TERMIZ SHAHAR KENGASHI

Description
O'zbekiston Ekologik partiyasi Termiz shahar Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining telegramdagi rasmiy kanali.
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

2 months, 3 weeks ago

Tabiatni kelajak uchun asraylik!

Xech kim kechagi kun bilan yashamaydi, demak biz ham ertangi kun to‘g‘risida o‘ylashimiz kerak. Tabiatni, o‘simliklar dunyosini, tog‘u toshlar, daryo, ko‘llar va dengizlardagi suvlarni kelajak avlod uchun asrashimiz kerak.

Bugun insoniyat shunday taraqqiyotga yetib keldiki, tabiatni asrash to‘g‘risida, ariq suvlarini ifloslantirmaslik, ozodalik to‘g‘risida bot-bot takrorlab turishga to‘g‘ri keladi.
Biz ona tabiatni o‘z guzalligi, ozodalik holatida saqlay olyapmizmi? Aksincha ko‘chalarda, ariq va zavurlarda har xil turdagi keraksiz chiqindilarni tashlab ketishayapti, ariqlar plastik idishlar, sigarit qoldiqlari, har xil shirinliklar qog‘ozlari va boshqa alombolalar bilan to‘lib ketgan. Biz tabiatni o‘zimizdan uzoqlashtirayapmiz desak to‘g‘riroq bo‘ladi.

Tasavvur qiling shahrimizda har yili bahorda ming – minglab har – xil daraxt ko‘chatlari yo‘l yoqalarida ekiladi. Buning uchun millionlab pul sarflanadi, bu ko‘chatlarning aksariyati etiborsizlikdan, suvsizlikdan qurib ketadi va eng achinarlisi daraxtlarimiz shaharsozlik sabab juda tez suratlarda kesilib ketadi, joyiga esa ko‘p qavatli binolar quriladi. Shu sababli har bir ekilayotgan ko‘chatimizning kelajagini chuqur o‘ylashimiz kerak bo‘ladi. O`shandagina biz ekayotgan daraxtlarimiz atmosfera havosini tozalab, aholimiz salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun ekilgan daraxt, kuni kelib tabiatning bir bo‘lagiga aylanadi, kelajak avlodlarga meva va soya beradi, degan fikirda ish tutsak, Hammamiz ona tabiatni asrashga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. Bu borada bugungi kunda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Termiz shahar Kengashi va volontyor yoshlari tomonidan bir qancha amaliy tashabbuslarga bosh qo‘shib kelmoqda. Aholi orasida bir qancha ekologik ma’daniyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. O‘ylaymizki , yoshlarimiz kelajak avlod uchun biz bilan bir tanu-bir jon bo‘lib atrof-muhit sofligi uchun o‘z hissalarini qo‘shib boradilar.

Azizlar tabiatni asrashga befarq bo‘lmang! Har kim qo‘lidan kelguncha o‘z hissasini qo‘shishga harakat qilish kerak, Shu boisdan siz tabiatsevarlarni vohamiz bo‘ylab har bir ekilgan daraxtni asrab qolishga uni parvarish qilishga chorlayman.
**Utkir Eshanqulov
O‘zbekiston Ekologik partiyasi
Termiz shahar Kengashi raisi

? Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatishda davom eting!**https://t.me/ekopartiya_Termiz_shahar

Telegram

TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O'zbekiston Ekologik partiyasi Termiz shahar Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining telegramdagi rasmiy kanali.

**Tabiatni kelajak uchun asraylik!**
2 months, 3 weeks ago
[#Nahotki](?q=%23Nahotki)?!

#Nahotki?!

IQLIM O‘ZGARISHI SAYYORA SHAKLINI O‘ZGARTIRIB, KUNNING UZUNLIGINI OSHIRDI

Olimlar iqlim o‘zgarishi kun uzunligini qanday o‘zgartirayotganini aniqladilar.

Olimlar tushuntirishicha kunning uzayishi unchalik ham sezilarli emas - kuniga bir necha millisekund. Biroq, ularning ta’kidlashicha, bugungi yuqori texnologiyali dunyoda ular odamlar tayanadigan hisoblash tizimlariga, jumladan GPS-ga muhim ta’sir ko‘rsatmoqda.

CNN bergan ma’lumotlarga ko‘ra bunday o‘zgarishlar insonning tabiatga ulkan ta’sirining yana bir belgisi ekanini ifodalaydi.

Mutaxassislar 1900 yildan 2100 yilgacha bo‘lgan 200 yillik davrni tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi. Ular iqlim o‘zgarishi o‘tmishda kun uzunligiga qanday ta’sir qilganini tushunish va kelajakda uning rolini bashorat qilish uchun kuzatuv ma’lumotlari va iqlim modellaridan foydalangani aytilgan.

“Agar sayyorani isituvchi ifloslanish o‘sishda davom etsa, okeanlar isishi va Grenlandiya va Antarktidada muz yo‘qotilishi tezlashsa, o‘zgarish tezligi ham keskin oladi”, — deyiladi hisobotda.

Olimlarning ogohlantirishicha, agar dunyo emissiya va iqlim o‘zgarishlarini jilovlay olmasa, asrning oxiriga kelib kun uzunligi 2,62 millisekundga ortib, Oyning tabiiy ta’siridan oshib ketishi mumkin.

Facebook | ?Instagram |? Web site | ?You Tube

2 months, 3 weeks ago
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish …

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ichki ishlar organlari tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish faoliyatiga doir ayrim tashkiliy masalalar tartibga solinmoqda.

Unga ko‘ra ichki ishlar organlari profilaktika (bosh, katta, kichik) inspektorlari va patrul-post xizmati xodimlari tomonidan tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘rilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablag‘larning 10 foizi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamg‘armalariga beriladigan bo‘ldi.

Facebook | ?Instagram |? Web site | ?You Tube

2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago

Maxsus reportaj | Vazifa va ijro: Qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning salbiy ta’sirini yumshatish chora-tadbirlari.

Facebook | ?Instagram |? Web site | ?You Tube

2 months, 4 weeks ago
**11 iyul - Xalqaro aholi kuni**

11 iyul - Xalqaro aholi kuni

O'zbekiston Ekologik partiyasi viloyat Kengashi raisi o'rinbosari U.Eshanqulov, Sherobod tuman Kengashi raisi O'.Suvonov hamda yoshlar qanoti yetakchisi F.Kamalov hamda faol fuqarolar ishtirokida tuman yoshar markazi zalida "11-iyun Butunjahon aholi kuni" munosabati bilan tadbir o'tkazildi.

Tadbirda aholini qiynab kelayotgan ekologik muammolar va ularning yechimlari haqida toxtalib otildi. Jumladan tumanning eng dolzarb muammolaridan bolgan aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash borasida kamchilliklar borligi, uni bartaraf etish choralari takidlab otildi.

Albatta, bugungi kunda kuzatilayotgan ekologik muammolarga har birimiz sababchimiz va shu ornda uni bartaraf etish har birimizning burchimiz hisoblanadi. Tinglangan muammolarni hal etish yuzasidan deputatlik sorovlari chiqarilib, qa`tiy nazoratga olish kelishilib olindi.
*✍️*Termiz shahar partiya tashkiloti Matbuot xizmati

*? Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatishda davom eting!***
https://t.me/ekopartiya_Termiz_shahar

3 months ago
TERMIZ SHAHAR KENGASHI
3 months ago
TERMIZ SHAHAR KENGASHI
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago