta'sirini olib tashlash uni hayotiy tajriba sifatida integratsiyalashdan iboratdir. Maqsadga erishish uchun psixolog va mijoz ba'zan o'nqir-cho'nqir, ba'zan umuman notanish yo'llarni bosib o'tadi.

Psixologik travmalardan davolanish:
- o'zini qaytadan kashf etish;
-og'ir vaziyatlarda o'zini yaxshiroq qo'llab-quvvatlashni boshlash;
- travmalar shakllantirgan salbiy xulq-atvorni o'zgartirish;
-o'zini boricha qabul qilib yana o'ziga ishonishni boshlash;
-Ichki bolakayiga o'zi ota-onalik qilishni boshlash.

Psixologik travmalardan davolanish miyaning o'ng yarimdagi faollikni bostirib, prefrontal korteksning ajoyib funksiyasidan foydalanib, bo'lib o'tgan voqea-hodisalardan ma'no topib, yangi xulosalar qila qolish. Boshqacha aytganda, taqdirga imon keltirib, har bir ishning hikmatini ko'ra olish demakdir.

Siz o'zingizda o'tmishdagi travmalaringiz ta'sirida qanday himoya mexanizmlarini shakllantirganman deb o'ylaysiz?
@farzandruhiyati

3 months ago

Kuzatuvim:

Inson oʻzgalarning xatti-harakatlari va soʻzlari avvalo va aslida oʻsha oʻzga insonlarning ichki kurashlari, his-tuygʻulari va ruhiy holati bilan bogʻliq ekanini anglaganida, haqiqiy bagʻrikenglikni kashf etadi. Buni anglash inson qalbiga halovat va xotirjamlik beradi, chunki u boshqalarning nojoʻya harakatlarini shaxsiy adovat yoki shaxsiy bir masala deb qabul qilmay, balki oʻzgalarning oʻzlari bilan olib borayotgan kurashlarining aks-sadosi sifatida tushunishni boshlaydi. Bu narsa erkinlik beradi.

Shu bilan birga, inson tabiiy ravishda vaziyatlarga bogʻlanib qolmaslikni, hissiy mustaqillikka erishishni va ortiqcha tashvishlardan voz kechishni oʻrganadi. Bu unga nafaqat ichki xotirjamlikni, balki oʻzgalarni chuqurroq tushunish qobiliyati va samimiy hamdardlik tuygʻusini his etishni taʼminlab beradi. Bu ruhiy jarayonda inson nafaqat oʻzini balki birovlarni hayoti ham murakkabligini, har bir insonning oʻziga xos hikoyasi va sinovlari borligini anglab, ularni qabul qiladi. Muhimi, mulohaza va munosabatlarda yanada dono, mehribon va rahmdil boʻlishni osonlashtiradi.

Qisqasi — oʻzgalarni xatti-harakatlari va soʻzlari (hatto sizga qaratilgan boʻlsa ham) koʻpincha “siz” haqingizda emas, “ular” haqida. Buni tushunish qiyindir, lekin foydali.

3 months ago

Bugun talabalarga proektiv metodikalar mavzusini tushuntirishim kerak.
Proyektiv metodikalarni birgalikda tahlil qilamiz.

Kim shaxsiyatidagi o'ziga xos jihatlar, noxush vaziyatlarda qo'llaydigan himoya mexanizmlari haqida ma'lumotga ega bo'lishni istasa, hamkorlikka chaqiraman.

2ta A4 varaq va qalam olasiz.
Birinchi varaqqa odam rasmini chizasiz.

Ikkinchi varaqqa yomg'ir ostidagi odam rasmini chizasiz va menga yuborasiz.

Shaxsingiz anonim saqlanadi. Chizgan rasmingizni talabalarga interpretatsiya qilib beraman.

Istasangiz kanalda anonim tarzda e'lon qilib sharhlayman. Istamasangiz, faqat o'zingizga interpretatsiyasini (psixologik tahlili)ni yuboraman.

Dedlayn bugun soat 11:00 ?gacha. Birinchi yuborilgan 2 rasmni tahlil qilaman.

3ta surat yuborishdi. Hammaga rahmat❤️. Tahlillarini kechroq e'lon qilaman in sha Alloh.

@farzandruhiyati

3 months ago

Qizim bilan birgalikda talabalarning oraliq nazoratlarini baholayotgandim. Men ishlarni o'qib bahosini aytaman. Dilsora bahosini yozib qo'yadi. (Yana qizimga nima uchun shunaqa baholaganimni asoslab berishim kerak?)

- bunga 3 qo'y.
- Oyi, nega uncha yaxshi yozmaptimi?
-2ta savolga o'zi javob yozgan, bittasini ko'chiribdi.
-mojet, 2 qo'yarmiza, oyi, ko'chirib olibdi-ku.

Qizimning gaplari o'ylantirib qo'ydi. Balki, talabalarning ko'chirmakashligiga nisbatan shiddatli yondashuv kerakdir bizga.

@farzandruhiyati

6 months ago

Нас бьют, мы - летаем от боли всё выше
Крыло расправляя над собственной крышей
Нас бьют, мы - летаем, смеёмся и плачем
Внизу оставляя свои неудачи...

https://youtu.be/wAHJF1HUsHo?si=vdFBJWeGDfnUPBQa

Play listimda jaranglayotgan qo'shiq.

@farzandruhiyati

6 months ago

"Agar ko'z yoshingizning ovozi bo'lganda, u nimalarni gapirib bergan bo'lardi?"
Irvin Yalom

Stenford Universiteti professori Irvin Yalomning "Psixoterapiya tuhfasi" kitobini o'qiyapman.
Psixoterapevt turli psixologik muammolar bilan kelgan patsientlar bilan qanday munosabat o'rnatgani, yordam berish uchun qaysi usullarni qo'llaganini bayon etgan ajoyib kitob ekan.

Kitobda psixoterapevt bilan patsient munosabatlari chiroyli yoritilgan. Patsientlarning davomli seanslar so'ngida psixoterapevtning aynan qaysi qo'llab-quvvatlovi, yondashuvi ularga yordam bergani haqida fidbek (feedback) berganini o'qish ham maroqli bo'ldi, ham kasbimni yana-da sevishimga sabab bo'ldi.

Faoliyatimdan bilamanki, ko'pchilikning ularni tinglaydigan, og'riqlarini eshitadigan, muhokama qilmay o'zidek bo'lishiga imkon beradigan yaqinlari bo'lmaydi.

Aksar qizlar ota u yerda tursin, hattoki onasi bilan ham ochiq gaplasha olmaydi. Ona bilan bo'ladigan suhbatlarda mentalitet, qarindosh-urug' fikri oraga tushadi. Qarabsizki, yaqin insonlar hissiy uzoqlashadi.

Chet davlatda yashaydigan o'zbek oilalar orasida ayol bola parvarishi bilan band paytda turmush o'rtog'ining xiyonatini boshidan kechirib, qayg'usi oldida yolg'iz qolib ketganlari ko'plab topiladi. Chunki ular yaqinlariga dardini etsa, o'zlarini ayblashlariga ishonchi komil. Aynan shuning uchun ham bizda psixologlarga ehtiyoj kuchli.

Insonning qayg'usini qayg'udek ko'radigan, tinglaydigan, qo'llab-quvvaltay oladigan yaqinlari, do'stlari bo'lsa, og'ir vaziyatlarda bardoshliroq bo'ladi.

Afsuski, bizda ko'pchilik muhokama qilishga, ayblashga, odamning g'ururini sindirishga usta, lekin qo'llab-quvvatlashga emas. Chunki o'zi ham vaqtida yetarlicha qo'llab-quvvatlanmagan.

Fikrlarim chalkashib ketgandek tuyulayotgandir. Kitob haqida yozayotgandim, endi bu gaplar. Menga mutolaa jarayonida psixoterapevt patsientlarini qanday qo'llab-quvvatlaganini tahlil qilish foydali bo'ldi. Qiyin vaziyatga tushgan patsientlar hikoyasini eshitarkan, Irvin Yalom "sizga qanday yordam berishimni istaysiz?" Degan savolni beradi. Shunga muvofiq harakat qiladi. Muhtoj bo'lmasa-da, surunkali o'g'irlik qilib, keyin o'zi shu xatti-harakatidan azob chekadigan patsient bilan ishlagandagi keysni muhokama qiladi.

Davomli terapiyalarning birida patsient bu safar katta summa bo'lmasa-da, bir shirinlikni o'g'irlab qo'yganini xafa bo'lib aytadi. Shunda Irvin Yalom "xatti-harakatlaringizni tahlil qilib, nima noto'g'ri ekanini tan ola bilayotganingiz, afsuslanayotganingiz bu muammoni yengishingizda muhim qadamdir. Sizda yana shunday "lomka" boshlanganda, men sizga qanday yordam berishim mumkin? Nima qilsak, bu og'ir davrni yengilroq kechirasiz?" Deb so'rab, hamyonidan 50$ chiqarib beradi. "Buni mendan sovg'a sifatida qabul qiling. Siz uchun og'ir davrda shirinlik xarid qilib yeysiz",- deydi. Patsient kulib yuboradi hamda hadyani qabul etadi. Uzoq muddatli terapiyadan keyin paysient ushbu nomaqbul xulq-atvorini tashlaydi. Mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, 50$ini ham qaytarib beradi. Shu qo'llab-quvvatlashi unga katta yordam berganini e'tirof etadi.

Haqiqiy mutaxassislar hamkorlikda ishlab patsientni noodatiy yechimlar haqida o'ylab ko'rishga undaydi. Mijoz qiyin vaziyatlarni boshidan kechirayotgan paytda qo'llab-quvvatlaydi.

"Hayotingiz shu nuqtaga kelib qolishiga o'zingiz aybdorsiz";
"bo'ldi, qurbon obrazidan chiqing";
"eringiz xiyonat qilishiga o'zingiz sababchisiz. O'sing, rivojlaning!"

Deya dakki beradigan "psixolog"lardan yiroqroq bo'lgan ma'qul.

Ular nafaqat pulingizni, kuchingizni ham olib qo'yishi mumkin.

@farzandruhiyati

6 months ago

#thinkingoutloud
Rostgo'y odamning kamchiligi hammani o'ziga o'xshab rost gapiradi deb o'ylashida.

@farzandruhiyati

6 months ago

Xatti-harakatlari bilan senga noqulaylik tug'dirayotgan katta yoshli odamga noroziligingni ochiq ifodalab, "katta odamga shunaqa deyishga uyalmadingmi?" degandek boqqan ayol yonida o'tirib yozilgan postcha.

Avtobusda ketyapman. Katta yoshli ayol juda baland qilib, youtubeda kino ko'rib ketyapti. "Sal pasaytira olasizmi? Juda baland ekan",- dedim. O'tkir nigoh-la boqib, pasaytirdilar. Men ham yuzlariga qarab turaverdim. Birozdan keyin boshqa joyga o'tib ketdilar.

Kerakli paytda ishlagan tilimiz qulog'imizni tinch qilishi qanday yaxshi.?

@farzandruhiyati

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago