Magistrlar Official

Description
⚡️Magistratura mutaxassisliklari uchun yordam xizmati(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar)

?https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg

?https://www.instagram.com/magistrlarofficial/

? Reklama: @magistrsupport
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

? Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

? @Edu_murojaatBot

Last updated 2 months, 2 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

1 month, 4 weeks ago
2 months ago

Sertifikatga oid savollarga javoblar

00:26 Xalqaro sertifikatlarni tekshirish

03:25 Sertifikatlar yuklash muddati

04:00 18 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan shaxslar

07:08 Savollar qaysi tilda berilishi

08:31 Fanlar majmuasi

09:50 Huquqshunoslik fanlaridan darsliklar

11:10 Telefon raqami yoʻqolgan boʻlsa nima qilish kerak?

13:34 Ham milliy, ham xalqaro sertifikat boʻlsa

14:55 Abituriyentlar soni kvotasan koʻp boʻlsa

16:12 Abituriyentlarning ballari bir xil bo‘lib qolsa

16:45 Yo‘nalishlarning ustuvorlik asosida tanlanishi

18:19O‘zbek tilida olingan sertifikat rus tilidagi yo‘nalishga oʻtadimi?

19:18 Pasport almashsa, sertifikat kuyib ketmaydimi?

22:01 Imtiyozlardan foydalanish

23:56 Abituriyent kasal boʻlib qolsa, boshqa kuni testda qatnasha oladimi?

26:29 Ro‘yxatdan o‘tishda tibbiy ma’lumotnoma kerak emas

27:53 Majburiy fanlardagi savollarning qiyinlik darajasi

29:00 Test sinovlarida qatnashish uchun ruxsatnoma qachon beriladi?

31:59 Avvalgi yillar bitiruvchilarining ro‘yxatdan o‘tishi

33:18 Qabul qachon yakunlanadi?

34:35 Qayd varaqasi ochilmayapti, nima qilish kerak?

35:42 Shaxsiy kabinetda sertifikat tasdiqlansa-yu, ammo SMS kelmasa

36:26 OTMga kira olmasam, texnikumga topshira olamanmi?

38:37 Texnikumda o‘qish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

39:07 Yo‘nalishlarni tanlash tartibi qanday

40:50 Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi qanday?

41:45 Minimal o‘tish ballari

43:02 Ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgandan keyingi jarayonlar

45:54 Harbiy imtiyoz tekshirilmoqda bo‘lib turibdi, qachon tasdiqlanadi?

47:01 Savollar qaysi darslikdan tushadi?

48:42 Arizani tahrirlasa yoki bekor qilsa bo‘ladimi?

50:18 Attestatni qachon kiritish kerak?

52:47 Sertifikatga ega abituriyentga qancha vaqt beriladi?

54:09 Sertifikati borlarga qiyinroq savol tushadimi?

55:45 IELTS sertifikati kabinetimda ko‘rinmayapti

57:32 Chet tilidan ijodiy imtihon bo‘ladimi?

60:45 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar qachon boʻladi? Nechta yoʻnalish tanlash mumkin.

61:55 Huquqshunoslik fanidan savollarning qiyinlik darajasi qanday?

63:03 Milliy sertifikat savollarining qiyinlik darajasi qanday?

65:13 Xotin-qizlar imtiyozi kabinetimda qachon ko‘rinadi?

66:26 Ayrim imtiyozlar shaxsiy kabinetda qachon ko‘rinadi?

68:08 TOEFL IBT home edition sertifikati

69:05 Joriy yil bitiruvchisi deb chiqmasa, nima qilish kerak?

71:00 Ayrim savollarga nega javob berilmayapti

73:05 Abituriyentlarga tavsiyalar

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

2 months ago
2 months ago

Pedagoglar bir vaqtda ikkita taʼlim muassasasida asosiy xodim boʻlib ishlashi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 2-bandiga asosan asosiy ish joyi – Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 125-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yuritiladigan tashkilot hisoblansa, oʻrindoshlik asosida ishlash – xodimning oʻzining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan boʻsh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq toʻlanadigan ishni bajarishi tushunilishi belgilangan.

Agarda xodimning asosiy ish joyi hamda tuzilgan mehnat shartnomasi amalda boʻla turib, u boshqa tashkilotga asosiy boʻlib joylashishi mehnat qonunchiligiga mos kelmaydi. Mehnat kodeksining 182-moddasida ish vaqtining normal muddati olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozimligi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, xodim 2 ta joyda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borishi mumkin emas.

Agar biror tashkilotga asosiy ishchi xodim boʻlib ishga joylashish uchun, asosiy ish joyidagi mehnat shartnomasini mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilib, boshqa tashkilotga ishga joylashishi hamda amalda ishlab turgan joyiga oʻrindoshlik asosida ishga joylashishi mumkin. Shuningdek, bunda ortiqcha toʻlangan ish haqi qaytarib olinadi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

2 months ago

*⚡️*Magistraturaga qo‘shimcha qabulga ruxsat berilgan. Kimga murojaat qilish kerak?

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

2 months ago

#Биласизми

*❗️Тўлов-контракт асосида ўқиш учун таълим кредитларини ажратиш тартиби*✅ Таълим кредитлари таълим ташкилотлари бакалавр ҳамда магистратуранинг кундузги, сиртқи ва кечки таълим шаклида тўлов-контракт асосида ўқишга тавсия этилган ёки қабул қилинган, шунингдек ўқишини кўчирган Ўзбекистон фуқароси бўлган талабаларга берилади.☑️ Бунда, кредит олувчининг доимий даромад манбаига эга оила аъзолари (ота-онаси, ака-укаси, опа-синглиси, эри ёки хотини) ёки васийлари биргаликда кредит олувчи сифатида қатнашиши мумкин.

? Таълим кредитининг асосий қарзи талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади.

? Таълим кредитини олиш учун Молия вазирлигининг расмий веб-сайтида эълон қилинган тижорат банкларига қуйидаги ҳужжатлар тақдим этилади:

▫️ ариза;
▫️ тўлов-контракт шартномаси ва унга илова қилинадиган ҳисоб варақаси/фактураси (мавжуд бўлганда). Шартномада ўқишни тамомлашнинг белгиланган муддати ва бир йил учун тўлов миқдори кўрсатилган бўлиши лозим;
▫️ таълим кредити қайтарилишининг таъминоти бўйича ҳужжат. Бунда “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га кирган оилаларнинг фарзандларига ажратиладиган таълим кредити бўйича гаров ва кафиллик талаб этилмайди;
▫️ “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га киритилганлигини тасдиқловчи маълумотнома (“Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га киритилган оилалар фарзандлари учун);▫️ биргаликда кредит олувчига тегишли маълумот.

Ҳужжатлар 5 иш кунида кўриб чиқилади.

? Таълим кредити шартномаси тўлов-контракт шартномасида кўрсатилган бир йиллик тўлов суммасига тенг миқдордаги суммага тузилади.

? Таълим кредити кредит олувчига Марказий банкнинг асосий ставкаси миқдорида ажратилади.

⚠️ Бунда, Марказий банкнинг асосий ставкаси пасайтирилган тақдирда, таълим кредити бўйича фоиз ставкаси мутаносиб равишда пасаяди, Марказий банкнинг асосий ставкаси оширилган тақдирда эса таълим кредити бўйича фоиз ставкаси ўзгаришсиз қолади.

? Мазкур тартиб:

чет эл фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахсларга;
тижорат банклари томонидан Жамғарма маблағларидан ташқари бошқа манбалар ҳисобидан бериладиган таълим кредитларига нисбатан татбиқ этилмайди.? Табақалаштирилган тўлов-контрактни ва унинг минимал миқдорига тенг бир марталик бошқа тўловларни амалга ошириш учун таълим кредити ажратилмайди.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

2 months, 1 week ago

#БАЙРАМ_МУБОРАК

? Бугун 17 ноябрь - «Халқаро талабалар куни» билан барча талабаларни қутлаймиз! ?

Хар йили Халқаро талабалар куни 17 ноябрь куни нишонланади. Талабалик йўлида чеккан барча машаққатларингиз келажакда улкан ғалабалар олиб келсин.

? Байрамингиз муборак бўлсин!

Талабаларни бугунги кун билан биринчилардан бўлиб табриклашни унутманг!

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

2 months, 1 week ago

?Qarshi davlat universiteti magistatura mutaxassisliklariga qo'shimcha qabul uchun kontrakt narxlari

‼️ Boshqa oliygohdagi kontrakt narxlari bu narxlarga to'g'ri kelmaydi. Har bir oliygoh miqdorni o'zi belgilaydi

Sizda ham shu singari ma’lumotlar bo‘lsa kanal adminlariga yuboring:
@Magistrsupport
?‍♂️@Sherali_Toshniyozov

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

2 months, 1 week ago

*YURTIM BAYROG‘I

Moviy osmon uzra yuksalsin shoning,
Amir Temur tutgan tug‘ning bor ruhi.
Mangu yuraklarda erur makoning,
Bor senda donishmand xalqim shukuhi.

Muqaddas iymonim pokligicha oq,
Porloq kelajakning orzulari bor.
Buyuk maqsadlarga bo‘lib bir mayoq,
Hilpira bayrog‘im, solgancha viqor.

Navqiron yoshlikning o‘zing timsoli,
Bizlarni boshlaysan g‘oliblik sari.
Sendan kuch oladi umid niholi,
Erkim, istiqbolim, senda bor bari.

Shamolning nafasi – shodlik onlari,
Samoga intilib hilpirar hamon.
Vatanim shavkati, sha’ni, shonlari,
Yanada yuksalsin chorlab sen tomon.

O‘saversin qadring tog‘dan-da, baland,
Har bir farzandlaring yutug‘larida.
Hech qanday to‘siqlar bo‘lmagan pisand,
Seni e’zozlagan ulug‘larida!

Jahon minbarida turgin abadiy,
Mening ozodligim ramzi bo‘lib qol.
Millatim ruhisan so‘nmas azaliy,
Sen bor, boyligimiz – yashar istiqlol.

Hilpira, Yurtboshi tutgan bayrog‘im,
Hilpira, dillarga solib bir g‘urur.
Sensan yuragimda aziz, ardog‘im,
Xalqimiz qalbini mangu et masrur!*

Hamid IKROM
Pozilov Hamidjon Ikromjon o‘g‘li
“University of Business and Science” magistri
@magistrlarofficial@magistrlarofficial_group

2 months, 2 weeks ago

? Magistraturadagi o’qish mehnat stajiga o’tadimi?Savol: Magistraturaning 2 yil o’qish muddati “trudovoy”ga o’tadimi? Magistraturani kontraktda o’qib, 2 yillik “trudovoy”imga yozilgan mehnat staji bilan diplomni olish mumkinmi? Magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagandim ham.

Javob: O‘zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog‘liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.

Mazkur qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi taʼlimda o‘qish ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan faoliyat turi sanaladi. Ya’ni, sizning magistraturada ta’lim olgan 2 yillik o‘qish davringiz mehnat staji hisoblanadi. Shuningdek, magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagan davringiz ham mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Magistraturada kontraktda bitirgan bo‘lsangiz, diplomni darhol olishga huquqingiz bor. Magistraturada kontrakt asosida o‘qiganlarga nisbatan mehnat staji yoki boshqa shunga o‘xshash shartlarni talab qilish mutlaqo asossizdir. Chunki, “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”da diplom olish uchun “mehnat staji shart”ligi talabi ko‘rsatilmagan.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

? Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

? @Edu_murojaatBot

Last updated 2 months, 2 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago