Napoleon Bonapart

Description
Napoleon Bonapart - buyuk imperator tarixi haqida so'zlovchi kanal.

Kanalimiz 2022-yil 30-noyabr tashkil qilingan.
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

hace 2 meses, 3 semanas
[#general](?q=%23general)

#general

Jan Pyer Ramel (1768-1815) – fransuz generali. Dvoryanlar avlodi bo’lgani uchun bir-ikki bora qamalgan va Londonga qochgan. Napoleon uni ortga chaqirgach, bir muddat Haiti orolida xizmat qilgan. Keyin esa Napoleon armiyasida xizmatni boshlagan. Burbonlar hokimiyatga qaytgach, Ramel generallikka erishib, San Lui ordeni egasiga aylanadi. Ammo, 1815-yili Napoleonning taxtga qaytishi sabab boshlangan keskin davrda ayrim qirol tarafdorlari Ramelni Napoleonga sodiqlikda ayblashgan va uni xuddi marshal Bryunni o’ldirganlari kabi, qatl etishgan. Ular "yashasin qirol" hayqirig'i bilan generalning uyiga bostirib kirib, uni pistolet o'qi bilan yaralashgan. 2 kundan keyin general-mayor Romel 46 yoshida dunyodan o'tgan. Shu tariqa Ramel Burbonlarning yangi terrori qurboniga aylangan.

@NapoleonBonapart01

hace 2 meses, 4 semanas
[#iqtibos](?q=%23iqtibos)

#iqtibos

“Ozodlikning siri insonlarni tarbiyalashda, zulmning siri esa ularni johillikda saqlashdadir”.

Maksimilyan Robespyer
@NapoleonBonapart01

hace 3 meses

Martinikaning egallanishi Buyuk Britaniyaning Fransiya G’arbiy hududlariga davomli hujumlaridan biri bo’lgan. Hali 3-koalitsiya vujudga kelmasidan burun inglizlar Fransiyaning Karibdagi yerlarini egallab ola boshlashdi. Bunga Fransiyaning Angliyaga ehtimoliy hujumini oldini olish va raqibni iqtisodiy yengish rejasi sabab bo’ladi. Bu hujumlar 1803-yil 18-iyunda San Domingo (Gaiti) portini qamal qilish bilan boshlangan va 1810-yil Gvadalupening egallanishi bilan tugagan. Quyida to’liq xronologiyani havola qilamiz:

  1. Britaniyaning Karib yurishi (1803-yil): Fransiya va fransuzlarning klient davlati: Bataviya respublikasiga qaraydigan Sen Lyusya, Tobago, Demerara, Essekibo, Berbis orol va koloniyalari egallandi.

  2. Britaniyaning Karib yurishi (1804-yil): Bataviya respublikasiga qarovchi Surinam egallandi. 1804-yili inglizlar qo’llovida Gaitida inqilob yuz berib, fransuzlar qirg’in qilindi va orol mustaqil bo’ldi.

  3. Trafalgar kompaniyasi (1805-yil): Ingliz floti Fransuz-Ispan flotini Trafalgar, Finistra, Ortegal kabi dengiz janglarida tor-mor qildi.

  4. Atlantika kompaniyasi (1806): Ingliz floti fransuzlar bilan katta-kichik to’qnashuvlarda kichik ustunlikka erishib, oxiyri Brest flotini qattiq shikastlaydi va fransuzlarning Atlantika floti mag’lub qilinadi.

  5. Daniya West Indiasining tor-mor etilishi (1807-yil): ingliz floti Fransuzlar ittifoqchisi Daniyaning Sen Tomas orollarini egallab oladi.

  6. Gayananing egallanishi (1809-yil): Ingliz-Portugal floti Fransiyaning Gayana hududini egallab oladi. Fransiya tomonidan Karib dengiziga uyudshtirilgan Trud va Rogber ekspeditsiyalari omadsiz tugadi.

  7. Martinikaning egallanishi (1809)

  8. Gvadelupaning egallanishi (1809)

Xullas, Britaniya floti Fransiyaning Karib va Atlantikadagi asosiy mulklarini 6-7 yil ichida zabt etdi. Bu esa Fransiyaning iqtisodiy ahvoliga katta zarba berdi. Shuningdek, Karib dengizidagi qul bozorlari tugatildi. Fransiya bu yerlardan keladigan millionlab daromaddan mahrum bo’ldi. Balki, ana shu yo’qotishlar o’rnini qoplash uchun Napoleon keyinchalik Rossiyaga urush ochgandir deb taxmin qilish mumkun. Lekin juda ko’p urushlar aynan inglizlarning ustoomon siyosati natijasida Fransiya zarariga ishlagani haqiqat.

@NapoleonBonapart01

hace 3 meses

Napoleonning Ispaniya-Portugaliyadagi urushlari davomidagi eng muhim janglari:
1. Tuluza jangi – 1814. Mag’lubiyat
2. Nivel jangi - 1813. Mag’lubiyat
3. Nivu jangi – 1813. Mag’lubiyat
4. Bayon jangi – 1813. Mag’lubiyat
5. Bidasoa jangi – 1813. Mag’lubiyat
6. Ortez jangi – 1813. Mag’lubiyat
7. Sorouren jangi – 1813. Mag’lubiyat
8. San-Sebastyan qamali – 1813. Mag’lubiyat
9. Vitoriya jangi – 1813. Mag’lubiyat
10. Burgos qamali – 1812. G’alaba
11. Salamanka jangi -1812. Mag’lubiyat
12. 2-Syudad Rodrigo qamali– 1812. Mag’lubiyat
13. 3-Badaxos qamali – 1812. Mag’lubiyat
14. Kastalla jangi -1812. G’alaba
15. Valensiya qamali – 1811-12. G’alaba
16. Albuera jangi – 1811. Durang
17. 2-Badaxos qamali -1811. G’alaba
18. Gebora jangi -1811. G’alaba
19. 1-Badaxos qamali -1811. G’alaba
20. Barrosa jangi -1811. Mag’lubiyat
21. Kadis qamali – 1811. Mag’lubiyat
22. Fuentes-Onoro jangi -1811. Mag’lubiyat
23. Sagunt qamali -1811. G’alaba
24. 1-Tarragona qamali-1811. G’alaba
25. Tortosa qamali -1810-11. G’alaba
26. Lerida qamali -1810. G’alaba
27. Buzakko jangi -1810. Mag’lubiyat
28. 1-Syudad-Rodrigo qamali-1810. G’alaba
29. Vik jangi -1810. G’alaba
30. 3- Jirona qamali– 1809. G’alaba
31. Belchite jangi – 1809. G’alaba
32. Maria jangi – 1809. G’alaba
33. Okana jangi -1809. G’alaba
34. Talavera jangi 1809. Durang
35. Almonasid jangi -1809. G’alaba
36. Medellin jangi -1809. G’alaba
37. Ukles jangi 1809. G’alaba
38. 2-Portu jangi -1809. Mag’lubiyat
39. 1-Portu jangi -1809. G’alaba
40. Braga jangi -1809. G’alaba
41. Korunna jangi – 1809. G’alaba
42. Molins de Rey – 1808. G’alaba
43. 2-Saragosa qamali -1808-9. G’alaba
44. Somosierra jangi -1808. G’alaba
45. Tudela jangi – 1808. G’alaba
46. Burgos jangi – 1808. G’alaba
47. Bailen jangi – 1808. Mag’lubiyat
48. 1-Saragosa qamali – 1808. Mag’lubiyat
49. Moklin jangi – 1808. G’alaba
50. Vimeyro jangi – 1808. G’alaba

@NapoleonBonapart01

hace 3 meses
**Ayrilganni ayiq yer, bo’linganni esa bo’ri.**

Ayrilganni ayiq yer, bo’linganni esa bo’ri.

1808-yili Ispaniyada Karl IV Burbon hukmdor edi. Lekin, qirolning o'z o’g’li Ferdinand bilan aloqasi yaxshi emasdi. Xalq esa Ferdinandni yoqlardi. Bu vaziyat va ispanlarning o’zaro ittifoq masalasida ikkilanib, inglizlar tomoniga o’tish ehtimoli borligi Napoleonni mamlakatga hujum qilishiga sabab bo’ladi. Karl IV fransuzlar yaqinlashib qolganidan xavotirlanib, saroydan qochishga uringanida xalq isyon ko’taradi va taxtga Ferdinand VII chiqadi. Taxtidan ayrilgan va fransuzlar qo’liga tushgan Karl Napoleonga Ferdinand ustidan arz qiladi. Bonapart ota va o’g’ilni Bayon shahriga chaqirib, ikkisini ham 1808-yil 6-may kuni taxtdan voz kechdiradi hamda akasi Jozef Bonapartni taxtga chiqaradi. Napoleon taxt uchun janjal qilgan ikki ispan qirolni ham mamlakatdan boshqa joyga surgun qiladi. Ispaniya esa fransuzlar qo’liga o’tadi.

@NapoleonBonapart01

hace 3 meses
[#general](?q=%23general)

#general

Antonio Rikardos (1727-1794) – Ispan qirollik armiyasi generali.
O’n yoshida otasi qo’mondonlik qiladigan batalyonga qo’shilib, 16 yoshida uni mustaqil boshqaradigan darajaga yetadi. 1746-yili, 19 yoshida, ilk harbiy harakatlarda qatnashadi. U o’zining deyarli yarim asrlik harbiy karyerasida “Avstriya taxti uchun urush”, “Yetti yillik urush”, “Fransiya inqilobiy urushlari” kabi yirik harbiy harakatlarda qatnashadi. Antonio Rikardos Ispan qiroli buyrug’i bilan Prussiyada malaka oshirib, yangi ispan armiyasini shu mamlakat harbiy stilida qayta quradi. Antonio Fransiyaga qarshi urushga kirganida deyarli 66 yoshda edi. Shunday bo’lsa-da, raqiblarga qarshi bir qator janglarda g’alaba qildi. U 1794-yil martida Madridda pnevmoniya kasalidan vafot etadi. Antoniodan keyin qo’shinni boshqargan biror ispan sarkardasi uchun urush omadli kelmaydi. Bu uning armiyadagi o’rnini ko’rsatgandi.

@NapoleonBonapart01

hace 3 meses

1793-yil 7-mart kuni Inqilobiy Fransiya Ispaniyaga urush e’lon qiladi.

Buning asosiy sababi Ispaniya qirolligining inqilobga qarshi pozitsiyada turgani bo’ldi. Ispanlar ushbu voqeadan keyin shu yil aprelida chegara hududlaridagi bir qancha manzillarni egallab olishdi. Chegaradagi janglarda ispan armiyasiga Antonio Rikardos* qo’mondonlik qildi. Kuzda ispan armiyasiga Portugal qo’shini ham yordamga keladi. Fransuzlar armiyasi Sharqiy va G’arbiy Pireney qismlariga bo’linadi. Ikki tomon o’rtasidagi bir qancha to’qnashuvlar aniq bir natija keltirmaydi. Lekin, ispanlar Rikardos rahbarligida bir qancha aniq natijalarga erishishgani ham bor gap. Shu kuz-qish oylarida ispanlar ingliz floti bilan birga Tulondagi jangda muvaffaqiyatsiz ishtirok etishdi.

Rikardos 1794-yil 6-mart kuni vafot etadi. Kataloniya armiyasiga Lui Firmin de Karvaxal rahbar etib tayinlanadi. Omadsizlikka uchrayotgan Sharqiy inqilob armiyasi qo’mondonligini mahoratli Jak Dyugommer egallaydi. Dyugommer shu yil aprel-mayidagi Bulu jangida ispanlarni tor-mor qilib, ularning ko’plab bazalarini egallab oladi. May-sentabr oylaridagi bir qancha janglardan so’ng general Dyugommer ham Karvaxal ham halok bo’ladi.

Urushning keyingi qismlarida Sharqiy armiyani bo’lajak marshal Dominik Perinyon boshqaradi. U tezda Figuera va San Ferran qal’alarini egallab, 9 ming ispan askarini asirga oladi. Perinyon qismlari ko’plab muhim natiajalarga erishgach, 1795-yil 4-fevralda Bartelemi Sherer sharqiy inqilob armiyasiga boshliq qilinadi va ko’p o’tmay Baskara jangida yengiladi.

G’arb armiyasini ancha muddat Janno de Monsey boshqaradi. Bu hududdagi janglar dastlab kichik hajmda bo’lgan. J.Monsey 1794-yil yozida ispan qo’shinlarini bir necha bor mag’lub qilib, chegaradagi ko’plab qal’alarni egallab oladi. 1794-yil oktabrda Monsey 46 ming armiya bilan Orbayzetada ispan qo’shinini tor-mor qiladi. 7-noyabrda Bergara ham egallanadi. Monsey 1795-yili ham omadli yurishlarini davom ettirib, Vitoriya, Bilbaroni egallaydi va Pamplonaga yetib boradi. Uning keyingi qadamlarini Bazel sulh shartnomasi to’xtatib qo’yadi.

Nihoyat, ikki tomon o’rtasidagi urushga 1795-yil 22-iyuldagi Bazel sulh shartnomasi nuqta qo’yadi. Ispaniya rasman mag’lubiyatni tan oladi va 1796-yildan Fransiyaning ittifoqchisiga aylanadi. Chegaradagi bir qator hududlarni va Karibdagi Santo Domingoni fransuzlarga topshiradi. Portugaliya bilan esa sulh tuzilmay qoladi.*

@NapoleonBonapart01

hace 3 meses

Napoleonning so’nggi bor taxtga qaytishi “Yuz kunlik davr” mobaynida (1815-yil 15-iyun-10-avgust) quyidagi to’qnashuvlar sodiq bo’lgan:

1. Jillidagi to’qnashuv. G’alaba
2. Kartr Bra jangi. Durang
3. Linii (Ligni) jangi. G’alaba
4. Jenappedagi to’qnashuv. G’alaba
5. Vaterloo jangi. Mag’lubiyat
6. Vavr jangi. Durang.
7. Jenappedagi 2-to’qnashuv. Mag’lubiyat
8. Namurdagi to’qnashuv. Mag’lubiyat
9. Viller-Kotter jangi. G’alaba
10. Obervil jangi. G’alaba
11. Sen-Deni jangi. Mag’lubiyat
12. Rokenkur jangi. G’alaba
13. Sevre jangi. Mag’lubiyat
14. Issi jangi. Mag’lubiyat
15. Roshervier jangi. G’alaba
16. La Suffel jangi. G’alaba
17. Gvadalupe jangi. Mag’lubiyat

Va bir qator qal’alarning kichik qamallari:

1. Valensiyen. Mag’lubiyat
2. La Kunie. Mag’lubiyat
3. Kambrai qamali. Mag’lubiyat
4. Mobej qamali. Mag’lubiyat
5. Landresi qamali. Mag’lubiyat
6. Aven Sur Help qamali. Mag’lubiyat
7. Rokua qamali. Mag’lubiyat
8. Mariemburg qamali. Mag’lubiyat
9. Filipvil qamali. Mag’lubiyat
10. Sharlemont qamali. Mag’lubiyat
11. Va yana boshqa kichik qal’alar.

@NapoleonBonapart01

hace 3 meses

Neapolitan urushlari (Qirol Muratning Avstriyaga qarshi urushi) ga oid barcha asosiy janglar (1815-yil 3-aprel-8-avgust):

  1. *Panaro jangi. G’alaba
  2. Ferrara qamali. Mag’lubiyat
  3. Okkiobello jangi. Mag’lubiyat
  4. Karpi jangi. Mag’lubiyat
  5. Massa jangi. Mag’lubiyat
  6. Kasalie jangi. Mag’lubiyat
  7. Ronko jangi. Mag’lubiyat
  8. Chezenatiko jangi. Mag’lubiyat
  9. Pezaro jangi. Mag’lubiyat
  10. Skapetsano jangi. Mag’lubiyat
  11. Tolentino jangi. Mag’lubiyat
  12. Ankona qamali. Mag’lubiyat
  13. Kastel di Sangro jangi. Mag’lubiyat
  14. San Jermano jangi. Mag’lubiyat
  15. Gaeta qamali. Mag’lubiyat*

@NapoleonBonapart01

hace 3 meses

Fransiya Napoleon urushlaridan keyin biroz dam olgandek ko’rinsa-da, XX asr boshigacha juda ko’p ichki va xalqaro konfliktlarda ishtirok etdi. Xususan:

1. Ispaniya fuqarolar urushi (1823). G’alaba
2. Yunon mustaqillik urushi (1821-1829). G’alaba
3. Trarza(Senegal)-Fransiya urushi (1825).G’alaba
4. Portugaliya fuqarolar urushi (1828-34).G’alaba
5. Jazoirning egallanishi (1827/30-1903).G’alaba
6. Belgiya inqilobi (1830-31). G’alaba
7. Fransiya iyun inqilobi (1832). Hukumat g’alabasi
8. 1-Karlist urushi (1833-40, Ispaniya). G’alaba
9. 1-Fransuz-Meksika urushi (1838-39). G’alaba
10. Urugvay fuqarolar urushi (1839-51). G’alaba
11. 2-Usmonli-Misr urushi (1839-41). Mag’lubiyat
12. 1-Fransuz-Marokash urushi (1844). G’alaba
13. Fransuz-Taiti urushi (1844-47). G’alaba
14. Turan(Vetnam)dagi to’qnashuv (1847). G’alaba
15. Fransuz inqilobi (1848). Hukumatning qulashi
16. 1-Italiya mustaqillik urushi (1848-49). G’alaba
17. Fransiyadagi iyun voqealari (1848). Hukumat g’alabasi
18. Gonolulu (Gavayi)ga hujum (1849). G’alaba
19. Taypin qo’zg’oloni (1850-1871). G’alaba
20. Salega hujum (Marokash) (1851). G’alaba
21. Qrim urushi (1853-56). G’alaba
22. 2-afyun urushi (1857). G’alaba
23. Madina fortiga hujum (Mali) (1857). G’alaba
24. Janubiy Vetnam kompaniyasi (1858-62). G’alaba
25. 2-Italiya mustaqillik urushi (1859). G’alaba
26. Sitsiliya mojarosi (1860-61). Mag’lubiyat
27. 2-Fransiya-Meksika urushi (1862-67). Mag’lubiyat
28. Shimonoseki (Yaponiya) yurishi (1863-64). G’alaba
29. Koreya yurishi (1866). Mag’lubiyat
30. Garibaldining Rimga yurishi (1867). G’alaba
31. Fransiya-Prussiya urushi (1870-71). Mag’lubiyat
32. Parij Kommunasi (1871). Hukumat g’alabasi
33. Livar orollarining egallanishi (Taiti).(1880-97). G’alaba
34. Tunis ishg’oli (1881). G’alaba
35. Mandingo urushi (G’arbiy Afrika).(1883-98). G’alaba
36. 1-Madakaskar yurishi (1883-85). G’alaba
37. Xitoy-Fransiya urushi (1884-85). G’alaba
38. Tonkin urushi (Vetnam) (1883-86). G’alaba
39. 1-Dagomey urushi (Benin). (1890),. G’alaba
40. 2-Dagomey urushi (1892-94). G’alaba
41. Fransuz-Siam urushi (1893). G’alaba
42. 1-Italyan-Efiop urushi (1894-96). G’alaba
43. 2-Madagaskar yurishi (1894-95). G’alaba
44. Krit inqilobi (1897-98). G’alaba
45. Xitoydagi 1899-yilgi inqilob . G’alaba
46. Rabih urushi (G’arbiy Afrika) (1899-1901). G’alaba

@NapoleonBonapart01

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago