Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Daryoqalb olima, Yangi Oʻzbekiston universiteti prorektori Hilola Nazirova izlamchilar bilan adabiy uchrashuvga taklifnoma joʻnatibdi. Adabiyotsevarlarni kutamiz. Syurpriz va sovgʻalar koʻp boʻlishi kutilayotgan ekan.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti barcha adabiyot ixlosmandlarini she'riyat tadbiriga taklif qiladi
✅ Universitetimizda 15-fevral kuni “Fonus” she'riyat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlarning xususan, “Izlam” toʻplami mualliflarining o'zidan jonli tarzda eshitishga muvaffaq bo’lasiz.
📖 Shoirlar, musiqiy chiqishlar va eksklyuziv auksiondan iborat tadbirimiz adabiyot va she’riyatga qiziquvchilar uchun unutilmas bo'lishiga ishonamiz.
👉Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/SqacVHvov8Sr4xyq5
🗓 Tadbir vaqti: 15-fevral, 10:30 da.
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (Movarounnahr ko'chasi 1)
Men o’zimni sendan izladim…
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#izlam #adabiyot #shoirlar
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni. Oyina.uz shu munosabat bilan portalda e'lon qilingan olima ayollar haqidagi materiallarni eslatib o‘tadi.
▫️Moda, sport, ilm-fan: "eng birinchi" bo'lgan ayollar
Rasmiy sahifalarimiz👇
#Бугун **БМТ Бош Ассамблеясининг 2015 йил 22 декабрдаги 70-сессиясида 11 февраль – “Илм-фан соҳасидаги аёллар ва қизлар халқаро куни” сифатида расман эълон қилиниб, 2016 йилдан бошлаб мазкур сана дунёнинг кўплаб давлатларида кенг нишонланиб келинмоқда.
"Илм йўлидаги инсон фаришталар қанотида бораркан. Уларга ҳатто сувдаги балиқлар ҳам саловот айтиб тураркан", деганди устозим Юлдуз Ҳошимова. Илм йўли осон эмас...
Илм йўлида бардавом бўлган хотин-қизларимиз жуда кўп.
Шахсан ўзим таниган кўплаб аёллар орасида олималар бор.
Абдулла Қодирий мактабида раҳбарим бўлиб ишлаб, тарих фанлари бўйича PhD ёқлаган, мени илмга қизиқтирган Ҳилола Назирова,
Адабиётшуносликда фаол изланаётган устозим Муҳайё Йўлдошева,
айни пайтда Ҳиндистонда илмий тадқиқотини инглиз тилида олиб бораётган курсдошим Зуҳрахон,
Филология йўналишида DsC томон ҳаракат қилаётган Дилдора Баҳриддинова... санасам адоғи йўқ...
Аллоҳ барчаларининг илмларини зиёда қилсин!
Каналимиз аъзолари орасида ҳам олималаримиз бўлишса, ушбу кун барчангизга муборак бўлсин!
Илм осмонида қуёшдек порлайверинг, азиз Олималар!**
#Alisher_Navoiy_tavalludining_584_yilligi
Birovkim qilsa olimlarg’a ta’zim
Qilur go’yoki payg’ambarga ta’zim
Bugun qoldirgan ijodiy merosi cheksiz ummonga qiyoslanadigan, bu ummondan butun dunyo ahli bahramand bo’lishda davom etayotgan Mir Alisher Navoiy hazratlarining tavallud kuni.
Ikki kundan buyon Navoiy shahrida “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” nomli IV xalqaro simpoziumi bo’lib o’tmoqda.
Unda “Yangi O’zbekiston” universiteti ijodkor talaba va xodimi bilan birga ishtirok etmoqdamiz. Ushbu simpoziumga chet el va respublikamizning turli chekkalaridan 350 dan ortiq navoiyshunos, adabiyotshunos, jamoat arboblari, yozuvchi-shoirlar, olimlar tashrif buyurishgan.
Ushbu simpoziumda ma’ruza qilingan maqolalar alohida mavzu. Turli mavzudagi maqolalarni eshitarkansiz, Navoiy ijodini o’rganish hech qachon tugamasligiga, uning asarlari zamon va makon tanlamasligiga amin bo’lasiz.
Xususan, ushbu simpoziumga 1500 dan ortiq maqola kelib tushgan bo’lib, ularning ichidan eng saralari III jildli kitobga kiritilibdi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning kecha simpozium ishtirokchilariga shaxsan o’zlari tabrik yo’llaganlari ham bugungi kunda adabiyotga, ilm-fanga berilayotgan e’tiborning yuksak darajada ekanini ko’rsatadi.
2025-yil Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilingan. Bugungi ayyom munosabati bilan Navoiy viloyatining bir qator hokimlari hazrat g’azallari ijrosida noan’anaviy mushoira qilishibdi. Bu adabiyotning xalqqa, xalqning esa adabiyotga yanada yaqinlashganini ko’rsatadi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago