Mutolaa blog

Description
Keling, birgalikda mutolaa qilamiz.

Ushbu blogda siz o'zingiz qidirgan va qiziqqan,
mutolaa qilgan kitoblaringiz tahlillarini topasiz!
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 Monate, 4 Wochen her

*😊 *Muloqotimiz boshlandi!

• Eslatib oʻtamiz: bugungi muloqot davomida eng faol kitobxonlarga Turkiya sayohati uchun yoʻllanma, ELEKTROMOBIL qanday shartlar asosida berilishi e’lon qilinadi va “Mutolaa Marafoni” final suhbati boʻlib oʻtadi.

Qatnashish uchun havola:
https://t.me/mutolaaxona?livestream

— Barcha doʻstlaringizga ulashing.

3 Monate, 2 Wochen her
4 Monate her

⚡️Ko'plab kitobxon yoshlarning takliflariga binoan bugun 29-oktabr, 16:00da barcha mahalladagi yoshlar yetakchilari, tuman/shahar agentlik rahbarlari hamda hamkor tashkilotlar bilan "yosh kitobxon" tanlovi yuzasidan telegramda ochiq muloqot tashkil etamiz.

Hurmatli ota-onalar, aziz kitobxonlar tanlov yuzasidan savollaringizni izohlarda qoldiring, albatta muloqot davomida ularga javob beramiz.

Muloqotga ulanishi uchun: ?https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

4 Monate, 2 Wochen her

⚡️ Mutolaadan yana bir shedevr!

"Kichkinda shahzoda" hujjatli filmining premyerasi:
?https://youtu.be/OfWI3jds690?si=zA2yoJPTsKNx770A

Kitobni o'qiganlar bormi?

4 Monate, 3 Wochen her

Tak-tak

Mutolaani va turli loyihalarni davom ettiramizmi?

Biroz tanaffuslar bo'ldi. Aybga buyurmaysizlar)

Asar tahlillari, viktorinalar, sovg'a ulashuvlari davom etadi.

Mahkamroq ushlang, oyga uchamiz?

@mutolaablogs

5 Monate her
6 Monate, 1 Woche her
6 Monate, 1 Woche her
6 Monate, 1 Woche her
9 Monate her

#beshtalik

"Mutolaa" loyihasida mavjud bolalar uchun atalgan 5 ta sarguzasht asar:

  1. "Shaytonvachchaning nayranglari" - Erkin Malik

Bu asar o'zbek adabiyotining mashhur mualliflaridan biri Erkin Malik qalamiga mansub. Asar bolalar va o‘smirlar hayotiga oid voqealarni aks ettiradi. Unda asosiy qahramonning turli xil shaytonvachchaning nayranglariga uchib qolishi va o‘zini bu vaziyatlardan qanday olib chiqish haqidagi hikoyalari keltirilgan. Asar qiziqarli voqealarga boy va o‘tkir satirik uslubda yozilgan.

  1. "Tom Soyerning sarguzashtlari" - Mark Tven

"Tom Soyerning sarguzashtlari" amerikalik yozuvchi Mark Tven tomonidan 1876-yilda yozilgan. Asar Missisipi daryosi bo‘yida joylashgan kichik qishloqda yashovchi yosh bola Tom Soyerning hayoti va sarguzashtlarini hikoya qiladi. "Tom Soyerning sarguzashtlari" bolalar adabiyotining klassik asarlaridan biri hisoblanadi. Asar nafaqat bolalar uchun qiziqarli va hayajonli, balki kattalar uchun ham nostalgik va ma'nodor o'qishlidir. Mark Tvenning o‘ziga xos uslubi va qahramonlarning yorqin tasviri bu asarni adabiyot ixlosmandlari orasida sevimli kitobga aylantirgan.

  1. "Gulliverning sayohatlari" - Jonatan Svift

"Gulliverning sayohatlari" ingliz yozuvchisi Jonatan Svift tomonidan 1726-yilda nashr etilgan satirik romandir. Asar to‘rt qismdan iborat bo‘lib, unda Lemuel Gulliverning turli ekzotik mamlakatlarga sayohatlari tasvirlangan. Asarda jamiyatning turli nuqsonlari o'ta tanqidiy ko'rinishda tasvirlangan. Asar, ayniqsa, o‘z davridagi siyosiy va ijtimoiy tuzumni tanqid qiluvchi satirik asar sifatida mashhur.

  1. "O'n besh yoshli kapitan" - Jyul Vern

"O'n besh yoshli kapitan" fransuz yozuvchisi Jyul Vern tomonidan 1878-yilda yozilgan. Asar yosh qahramon Dik Send va uning ekipajining sarguzashtlarini tasvirlaydi. Asarda jasorat, mas'uliyat, do'stlik va insoniy qadr-qimmat kabi mavzular yoritiladi. Asar o‘quvchilarga qiyinchiliklarga qaramay, o‘z yo‘lida qat'iyat bilan harakat qilishni o‘rgatadi.

  1. "Bilmasvoyning sarguzashtlari" - Nikolay Nosov
    Nikolay Nosovning "Bilmasvoyning sarguzashtlari" asari bolalar adabiyotining durdona asarlaridan biri hisoblanadi. Unda Bilmasvoy nomli qahramonning turli sarguzashtlari hikoya qilinadi. Asar bolalar uchun yozilgan bo‘lsa-da, unda kattalar uchun ham ibratli saboqlar mavjud. Bilmasvoy va uning do‘stlarining qiziqarli va o‘rgatuvchi hikoyalari bolalar qalbini zabt etadi.

mutolaablogs

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago