Amirxon Valijonov | Blog

Description
Kitob va unga bogʻliq hamma narsa haqidagi qarashlarim...
@ibook_uz, @tirilishuz va @kitobxonacom asoschisi

Qalblar odob, dunyo ilm bilan zabt etiladi!
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 2 months, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 1 week ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 days, 13 hours ago

1 month, 1 week ago

Isfahondan Tel-Avivga uchirilayotgan raketalar bitta ham odamni o'ldirmas ekan, bu shunchaki navbatdagi sahna ko'rinishi bo'laveradi.

1 month, 1 week ago

Birinchi ustozingizni eslay olasizmi? U kishini zimdan tabriklashingiz uchun post. 🙂👇

1 month, 1 week ago

Agrar institut yongani muhimroqmi yoki Komil Allamjonovning Administratsiyadan ketganimi?

4 months, 1 week ago

"Fors nomalari"da yozilishicha, ajrashish huquqi er-xotinga berilgan eng muhim huquqlaridan biri bo'lib, aynan u sabab rishtalar yanada jipslashishi mumkin ekan. Nasorolar o'z vaqtida er-xotinni ajrashish huquqidan mahrum qilib, aholi soni kamayishiga va odamlar o'rtasida bo'ydoqlik haddan ziyod ko'payib ketishiga sabab bo'lishgan ekan.

Bu borada muallif bilan bahslashish mumkinmi? Ajrashish huquqining bo'lmasligiga qanday qaraysiz?

4 months, 1 week ago

"Mendan Fransiyada yahudiylar bormi deb so'rabsan: shuni bilib qo'yki, qayerda pul bo'lsa, o'sha yerda yahudiy bor. U yerda ular nima ish qiladilar, deb so'rabsan: Eronda nima ish qilsalar, bu yerda ham shu ish bilan mashg'ullar; osiyolik yahudiy ovro'polik yahudiyga o'xshagani kabi hech narsa bir-biriga o'xshash bo'lolmaydi".

"Fors nomalari" kitobining 60-maktubidan

P.s: boykot bularga qarshi eng katta qurol ekanligining yana bir isboti. Bularning xudosi - pul. Pul keltiradigan narsalarini xarid qilmasak, shuning o'zi katta qarshilik bo'ladi.

4 months, 1 week ago

"Fors nomalari"da yozilishicha, 18-asrning birinchi yarmida Rossiya imperiyasida o'ziga xos qoidalar amal qilgan. Masalan, qirol mamlakat bo'ylab aroq ichishni taqiqlab qo'ygan. Oilada bo'lsa erning ayolga muhabbati uni qanchalik muntazam do'pposlashi bilan o'lchangan. Uzoq vaqt kaltak yemagan xotin haqida "eri sevmas ekan" degan gaplar tarqagan. Imperiya hududida erkaklarning soqolni oldirib tashlashi or-nomus masalasi bo'lgan va hokazo.

Hozir Rossiyada hammasi boshqacha. Ayoli erini do'pposlaydigan va eng ko'p aroq ichadigan millat bo'lgan desak mubolag'a bo'lmaydi)

4 months, 2 weeks ago

"Yevropa ayollari to'g'risida nima deyish mumkin? Ularning yuzlariga oro berishlari va ko'zlariga surma tortishlari, arzimagan zeb-taqinchoqlari, o'z shaxsiyatlari borasidagi doimiy tashvishlari, boshqalarga yoqish uchun bo'lgan kuchli tashnaliklari - bularning barchasi ularning fazilatlari uzra dog' va erlari uchun haqoratdir".

"Fors nomalari" kitobidan

Diqqat savol! 200 yildan so'ng (asar 1721-yilda nashr qilingan) yuqoridagi ta'riflar sharq ayollariga ham mos tushadimi?

4 months, 2 weeks ago

"Rika bilan niyatimiz Parijga - Yevropaning poytaxtiga borish. Sayyohlar hamma vaqt katta shaharlarga intiladilar, zero, ular barcha ajnabiylar uchun umumiy vatandir".

"Fors nomalari"dan

P.s: Shu paytgacha o'rta asrlarning eng katta imperiyasi bo'lgan Usmoniylar poytaxti Istanbulga ko'p marta bordim. Endi Yevropa poytaxti Parijga borishni qattiq xohlayapman. Nasib qilsin.

4 months, 2 weeks ago

qoldi. U endi xotinsiz edi; juvon unga yoqib qoldi, juvonning hozirgina qozilik da’vosini qilgan va iztiroblariga sherik bo‘lishni xohlamagan o‘sha odamning xotini ekanligini bilgach, uni ko‘proq yoqtirib qoldi. U ayolni o‘g‘irladi va uyiga keltirdi.
Bir odamning yaxshigina serhosil yeri bo‘lib, unga tirishqoqlik bilan ishlov berardi. Ikkita qo‘shnisi til biriktirib, uni uyidan haydadilar, yerini egallab oldilar; ular bu yerni bosib olmoqchi bo‘lganlarga qarshi ittifoq tuzdilar; haqiqatan ham, ushbu ittifoq tufayli ular bir necha oy davomida turli hamlalarga bardosh berdilar. Biroq ikkalovidan biriga, bittasiniki bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsani baham ko‘rish joniga tekkach, biri ikkinchisini o‘ldirdi va yerning yagona sohibi bo‘lib oldi. Uning hokimligi uzoqqa cho‘zilmadi: ikkita boshqa troglodit unga hujum qildi, troglodit ulardan o‘zini himoya qilishga ojizlik qildi va qurbon bo‘ldi.
Deyarli yalang‘och bir troglodit sotuvga qo‘yilgan junni ko‘rib qolib, narxini so‘radi. — To‘g‘ri, ikki me’yor g‘alla sotib olish uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha pulga sotishim mumkin; lekin sakkiz me’yor g‘alla sotib olish uchun to‘rt baravar qimmat sotaman, — deb xayol qildi sotuvchi. Xaridor rozi bo‘ldi va talab qilingan pulni to‘ladi. — Yaxshi, — dedi junni pullagan savdogar, — ana endi g‘allali bo‘laman. — Nima deding, — dedi xaridor. — Senga don kerakmi? Menda sotiladigan don bor. Lekin faqat narxi seni ajablantirishi mumkin: g‘alla hozir favqulodda qimmat va deyarli hamma yerda ochlik hukm surmoqda. Pullarimni qaytarib ber va men senga bir meʼyor g‘alla beraman: aks holda ochlikdan o‘lsang ham senga don sotmayman.
Bu paytda dahshatli bir kasallik mamlakatni xarob qilmoqda edi. U yerga qo‘shni mamlakatdan mohir bir tabib keldi va dori-darmonlarni shunchalar o‘z o‘rnida ishlatdiki, unga murojaat qilgan har bir bemor shifo topdi. Kasallik chekingach, u davolagan kishilarning oldiga borib, tabobat haqini so‘radi; hamma yerda rad javobini oldi; uzoq yo‘l azobidan horib-charchab vataniga qaytdi. Lekin ko‘p o‘tmay, kasallik yana tarqalganini va ko‘rnamak yurtni avvalgidan ziyodroq g‘orat qilayotganini eshitib qoldi. Bu safar tabibning kelishini kutib o‘tirmasdan, odamlarning o‘zlari uning huzuriga keldilar. — Jo‘nab qoling, g‘irromlar, — dedi u, — qalblaringizda siz davosini topmoqchi bo‘lgan kasallikdan ko‘ra halokatliroq zahri qotil bor; sizning ro‘yi zaminda yashashga haqqingiz yo‘q, illo, sizda insoniylik yo‘q va adolat qoidalari siz uchun begona. Haqli ravishda sizga yuborilayotgan qahru-g‘azabga monelik qiladigan bo‘lsam, Yaratgan Egamni haqorat qilgan bo‘laman.
Erzirum.
Jumodus-soniy oyining 3-kuni, 1711-y.

4 months, 3 weeks ago

Xayrli kun!

Turkiyada kimlar bor? Xalqaro aeroportdan Gedikpaşa Caddesi No:7/A çarşıkapı Beyazıt Fatih, 34096, Турция mana shu manzilga 4 kishi qaysi avtobus bilan borgani qulay bo'ladi?

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 2 months, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 1 week ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 days, 13 hours ago